Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2012-yil 16-noyabrdagi 576–II-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2012-yil 6-dekabrdagi SQ–343–II–son qarorini ijro etish yuzasidan:
1. Quyidagilar:
2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
*1-ilova berilmaydi
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
*2-ilova berilmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining, Respublika yoʻl jamgʻarmasining, budjetdan tashqari Taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasining, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining 2013-yilgi asosiy parametrlari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
*3—6-ilovalar berilmaydi.
2. 2013-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish, qonun hujjatlariga muvofiq respublika budjeti mablagʻlarining 2013-yil boshidagi boʻsh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3. 2013-yil uchun:
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari 20 foiz miqdorida;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;
*7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 8-ilovaga* muvofiq;
*8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-1, 9-2 va 9-3-ilovalarga* muvofiq;
*9-1, 9-2 va 9-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarga qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 10-ilovaga* muvofiq;
*10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 11-ilovaga* muvofiq;
*11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarda* keltirilgan roʻyxatga muvofiq;
*12-1 va 12-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga* muvofiq;
*13-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga* muvofiq;
*14-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi 15-1 va 15-2-ilovalarga** muvofiq;
**15-1 va 15-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari 16-ilovaga** muvofiq;
**16-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 17 va 18-ilovalarga* muvofiq;
*17 va 18-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari 19-ilovaga* muvofiq;
*19-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yagona yer soligʻi stavkalari 20-ilovaga* muvofiq;
*20-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 21-ilovaga* muvofiq;
*21-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
22-ilovaga* muvofiq belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
*22-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va ajratmalar stavkalari 23-ilovaga* muvofiq;
*23-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida 24-ilovada* keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz miqdorida;
*24-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 6,0 foiz miqdorida;
turar-joyni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkasi 25-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*25-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Yuridik shaxslar uchun koʻchmas mulkni ijaraga topshirishdan tushadigan daromadlarni soliqqa tortishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin, unga muvofiq mazkur daromadlar shartnoma boʻyicha oʻrnatilgan ijara haqi summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi, ammo davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara haqining eng kam stavkalari boʻyicha hisoblab chiqilgan miqdordan past boʻlmasligi kerak.
4. 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
ixtisoslashtirilgan “Sharobsavdo” hududiy bazalari uchun chakana va ulgurji tovar aylanmasi boʻyicha yagona soliq toʻlovi stavkasi 5 foiz miqdorida belgilansin;
undirishni soliq toʻlovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;
*26-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mobil aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi mablagʻlarni 27-ilovaga* muvofiq taqsimlagan holda, oyiga 500 soʻm miqdorida;
*27-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi avtomobil gaz toʻldirgich kompressor stansiyalariga (shu jumladan oʻz balansida avtomobil gaz toʻldirgich kompressor stansiyalari boʻlgan yuridik shaxslarga) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga qoʻshimcha ravishda har kub metri uchun 200 soʻm miqdorda soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiya ustama haqi belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-dekabrdagi PQ-4088-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 07/18/4088/2412-son — 2018-yil 16-noyabrdan oʻz kuchga kirgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-dekabrdagi PQ-4088-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 07/18/4088/2412-son — 2018-yil 16-noyabrdan oʻz kuchga kirgan)
5. Belgilab qoʻyilsinki, yagona soliq toʻlovi tushumlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari Taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PF-5287-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son)
12. 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab:
“Oʻzneftmahsulot” AK neft bazalari tomonidan ajratilgan limitlarga muvofiq avtomobil benzini va dizel yonilgʻisini sotish budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga chakana narxlarda, avtomashinalarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga esa — chegirmani hisobga olgan holda chakana narxlarda amalga oshiriladi;
benzin va dizel yonilgʻisining chakana hamda ulgurji narxlari oʻrtasida neft bazalarining qoʻshimcha narxlari va chegirma miqdori chiqarib tashlanganda hosil boʻladigan tafovut benzin va dizel yonilgʻisini avtomashinalarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga sotilganida belgilangan tartibda neftni qayta ishlash zavodlariga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda avtomashinalarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga sotiladigan avtomobil benzini va dizel yonilgʻisining chakana narxiga chegirma miqdorini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Davlat hokimiyati va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor)dan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi;
davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar 28-ilovaga* muvofiq toʻliq hajmda mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.
*28-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
14. 2013-yil uchun:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, respublika budjetidan budjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq;
*29-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 30-ilovaga* muvofiq;
*30-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 31-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*31-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli mahalliy budjetlarga budjetdan subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tendensiyalari va dinamikasi, davlat budjeti daromadlarini oshirish zaxiralarini safarbar qilish, shuningdek soliqlar barqaror tushishida mahalliy hokimiyat organlari qiziqishlarini orttirishning tizimli tahlilidan kelib chiqqan holda har chorak asosida davlat soliq va bojxona xizmatlari organlariga budjet daromadlari prognozini yetkazish amaliyoti saqlab qolinsin.
17. 2013-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalari miqdorlari 32-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*32-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2013-yilning 1-mayigacha ish haqiga ustamalar va qoʻshimchalar unifikatsiyasi, ish natijalariga bogʻliq boʻlgan real moddiy ragʻbatlantirishni tashkil etishni nazarda tutadigan madaniyat va arxivlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
uyida ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ularga yoʻl haqi uchun kompensatsiya eng kam ish haqining 100 foiz miqdorida toʻlanishini nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2013-yil 28-yanvardagi 5-SP, 3, 10-son qarori bilan tasdiqlangan Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2435, 2013-yil 5-mart).
ayrim budjet tashkilotlarining buxgalterlari va yuristlarining mehnat haqi miqdorlarini oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. 2013-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni joylashtirish uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi miqdori 33-ilovaga* muvofiq belgilansin.
*33-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
2013-yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda vazirlik tizimiga kiruvchi suv xoʻjaligi tashkilotlarida elektr agregatlarini (nasoslarni) yoppasiga inventarizatsiya oʻtkazsin va aniq moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda ularni bosqichma-bosqich zamonaviy energiya tejovchi uskunalarga almashtirish Dasturini tayyorlasin;
2013-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda suv xoʻjaligi tashkilotlarida elektr energiyasi taʼminotini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini toʻliq joriy etishni taʼminlash boʻyicha asoslashtirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2014-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini va Oʻzbekiston Respublikasi davlat maqsadli jamgʻarmalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,1 foiz boʻlgani holda, Davlat budjeti daromadlari 21 093,4 mlrd soʻm, xarajatlari 21 190,0 mlrd soʻm miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining daromadlari 7785,0 mlrd soʻm va xarajatlari 7477,8 mlrd soʻm miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining daromadlari 1417,4 mlrd soʻm va xarajatlari 1375,3 mlrd soʻm miqdorida.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining Gʻaznachiligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2013-yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2012-yilgi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2013-yilgi Davlat budjeti ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar oʻtkazsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi har chorakda bajarilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2013-yilgi ijrosini tahlil etish natijalari boʻyicha, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjetining asosiy parametrlarini belgilangan taqchillik doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.
25. 2013-yilning 1-yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 34-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2013-yilning 1-yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 35-ilovalarga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
27. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-dekabr,
PQ-1887-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qaroriga
34-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2013-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadigan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining mehnatini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 62-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2004-yil 18-avgustdagi 401-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka nisbatan bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida” 2007-yil 6-dekabrdagi 249-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 12-son, 68-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887- son qaroriga
35-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2013-yil 1-yanvardan kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumtaʼlim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-martdagi PQ-609-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining ikki baravari” soʻzlari “ular tomonidan ushbu funksiya amalda bajarilganda bitta eng kam oylik ish haqi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qarorida:
a) 18-bandning birinchi xatboshidagi “maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ilovaning nomidagi “maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
I boʻlim “Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2903-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 273-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorining 9-bandi birinchi va ikkinchi xatboshidagi “gaz eksporti va tranzitini” hamda “gaz eksporti va tranzitidan” soʻzlari tegishli ravishda “tabiiy gaz eksporti va tranzitini” hamda “tabiiy gaz eksporti va tranzitidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorida:
a) 5-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada 3-band “Iqtisodiyot xarajatlari” 3.2 qatoriga :
“210,0” raqamlaridan keyin “*” belgisi qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi havola qoʻshilsin:
“* “Oʻzmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasiga ajratilgan qarz mablagʻlari qaytarilishi hisobiga 10,1 mlrd soʻm hisobga olingan holda”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Respublika budjeti mablagʻlari” soʻzlaridan oldin “2012-yil oxirigacha — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, 2013-yil 1-yanvardan boshlab esa” soʻzlari qoʻshilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 17-iyuldagi 328-son qarorining 7-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 7-son, 19-modda) “yagona ijtimoiy toʻlov summasini belgilangan tartibda taqsimlagan holda” soʻzlari qoʻshilsin .
10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarori bilan tasdiqlangan Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidan “soliq solish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) tartibida:
7-bandga “moliyaviy yilning 10-martidan kechikmay” soʻzlari qoʻshilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazish tegishli moliya organlari tomonidan moliyaviy yilning 1-apreligacha amalga oshiriladi.”.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2021-y., 07/21/5210/0756-son)
13. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida nizomning 42-bandida:
a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin va u quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“50 foizi — davlat budjetiga yoʻnaltiriladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish toʻgʻrisida” 2001-yil 30-maydagi 240-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 3-bandning uchinchi xatboshidagi “5” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi, 1-banddagi, 2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “5” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “5” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “95” raqami “92” raqami bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi beshinchi xatboshidagi “respublika budjetiga” soʻzlari “tegishli mahalliy budjetga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
17. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq toʻlovlari eng kam oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
a) sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar oʻquvchigacha — 50 foiz;
16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha — 60 foiz;
21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha — 70 foiz;
26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha — 80 foiz;
31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda — 100 foiz;
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — 50 foiz, sinfdagi (sinf-komplektdagi) oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlgan kam komplektli maktablarda esa - 25 foiz”;
b) 3-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq toʻlovlari eng kam oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar oʻquvchigacha — 50 foiz;
16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha — 60 foiz;
21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha — 70 foiz;
26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha — 80 foiz;
31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda — 100 foiz;
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — 50 foiz, sinfdagi (sinf-komplektdagi) oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlgan kam komplektli maktablarda esa - 25 foiz.
Koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha haqlarni toʻlash ushbu qoʻshimcha haqlarni moliyalashtirish uchun maxsus ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
18. Vazirlar Mahkamasining “Aviatashishlar xizmatlarini amalga oshirishni tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 1-avgustdagi 224-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 68-modda) 3-bandidagi “davlat” soʻzi “tegishli mahalliy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “2012-yil uchun umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllari va xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash dasturlari toʻgʻrisida” 2012-yil 9-apreldagi 103-son qarorida:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjet mablagʻlari, shu jumladan mahalliy budjetlarning daromad qismini oshirib bajarishdan tushgan mablagʻlar”;
b) 1-ilova havolasining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“* Respublika budjetining boʻsh qoldiqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari, shu jumladan mahalliy budjetlarning daromad qismini oshirib bajarishdan tushgan mablagʻlar hisobidan ajratiladi”.
20. Vazirlar Mahkamasining “2012-2015-yillarda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi 234-son qarorining 4-bandidagi “2012-yilda” soʻzlari “2012-2013-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 587-modda; 2013-y., 32-son, 424-modda; 2017-y., 16-son, 273-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 04.01.2019-y., 07/18/4088/2412-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2021-y., 07/21/5210/0756-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)