Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.12.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 16-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2205-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/11-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2711, 26.08.2015-y.) asosan 2015-yil 2-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 70-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-fevraldagi PF-3968-son “Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil 8-9-son, 35-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 31-dekabrdagi 42/1-son qarori (roʻyxat raqami 2205, 2011-yil 4-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-noyabr,
32/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 10-noyabrdagi 32/2-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 12-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Omonatchi omonat qoldigʻi, kirim-chiqim amaliyotlari, omonat muddatining tugash vaqti va omonat boʻyicha boshqa zarur maʼlumotlarni “SMS-banking” dasturidan foydalangan holda mobil aloqa telefoni yoki omonatchiga berilgan alohida identifikatsiya raqami, login va parol yordamida oʻrnatilgan infokioskalar yoki tadbirkorlar xonasidagi kompyuterga oʻrnatilgan maxsus dastur yoxud bankning Internet tarmogʻidagi veb-sayti orqali ochilgan shaxsiy kabinetlariga kirib olishi mumkin.”.
2. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari muddatsiz hisoblanadi. Bank omonati shartnomasida omonatni omonatchining birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar toʻlash shartlari boʻlishi lozim.”.
3. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Muddatli omonatlar qisqa va uzoq muddatli boʻlishi mumkin. Bunda bir yilgacha muddatga qabul qilingan omonatlar qisqa muddatli omonatlar, bir yildan ortiq muddatga qabul qilingan omonatlar uzoq muddatli omonatlar hisoblanadi.”.
4. 50 va 51-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Omonat daftarchasi muqovasiga bankning toʻliq nomi va logotipi (firma belgisi), uning ichki tomoni birinchi betida bank filialining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi, omonat turi, nomi, foizi va muddati, 20 ta belgili shaxsiy hisobvaraq raqami, valyuta turi, nazoratchi, bosh buxgalter va filial rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi hamda filial muhri oʻrni uchun joy koʻrsatilishi lozim.
51. Omonat daftarchasining ikkinchi va keyingi varaqlariga omonat boʻyicha amaliyotlarni qayd etuvchi jadval tushirilishi, unda “Sana” (yil, kun, oy) “Kirim”, “Chiqim”, “Qoldiq”, “Foizlar” hamda kassir, nazoratchi, bosh buxgalter va filial rahbari tomonidan imzo qoʻyish uchun tegishli ustunlar boʻlishi shart.”.
5. 56, 70, 81, 110 va 116-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. 60-band quyidagi mazmundagi “16” kichik band bilan toʻldirilsin:
“16) Omonat daftarchasi (mazkur Yoʻriqnomaning 16-ilovasi).”.
7. 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“61. Mazkur Yoʻriqnomaning 60-bandida nazarda tutilgan hujjatlar (omonat daftarchasi bundan mustasno) kompyuterning tegishli dasturi orqali toʻldirilishi va qogʻozga chiqarilishi hamda ushbu hujjatlar unda koʻrsatilgan shaxslar tomonidan shaxsan imzolanishi shart.”.
8. 72-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxslarga ochilgan hisobvaraqlar belgilangan tartibda Bank depozitorlari milliy axborot bazasida roʻyxatga olinadi.”.
9. 77-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77. Shaxsiy hisobvaraq omonatchilarga bir martalik operatsiya uchun omonat daftarchasi bermagan holda ochilishi mumkin. Bunda bank omonati shartnomasida va omonatchi tomonidan shaxsiy hisobvaraq ochish uchun yozilgan arizada “omonat daftarchasi rasmiylashtirilmagan holda” deb koʻrsatilishi lozim.
Pul mablagʻlari qonun hujjatlariga muvofiq naqd pulsiz shaklda omonatchining shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushgan hollarda, pul mablagʻlari arizada koʻrsatilgan hisobvaraqqa omonat daftarchasi rasmiylashtirilmagan holda oʻtkaziladi yoki naqd pulda toʻlab beriladi.”.
10. 91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“91. Omonat kassasi Bosh bank rahbarining buyrugʻiga asosan yopilganda, mazkur omonat kassasi omonatchilarning Shaxsiy hisobvaraq varaqchalari buyruqda koʻrsatilgan boshqa omonat kassasiga oʻtkaziladi.”.
11. 93, 98 va 143-bandlardagi “29842 — Harakatsiz depozit majburiyatlari” degan soʻzlar “842 — tartib raqami bilan ochilgan “20206 — Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 96-band “nazoratchi” degan soʻzdan keyin “hamda omonat boʻlinmasining masʼul xodimi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
13. 106-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“106. Omonatchi shartnoma shartlariga rozi boʻlgan taqdirda, unga omonat hisobvaragʻi ochiladi va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi rasmiylashtiriladi. Omonatchi tomonidan Kirim orderi, Soʻnggi nazoratga xabarnoma va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi imzolanadi va nazoratchiga taqdim etiladi.”.
14. 109-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“109. Nazoratchi Kirim orderi asosida kompyuter dasturiga boshlangʻich omonat summasini kiritadi va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga omonatchining shaxsiy hisobvaragʻi raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili va joyi hamda manzili haqidagi maʼlumotlarni yozib qoʻyadi.”.
15. 113-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“113. Tasdiqnoma va Omonat daftarchasi nazoratchi tomonidan rasmiylashtiriladi.”.
16. 115-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“115. Nazoratchi Tasdiqnoma va Omonat daftarchasini imzolash uchun kassirga beradi.”.
17. 117-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“117. Kassir tomonidan Tasdiqnoma va Omonat daftarchasi imzolanadi va Omonat daftarchasi filial rahbari va bosh buxgalteriga imzolash uchun taqdim etiladi. Filial rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan Omonat daftarchasi va Tasdiqnoma kassir tomonidan omonatchiga beriladi.”.
18. Quyidagi mazmundagi 1171—1174-bandlar bilan toʻldirilsin:
“1171. Tasdiqnoma omonatning qabul qilinganligini omonatchi Omonat daftarchasini olguniga qadar tasdiqlovchi qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Tasdiqnoma omonatchi, nazoratchi va kassir tomonidan imzolanadi.
1172. Omonat kassalari ish vaqti tugagandan soʻng barcha hujjatlar, pul va boshqa qimmatliklarni shu kunning oʻzida inkassatsiya xizmati orqali bank filialiga yetkazib berishlari shart.
1173. Omonat boʻlinmasining soʻnggi nazoratchisi tomonidan omonat kassalarining hujjatlari nazoratdan oʻtkazilib, bank buxgalteriyasi tomonidan tegishli buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi hamda naqd pullar shu kunning oʻzida aylanma kassaga kirim qilinadi.
1174. Omonat daftarchasi ochilganda va yopilganda kassir, nazoratchi, bosh buxgalter va filial rahbari tomonidan imzolanadi. Omonat daftarchasida qayd etiladigan boshqa kirim va chiqim operatsiyalari nazoratchi va kassir tomonidan imzolanadi.”.
19. 126-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“126. Nazoratchi kartotekadagi Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidagi omonatchining familiyasi, ismi, otasining ismini, imzosini va omonat qoldigʻini omonat daftarchasidagi maʼlumotlar bilan solishtiradi hamda Kirim orderi asosida kompyuter dasturi va Omonat daftarchasiga qoʻshimcha mablagʻ summasini kiritadi.”.
20. Quyidagi mazmundagi 1511—1516-bandlar bilan toʻldirilsin:
“1511. Dastlabki omonatni qabul qilgan bank filiali qayerda joylashganligidan qatʼi nazar, shu bankning barcha filiallari tomonidan omonatchining birinchi talabiga koʻra naqd pul mablagʻlari cheklanmagan tarzda beriladi.
Bunda omonatchi tegishli filial rahbari nomiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi. Arizada omonat qaysi bank filialiga qoʻyilganligi, uning summasi, omonat turi, muddati va foizlari koʻrsatiladi hamda olinadigan omonat summasining miqdori qayd etiladi.
1512. Ariza filial rahbari tomonidan darhol koʻrib chiqilib, arizaga oʻz rezolyutsiyasini qoʻygan holda ijro uchun omonat boʻlinmasiga beriladi. Bank filiali nazoratchisi omonatchini arizasiga muvofiq chaqirib, undan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va Omonat daftarchasini oladi. Nazoratchi Omonat daftarchasining ichki tomoni birinchi betida qayd qilingan maʼlumotlarning mavjudligini tekshiradi.
1513. Omonatchi Chiqim orderini toʻldirib, omonat boʻlinmasi masʼul xodimiga beradi. Omonat boʻlinmasi masʼul xodimi Omonat daftarchasida qayd qilingan maʼlumotlarni omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan solishtiradi va ularni oʻzaro mos ekanligiga ishonch hosil qilgandan soʻng kompyuter dasturiga kiritadi.
Kiritilgan maʼlumotlarni mazkur bankning Yagona axborot bazasi bilan mos kelishini solishtiradi hamda omonatchining shaxsiy hisobvaragʻida mablagʻ borligi tasdiqlangandan soʻng Chiqim orderini imzolab, kassirga beradi.
1514. Kassir Chiqim orderi va arizada koʻrsatilgan summani taqqoslab, toʻgʻriligiga ishonch hosil qilgandan soʻng tegishli mablagʻni omonatchiga beradi.
1515. Omonatchiga omonat mablagʻini bergan bank filiali Chiqim orderini darhol elektron pochta manzili orqali Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi ochilgan bank filialiga yuboradi.
Bank filiali elektron Chiqim orderini bir nusxada qogʻozga chiqarib, uni omonatchining Shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga qayd qiladi va chiqim amaliyotini amalga oshiradi.
1516. Omonat summasi va unga hisoblangan foizlar toʻligʻicha omonatchiga berilgan hollarda, Omonat daftarchasi omonat mablagʻini bergan bank filialida qolishi lozim.”.
21. 173-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“173. Omonat daftarchasi varaqlari yozuvlar bilan toʻlganda yoki yaroqsiz holga kelganda yoki yoʻqolganda omonatchiga yangi Omonat daftarchasi rasmiylashtiriladi.”.
22. 222-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“222. Omonat daftarchalari, Tasdiqnomalar va Shaxsiy hisobvaraq varaqchalari qatʼiy hisobda turuvchi blanka sifatida Bosh bank va “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida yagona shakldagi maxsus himoya belgilari bilan taʼminlangan qogʻozda tayyorlanib, Bosh bank tomonidan bankning barcha filiallariga yetkaziladi.”.
23. Quyidagi mazmundagi 2221- band bilan toʻldirilsin:
“2221. Omonat daftarchasi, Tasdiqnoma va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi mazkur Yoʻriqnomaning 1, 4 va 16-ilovalariga muvofiq bir xil bosma seriya va raqamli yagona hujjatlar hisoblanadi. Omonat daftarchasi va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidagi kirim-chiqim amaliyotlari qayd etiladigan satrlar soni bir xil boʻlishi zarur.
Omonat daftarchasi, Tasdiqnoma va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidan birortasi yozuvlar bilan toʻlgan yoki yaroqsiz holga kelgan yoki yoʻqolgan taqdirda, omonatchiga boshqa bir xil bosma seriya va raqamli yangi Omonat daftarchasi, Tasdiqnoma va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi rasmiylashtiriladi.”.
24. 233-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“233. Aniqlangan noqonuniy operatsiyalar uchun nazoratchi, kassir, soʻnggi nazoratchi, bosh buxgalter va filial rahbari javobgardir.”.
25. Mazkur Yoʻriqnomaning 1 va 4-ilovalari ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
16-ILOVA
‎‎

(BANK NOMI VA LOGOTIPI)‎‎

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

‎‎OMONAT DAFTARChASI

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

‎‎OMONATChI DIQQATIGA!

• Bank omonatlar boʻyicha majburiyatlarni belgilangan muddatda va toʻliq bajarishni oʻz zimmasiga oladi.

• Banklardagi omonatlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi bilan himoyalangan.

‎‎• Bank oʻz mijozlariga turli operatsiyalar va ularning hisob-kitob holatiga tegishli boʻlgan axborotlarning sir saqlanishiga kafolat beradi.

‎‎• Omonat daftarchasining raqami mavjudligiga eʼtibor qarating.

‎‎• Omonatchiga har bir omonat turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraq varaqchasi yuritiladi, ushbu varaqchada omonat boʻyicha har bir bajarilgan operatsiya omonatchining imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

‎‎• Omonat qabul qilinganda, bank tomonidan omonatchiga omonat qabul qilinganligining tasdigʻi sifatida Tasdiqnoma beriladi.

‎‎• Omonat daftarchasiga omonatchi tomonidan biron-bir yozuv kiritilishi taqiqlanadi.

‎‎• Omonat mablagʻlari omonat daftarchasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan bankka taqdim etilgan holda beriladi.

OMONAT DAFTARChASI

‎‎

‎SERIYA _____ __________-SON

‎‎
Bank nomi _______________________________________________________
‎‎
‎‎Filial manzili ___________________________________________________
‎‎
‎‎Omonatchi ________________________________________________________

(F.I.O., imzo)‎‎

‎‎Hisobvaraq raqami________________________________________________
‎‎
‎‎Valyuta turi ______________________________________________________
‎‎Omonat turi _____________________________________________________

(nomi, yillik foizi, muddati)

‎________________________________________________________
‎(boshqa shartlari)

Nazoratchi _________________________________

‎___________

(F.I.O.)

(imzo)

‎‎Bosh buxgalter ______________________________

__________‎

‎‎(F.I.O.) ‎

(imzo)‎

Filial rahbari ____________________________

__________‎

‎‎(F.I.O.)

(imzo)‎

‎M. Oʻ.

HISOBVARAQ № ___________________________

Omonatga dastlabki summa ___________________ miqdorida qabul qilindi

______
‎(imzo)‎

‎‎Filial rahbari

‎‎_________________________________________
‎(raqam va soʻz bilan)

______(imzo)‎

Bosh buxgalter

‎‎Topshirdi

______(imzo)‎

‎‎Omonatchi

‎‎
Sana‎‏ Kirim‎‏ Chiqim Qoldiq‎‏ Foizlar ‎‎Imzolar
kassir‎ nazoratchi‎ bosh
buxgalter*‎
filial rahbari*‎
‎‎
‎‎

‎‎Omonat qoldigʻi “__” seriya “__________-sonli omonat daftarchasiga ‎oʻtkazildi.

‎‎__________

‎‎________________

“___” _____________20__y

‎‎(imzo)

‎(nazoratchi, F.I.O.)

__________ ‎‎

_________________ ‎‎

“___” ____________20__y. ‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(kassir, F.I.O.)

‎‎ESLATMALAR:

‎‎

‎‎• Omonat daftarchasi bank tomonidan omonat boʻyicha bajarilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi va omonat boʻyicha olingan majburiyatlarni kafolatlovchi hujjat hisoblanadi.

‎‎• Omonat yopilgan taqdirda, omonat daftarchasi bankka qaytarilishi shart.

‎‎• Omonat daftarchasini begona shaxslarga berish qatʼiyan man etiladi ( ishonchnoma orqali berish hollari bundan mustasno).

‎‎• Omonatlar boʻyicha amaliyotlar haqidagi maʼlumotlarni “SMS-banking” dasturidan foydalangan holda mobil aloqa telefoni yoki omonatchiga berilgan alohida identifikatsiya raqami, login va parol yordamida oʻrnatilgan infokioskalar yoki tadbirkorlar xonasidagi kompyuterga oʻrnatilgan maxsus dastur yoxud bankning Internet tarmogʻidagi veb-sayti orqali ochilgan shaxsiy kabinetlarga kirib olish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
N A M U N A ‎‎

ShAXSIY HISOBVARAQ VARAQChASI

Seriya _____ № _________

Omonat daftarchasi ‎

Seriya _____ № __________

Tasdiqnoma‎‎

‎‎Seriya _____ № __________
‎‎
‎‎(bank filiali, boʻlimi nomi)_____________________________ (shaxsiy hisobvaraq raqami) №____________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________

(Omonatchining Familiyasi, ismi va otasining ismi)‎‎

____________________________________________________________________________________________________

‎‎(manzili)

‎‎Pasport seriyasi __________ raqami ____________________________ _______________________________‎

‎‎(tugʻilgan yili)

‎‎
‎‎Omonat turi ________________ Dastlabki omonat summasi _______________ Omonat foizi _____%. Valyuta turi _____‎‎

________
‎(imzo) ‎

Nazoratchi‎

________
‎(imzo) ‎

Bosh ‎buxgalter

________
‎(imzo) ‎

Filial rahbari‎

T/r‎‏ SANA ‎‏ OMONATLAR HARAKATI BOʻYIChA AMALLAR‎‎ HISOBLANGAN FOIZLAR‎‏ NAZORATChI IMZOSI‎‏ OMONATChI IMZOSI ‎‏
KIRIM‎ ChIQIM‎ QOLDIQ
‎‎
__‎‎_______________________-sonli shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga oʻtkazilgan. ‎‎Nazoratchi _________________________

_________________‎

(F.I.O.)

(imzo va sana) ‎

‎‎Belgilar uchun ____________________________________________________________________________________________________

‎‎______________________________________________________________________________________________________________________________________

‎______________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎

‎Omonatchi _________________________

Nazoratchi __________________________

‎‎imzosi

‎‎imzosi

Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA

TASDIQNOMA

Seriya_____ № _____________

‎‎____________________________bank__________________________filiali
‎‎
‎‎Bank filiali kodi __________ ____-sonli omonat kassa
‎‎
‎‎Omonat qoʻyilgan sana KK.OO.YY. vaqt SS:MM
‎‎Omonat turi___________________

Valyuta turi_____________________

‎‎
‎‎Omonatchi________________________

______________‎

‎‎(F.I.O.)

(imzo)‎

‎‎
‎‎Omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati maʼlumotlari ___________________________
_____________________________________________________________________________
Omonatga qabul qilingan summa __________________________________________________

_____________________________________________________________________________
‎ (raqam va soʻz bilan yoziladi)

Shaxsiy hisobvaraq raqami _____________________________________
‎‎

‎‎Nazoratchi ________________________________________________
‎(F.I.O.)

________________
‎(imzo)‎

Kassir __________________________________________________ (F.I.O.)

__________________ (imzo) ‎

M.Oʻ. ‎

(omonat kassa)‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 530-modda)