Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2025
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrug‘i
“MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARI VA ULARNI TO‘LDIRISH BO‘YICHA QOIDALARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 11-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1209-5]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktabrdagi 181-sonli “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3567, 04.11.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-sentabr,
68-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 41-42-son, 489-modda)