O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrug‘i
Lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 8-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2455]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 24-aprel,
23-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 24-apreldagi 23-B son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar lok-bo‘yoq materiallari bilan bog‘liq ishlarni bajaradigan barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va ta’mirlashda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb yoki ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarning soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilotlar o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishlari lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni ishlab chiqarish muhitining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal, boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
39. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
40. Tashkilot xonalari va ish hududidagi harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Tashkilot maydonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
45. Tashkilotlarda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
46. Transport vositalari va piyodalarning harakatlanish chizmasi tashkilotlarning kirish, chiqish, ish uchastkalari va sexlarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
47. Tashkilotning hududi ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmog‘i bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
48. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi kerak.
49. Qishki mavsumda binolarning tomlari qordan, karnizlari muzlardan tozalab turilishi zarur.
50. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
51. Tashkilotning ishlab chiqarish korpuslariga olib boradigan yo‘llarning eni kamida 6 m va avtomobillar bir tomonlama harakatlanadigan boshqa yo‘llarning eni esa 3,5 m bo‘lishi lozim.
52. Tashkilotlarning hududi GOST 12.4.009-83 “Obyektlarni himoyalash uchun yong‘in texnikasi. Asosiy turlari. Joylashishi va xizmat ko‘rsatilishi” talablariga mos keluvchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
53. Xodimlar uchun alohida chekish joylari belgilanib, maxsus idishlar qo‘yilishi va “Chekish joyi” degan yozuv bilan jihozlanishi kerak.
10-§. Bino va inshootlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
54. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
55. Ishlab chiqarish binolari havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0294-11 “Ish joyidagi havodagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorining gigiyenik me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
57. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning mikroiqlimi (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
58. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq o‘tkazuvchi pollarida (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
59. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal beruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
60. Darvozalar balandligi foydalanilayotgan transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland bo‘lishi kerak.
61. Keng izli temir yo‘l transportining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan temir yo‘l transportining enidan ortiq bo‘lishi kerak.
62. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash xonalari so‘rish-chiqarish, shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi va kirish eshiklariga “Kirish taqiqlanadi”, “Ochiq olovdan foydalanish man etiladi”, “Chekish mumkin emas” kabi taqiqlovchi xavfsizlik belgilari osilgan bo‘lishi kerak.
63. Yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan barcha ishlab chiqarish xonalarida ventilyatsiya tizimlari buzuq bo‘lgan texnologik uskunalarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
64. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
65. Tashkilotning bino va inshootlaridan foydalanish holatini muntazam kuzatish ishlari tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
66. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki martadan (bahor va kuzda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
67. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
68. Kirish va chiqish yo‘llari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi lozim.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
69. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
70. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
71. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
72. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, o‘rtacha og‘ir ishda 17º S va og‘ir ishda 16º S dan past bo‘lmasligi kerak.
73. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
12-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
74. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
75. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
76. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
13-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(13-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
77. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
78. Tashkilotlarning ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi kanalizatsiyaga yetib kelgunga qadar zararli moddalardan tozalanishi kerak.
79. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun beriladigan suvning sifati texnologik talablarga mos bo‘lishi kerak.
80. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi va suv quvurlari bo‘lmaganda, maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
81. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga javob berish kerak.
82. Ichimlik suvining harorati 8 °S dan 20 °S gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
83. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi bo‘lmaganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
14-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
85. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
86. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
87. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar bilan to‘sib qo‘ymaslik kerak.
88. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
89. Yoritish vositalari ko‘zni qamashtirishidan saqlash uchun choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
90. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
91. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
92. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
93. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
94. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
95. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
15-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar
96. Tashkilotning maishiy va ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
97. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni tashkilotning umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
98. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablar
99. Tashkilot atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
100. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
101. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi va ushbu idishlar bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
17-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
102. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(102-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
103. Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
104. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
105. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm to‘xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning to‘xtashi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
106. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq va o‘chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi lozim.
Liniyani to‘xtatgandan so‘ng, ovozli va yorug‘lik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
107. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
108. Lok-bo‘yoq materiallari bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki bu xonalarda o‘rnatilgan maxsus kameralarda bajarilishi kerak. Xonalarga kirishda “Yong‘indan xavfli”, “Chekilmasin”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi” degan xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi shart.
2-§. Yong‘in va portlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
109. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
110. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
111. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
112. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
113. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
114. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
115. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
116. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
117. Kollektordan chiqadigan suyuqlik miqdori va inersiya natijasida statik tok hosil bo‘lishini hisobga olgan holda kollektor sim orqali yerga ulanishi kerak.
118. Ishlab chiqarish binolariga (omborxona, sex, laboratoriya, uchastka va boshqa) yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
119. Sexlarda (bo‘limlarda, omborxonalarda, ustaxonalarda, laboratoriyalarda va boshqa ish uchastkalarda) yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha, shuningdek yong‘in o‘chirish anjomlarining soz holda bo‘lishiga shu bo‘linmalarning boshliqlari yoki boshliq vazifasini bajaruvchi xodimlari mas’uldir.
120. Yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish binolari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
121. Lok-bo‘yoq mahsulotlaridan bo‘shagan idishlarni ish bajarilayotgan xonada saqlash taqiqlanadi.
122. Yong‘inga qarshi suv havzalari doimo soz holatda, ichidagi suv hajmi yong‘inni o‘chirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
123. Barcha ishlab chiqarish bo‘limlarida chekish taqiqlanadi.
3-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
124. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(124-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
125. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
126. Elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart.
127. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
128. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
129. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
130. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
131. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
132. Tok uzatilmagani sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak.
133. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
134. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
135. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
136. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
137. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va yerga ulangan bo‘lishi lozim.
138. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim.
139. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
140. Momaqaldiroq vaqtida elektr o‘lchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
141. Lok-bo‘yoq materiallarini transport vositalarida tashishda yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim.
142. Lok-bo‘yoq materiallarini tashish uchun mo‘ljallangan idishlar soz holda va germetik zich yopiladigan bo‘lishi va nuqsonlari bo‘lmasligi shart.
143. Shisha, chinni va polimer materiallardan yasalgan nozik, mo‘rt va tez sinuvchan idishlarga quyilgan lok-bo‘yoq materiallari maxsus taralar (yog‘och yashiklar yoki savatlar)ga o‘rnatilib, bo‘sh joylari qistirma materiallar bilan zichlangan holda tashilishi kerak.
144. Har bir idish o‘rni lok-bo‘yoq materiallarining nomi yozilgan yorliqqa va tegishli ogohlantiruvchi yozuvga ega bo‘lishi kerak.
145. Lok-bo‘yoq materiallarini tushirishdan oldin ularni to‘kilmaganligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar lok-bo‘yoq materiallari to‘kilgan bo‘lsa, ularni darhol tozalab olish kerak.
146. Lok-bo‘yoq materiallarini tashishda ag‘darilib ketishini oldini olish uchun har bir idish o‘rni mahkamlanishi zarur.
147. Lok-bo‘yoq materiallarini oziq-ovqat, kiyim-kechak va odamlar bilan birga tashish taqiqlanadi.
148. Tashkilotga keltirilgan lok-bo‘yoq materiallari zudlik bilan omborxonaga topshirilishi zarur.
149. Lok-bo‘yoq materiallarini qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilishi lozim.
150. Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxonalar alohida yopiq va shamollatiladigan binolarda joylashtirilishi zarur.
151. Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxonalarni tashkilot hududidagi omborxona binolaridagi to‘silgan seksiyalarda yoki alohida turgan binolarda, shuningdek saqlash sharoitlarini hisobga olgan holda tabiiy shamollatishni ta’minlovchi va ochiq saqlash maydonlardagi bostirmalarda joylashtirish lozim.
152. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam bo‘lmagan holda baland bo‘lishi va atrofi 0,5 m dan kam bo‘lmagan balandlikka ega yonmaydigan devor bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
153. Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxona polining yuzasi tekis, silliq, oson yuviluvchi va suv oqishi uchun qiya holda bo‘lishi kerak.
154. Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxona binosi majburiy havo so‘rish va havo almashishi uchun tabiiy shamollatish tizimlariga ega bo‘lishi lozim.
155. Materiallar va xom ashyoga aloqasi bo‘lmagan boshqa ishlarni lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxonada bajarish taqiqlanadi.
156. Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxonada ularning navlari va guruhlari bo‘yicha joylashtirilishi kerak.
157. Lok-bo‘yoq materiallarini nosoz va germetik zich yopilmagan idishlarda yoki rezervuarlarda qoldirish taqiqlanadi.
158. Butilka, banka va idishlardagi lok-bo‘yoq materiallari tirab qo‘yiladigan polkalarda va stellajlarda saqlanishi kerak.
159. Butilka, banka va idishlar eniga ikkitadan ko‘p bo‘lmagan, uzunligiga o‘n beshtadan ko‘p bo‘lmagan va balandligi: stellajlarda bittadan ko‘p bo‘lmagan qatorda, shtabellar orasiga qistirma qo‘yib ikki qatordan ko‘p bo‘lmagan holda terilishi lozim.
160. Butilka, banka va idishlardagi lok-bo‘yoq materiallari ularni ag‘darilishini yoki buzilib ketishini oldini oluvchi idishlarga joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
161. Og‘zi tor bo‘lgan bochkalarning og‘zini tepaga qilib, gardishlarga terilishi lozim.
162. Lok-bo‘yoq materiallarini omborxona ichida tashishda ularni joydan joyga xavfsiz ko‘chirilishini ta’minlovchi arava va boshqa vositalardan foydalanish zarur.
163. Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxonalar va ularni tarqatish joylariga kirish uchun tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan ruxsat berilgan xodimlar kirishi kerak.
164. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
165. Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxona va yuk saqlash maydonchalarida og‘ir va o‘ta og‘ir yuklarni ortish va tushirish hamda harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
166. Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxona yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududining kirish joyida harakat yo‘nalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositasining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
167. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokaralarning ishlab chiqarish binolariga va omborlariga kirishi taqiqlanadi.
168. Xodimlarni avtoyuklagich va avtokaralarda tashish, shuningdek ortilayotgan va tushirilayotgan yuklar ustida turishi taqiqlanadi.
169. Yuk ortish va tushirish ishlari bajarilayotganda xodimlar ko‘tarilayotgan yoki tushirilayotgan yuklar ostida turmasliklari kerak.
170. Yuk ortish va tushirish ishlari ushbu ishga tayinlangan mas’ul xodim rahbarligi ostida bajarilishi lozim.
171. Yuklar javonlar, tagliklar, shtabellar va boshqa moslamalarga taxlanishi va bunda yuklarning og‘irligi yuk ko‘tarish me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim.
172. Lok-bo‘yoq materiallarini joylashtirishdagi oraliq masofa quyidagicha bo‘lishi lozim:
bino devoridan 70 sm;
isitish tizimidan 20 — 50 sm;
yoritish tizimidan 50 sm;
poldan 15 — 30 sm.
173. Shtabellar oralig‘idagi masofa quyidagicha bo‘lishi kerak:
yashiklar oralig‘i 2 sm;
taglik va konteynerlar oralig‘i 5–10 sm.
174. Gorizontal holatda taxlanayotgan bochkalarning balandligi uch qatorgacha bo‘lishi, qatorlar oralig‘ida to‘siqlar qo‘yish sharti bilan bochkalarni vertikal holatda taxlanayotganida ularning balandligi ikki qatordan oshmasligi kerak.
175. Tez yonuvchi suyuqliklar gorizontal va bir qatorda joylashtirilishi lozim.
5-§. Lok-bo‘yoq materiallarining chiqindilarini zararsizlantirishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
176. Lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashda ishlatilgan yordamchi materiallar (salfetkalar, lattalar va boshqalar) yopiladigan va yonmaydigan maxsus idishga yig‘ilishi kerak.
177. Lok-bo‘yoq materiallari polga to‘kilganda, to‘kilgan joyga zudlik bilan qum sepish va undan so‘ng sepilgan qum yig‘ishtirib olinib yopiladigan maxsus idishga solinishi lozim.
178. Ishlab chiqarish chiqindilari uchun mo‘ljallangan idish maxsus ajratilgan joyda bo‘lishi va ish tugagandan so‘ng zararsizlantirish uchun maxsus jihozlangan maydonga qo‘yilishi kerak.
179. Ishlab chiqarish chiqindilarini yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mish taqiqlanadi.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga (qurilmalariga) qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Qurilmalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
180. Lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashda qo‘llaniladigan qurilmalar SanQvaM 0208-06 “Texnologik jarayonlarni tashkil qilish va ishlab-chiqarish qurilmalariga bo‘lgan talablar”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
181. Barcha qurilmalarda ulardan foydalanish pasportlari bo‘lishi lozim.
182. Lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashda qo‘llaniladigan asosiy va yordamchi texnologik qurilmalar uchqun chiqarmaydigan materiallardan (aluminiy va mis qotishmalaridan) yasalgan bo‘lishi kerak.
183. Lok-bo‘yoq materiallari bilan bog‘liq ishlar bajariladigan binolarda (omborxonalarda) o‘rnatilgan elektr va yuk ko‘taruv-transport (elektr dvigatellar, yoritqichlar, simlar, yoqish moslamalari) qurilmalari Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 27-fevraldagi 20-15-62/24-son xatiga asosan texnik qoida va normalarga tegishli deb topilgan) talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
184. Texnologiya va elektr qurilmalari hamda ularning yerga ulash moslamalarining sozligi bosh mexanik va bosh energetik bo‘limlarining mutaxassislari tomonidan ularning pasportlariga belgi qo‘ygan holda bosh injener tomonidan tasdiqlangan grafikka muvofiq tekshirilishi kerak. Barcha yoqish-o‘chirish moslamalari xonalardan tashqarida o‘rnatilishi lozim.
2-§. Ishlab chiqarish qurilmalarini joylashtirishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
185. Qurilmalarning joylashishi ularda ishlashga, xizmat ko‘rsatishga va avariya holatlarida xodimlarni evakuatsiya qilishga qulaylik yaratishni ta’minlashi lozim.
186. Qurilmalar bir-biridan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno qiluvchi va mahsulot va materiallarni xavfsiz tashishni ta’minlovchi masofalarda joylashtirilishi kerak.
187. Qurilmalar orasidagi materiallar va mahsulotlarni tashish uchun mo‘ljallangan yo‘laklarning kengligi 2,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
188. Texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida qurilmalarning orasidagi masofa xodimlarning erkin harakatlanishini ta’minlashi lozim.
3-§ Ish joylariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
189. Stendlar va boshqa qurilmalarning ish hududining balandligi poldan yoki xizmat ko‘rsatiluvchi maydonchalarning yuzasidan 2 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
190. Barcha ish joylaridagi mexanizmlarni tozalash va ish joylarini yig‘ishtirish uchun zarur bo‘lgan moslamalar bo‘lishi lozim.
191. Ish joylarida lok-bo‘yoq materiallari uchun belgilangan sig‘imlar germetik zich yopilgan va lok-bo‘yoq materiallarining miqdori ularning smenada ishlatiladigan miqdoridan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
192. Ish joylaridagi zararli moddalar bug‘larining konsentratsiyasi belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
193. Ish joylari har kuni kamida bir marta nam latta bilan tozalanishi kerak.
V bob. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
194. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi kerak.
195. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerak.
196. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
197. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi kerak.
198. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
199. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazilishi kerak.
200. Og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi kerak.
201. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan, muddati tugagan mexanizmlarda ishlashga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
202. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi kerak.
203. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
204. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi kerak.
205. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40º S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
206. Barcha ta’mirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi kerak.
207. Materiallarning uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi kerak.
208. Ta’mirlash tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi kerak.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
209. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
210. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish Qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(210-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
211. Mazkur Qoidalar “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
2013-yil 19-aprel
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZAKIROV
2013-yil 19-aprel
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 19-aprel
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 19-aprel
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 19-aprel
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2013-yil 19-aprel
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2013-yil 19-aprel
“O‘zstandart”agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2013-yil 19-aprel
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 19-son, 246-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)