|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2013
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “XALQ TAʼLIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASH SHARTLARINI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA” 1994-YIL 29-SENTABRDAGI 490-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining mehnatini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 310-son qarorining 4-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 1-ilovaga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1. 1—3-bandlar chiqarib tashlansin.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Sinflardagi (sinf-komplektlardagi) oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlgan kam komplektlangan maktablarda sinf rahbarligi va daftar tekshirganlik uchun Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining mehnatini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 310-son qarori 1-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan tegishli qoʻshimcha haqning 50 foizi miqdorida haq toʻlanadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 18-avgust,
401-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 374-modda)