|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.09.2017
|
Hujjat 14.08.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, baʼzilarini esa oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan:
1. Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilishi hamda shtat birligining soni 1–3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2001-yilning 1-yanvaridan mavjud umumiy yurisdiksiya sudlari negizida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari tashkil qilinsin hamda ularning tuzilishi va shtat birliklarining soni 4–6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) jinoyat ishlari boʻyicha sudlari tashkil qilinsin xamda ularning tuzilishi va shtat birliklarining soni 7–8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari — sud raisi, rais oʻrinbosari, sudyalardan iborat boʻlib, oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrib chiqadilar;
tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari — sud raisi va sudyalardan iborat boʻlib, qonun bilan ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan fuqarolik ishlarini koʻrib chiqadilar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha sudlari — sud raisi, rais oʻrinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat boʻlib, oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrib chiqadilar;
tuman (shahar) jinoyat ishlari boʻyicha sudlari — sud raisi, sudyalar va xalq maslahatchilardan iborat boʻlib, qonun bilan ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar.
4. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida koʻzda tutilgan barcha ishlar taalluqlidir.
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksida koʻzda tutilgan barcha ishlar hamda amaldagi qonun boʻyicha sudlarning ish yurituviga oʻtkazilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning, shuningdek harbiy sudlarning faoliyati ustidan sud nazoratini amalga oshiradi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyalarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish va tayinlash (saylash) qonunda oʻrnatilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida sudlarni moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida;
sudlarni yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish haqida takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-avgust,
PF-2682-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy yurisdiksiyasudlarining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilishi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-sonli Farmoniga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlarining umumiy soni
| Lavozimlar nomi | Lavozimlar soni |
|
1) Rais |
1 |
| 2) Raisning birinchi oʻrinbosari | 1 |
| 3) Rais oʻrinbosari | 1 |
| 4) Sudlov hayʼati raisi | 3 |
| 5) Sudyalar | 40 |
| 6) Boʻlim boshliqlari, katta konsultantlar, konsultantlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar | 113 |
| | Jami 159 ta |
Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 19 kishidan iborat harbiy hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-sonli Farmoniga
4-ILOVA
4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning namunaviy tuzilishi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-sonli Farmoniga
5-ILOVA
5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari xodimlarining
umumiy soni
| Lavozimlar nomi | Lavozimlar soni |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari: | |
| 1) Sudyalar | 110 |
| 2) Sud majlisi kotibi | 110 |
| 3) Boshqa xodimlar | 83 jami 303 ta |
| Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlari: | |
| 1) Sudyalar | 169 |
| 2) Sud majlisi kotibi | 169 |
| 3) Sud ijrochilari | 210 |
| 4) Boshqa xodimlar | 186 jami 734 ta |
| JAMI: | |
| 1) Sudyalar | 279 |
| 2) Sud majlisi kotibi | 279 |
| 3) Sud ijrochilari | 210 |
| 4) Boshqa xodimlar | 269 jami 1037 ta |
Izoh: Boshqa xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga devonxona va arxiv mudirlari, xat tashuvchi, haydovchi, farrosh va boshqalar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-yanvardagi PF-2682-sonli Farmoniga
6-ILOVA
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlarining
tuzilmasi
| Tumanlararo sudlar | Tuman, shaharlar nomi |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | |
| Nukus sh. | Nukus sh. |
|
Nukus | |
|
Xodjeyli | |
|
Taxpatosh sh. | |
| Beruniy | Toʻrtkoʻl |
|
Beruniy | |
|
Amudaryo | |
|
Ellikqalʼa | |
| Koʻngʻirot | Koʻngʻirot |
| Shumanay | |
| Moʻynok | |
| Qonlikoʻl | |
| Chimboy |
Qorauzak |
| Kegeyli | |
| Chimboy | |
| Taxtakoʻpir | |
| Bozatau | |
|
Andijon viloyati | |
| Andijon | Andijon sh. |
| Andijon | |
| Oltinkoʻl | |
| Izboskan | Izboskan |
| Baliqchi | |
| Paxtaobod | |
| Asaka | Asaka sh. |
| Asaka | |
| Marhamat | |
| Xoʻjaobod | Buloqboshi |
| Xoʻjaobod | |
| Jalolquduk | |
| Jalolquduk Oim | |
| Boʻz |
Boʻz |
| Ulugʻnor | |
| Shahrixon | |
| Qoʻrgʻontepa |
Qoʻrgʻontepa Xonobod sh. Qorasuv |
|
Buxoro viloyati | |
| F.Xoʻjayev |
F.Xoʻjayev |
| Toʻqimachi | |
| Buxoro | |
| Romitan | |
| Olot | |
| Qorakoʻl | |
| Jondor | |
| Kogon sh. |
Kogon sh. |
| Kogon | |
| Qorovulbozor | |
| Gʻijduvon |
Gʻijduvon |
| Shofirkon | |
| Vobkent | |
| Peshku | |
|
Jizzax viloyati | |
| Jizzax sh. |
Jizzax sh. |
| Jizzax | |
| Gʻallaoral | |
| Baxmal | |
| Forish | |
| Zarbdor |
Zomin |
| Zarbdor | |
| Yangiobod | |
| Doʻstlik |
Doʻstlik |
| Arnasoy | |
| Mirzachoʻl | |
| Paxtakor | |
| Zafarobod | |
|
Qashqadaryo viloyati | |
| Qarshi |
Qarshi sh. |
| Qarshi | |
| Nishon | |
| Kasbi | |
| U.Yusupov | |
| Bahoriston | |
| Shaxrisabz |
Kitob |
| Shaxrisabz | |
| Koson |
Koson |
| Muborak | |
| Chiroqchi |
Chiroqchi |
| Yakkabogʻ | |
| Gʻuzor |
Gʻuzor |
| Dehqonobod | |
| Qamashi | |
|
Navoiy viloyati | |
| Zarafshon sh. |
Uchquduq |
| Zarafshon sh. | |
| Tomdi | |
| Navoiy sh. |
Navoiy sh. |
| Karmana | |
| Navoiy | |
| Qiziltepa | |
| Xatirchi | |
| Navbahor |
Navbahor |
| Konimex | |
| Nurota | |
|
Namangan viloyati | |
| Yangiqoʻrgʻon |
Yangiqoʻrgʻon |
| Chortoq | |
| Kosonsoy | |
| Uchqoʻrgʻon |
Uychi |
| Norin | |
| Uchqoʻrgʻon | |
| Namangan sh. |
Davlatobod |
| Namangan | |
| Mingbuloq | |
| Namangan sh. | |
| Chust |
Toʻraqoʻrgʻon |
| Chust | |
| Pop | |
|
Samarqand viloyati | |
| Temir yoʻl |
Temir yoʻl |
| Siyob | |
| Bogʻishamol | |
| Toyloq |
Samarqand |
| Urgut | |
| Toyloq | |
| Jomboy |
Jomboy |
| Bulungʻur | |
| Ishtixon |
Ishtixon |
| Oqdaryo | |
| Chelak | |
| Poyariq | |
| Qoʻshrobod | |
| Kattaqoʻrgʻon |
Nurobod |
| Kattaqoʻrgʻon sh. | |
| Kattaqoʻrgʻon | |
| Narpay | |
| Paxtachi | |
| Pastdargʻom |
Pastdargʻom |
| Goʻzalkent | |
|
Surxondaryo viloyati | |
| Termiz |
Termiz sh. |
| Termiz | |
| Denov |
Shoʻrchi |
| Denov | |
| Oltinsoy | |
| Sariosiyo |
Sariosiyo |
| Uzun | |
| Sherobod |
Sherobod |
| Muzrobod | |
| Angor | |
| Boysun | |
| Qumqoʻrgʻon |
Jarqoʻrgʻon |
| Qumqoʻrgʻon | |
| Qiziriq | |
| Bandixon | |
|
Sirdaryo viloyati | |
| Guliston sh. |
Guliston sh. |
| Mirzobod | |
| Guliston | |
| Yangiyer | |
| Sirdaryo |
Sirdaryo |
| Sayxunobod | |
| Boyovut |
Boyovut |
| Shirin | |
| Xovos | |
| Oqoltin |
Mehnatobod |
| Oqoltin | |
| Sh.Rashidov | |
|
Fargʻona viloyati | |
| Fargʻona sh. |
Fargʻona sh. |
| Fargʻona | |
| Quvasoy | |
| Kuva | |
| Kirguli | |
| Margʻilon sh. |
Margʻilon sh. |
| Toshloq | |
| Oxunboboyev | |
| Yazyovon | |
| Rishton |
Rishton |
| Oltiariq | |
| Soʻx | |
| Bogʻdod | |
| Qoʻqon sh. |
Qoʻqon sh. |
| Dangʻara | |
| Buvayda | |
| Uchkoʻprik | |
| Oʻzbekiston |
Furqat |
| Oʻzbekiston | |
| Beshariq | |
|
Xorazm viloyati | |
| Urgench |
Urgench sh. |
| Urgench | |
| Yangibozor | |
| Xonka | |
| Bogʻot |
Xozarasp |
| Bogʻot | |
| Yangiariq | |
| Xiva | |
| Shovot |
Qoʻshkoʻpir |
| Shovot | |
| Gurlan | |
|
Toshkent viloyati | |
| Ohangaron |
Angren sh. |
| Olmaliq sh. | |
| Ohangaron sh. | |
| Ohangaron | |
| Bekobod sh. |
Bekobod |
| Bekobod sh | |
| Oʻrtachirchiq | Boʻka |
| Oʻrtachirchik | |
| Pskent | |
| Oqqoʻrgʻon | |
| Quyichirchiq | |
| Chirchiq sh. |
Boʻstonliq |
| Chirchiq sh. | |
| Kibray | |
| Yuqorichirchiq | |
| Parkent | |
| Zangiota |
Zangiota |
| Chinoz | |
| Toshkent | |
| Yangiyoʻl | |
| Yangiyoʻl sh | |
|
Toshkent shahri | |
| A.Ikramov |
A.Ikramov |
| Chilonzor | |
| M.Ulugʻbek |
Yunusobod |
| M.Ulugʻbek | |
| Shayxontoxur |
Shayxontoxur |
| S.Raximov | |
| Yakkasaroy |
Yakkasaroy |
| Sergeli | |
| Mirobod |
Bektemir |
| Xamza | |
| Mirobod | |
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-yanvardagi PF-2682-sonli Farmoniga
7-ILOVA
7-ILOVA
Qoraqolpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining
namunaviy tuzilishi
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining namunaviy tuzilishi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-sonli Farmoniga
8-ILOVA
8-ILOVA
Qoraqolpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) jinoyat ishlari boʻyicha sudlari xodimlarining umumiy soni
soni
| Lavozimlar nomi | Lavozimlar soni |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha sudlari: | |
| 1) Sudyalar | 170 |
| 2) Sud majlisi kotibi | 172 |
| 3) Boshqa xodimlar | 82 jami 424 ta |
| Tuman (shahar) jinoyat ishlari boʻyicha sudlari: | |
| 1) Sudyalar | 306 |
| 2) Sud majlisi kotibi | 306 |
| 3) Sud ijrochilari | 258 |
| 4) Boshqa xodimlar | 524 jami 1394 ta |
| JAMI: | |
| 1) Sudyalar | 476 |
| 2) Sud majlisi kotibi | 478 |
| 3) Sud ijrochilari | 258 |
| 4) Boshqa xodimlar | 606 jami 1818 ta |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 246-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2002-y., 3-4-son, 26-modda; 2010-y., 37-son, 318-modda)