Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.04.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
SUDYALARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BOʻYIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PF-5007-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish ishlarini yanada takomillashtirish, sudyalik lavozimlariga yetuk, bilimdon va pok mutaxassislarni tavsiya etishda qonunchilik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka Komissiyasi tuzilsin.
Uning tarkibi va Nizomi 1*, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan farmon va farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Komissiyaning asosiy vazifalari sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning demokratik asoslarini takomillashtirish, sudyalarni lavozimlarga tayinlash masalalarini hal etish chogʻida qonunchilik va ijtimoiy adolat kafolatlarini, shuningdek sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlashdan iborat deb belgilansin.
3. Ushbu Farmon qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 30-iyuldagi F-1038-sonli Farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 4-may,
PF-2599-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-martdagi PF-2817-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 62-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 163-modda; 2001-y., 4-son, 62-modda)