O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ayrim budjet tashkilotlari xodimlari ba’zi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash to‘g‘risida
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qarorini bajarish yuzasidan, malakali kadrlarning o‘rnashib qolishi va ular qo‘nimsizligining oldini olish, shuningdek ayrim budjet tashkilotlarining buxgalterlari va iqtisodchilarining moddiy manfaatdorligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ayrim budjet tashkilotlarining buxgalterlari va iqtisodchilari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2013-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Budjet tashkilotlari rahbarlariga buxgalterlar va iqtisodchilarga ushbu lavozimlarda ishlashning uzluksiz stajidan, shuningdek yuklangan funksional vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishidan kelib chiqib mehnatga haq to‘lash fondi doirasida lavozim maoshining (tarif stavkasining) 10 foizigacha miqdorida ustama belgilash huquqi berilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi budjet tashkilotlariga buxgalterlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga ustamalar belgilash bo‘yicha tavsiyalarni yetkazsin.
3. Belgilansinki, buxgalterlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yangi lavozim razryadlari va lavozim maoshining (tarif stavkasining) 10 foizigacha miqdorda ustama joriy etish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar 2013-yilda tegishli budjet tashkilotlarining mehnatga haq to‘lash fondi bo‘yicha umumiy tejam hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-fevral,
33-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-fevraldagi 33-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim budjet tashkilotlarining buxgalterlari va iqtisodchilari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlari
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
T/r‎

Mutaxassislar va xizmatchilarning lavozimlari nomi‎

YTS bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadi‎
1.‎ Buxgalter, iqtisodchi 6
2.‎ 2-toifali buxgalter, 2-toifali iqtisodchi‎ 7
3.‎ 1-toifali buxgalter, 1-toifali iqtisodchi 8
4.‎ Yetakchi buxgalter, yetakchi iqtisodchi 9
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Izoh:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan muassasalarning bosh buxgalterlariga (bosh buxgalter huquqi bilan ishlovchi buxgalterlarga) mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va manfaatdor idoraning qo‘shma qarori bilan belgilanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jadvalda ko‘rsatilgan lavozimlarga xodimning lavozim funksiyalarini aniqlashtiradigan hosila nomlar (masalan: “Buxgalter-taftishchi”, “Buxgalter-iqtisodchi” va boshqalar) qo‘llanilishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu lavozim razryadlari ular uchun tarif razryadlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa qarorlari yoki ularni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va manfaatdor idoraning qabul qilingan qo‘shma qarorlari bilan belgilangan mutaxassislarga — buxgalterlar, iqtisodchilarga tatbiq etilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 6-son, 71-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)