Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 9-martda 1919-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 28-yanvardagi 2014-03-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-3, 14.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 76-modda)
1. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 4-mart,
2009-18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 4-mart 2009-18-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini yuritish hamda ularning qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan roʻyxatga olinishi tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning talablari aksiyalar, korporativ va infratuzilma obligatsiyalar, shuningdek qimmatli qogʻozlarning hosilalari bilan birjadan tashqari bitimlarga tatbiq etiladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 4-apreldagi 38-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-9, 16.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 10/24/1919-9/0281-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
qimmatli qogʻozlarning garovi (keyingi oʻrinda — garov) — bir shaxsning boshqa shaxsga qimmatli qogʻozlarni yoki ularga boʻlgan huquqlarni majburiyatlarni taʼminlash uchun berishi;
garovga oluvchi — garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha kreditor;
garovga qoʻyuvchi — garovga berilgan qimmatli qogʻozlarning egasi;
Oldingi tahrirga qarang.
uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozori — fond birjalari, valyuta birjalarning fondli boʻlimlari va qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchilarining savdo tizimi (savdo maydonchasi)dan tashqarida qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalada boʻlish doirasi, shuningdek qimmatli qogʻozlarning garovi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 29-dekabrdagi 2015-23-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-5, 28.01.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 38-modda)
qimmatli qogʻozlarni begonalashtiruvchi (keyingi oʻrinda — begonalashtiruvchi) — qimmatli qogʻozlarning egasi boʻlgan holda qimmatli qogʻozlar bilan ularning egasi almashinuviga olib keladigan birjadan tashqari bitimlarni tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs, meros qilib beruvchi, hadya beruvchi, shuningdek oʻz qimmatli qogʻozlarini ularning birinchi egalariga begonalashtirish yuzasidan birjadan tashqari bitimlarni tuzgan aksiyadorlik jamiyati;
qimmatli qogʻozlarni oluvchi (keyingi oʻrinda — oluvchi) — begonalashtiruvchidan qimmatli qogʻozlarni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek merosxoʻr, hadya oluvchi;
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxatga oluvchi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida tuzilgan qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar (keyingi oʻrinda — qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar)ning roʻyxatga olinishini amalga oshiruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda — MD) yoki investitsiya vositachisi;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitim tomoni — qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimni tuzayotgan yoki tuzgan shaxs.
transfer-agent — qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 4-apreldagi 38-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-9, 16.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 10/24/1919-9/0281-son)
begonalashtiruvchining, oluvchining, garovga qoʻyuvchining vakolatli vakili (keyingi oʻrinda — vakolatli vakil) — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, jismoniy yoki yuridik shaxsning vakolatli shaxsi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisining mansabdor shaxsi;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari — fond birjasi va fond boʻlimini tashkil etgan valyuta birjasi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 4-apreldagi 38-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1919-9, 16.04.2024-y.) asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 10/24/1919-9/0281-son)
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri — roʻyxatga oluvchi tomonidan barcha roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qogʻoz va elektron shakldagi jurnali.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar yozma yoki elektron shaklda tuziladi va quyidagi hollarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyxatga olinishi lozim:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 4-apreldagi 38-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-9, 16.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 10/24/1919-9/0281-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar tegishli shartnomalarni tuzish yoʻli bilan birinchi egalariga begonalashtirilganda, bundan qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining maydonchalarida tuzilgan bitimlar mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 4-apreldagi 38-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-9, 16.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 10/24/1919-9/0281-son)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalari sotib olinganda, bundan qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining maydonchalarida tuzilgan bitimlar mustasno;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 4-apreldagi 38-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-9, 16.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 10/24/1919-9/0281-son)
qimmatli qogʻozlarni yuridik shaxslarning ustav fondiga kiritilganda;
ayirboshlanganda;
hadya berilganda;
meros qilib berilganda;
garovga qoʻyilganda;
egasining almashinuviga olib keladigan boshqa qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tuzilganda.
II. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari tuziladigan bitimlarga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
3. Uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida bitimlar tuzish va ularning roʻyxatga olinishi:
qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi roʻyxatga olinmagan yoxud bekor qilingan, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilganda;
qimmatli qogʻozlar bitim tuzish vaqtida begonalashtiruvchining ixtiyorida mavjud boʻlmaganda;
bitim tuzish vaqtida qimmatli qogʻozlarning joylashtirilishi yoki muomalasi toʻxtatib turilganda;
qimmatli qogʻozlarga garov yoki boshqa majburiyatlar yuklatilganda (agarda shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa);
qimmatli qogʻozlarning joylashtirilishi va muomalada boʻlishiga cheklovlar qoʻyilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiya va korporativ obligatsiyalar blank va sertifikat shaklida chiqarilganda (MDga berilgunga qadar);
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 29-dekabrdagi 2015-23-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-5, 28.01.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 38-modda)
qimmatli qogʻozlar egasining depo hisobvaragʻida boʻlgan qimmatli qogʻozlarning qiymati toʻliq toʻlanmaganda;
aksiyalar ochiq obuna vositasida joylashtirilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiyalar oldi-sotdi bitimi boʻyicha ikkilamchi bozorda realizatsiya qilinganda taqiqlanadi.
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Fond birjalari va qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchilarining savdo tizimlaridan tashqarida ikkilamchi bozorda tuzilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdi bitimlari haqiqiy emas deb topiladi, aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish boʻyicha bitimlar bundan mustasno.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 26-iyundagi 2014-22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-4, 09.07.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 348-modda)
5. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitim tomonlarining majburiyatlari bajarilishi faqat uni mazkur Nizomda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.
III. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatga olish
6. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish ushbu qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlashni va ularning hisobini yuritishni amalga oshiruvchi roʻyxatga oluvchi tomonidan bajariladi.
7. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish u tuzilgan vaqtda amalga oshiriladi (davlatga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlar koʻrinishidagi davlat aktivlarini begonalashtirish boʻyicha qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar, notarial tasdiqlangan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar, hujjatlari transfer-agent tomonidan yetkazib beriladigan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar, shuningdek garovga qoʻyilishi bundan mustasno).
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni tuzgan tomonlari yoxud ularning vakolatli vakillari, transfer-agenti tomonidan, qimmatli qogʻozlar koʻrinishidagi davlat aktivlarini begonalashtirish boʻyicha qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar roʻyxatga olingan holda esa — qimmatli qogʻozlar koʻrinishidagi davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan yuridik shaxsning (keyingi oʻrinda — davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha vakolatli shaxs) tegishli tuzilmaviy boʻlinmasi rahbari tomonidan berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolat berilgan vakillarning vakolati qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tegishli ravishda rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Notarial tasdiqlangan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish, uning notarius tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab oʻn ish kunidan kech boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi (tegishli hujjatlar roʻyxatga oluvchiga taqdim etilgan vaqtda roʻyxatga olinishi amalga oshiriladigan meros qilib berish boʻyicha qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar bundan mustasno).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 28-yanvardagi 2014-03-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-3, 14.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 76-modda)
9. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni u tuzilgan vaqtda roʻyxatga olinishini amalga oshirish uchun roʻyxatga oluvchi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi:
begonalashtiruvchi va oluvchining yoki ularning vakolatli vakili (vakillari) shaxsining toʻgʻriligiga ishonch hosil qilishi. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomoni hisoblangan, yoxud qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomoni hisoblangan yuridik shaxsning vakolat berilgan vakili boʻlgan jismoniy shaxsni tasdiqlash, quyidagi hujjatlardan biri boʻyicha amalga oshiriladi: pasporti, harbiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan shaxsiy guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ichki ishlar organlari tomonidan istiqomat uchun berilgan guvohnomasi. Voyaga yetmagan shaxsini tasdiqlash uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va uning ota-onasi yoki vasiylari pasporti boʻyicha amalga oshiriladi;
begonalashtiruvchi va oluvchining vakolat berilgan vakilining vakolatini tekshirishi;
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatda koʻrsatilgan tegishli turdagi begonalashtirilayotgan qimmatli qogʻozlarning zarur boʻlgan sonining begonalashtiruvchida mavjudligiga ishonch hosil qilishi;
ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan talablarga rioya etilishini tekshirishi lozim.
10. Roʻyxatga oluvchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan tuzilgan birjadan tashqari bitimlarning ushbu Nizomning 9-bandi talablariga muvofiqligiga ishonch hosil qilingan taqdirda, roʻyxatga oluvchi begonalashtiruvchining depo hisobvaragʻida mavjud boʻlgan begonalashtirilayotgan qimmatli qogʻozlarni blokirovka qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Begonalashtiruvchi va oluvchi yoki ularning vakolatli vakillari roʻyxatga oluvchi ishtirokida qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan shartnomani yoki boshqa hujjatni imzolaydilar.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-8, 05.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1919-8/3525-son)
Begonalashtiruvchi va oluvchi (yoki ularning vakolatli vakillari) tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan shartnoma yoki boshqa hujjat imzolanganidan keyin roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registriga tegishli yozuv kiritish orqali qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning roʻyxatga olinishini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomonlari (tomoni)ning xohish-istaklarini tasdiqlovchi shartnoma yoki boshqa hujjatning barcha nusxalariga roʻyxatga oluvchi yoki roʻyxatga oluvchi filialining qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasiga ega boʻlgan vakolatli xodimi, roʻyxatga oluvchi yoki roʻyxatga oluvchi filialining qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisida qayd etadigan roʻyxatga olish (hisobga olish) shtampi bosmasini qoʻyib chiqadi, qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri boʻyicha tartib raqamini koʻrsatadi va imzosini qoʻyadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-8, 05.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1919-8/3525-son)
Roʻyxatga oluvchi roʻyxatga olingan hujjatning bir nusxasini oʻzida qoldiradi, qolgan nusxalarini qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomonlariga beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. MD va investitsiya vositachilariga qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ularni roʻyxatdan oʻtkazmasdan turib (agarda ushbu Nizomga muvofiq ularni roʻyxatdan oʻtkazish talab etilsa), depo hisobvaragʻlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarning oʻtkazilishini amalga oshirish taqiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 29-dekabrdagi 2015-23-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-5, 28.01.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 38-modda)
13. Roʻyxatga oluvchining koʻrsatilgan xizmati toʻlovlari qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning tuzilganlik faktini mustahkamlovchi hujjatlarda oldindan kelishilgan tartibda va muddatlarda, yoxud alohida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Meros qilib berish boʻyicha notarial tasdiqlangan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning roʻyxatga olinishi uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Agarda qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitim ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibi buzilgan holda tuzilgan boʻlsa, roʻyxatga oluvchi darhol rad etish sabablari (ushbu bitim tomoni yoki tomonlarining talabiga binoan yozma shaklda ham) tushuntirilgan holda qimmatli qogʻozlar bilan tuzilgan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatga olishni rad etishi va uch kun muddatda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
15. Roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimning shartlari ular boʻyicha majburiyatlarning toʻliq bajarilguniga qadar oʻzgargan holda, ushbu bitim tomonlari qoʻshimcha kelishuvni imzolaydilar.
Oldingi roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimga qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatga olinishi umumiy joriy qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimning shartlari ular boʻyicha majburiyatlarning toʻliq bajarilguniga qadar oʻzgarganda qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registridagi yozuv, majburiy tartibda oldingi roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitim raqamiga asoslantirishni oʻz ichiga olishi lozim.
IV. Transfer-agentni jalb etish orqali tuzilgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatga olinishining oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda transfer-agent tomonidan yetkazib berilishi mumkin.
Transfer-agent qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni qabul qilishni, hisobini yuritishni, saqlanishini hamda qabul qilib olingan hujjatlarni roʻyxatga oluvchiga yetkazilishini taʼminlaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
17. Transfer-agent qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun koʻzda tutilgan hujjatlarni qabul qilish uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirishi:
begonalashtiruvchining, oluvchining, garovga qoʻyuvchining yoki ularning vakolatli vakili (vakillari) shaxsining toʻgʻriligiga ishonch hosil qilishi. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomoni hisoblangan, yoxud qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomoni hisoblangan yuridik shaxsning vakolat berilgan vakili boʻlgan jismoniy shaxsni tasdiqlash, quyidagi hujjatlardan biri boʻyicha amalga oshiriladi: pasporti, harbiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan shaxsiy guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ichki ishlar organlari tomonidan istiqomat uchun berilgan guvohnomasi. Voyaga yetmagan shaxsini tasdiqlash uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va uning ota-onasi yoki vasiylari pasporti boʻyicha amalga oshiriladi;
begonalashtiruvchi, oluvchi, garovga qoʻyuvchi vakolatli vakilining vakolatini tekshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
begonalashtiruvchining (garovga qoʻyuvchining) investitsiya vositachisiga begonalashtiruvchining (garovga qoʻyuvchining) hisobvaragʻidagi “Qimmatli qogʻozlarni birjadan tashqari bitimlarni tuzish uchun blokirovka qilish toʻgʻrisida”gi topshiriqni yuborishi lozim.
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 29-dekabrdagi 2015-23-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-5, 28.01.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Begonalashtiruvchining (garovga qoʻyuvchining) investitsiya vositachisi tegishli turdagi begonalashtirilayotgan (garovga qoʻyilayotgan) qimmatli qogʻozlarning zarur boʻlgan sonining begonalashtiruvchida (garovga qoʻyuvchida) mavjudligini, ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirganidan soʻng begonalashtiruvchining (garovga qoʻyuvchining) depo hisobvaragʻidagi begonalashtirilayotgan (garovga qoʻyilayotgan) qimmatli qogʻozlarni blokirovka qiladi va “Birjadan tashqari bitimlarni amalga oshirish uchun qimmatli qogʻozlarni blokirovka qilish toʻgʻrisida”gi topshiriqning bajarilishi haqidagi hisobotni transfer-agentga yuboradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 29-dekabrdagi 2015-23-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-5, 28.01.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Transfer-agentning “Birjadan tashqari bitimlarni amalga oshirish uchun qimmatli qogʻozlarni blokirovka qilish toʻgʻrisida”gi topshirigʻini bajarishning imkoni boʻlmagan holda begonalashtiruvchining (garovga qoʻyuvchining) investitsiya vositachisi shartnomada belgilangan muddatlarda topshiriqni bajarishni asoslangan rad etish javobini transfer-agentga yuboradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 29-dekabrdagi 2015-23-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-5, 28.01.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Transfer-agent tomonidan birjadan tashqari bitimlarni tuzish uchun qimmatli qogʻozlarni blokirovka qilish toʻgʻrisidagi topshiriqning bajarilishi haqidagi tasdiq olinganidan keyin qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomonlari qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni amalga oshirish uchun transfer-agent ishtirokida shartnomani yoki boshqa hujjatni imzolaydilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-8, 05.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1919-8/3525-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomoni (tomonlari)ning xohish-istaklarini tasdiqlovchi imzolangan hujjatning barcha nusxalariga transfer-agentning qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasiga ega boʻlgan vakolatli xodimi, transfer-agentning begonalashtiruvchi va oluvchining imzolari va vakolatlarining haqiqiyligi kafolati toʻgʻrisida qayd etadigan roʻyxatga olish (hisobga olish) shtampi bosmasini qoʻyib chiqadi va imzosini qoʻyadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-8, 05.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1919-8/3525-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Begonalashtiruvchining (garovga qoʻyuvchining) investitsiya vositachisidan “Birjadan tashqari bitimlarni tuzish uchun qimmatli qogʻozlarni blokirovka qilish toʻgʻrisida”gi topshiriqni bajarishni rad etish javobi olingan holda transfer-agent ushbu bitimlarni tuzish boʻyicha hujjatlarni qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzadi. Transfer-agent tomonidan tasdiqlangan ushbu dalolatnomaning nusxasi mazkur bitimlar tomonlariga ularning rasmiy talabiga koʻra berilishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 29-dekabrdagi 2015-23-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-5, 28.01.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 38-modda)
23. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun transfer-agent tomonidan hujjatlar yetkazib berilganidan keyin roʻyxatga oluvchi ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi.
24. Roʻyxatga oluvchi tomonidan transfer-agentni jalb qilgan holda qimmatli qogʻozlar bilan tuzilgan birjadan tashqari bitimlarning belgilangan talablarga muvofiqligiga ishonch hosil qilingan taqdirda, roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registriga tegishli yozuv kiritish orqali bundan bitimlarning roʻyxatga olinishini amalga oshiradi hamda ushbu Nizomning 11-bandiga muvofiq harakatlarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
241. Mazkur boʻlim talablari MDga u begonalashtiruvchiga (garovga qoʻyuvchiga) depozitar xizmatlarini koʻrsatgan taqdirda ham tatbiq qilinadi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 29-dekabrdagi 2015-23-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1919-5, 28.01.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 38-modda)
V. Davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha vakolatli shaxslari tomonidan tuzilgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatga olinishining oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
25. Davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha vakolatli shaxslar qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
26. Davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha vakolatli shaxslar tomonidan tuzilgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish, ular tuzilganidan keyin ikki ish kuni davomida amalga oshiriladi.
27. Davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha vakolatli shaxslar oʻzlari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tuzilgan tomonlarning imzolari asliligini va vakolatlarining haqiqiyligiga javobgar boʻladilar.
28. Davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha vakolatli shaxs tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar yetkazib berilganidan keyin roʻyxatga oluvchi ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi.
29. Roʻyxatga oluvchi tomonidan davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha vakolatli shaxs tomonidan tuzilgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligiga ishonch hosil qilingan taqdirda, roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registriga tegishli yozuv kiritish orqali bunday bitimlarning roʻyxatga olinishini amalga oshiradi hamda ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan harakatlarni bajaradi.
VI. Garov bitimlarini roʻyxatga olinishining oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
30. Garov bitimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
31. Garov bitimlarini roʻyxatga olish ular tuzilganidan keyin ikki ish kuni davomida amalga oshiriladi.
32. Garov bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar garovga qoʻyuvchi yoki uning vakolat berilgan vakili tomonidan yetkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Garov bitimi tomoni (tomonlari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda transfer-agentni jalb etishga haqlidirlar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Roʻyxatga oluvchi garov bitimini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi garovga oluvchi va garovga qoʻyuvchining imzolari garovga oluvchi va garovga qoʻyuvchining depo hisobvaragʻi varaqalaridagi imzolari namunasi bilan muvofiqligini tekshiradi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-8, 05.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1919-8/3525-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Garov bitimini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi garovga oluvchi va garovga qoʻyuvchining imzolari muvofiqligiga ishonch hosil qilingan taqdirda, roʻyxatga oluvchi ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-8, 05.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1919-8/3525-son)
36. Roʻyxatga oluvchi tomonidan tuzilgan garov bitimining mazkur Nizom talablariga muvofiqligiga ishonch hosil qilingan taqdirda, roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registriga tegishli yozuv kiritish orqali ushbu bitimning roʻyxatga olinishini amalga oshiradi hamda ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan harakatlarni bajaradi.
37. Garov bitimi boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlar oʻtgan holda bunday bitimning roʻyxatga olinishi garov bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu Nizomning III-boʻlimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Garov bitimiga oid majburiyatlar bajarilmaganda sud qaroriga koʻra qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oluvchiga oʻtishi holatida ushbu qimmatli qogʻozlar egasi almashuviga olib keladigan harakatlar roʻyxatga olinmaydi.
38. Garov bitimi boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi sababli qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlar oʻtganda qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registridagi yozuv, majburiy tartibda oldingi roʻyxatga olingan garov bitimi raqamiga asoslantirishni oʻz ichiga olishi lozim.
VII. Qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqarish bitim (shartnoma)lari roʻyxatga olinishining oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
39. Qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqarish bitimi (shartnomasi) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
40. Qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqarish bitimi (shartnomasi) ushbu Nizomning III—VI-boʻlimlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalarning davlat paketlarini ishonchli boshqarishga bitim (shartnoma) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchli boshqarish huquqini olgan shaxs oʻrtasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan holda tuziladi.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VIII. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini yuritishga qoʻyiladigan talablar
41. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini yuritish tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning roʻyxatga olinishi;
roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar toʻgʻrisidagi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini xronologik tartibda ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq qogʻoz va elektron shakllarda yuritilishi;
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registriga yozuvlar kiritilishi uchun asos boʻlgan hujjatlarning saqlanishi va hisobining yuritilishi;
ushbu Nizomning 47 va 48-bandlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar boʻyicha axborotning uning tomonlariga, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga taqdim etilishi.
42. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini yuritish tizimi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning roʻyxatga olinishini, qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registriga yozuvlar kiritilishi uchun asos boʻlgan kelib tushgan hujjatlarning saqlanishi va hisobining yuritilishini taʼminlashi lozim.
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registriga yozuv kiritilishi uchun asos boʻlgan hujjatlar roʻyxatga oluvchida ular kelib tushgan vaqtdan eʼtiboran kamida uch yil saqlanadi.
Yuritilishi qogʻoz shaklida amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar hisob registrining har bir varagʻi roʻyxatga oluvchining rahbari yoxud vakolatli xodimi tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
43. Roʻyxatga oluvchi quyidagilarga majbur:
ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiq qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini yuritilishini taʼminlashi;
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazishning ichki tartibiga ega boʻlishi;
fond birjasida, uyushgan birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarning kotirovkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muntazam ravishda kira olishi;
chiqarilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar, ularning emission qimmatli qogʻozlar chiqarilishining Yagona davlat reyestriga kiritilgan rekvizitlari toʻgʻrisidagi joriy maʼlumotlarga ega boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqarilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turilgan, bekor qilingan, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi joriy maʼlumotlarga ega boʻlishi;
(43-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
elektron shakldagi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini xronologik tartibda yuritish, oʻzi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bazasining shakllanishi va saqlanishi uchun zarur boʻlgan dasturiy va texnik vositalariga ega boʻlishi.
44. Roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registriga qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni xronologik tartibda kiritadi va ularni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi.
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri qogʻoz va elektron shakllarda yuritiladi.
Qogʻoz shaklidagi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri tikilgan, uning sahifalari esa roʻyxatga oluvchi tomonidan raqamlangan boʻlishi lozim.
Elektron shaklda saqlanayotgan va taqdim etiladigan axborotlar qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar hisob registrining qogʻoz shaklida aks ettirilgan barcha axborotlarda oʻz ifodasini topishi lozim.
45. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrlarini roʻyxatga oladi va ularning hisobini yuritadi.
46. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning roʻyxatga olinishi roʻyxatga oluvchining ish kunidagi operatsiya kunining oxirigacha amalga oshiriladi.
Roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar boʻyicha yakunlar roʻyxatga oluvchi tomonidan har kuni uning operatsion kuni yopilganidan keyin chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registridan koʻchirmani qogʻoz va elektron shaklda har oyning birinchi ish kunida taqdim etishga majbur.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 28-yanvardagi 2014-03-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919-3, 14.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 76-modda)
48. Roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomonlaridan birining rasmiy talabiga koʻra qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registridan tegishli koʻchirmani berishi shart.
49. Roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning roʻyxatga olinishi, qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini yuritilishi va saqlanishi boʻyicha huquqlari va vakolatlarini boshqa shaxsga berishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri axborotlarining maxfiy saqlanishini taʼminlashi shart. Axborotlar oshkor qilib yuborilgan holda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollardan tashqari, roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitim tomonlariga keltirilgan barcha zararlarni qoplaydi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
51. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini yuritish tizimiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar va (yoki) hujjatlar yoʻqotib qoʻyilgan holda roʻyxatga oluvchi:
hujjatlar yoʻqotib qoʻyilganligi toʻgʻrisida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini yozma ravishda yoʻqolganligi bilib qolingan vaqtdan eʼtiboran ikki kun muddatda xabardor qilishga;
yoʻqotib qoʻyilgan maʼlumotlarni (tegishli hujjatlar yoʻqotib qoʻyilganda) tiklash maqsadida hujjatlar taqdim etilishi zarurligi toʻgʻrisidagi xabarni manfaatdor shaxslarga besh kun mobaynida yetkazishga;
roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan maʼlumotlar va hujjatlarni ular yoʻqotib qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy muddatda tiklashga majburdir.
IX. Yakuniy qoidalar
52. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi roʻyxatga oluvchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar hisob registrining yuritilishini nazorat qiladi.
53. Roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatga olish tartibining buzilganligi uchun, oʻzi tomonidan roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etmaganlik yoki toʻliqsiz taqdim etganlik uchun, shuningdek buzib koʻrsatganlik uchun javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomonlari qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni tuzish vaqtida qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi uchun javobgar boʻladilar.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning
HISOB REGISTRI
Registrga yozuv kiritilish tartib raqami (bitim roʻyxatga olingan raqami) Registrga yozuv kiritilgan sanasi (bitim roʻyxatga olingan sana) Tuzilgan bitimning raqami Bitim tuzilgan sanasi BEGONALASHTIRUVCHI (GAROVGA QOʻYUVCHI)
Bitim tuzish uchun jalb qilingan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi nomi‎ F.I.Sh. yoki nomi‎ Deponentlarning Yagona bazasida roʻyxatga olingan shaxsning kodi‎ STIR‎ Pasport (shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning) seriyasi‎, raqam Pasport (shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) berilgan sanasi‎ Turar joyi manzili yoki yuridik manzili‎ Maqomi (fuqaroligi/ yurisdiksiya)‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎
QIMMATLI QOGʻOZ Toʻlov shakli (naqd / naqdsiz / plastik kartasi, kombinatsiyalangan)‎ Bitim turi
Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysining kodifikatsiyasi boʻyicha qimmatli qogʻozning kodi‎ Emitentning nomi‎ Emitent joylashgan hudud‎ Markaziy depozitariysining kodifikatsiyasi boʻyicha emitentning tarmogʻi‎ Deponentlarning Yagona bazasida emitentga berilgan roʻyxatga olingan shaxsning kodi‎ Qimmatli qogʻozlarning turi‎ Bitim predmeti hisoblangan qimmatli qogʻozlarning soni‎ Emitentning ustav fondiga nisbatan foizi (aksiyalar uchun) yoki chiqarilishning hajmiga nisbatan foizi (boshqa qimmatli qogʻozlar uchun)‎ Qimmatli qogʻozning nominali, soʻmda‎ Qimmatli qogʻozlarning kurs qiymati, donasi uchun soʻmda‎
13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18 19 20 21‎ 22‎ 23‎ 24‎
Roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatning nomi Bitimning qiymati, soʻmda Joylashtirish yoki muomalada boʻlishi

OLUVCHI (ISHONCHLI BOSHQARUVCHI, GAROVGA OLUVCHI)

Izoh‎‏
Bitim tuzish uchun jalb qilingan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi nomi F.I.Sh. yoki nomi Deponentlarning Yagona bazasida roʻyxatga olingan shaxsning kodi STIR Pasport (shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning) seriyasi Pasport (shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) berilgan sanasi Turar joyi manzili yoki yuridik manzili Maqomi (fuqaroligi/yurisdiksiya)‎
25‎ 26‎ 27‎ 28‎ 29‎ 30‎ 31‎ 32‎ 33‎ 34‎ 35‎ 36‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda; 34-son, 378-modda; 2011-y., 39-son, 403-modda; 2014-y., 7-son, 76-modda, 28-son, 348-modda; 2016-y., 4-son, 38-modda; 2017-y., 23-son, 483-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1919-7/2746-son, 05.08.2019-y., 10/19/1919-8/3525-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 17.04.2024-y., 10/24/1919-9/0281-son)