|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.03.2018
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1641-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/10-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2988, 30.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/6-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1641, 2006-yil 14-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 467-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-fevral,
4/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-banddan “, kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) nomi, muqaddima, 1, 3, 4, 5, 16 — 19-bandlar va 1-ilovaning ilova belgisidan “, kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 6-bandning birinchi xatboshisidan “, bir kredit uyushmasi ijro organi rahbari boshqa kredit uyushmasi ijro organi rahbarligiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v) 7-banddan “, kredit uyushmalari” va “, kredit uyushmasi kengashi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
g) 9-banddan “, kredit uyushmalari” va “kredit uyushmasi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
d) 10-bandda:
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “Kredit uyushmalari va mikrokredit” degan soʻzlar “Mikrokredit” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn toʻqqizinchi va yigirma birinchi xatboshilardan “kredit uyushmasi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
e) 11-banddan “kredit uyushmalari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
j) 20-banddan “, kredit uyushmalari” va “, kredit uyushmasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
z) 2-ilovada:
ilova belgisidan “, kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari tomonidan Komissiyaga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati”;
birinchi xatboshidagi “Kredit uyushmasi kengashi yoki mikrokredit” degan soʻzlar “Mikrokredit” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidan “kredit uyushmasi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 10-son, 138-modda)