Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.03.2018
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI, BOSh BUXGALTERLARI, BOShQARUV A’ZOLARI HAMDA MIKROKREDIT TAShKILOTLARI IJRO ORGANLARI RAHBARLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-noyabrda 1641-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/10-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2988, 30.03.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning loyihasini ko‘rib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Markaziy bank Boshqaruvining 29-yanvar 2005-yildagi 1/7-son qarori va u bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (2005-yil 10-mart, ro‘yxat raqami 1455), ushbu Nizomga Markaziy bank Boshqaruvining 28-may 2005-yildagi 11/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-son o‘zgartirish (2005-yil 27-iyun, ro‘yxat raqami 1455-1), Markaziy bank Boshqaruvining 7-oktabr 2005-yildagi 21/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2-son o‘zgartirish (2005-yil 28-oktabr, ro‘yxat raqami 1455-2) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Kredit uyushmalari Kengashlari raislariga hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lmagan kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarini 2 yil muddat ichida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha oliy iqtisodiy ma’lumot olishi uchun oliy o‘quv yurtiga kirishlarini ta’minlash yoki ijro organi rahbarini oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan xodim bilan almashtirish vazifasi yuklatilsin.
4. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan o‘n kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-oktabr,
24/6-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/6-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
NI3OM
Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 51-moddasiga muvofiq, tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablarini qo‘yish va kasbga muvofiqligini aniqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Malaka talablarini qo‘yish va kasbga muvofiqlikni aniqlash (keyingi o‘rinlarda — kasbga muvofiqlikni aniqlash) — bank ishi va amaliyotini hamda mikrokredit tashkilotlari faoliyatini yuritishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun yuqori malaka va salohiyatga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash usulidir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
2. Kasbga muvofiqlikni aniqlashning asosiy tamoyillari — ochiqlik, kengashlilik va xolislikdan iborat.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) kasbga muvofiqlikni aniqlovchi kollegial organ hisoblanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarning lavozimga muvofiqligini baholash maqsadida Tijorat banklarining Bosh banklarida kasbga muvofiqlikni aniqlash bo‘yicha ichki komissiya tashkil etiladi. Ushbu komissiya tarkibiga Bank Kengashining a’zolaridan biri kiritilishi shart.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) asosida ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
4. Mazkur Komissiyada tijorat banklari Boshqaruvi raislari va rais o‘rinbosarlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar bundan mustasno), Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning bosh buxgalteri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman filiallari, Amaliyot boshqarma (bo‘lim)lari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari va mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari (keyingi o‘rinlarda — Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari) lavozimlariga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning kasbga muvofiqligi aniqlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
5. Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari quyidagi hollarda tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topiladilar va o‘z navbatida ular ushbu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi to‘g‘risida dalillar ma’lum bo‘lgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi a’zolari hamda yirik ishtirokchilari (ustav kapitalida 10 foiz va undan ko‘p miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega bo‘lgan shaxslar);
o‘zining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida noto‘g‘ri ish yuritsa;
o‘zaro yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida birga ishlasa.
6. Bank yoki filial rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari bir bank tarkibida boshqa yuqori lavozimga yoki boshqa bankka teng yoki yuqori lavozimlarga, bir mikrokredit tashkiloti ijro organi rahbari boshqa mikrokredit tashkiloti ijro organi rahbarligiga tavsiya etilganda ularning kasbga muvofiqligi Komissiya tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri bir bank tarkibida boshqa filialga teng lavozimlarga o‘tkazilishi Bosh bank taqdimnomasiga asosan Komissiyaning suhbat va (yoki) test sinoviga taklif etilmasdan ko‘rib chiqiladi.
7. Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilishi masalasi tijorat banki Boshqaruvi yoki mikrokredit tashkiloti muassis(lar)i tomonidan Komissiyani xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Tijorat banklari va mikrokredit tashkiloti rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma 3 ish kunidan kechiktirmasdan Markaziy bankning Kredit tashkilotlari rahbar xodimlari bilan ishlash departamentiga yetkazilishi hamda ushbu o‘rinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari tijorat banklari tomonidan 1-ilovaga va mikrokredit tashkilotlari tomonidan 2-ilovaga muvofiq 15 ish kunidan kechiktirmasdan Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
8. Ushbu Nizomning 4-bandida qayd etilgan rahbarlik lavozimlari bo‘yicha bo‘sh o‘rinlar 1 oy muddat ichida butlanishi shart.
9. Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari ushbu Nizomning 7 va 8-bandlari talablariga rioya qilmagan taqdirda, ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan quyidagi choralar qo‘llanilishi mumkin:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
tijorat banklariga o‘rnatilgan minimal ustav kapitali miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima solish;
tijorat banklarida ushbu holatlar qayta takrorlangan taqdirda, bank filialini yopishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish;
mikrokredit tashkiloti lizensiyasini amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish hamda litsenziyasini bekor qilishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
II. Malakaga doir talablar
10. Rahbarlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni bilishi lozim:
Tijorat banklari rahbarligiga nomzodlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida yoritilgan asosiy masalalar mohiyati;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan:
fuqarolik, xo‘jalik va mehnat qonunchiligi;
bank hisobotlarini tuzish tartibi;
hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi;
moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlari bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi;
kichik biznesni kreditlash tartibi;
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
bankni korporativ boshqarish tartibi;
ichki audit vazifalari va faoliyati;
emissiya-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi;
pul muomalasini tashkil etish masalalari;
Bazel qo‘mitasining bank faoliyatiga oid asosiy tamoyillari;
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
Mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarligiga nomzodlar:
(10-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bank, mikrokredit tashkiloti faoliyatiga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan:
(10-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
fuqarolik, xo‘jalik va mehnat qonunchiligi;
mikrokredit tashkiloti hisobotlarini tuzish tartibi;
(10-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
kredit siyosati va kreditlash tartibi;
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
11. Tijorat banklarining rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy ma’lumotga, bank tizimida yetarli ish tajribasiga va oxirgi ish joyidan tavsiyaga, mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy ma’lumotga, bank yoki moliya sohasida yetarli ish tajribasiga ega bo‘lishlari lozim.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Agar tijorat banklarining Boshqaruvi a’zoligiga bankning yuridik xizmati rahbari tavsiya etilsa, nomzod oliy yuridik ma’lumotga va bank tizimida yetarli ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
Tijorat banklarining tuman filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga istisno tariqasida bank yoki iqtisodiy mutaxassislik bo‘yicha oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
III. Nomzodning kasbga muvofiqligini aniqlash tartibi
12. Komissiya tarkibi Markaziy bank Raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibidagi xodimlar boshqa lavozimga yoki boshqa ishga o‘tgan taqdirda, ular o‘rniga tayinlangan xodimlar Komissiya tarkibiga kiritilgan hisoblanadi.
13. Komissiya yig‘ilishi va qarorlari a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi. Komissiya qarori unda ishtirok etgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolganda, Komissiya raisi hal qiluvchi ovozga ega bo‘ladi.
14. Komissiya raisi yo‘qligida majlisni uning o‘rinbosari o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Komissiya ishini tashkil etish Kredit tashkilotlari rahbar xodimlari bilan ishlash departamenti tomonidan olib boriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
16. Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari dastlab tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib, so‘ng Markaziy bankka taqdim etiladi. Kredit tashkilotlari rahbar xodimlari bilan ishlash departamenti mazkur hujjatlarni o‘rganib chiqib, so‘ng Komissiyaning barcha a’zolarini tanishtirishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
17. Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlik lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlarning Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlaridagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardirlar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
18. Komissiya tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini ushbu Nizom talablariga muvofiq holda, 10 kun muddatda o‘rganib chiqadi va nomzodning lavozimga muvofiqligini aniqlash masalasini o‘zining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Markaziy bank zarurat tug‘ilgan hollarda, nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydigan axborotlarni nomzodning o‘zidan, shuningdek tegishli vakolatli idoralardan surishtirib aniqlashi mumkin.
19. Tavsiya etilayotgan nomzodning lavozimga muvofiqligi Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga ko‘ra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va mazkur qarordan ko‘chirma tijorat banklari hamda mikrokredit tashkilotlariga yuboriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
20. Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar muvofiq emas deb topilganda, tijorat banki (bank Kengashi) va mikrokredit tashkilotlari tomonidan Komissiya qaroridan tegishli ko‘chirmani olganidan so‘ng, 15 kun muddat ichida ushbu lavozimga boshqa malakali nomzodlar tavsiya etilishi lozim.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
21. Tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas, deb topilgan nomzodlar kamida olti oy muddat o‘tgandan so‘ng ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan lavozimlarga qayta tavsiya etilishi mumkin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida” F-896-sonli farmoyishiga muvofiq holda o‘tkaziladigan attestatsiya yakunlari bo‘yicha egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan tijorat banklari rahbar xodimlari 3 yildan so‘ng rahbarlik lavozimiga qayta tavsiya etilishi mumkin. Istisno tariqasida, attestatsiyada egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan rahbarni attestatsiya sanasidan 1 yil o‘tgandan so‘ng quyidagi qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda rahbarlik lavozimlariga qayta tavsiya etilishiga ruxsat beriladi:
a) bank Boshqaruvi raisining tavsiyanomasi;
b) bank Kengashi yoki Boshqaruvining kamida ikkita a’zosining fikrnomasi;
v) xodimning o‘tgan vaqt mobaynida ish faoliyati natijalari, malakasi, nazariy va amaliy bilimlarini oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar shunday tavsiyalar berilgan bo‘lsa).
23. Xodim tijorat banklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman filiallari, Amaliyot boshqarma (bo‘lim)lariga rahbar yoki bosh buxgalter lavozimiga tayinlanganidan so‘ng (Markaziy bank nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga teng yoki yuqori lavozimga tayinlangan xodimlar bundan mustasno) tijorat banklarining Bosh banki tomonidan mazkur filialning iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 1 yil davomida monitoring o‘rnatilib, uning tahlili har chorak yakuni bo‘yicha bank Boshqaruvi muhokamasiga kiritib boriladi.
24. Tijorat banklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman filiali, Amaliyot boshqarmasi (bo‘limi)ga rahbar yoki bosh buxgalter (Markaziy bank nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga teng yoki yuqori lavozimga tayinlangan xodimlar bundan mustasno) lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kasbga muvofiqlikni aniqlash komissiyasining suhbat va (yoki) test sinoviga taklif etilishidan avval bank tizimining o‘quv markazlarida tashkil etilgan kurslarda yoki tegishli oliy o‘quv yurtlari huzuridagi malaka oshirish kurslarida o‘z malakasini oshirishi hamda malaka oshirganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasini Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
(23 va 24-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari hamda boshqaruv a’zolarining tijorat banki tomonidan Komissiyaga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati
Bosh bank Boshqaruvi taqdimnomasi (Bank Kengashi taqdimnomasi);
so‘rovnoma;
tarjimai hol;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quv yurtini tugatganligi to‘g‘risida diplom nusxasi (agar oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan bo‘lsa — o‘qiyotgan joyidan ma’lumotnoma) va malaka oshirganligi to‘g‘risida hujjat nusxasi;
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
tavsiya etilayotgan nomzod bilan Bosh bankda o‘tkazilgan suhbat natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnoma nusxasi va nomzod bilan o‘tkazilgan suhbat varaqasi;
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
6 x 4 hajmdagi 4 dona surat;
nomzodning ish faoliyati haqidagi ma’lumotnoma;
nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (Bosh bank va uning viloyatlardagi boshqarmalari rahbarlariga 5 ta, bosh buxgaltyerlariga 3 ta hamda shahar va tumanlardagi filiallar rahbarlariga va bosh buxgaltyerlariga 3 tadan kam bo‘lmasligi kerak);
Oldingi tahrirga qarang.
turar joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma hamda nomzodning pasporti nusxasi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki o‘qiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini o‘zi bilan birga olib kelishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari tomonidan Komissiyaga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Mikrokredit tashkiloti muassis(lar)i taqdimnomasi;
(birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
so‘rovnoma;
tarjimai hol;
o‘quv yurtini tugatganligi to‘g‘risida diplom nusxasi (agar oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan bo‘lsa — o‘qiyotgan joyidan ma’lumotnoma);
oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
6 x 4 hajmdagi 4 dona rangli surat;
mikrokredit tashkiloti tomonidan tayyorlangan nomzodning ish faoliyati haqidagi ma’lumotnoma;
(yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (5 tadan kam bo‘lmasligi kerak);
Oldingi tahrirga qarang.
turar joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma hamda nomzodning pasporti nusxasi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki o‘qiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini o‘zi bilan birga olib kelishi shart.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 467-modda; 2008-y., 20-21-son, 185-modda; 2013-y., 10-son, 138-modda)