Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq:
1. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan chiqariladi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-oktabr,
PQ-2060-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 31-oktabrdagi PQ-2060-son qaroriga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. 31-bandning ikkinchi xatboshi va 34-bandning sakkizinchi xatboshidagi “maʼlumotnoma” soʻzi “xulosa” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 32-banddagi “maʼlumotnomasi” soʻzi “xulosasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. 54-bandning uchinchi xatboshidagi “maʼlumotnomasi” va “Maʼlumotnoma” soʻzlari tegishli ravishda “xulosasi” va “Xulosa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovaning (Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish Sxemasi) toʻqqizinchi bosqichi “Mexanizm” ustuni, oʻninchi bosqichi “Muddatlar” ustuni va oʻn birinchi bosqichi “Mexanizm” ustunining toʻqqizinchi xatboshidagi “maʼlumotnoma” soʻzlari “xulosa” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. 3-ilovaning (Tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish Sxemasi) birinchi bosqichi “Mexanizm” va “Muddatlar” ustunlarida, ikkinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi birinchi xatboshida hamda uchinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “maʼlumotnoma” soʻzlari “xulosa” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 45-son, 585-modda; 2017-y., 5-son, 60-modda)