Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sug‘urta faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 6-noyabr,
298-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qaroriga
1-ILOVA
Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda — qayta tashkil etishga ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma ushbu Nizomga 1 va 2 ilovalarga muvofiq sxema va shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
3. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish sug‘urtalovchilarga qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish huquqini beradi.
4. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
II. Ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar
5. Sug‘urtalovchilarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etishda ruxsat berishga doir talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
sug‘urtalovchilar tomonidan ularning moliyaviy barqarorligiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi;
sug‘urta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
sug‘urtalovchilar tomonidan ularga huquqiy vorislik tartibida o‘tgan ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilishi;
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi.
III. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
6. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun sug‘urtalovchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish to‘g‘risida ariza;
muassislarning (qatnashchilarning) yoki ta’sis hujjatlarida bunga vakolat berilgan sug‘urtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori;
tashkil etilayotgan sug‘urtalovchining balansi va uning faoliyati moliyaviy natijalari prognozi;
qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasi (qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).
7. Sug‘urtalovchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Qayta tashkil etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi orqali yoki ularning olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar sug‘urtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
9. Hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda sug‘urtalovchiga darhol beriladi (yuboriladi).
IV. Arizani ko‘rib chiqish va qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
10. Vakolatli organ sug‘urtalovchining arizasini ko‘rib chiqadi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qayta tashkil etishga ruxsatnomani beradi yoki rad etadi. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
11. Agar vakolatli organ qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish yoki uni rad etish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasini ko‘rib chiqish muddati mobaynida sug‘urtalovchiga qayta tashkil etishga ruxsatnoma bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin sug‘urtalovchi uni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish niyatida bo‘lgan qayta tashkil etishni, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ sug‘urtalovchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishga majbur. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishga tenglashtiriladi va qayta tashkil etishni sodir etish uchun asos hisoblanadi.
12. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay sug‘urtalovchiga qayta tashkil etishga ruxsatnomani beradi (yuboradi) yoki uni berish rad etilganligi to‘g‘risida uni yozma shaklda xabardor qiladi. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
13. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning sug‘urtalovchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
sug‘urtalovchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi.
Qayta tashkil etishga ruxsatnomani berishni boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma sug‘urtalovchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va sug‘urtalovchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Sug‘urtalovchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
15. Sug‘urtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish sug‘urtalovchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
16. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ilgari sug‘urtalovchiga yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining vakolatli organ tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining ko‘rsatilishi bundan mustasno.
17. Qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin sug‘urtalovchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
18. Sug‘urtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
V. Qayta tashkil etishga ruxsatnomalar dublikatlarini berish
19. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sug‘urtalovchining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
20. Vakolatli organ qayta tashkil etishga ruxsatnoma dublikatini ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda, shuningdek qayta tashkil etishga ruxsatnomaning asl nusxasini — u yaroqsiz holga kelgan taqdirda berishga (yuborishga) majbur. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma dublikati berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
VI. Qayta tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
21. Qayta tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, qayta tashkil etishga ruxsatnomani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
22. Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga rioya qilishni tekshirishdan bosh tortish qayta tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan ruxsat beruvchi talablar va shartlarning bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga kiradi.
VII. Qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestri
23. Vakolatli organ qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestrida sug‘urtalovchilar to‘g‘risidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
sug‘urtalovchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilgan sana va uning tartib raqami;
qayta tashkil etishga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
qayta tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatishning asosi va sanasi;
qayta tashkil etishga ruxsatnomani bekor qilishning asosi va sanasi;
qayta tashkil etishga ruxsatnomalar dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
24. Qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish
SXEMASI
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎_________________________
‎(sug‘urtalovchining nomi)

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi ___________ (sug‘urtalovchining nomi)ning 20___ yil “___” __________dagi ___-son arizasini ko‘rib chiqib quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi ____________ (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) shaklida qayta tashkil etishga ruxsatnoma beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori

‎‎__________________

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎20____ yil “____” ___________
‎№ ______‎

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

‎‎

‎‎Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish to‘g‘risida
‎ A R I Z A

‎‎

____________________________________________________________________
‎(sug‘urtalovchining to‘liq nomi va joylashgan joyi (pochta manzili))

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ____________ (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) shaklida qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishni iltimos qiladi.

Ilovalar:‎
1. _____________‎
2. _____________‎
...‎
‎‎
‎‎Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qaroriga
3-ILOVA
Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom hisobot davridagi ish yakunlari bo‘yicha to‘lov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi 1 dan 0,5 gacha kamaygan taqdirda sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish (keyingi o‘rinlarda chora-tadbirlar kompleksini kelishish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ deb ataladi)tomonidan amalga oshiriladi hamda sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksining yuqoridagi chap burchagiga “KELIShILGAN” degan yozuvni kiritish, kelishish sanasini ko‘rsatish va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlash yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
3. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish sug‘urtalovchilarga sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish huquqini beradi.
4. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish amal qilish muddati cheklanmasdan amalga oshiriladi.
II. Ruxsat berishga doir talablar va shartlar
5. Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirishda ruxsat berishga doir talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishi;
sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish tadbirlarining faqat kelishilgan chora-tadbirlar kompleksiga muvofiqligi.
III. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
6. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun sug‘urtalovchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini kelishish to‘g‘risidagi ariza;
sug‘urtalovchining rahbari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi chora-tadbirlar kompleksi kamchilik aniqlangan sanadan boshlab olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun ishlab chiqilgan va moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish tadbirlari, muddati va ushbu tadbirdan kutilayotgan natijalarini o‘z ichiga olishi lozim. Bunda chora-tadbirlar kompleksida ustunlik sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini qisqa muddatlarda sog‘lomlashtirishga olib keladigan tadbirlarga berilishi va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan to‘lov qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash usullarini qo‘llash nazarda tutilishi kerak;
chora-tadbirlar kompleksi amalga oshiriladigan muddati oxirida sug‘urtalovchi to‘lov qobiliyatining rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlari hisob-kitobi. Agar chora-tadbirlar kompleksida ustav kapitalini muassislar (aksiyadorlar) mablag‘lari hisobidan o‘zgartirish nazarda tutilgan bo‘lsa, chora-tadbirlar kompleksi muassislar (aksiyadorlar) bilan kelishilishi kerak. Bunda chora-tadbirlar kompleksida muassislar (aksiyadorlar) yig‘ilishi bayonnomasining tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi hamda muassislar (aksiyadorlar) yig‘ilishi bayonnomasining nusxasi ilova qilinadi.
7. Sug‘urtalovchidan ushbu Nizomning 6-moddasida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ularning olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar sug‘urtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
9. Vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, ro‘yxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol sug‘urtalovchiga beriladi (yuboriladi).
IV. Arizani ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar kompleksini kelishish yoki kelishishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
10. Vakolatli organ sug‘urtalovchining chora-tadbirlar kompleksini kelishish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqadi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda chora-tadbirlar kompleksini kelishadi yoki rad etadi. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
11. Agar vakolatli organ chora-tadbirlar kompleksini kelishish yoki uni rad etish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasini ko‘rib chiqish muddati mobaynida chora-tadbirlar kompleksini bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin sug‘urtalovchi uni amalga oshirish uchun kelishish niyatida bo‘lgan chora-tadbirlar kompleksini sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ sug‘urtalovchining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini berishga majburdir. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi olingunga qadar qabul qilingan sanasi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati va sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma kelishilgan chora-tadbirlar kompleksiga tenglashtiriladi va sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish uchun asos hisoblanadi.
12. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay sug‘urtalovchiga kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini berishi (yuborishi) yoki kelishish rad etilganligi to‘g‘risida uni yozma shaklda xabardor qilishi shart. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
13 Chora-tadbirlar kompleksini kelishish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning sug‘urtalovchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
sug‘urtalovchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi.
Chora-tadbirlar kompleksini kelishishni boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Chora-tadbirlar kompleksini kelishishning rad etilganligi haqidagi xabarnoma sug‘urtalovchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va sug‘urtalovchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Sug‘urtalovchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat chora-tadbirlar kompleksini kelishish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
15. Sug‘urtalovchi chora-tadbirlar kompleksini kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish chora-tadbirlar kompleksini kelishishni yoki uni kelishishni rad etish sug‘urtalovchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
16. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini vakolatli organ tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining ko‘rsatilishi bundan mustasno.
17. Chora-tadbirlar kompleksini kelishishning rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin sug‘urtalovchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
18. Sug‘urtalovchi chora-tadbirlar kompleksini kelishishning rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
V. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish
19. Sug‘urtalovchi qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda sug‘urtalovchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida kelishilgan kompleks chora-tadbirlarga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar qo‘shib yuborilgan taqdirda, kelishilgan chora-tadbirlar ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Kelishilgan kompleks chora-tadbirlardagi mavjud ma’lumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, kelishilgan kompleks chora-tadbirlar sug‘urtalovchilarning tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatlar sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki ular olinganligi to‘g‘risida xabarnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar sug‘urtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Sug‘urtalovchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi qayta rasmiylashtirgunga qadar kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan sug‘urtalovchi yoki uning huquqiy vakili ariza qabul qilingan sana to‘g‘risida vakolatli organning belgisi bilan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan ariza asosida sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtiradi.
21. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirishda vakolatli organ berilgan kelishilgan chora-tadbirlar komplekslari reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Chora-tadbirlar kompleksini kelishishni qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im undirilmaydi.
22. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sug‘urtalovchining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
Vakolatli organ kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining dublikatini ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda, shuningdek kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining asl nusxasini — u yaroqsiz holga kelgan taqdirda berishga (yuborishga) majbur. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi dublikati berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
VI. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
23. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
24. Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga rioya qilishni tekshirishdan bosh tortish kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan ruxsat beruvchi talablar va shartlarning bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga kiradi.
VII. Berilgan kelishilgan chora-tadbirlar komplekslari reyestri
25. Vakolatli organ berilgan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Berilgan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi reyestrida sug‘urtalovchilar to‘g‘risidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
sug‘urtalovchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi berilgan sana va uning tartib raqami;
kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini to‘xtatishning asosi va sanasi;
kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini bekor qilishning asosi va sanasi;
kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
26. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish
SXEMASI
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
20____ yil “____” ___________
‎№ ______‎

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

‎‎

‎‎Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish
‎chora-tadbirlari kompleksini kelishish to‘g‘risida
‎A R I Z A

‎‎_______________________________________________________ manzili bo‘yicha joylashgan

‎‎(joylashgan joyi (pochta manzili))

‎‎____________________________________________________________________

‎‎(sug‘urtalovchining to‘liq nomi)

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishishni iltimos qiladi.

Ilovalar:‎
1. _____________
2. _____________‎
...‎
‎‎
Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi ‎‎
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qaroriga
4-ILOVA
Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish tartibini (keyingi o‘rinlarda ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish deb ataladi) belgilaydi.
2. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga asosan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi hamda ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatining yuqoridagi chap burchagiga “KELIShILGAN” yozuvini kiritish, kelishish sanasini ko‘rsatish va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlash orqali rasmiylashtiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
3. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish sug‘urtalovchilarga ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish huquqini beradi.
4. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish cheklanmagan muddatga beriladi.
II. Ruxsat etish talablari va shartlari
5. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish sug‘urtalovchilarga ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirishda ruxsat etish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
kelishilgan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatiga muvofiq ogohlantirish tadbirlari zaxirasi mablag‘laridan faqat baxtsiz hodisalar, sug‘urtalangan mol-mulkni yo‘qotish yoki ziyon yetishining oldini olishga, shuningdek boshqa sug‘urta hodisalarining oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalanish.
III. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish uchun zarur hujjatlar
6. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish uchun sug‘urtalovchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 2-ilovaga asosan shakl bo‘yicha ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish haqidagi ariza;
ikki nusxada sug‘urtalovchi tomonidan tasdiqlangan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxati.
7. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni sug‘urtalovchilardan talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar sug‘urtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
9. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish uchun sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol sug‘urtalovchiga beriladi (yuboriladi).
IV. Arizani ko‘rib chiqish va ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish yoki kelishishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
10. Vakolatli organ ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish haqidagi arizani ko‘rib chiqadi, mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilgan sanadan o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishadi yoki kelishishni rad etadi. Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
11. Agar vakolatli organ sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish muddati mobaynida uni berish yoki berishni rad etishda sug‘urtalovchiga kelishilgan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini bermasa yoki uni berishni rad etsa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tugashi bilan sug‘urtalovchi, kelishishni olish ko‘zda tutilgan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ sug‘urtalovchining yozma xabarnomasini olgach besh ish kuni mobaynida unga kelishilgan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini berishi shart. Kelishilgan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini olgunga qadar, taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatiga tenglashtiriladi va ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
12. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay sug‘urtalovchiga kelishilgan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini beradi (yuboradi) yoki uni kelishish rad etilganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxati berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
13. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning sug‘urtalovchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
sug‘urtalovchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi.
Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishishni boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishishning rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, xabarnoma sug‘urtalovchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va sug‘urtalovchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Sug‘urtalovchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishishning rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
15. Sug‘urtalovchi ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishishning rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish yoki uni rad etish sug‘urtalovchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
16. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan sug‘urtalovchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining vakolatli organ tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining ko‘rsatilishi bundan mustasno.
17. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishishning rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin sug‘urtalovchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
18. Sug‘urtalovchi ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishishning rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
V. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish
19. Sug‘urtalovchi qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda sug‘urtalovchi yoki uning vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda, ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatiga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatidagi mavjud ma’lumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxati sug‘urtalovchilarning tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatlar sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda, ularning olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar sug‘urtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Sug‘urtalovchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan sug‘urtalovchi yoki uning vorisi ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini qayta rasmiylashtirgunga qadar vakolatli organning arizani qabul qilgan sanasi to‘g‘risidagi belgisi bilan ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini qayta rasmiylashtirish haqida berilgan arizasi asosida ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshiradi.
21. Vakolatli organ ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini qayta rasmiylashtirishda ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatlari berilgan reyestrga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini qayta rasmiylashtirish va berish, tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini qayta rasmiylashtirish haqidagi arizasi vakolatli organ tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im undirilmaydi.
22. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxati yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sug‘urtalovchining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
Vakolatli organ ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxati dublikatini, shuningdek u yaroqsiz holga kelgan taqdirda ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatining asl nusxasini berishi (yuborishi) shart. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxati dublikatini berganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
VI. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
23. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatining amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
24. Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirishdan bosh tortish ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qo‘pol buzilishiga kiradi.
VII. Ogohlantirish tadbirlarining berilgan kelishilgan ro‘yxatlari reyestri
25. Vakolatli organ ogohlantirish tadbirlarining berilgan kelishilgan ro‘yxatlari reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Ogohlantirish tadbirlarining berilgan kelishilgan ro‘yxatlari reyestrida sug‘urtalovchilar to‘g‘risida quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
sug‘urtalovchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
ogohlantirish tadbirlari kelishilgan ro‘yxatining berilgan sanasi va raqami;
ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash asoslari va sanasi;
ogohlantirish tadbirlari kelishilgan ro‘yxatining amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatini bekor qilish asoslari va sanasi;
ogohlantirish tadbirlari kelishilgan ro‘yxatining dublikatlarini berish asoslari va sanasi.
26. Ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatlari reyestridagi mavjud ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish
SXEMASI
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
20___ yil “_____” ______________
‎№ _______

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

‎‎

Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan
‎ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish to‘g‘risida
‎ARIZA

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq _____________ ___________________ (joylashgan joyi (pochta manzili) bo‘yicha joylashgan ________________________ (sug‘urtalovchining to‘liq nomi) sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishishni
‎so‘raydi.

Ilova:‎
1. _____________‎
2. _____________‎
...‎
‎‎
‎‎Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 45-son, 592-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)