Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan doimiy propiska qilish va (yoki) uy-joy sotib olish yuzasidan ilgari berilgan va amalga oshirilmagan ruxsatnomalar 2012-yil 15-martgacha amal qilishi belgilab qo‘yilsin.
3. Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislarga va tor ixtisosdagi mutaxassislarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish uchun asoslanmagan iltimosnomalar berganligi, shuningdek ushbu shaxslarning lavozimdan ozod qilinganligi, boshqa ishga o‘tganligi yoki pensiyaga chiqqanligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar bermaganligi uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsin.
Yuqori malakali mutaxassislarni va tor ixtisosdagi mutaxassislarni ishga taklif etishda xizmat turar joyi berish amaliyotini keng qo‘llash tavsiya etiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov):
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish, shuningdek chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish masalalari qonun hujjatlariga qat’iy muvofiq ravishda ko‘rib chiqilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasin;
2012-yil mobaynida mazkur qaror normalari amal qilishining doimiy monitoringini va tahlilini ta’minlasin, shuningdek har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy (vaqtincha) propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov), Adliya vazirligi (N. Yo‘ldoshev) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 16-fevral,
41-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda fuqarolar deb ataladi) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini belgilaydi.
11. Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq, doimiy yashash joylarida propiskadan o‘tishlari va/yoki turgan joylarida hisobda turishlari shart.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinmaganligi yoki doimiy propiskada turmaganligi fuqaroga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas.
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kunlaridan boshlab besh kun ichida doimiy propiskada turish yoki hisobga qo‘yish uchun hujjatlar taqdim etishlari shart.
16 yoshga to‘lmagan shaxslarni doimiy propiska qilish va hisobga olish ularning ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarning xohishiga ko‘ra ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
2. Fuqarolarni doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtinchalik bo‘lishi faktini aniqlashni nazarda tutadi.
Doimiy propiskaga ega bo‘lish va turgan joylari bo‘yicha hisobda turish uchun fuqarolar davlat xizmatlari ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartibini ta’minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
II. Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi
3. Fuqarolarni doimiy propiska qilish “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.
Ro‘yxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.
4. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun fuqaro Ro‘yxatda nazarda tutilgan toifaga ko‘ra Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (keyingi o‘rinlarda pasport deb ataladi);
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;
nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
davlat hokimiyati tegishli organi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda organ va tashkilot deb ataladi) rahbarining ishga taklif etilayotgan shaxsning (yuqori malakali mutaxassislar va tor ixtisosdagi mutaxassislarning) ishonchliligi kafolati bilan birgalikda iltimosnomasi. Bunda ushbu Nizom maqsadlari uchun respublika ahamiyatiga molik davlat tashkilotlari deganda ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish masalalari qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tartibga solinadigan davlat tashkilotlari tushuniladi. Fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, Ichki ishlar vazirligi yoki adliya organlariga ishga qabul qilingan yoki o‘tkazilgan taqdirda ishga qabul qilinayotgan shaxsni (xodimni) doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma (ishonchliligi kafolatlangan holda) ko‘rsatib o‘tilgan organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari tomonidan ham imzolanishi mumkin;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joy olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
propiska uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-bandning beshinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
5. Ushbu Nizom 4-bandining sakkizinchi xatboshida ko‘rsatilgan hujjat organlar yoki tashkilotlarning kadrlar xizmatlari tomonidan rasmiy aloqa yo‘llari orqali fuqaro vaqtincha yashaydigan (yoki yashashni mo‘ljallayotgan) joydagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga yuboriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
6. Organlar va tashkilotlar rahbarlari ushbu organ yoki tashkilotning iltimosnomasi asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskaga ega bo‘lgan shaxs ishdan ozod qilingan, boshqa ishga o‘tgan yoki pensiyaga chiqqan taqdirda ikki kun muddatda shaxs oxirgi doimiy propiskadan o‘tgan joydagi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarini xabardor qiladilar.
Organ va tashkilot rahbarining bildirishnomasi asosida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari, agar ushbu fuqaroda doimiy propiska uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmasa, fuqaroni belgilangan tartibda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan ilgarigi yashash joyiga yoki fuqaroning arizasiga ko‘ra boshqa mintaqaga propiskadan chiqaradi. Fuqaro Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan propiskadan chiqishdan bosh tortgan taqdirda doimiy propiska belgilangan tartibda bekor qilinadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
7. Ro‘yxatning 1-bandiga “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan turar joyga ega bo‘lgan fuqarolar, shuningdek meros bo‘yicha, sudning qaroriga ko‘ra hamda ushbu Nizomga muvofiq turar joy olgan fuqarolar kiradi.
Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek qariyalar uylaridagi shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joyga Ro‘yxatning 3-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadi.
Ro‘yxatning 9 — 12-bandlari bo‘yicha doimiy propiska qilingan fuqarolarning ular bilan bir vaqtda doimiy propiskani rasmiylashtirmagan oila a’zolarini (eri, xotini, shuningdek o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlarini) Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish, turar joy maydoni mulkdorining (mulkdorlarining) roziligi bilan tegishli ravishda Ro‘yxatning 9 — 12-bandlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
71. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar doimiy propiska qilingan shaxslarning to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari ularning turar joy maydoniga Ro‘yxatning 2-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadilar.
72. Ro‘yxatning 1 va 8-bandlari asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Ro‘yxatning 2-bandi asosida doimiy propiska qilinadilar.
73. Ro‘yxatning 5-bandi asosida doimiy propiska qilinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tug‘ilgan farzandlari (o‘z oilasiga ega bo‘lmagan) Ro‘yxatning 2-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadilar.
(71, 72 va 73-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
8. Toshkent shahrida oldi-sotdi bitimlarini, almashtirish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan;
Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan), Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa.
9. Toshkent viloyatida oldi-sotdi bitimlarini, almashtirish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni, shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan;
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan), Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa.
91. Sud qarorlarini ijro etish tartibida turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mol-mulkni kimoshdi savdolari orqali sotishga yoxud uni davlat ijrochisining naturadagi sotilmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi taklifi bo‘yicha qarzni undiruvchiga — garovni saqlovchiga berish sotib oluvchi tomon tegishli ravishda Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs bo‘lsa yo‘l qo‘yiladi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
92. Ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda ham amalga oshiriladi.
(92-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
Ushbu Nizom maqsadlari uchun yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga kelgan va uni qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi;
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 527-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 708-modda)
10. Ro‘yxatning 8-bandiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy propiskaga ega bo‘lmagan holda ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yo‘llari orqali tegishli notariusga yuboriladigan doimiy propiska qilish huquqi to‘g‘risida ichki ishlar organining ma’lumotnomasi asosida turar joy sotib olish huquqiga egadirlar.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Buning uchun shaxslarning ushbu toifasiga kiradigan fuqaro tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qiladi va ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
101. Turar joy mulkdori o‘z oila a’zolarini va boshqa shaxslarni propiskadan o‘tkazish huquqiga ega.
102. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bo‘lgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy propiskadan o‘tishi mumkin.
103. Harbiy xizmatga majbur shaxslarni propiska qilish ular mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda harbiy hisobga qo‘yilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar harbiy hisobga qo‘yilishlari kerak.
(101 — 103-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
11. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini va haqiqiyligini tekshiradi hamda fuqaro Ro‘yxatda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga muvofiq bo‘lgan taqdirda fuqaroga belgilangan tartibda doimiy propiskani rasmiylashtiradi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Ro‘yxatning 8-bandiga kiradigan fuqarolarning Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish to‘g‘risidagi murojaati asosida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari rasmiy aloqa yo‘llari orqali tegishli notariusga ma’lumotnoma yuboradi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
111. Fuqaro ro‘yxatdan chiqish uchun TShIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
mudofaa ishlari bo‘limidan hisobdan chiqarilganligi haqida belgi bo‘lgan hisob-harbiy hujjatlar;
uy daftari yoki qayd etish kartochkasi va kvartiralar bo‘yicha kartochka (ushbu Nizomning 3 — 5-ilovalari);
ro‘yxatdan chiqarganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
112. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni ro‘yxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
113. Vafot etganlar o‘lim qayd etilganidan keyin ro‘yxatdan chiqarilishi lozim.
O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shakli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qaroriga 4-ilova.
114. Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va haqiqatga muvofiq bo‘lmagan ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, shuningdek, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun asos bo‘lgan hujjatlar qalbakilashtirilgan taqdirda doimiy propiska IIB tomonidan bekor qilinadi, keyinchalik materiallar tergov organlariga yuboriladi.
115. Propiskadan o‘tish yoki ro‘yxatdan chiqarilganlik sud qaroriga ko‘ra shuningdek, qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
116. Ro‘yxatdan chiqarilganda yoki ro‘yxatdan o‘tganlik bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddat ichida Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB manzil-ma’lumotlar byurosiga ketish varaqlarini (ushbu Nizomning 6-ilovasi) yuboradi.
(111 — 116-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
III. Fuqarolarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi
12. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish (keyingi o‘rinlarda hisobga olish deb ataladi) fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish uchun asos hisoblanmaydi. Doimiy propiskadan o‘tmaganlik turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
13. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin ularning bu yerda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
14. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobda turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda o‘zi vaqtincha turgan joydagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va 35 x 45 mm o‘lchamdagi ikki dona rasm — 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi);
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
hisobga olinganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi bo‘lsa ushbu bandning oltinchi va yettinchi xatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
15. 16 yoshga to‘lmagan shaxsni hisobga olishni rasmiylashtirishda ushbu shaxsning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
16. MvaFRB inspektori ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgandan, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin o‘sha kunning o‘zida ariza beruvchiga ushbu Nizomning 8 va 9-ilovalariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyida hisobga olish to‘g‘risida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varag‘i (keyingi o‘rinlarda hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i deb ataladi) yoki BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varag‘ini beradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i hamda BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) ko‘rsatilgan taqdirda unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir).
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida yagona namuna bo‘yicha tayyorlanadi;
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Ariza beruvchining pasportida va turar joyning uy daftariga (propiska kartochkasiga) hisobga olish to‘g‘risida belgi qo‘yilmaydi.
* BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i 2019-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritiladi.
17. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga hisobga qo‘yilgan fuqaro hisobga olish joyida yashashi kerak.
18. Ta’lim muassasalariga o‘qishga kelgan fuqarolarni MvaFRB inspektori tomonidan hisobga olish turar joyi (uy-joy maydoni) bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘qish Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilgan, fuqaro akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlatilgan taqdirda ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaroni vaqtincha turgan joyida hisobga olishni rasmiylashtirgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limini xabardor qiladi.
Ta’lim muassasasi rahbariyatining bildirishnomasi asosida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi hisobga olishni bekor qiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
19. Hisobga olishni qayta rasmiylashtirish ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Quyidagilar:
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish joyi bo‘yicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi;
shaxsning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bundan buyon bo‘lishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirishni rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hisobda turishni rasmiylashtirishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
20. Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i yo‘qolgan yoki buzilgan taqdirda fuqaro tegishli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga o‘z shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varag‘i yo‘qolishi yoki buzilishi holatlarini ko‘rsatib, hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani taqdim etadi.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi inspektori ko‘rsatilgan turgan joyda ushbu fuqaroning hisobga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda ariza beruvchiga o‘sha kunning o‘zida hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtiradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
21. MvaFRB inspektori ariza beruvchiga hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i bergandan keyin hisobga qo‘yilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MvaFRBBning kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritadi.
MvaFRB inspektori fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi to‘g‘risidagi kelish varaqasini (ushbu Nizomning 10-ilovasi) to‘ldiradi va bir sutka mobaynida ularni Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBning manzil-ma’lumotnomalar byurosiga yuboradi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga o‘xshash boshqa tashkilotlarning mas’ul shaxslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) kiritib qo‘yadilar.
MvaFRB fuqarolarni hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatishning idoraviy tarmog‘i bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) markaziy ma’lumotlar bazasiga yuboradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
22. Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
IV. Yakunlovchi qoidalar
23. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
24. Organlar va tashkilotlar rahbarlari doimiy propiskani rasmiylashtirish masalasi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuboriladigan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun javob beradilar.
25. Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy propiska qilish va hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar istisno tariqasida noturar joy binolarga hisobga olinishi mumkin.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
26. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan yoki hisobga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida ushbu shaxslar to‘g‘risida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
261. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy propiskaga ega bo‘lish va turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
262. Fuqaroni propiska qilish, propiskadan chiqarish va hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
(261 — 262-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
27. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
________________________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)
Familiyasi _____________________________________ Ismi __________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Tug‘ilgan sanasi ________________________________ Tug‘ilgan joyi ______________________________________ Qayerdan keldi ___________________________________
(mintaqa nomi)
Kelish maqsadi ___________________________________________________________________________________
(o‘z uy-joyiga, qarindoshlarga, vasiy (homiy)ga, ishga, o‘qishga va boshqa sabablar)
Quyidagi manzil bo‘yicha propiskaga qo‘yishni so‘rayman: _____________________________________tumani (shahar), ____________________________ko‘chasi ___________ (kvartal) _______ uy ________korpus ___________ kvartira. Turar joy ______________________________________________________________________ tomonidan berildi.
(oldi-sotdi shartnomasi, order, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan, uy-joy mulkdori F.I.O. yoki uy-joy bergan tashkilot nomi)
Bir vaqtning o‘zida men bilan quyidagi oila a’zolarimni propiskaga qo‘yishni so‘rayman:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tug‘ilgan yili va joyi
Qayerdan keldi
Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O. ___________________________________________________________
Imzo _________________
20__ yil “___” _________________________
Izoh: Ariza beruvchi voyaga yetmaganlar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaxslar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
________________________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)
Doimiy yashash manzilidan propiskadan chiqarish to‘g‘risida ARIZA
Familiyasi _____________________________________ Ismi __________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Tug‘ilgan sanasi ________________________________ Tug‘ilgan joyi ______________________________________ Qayerdan keldi_________________________________________
(mintaqa nomi)
Ketishdan maqsadi _________________________________________________________________________________
(doimiy yashashga, ishga, o‘qishga va boshqa sabablar)
Doimiy propiskada turmoqchi bo‘lgan manzili__________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________. Bir vaqtning o‘zida men bilan quyidagi oila a’zolarimni propiskadan chiqarishingizni so‘rayman:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tug‘ilgan yili va joyi
Qayerga ketdi
Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O. ___________________________________________________________
Imzo _________________
20__ yil “___” _________________________
Izoh: Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaxslar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
______-uyda yashovchi fuqarolarni propiska qilish uchun
UY DAFTARI _________________________________________________________________________________________________________________________________ ichki ishlar organi nomi _________________________________________________________________________________________________________________________________
1-bet
1-bo‘lim. Daftarni yuritish va uyga propiska qilishga mas’ul shaxslar haqida ma’lumotlar
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qachondan boshlab
Izoh
2-bet
2-bo‘lim. Uyga propiska qilish va daftarni yuritish holati bo‘yicha mansabdor shaxslarning qaydlari
T/r
Tekshirishni kim o‘tkazdi
Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi belgi
lavozimi
imzo
3-bo‘lim. Propiska
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan joyi (respublika, o‘lka, viloyat, tuman, shahar, qishloq), oilaviy ahvoli ( bunda u bilan birga kelgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham ko‘rsatiladi)
Tug‘ilgan sanasi
Qachon va qayerdan (respublika, o‘lka, viloyat, tuman, shahar, qishloq) kelgan. Agar aholi yashash punkti doirasida (bir ko‘chadan boshqasiga) ko‘chib o‘tgan bo‘lsa , ko‘cha nomi, uy, kvartira raqamlari ko‘rsatiladi
Kelishdan maqsadi va muddati
Millati va fuqaroligi
Pasport seriyasi va raqami, kim tomonidan va qachon berilgan.
Harbiy xizmatga munosabati, kim tomonidan va qachon hisobga olingan
Qayerda va qaysi vazifada ishlaydi. Agar ishlamayotgan bo‘lsa nafaqada, o‘quvchi va hokazo ko‘rsatilsin
Kvartira raqami
Ichki ishlar organining propiska qilinganligi haqidagi belgisi (kiritilgan ma’lumotlarni taqqoslash) Sana va imzo
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
PROPISKA KARTOChKASI
1. Familiyasi _____________________________________________________________________________________ 2. Ismi __________________________________________________________________________________________ 3. Otasini ismi ___________________________________________________________________________________ 4. Millati _______________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
5. Tug‘ilgan sanasi 20____ yil “__”_______________
6. Tug‘ilgan joyi
______________________viloyati (o‘lkasi, respublikasi) _________________________________________tumani ___________________________________shahar (qishloq) _______________________________________________
7. Qachon va qayerdan keldi
______________________viloyati (o‘lkasi, respublikasi) _________________________________________tumani ___________________________________shahar (qishloq)
______________________ko‘chasi ________uy ____________korpus _________________________kv. 20__ yil “__”________________
8. Pasport seriyasi
Raqami
Kim tomonidan va qachon berilgan
9. Turar joy manzili___________________________________________________________________shahar (tuman) _______________________________ ko‘chasi _______________ uy ______________ korpus _________________ kv. 10. Qayerda va kim bo‘lib ishlaydi_____________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
11. 16 yoshgacha bo‘lgan _______________________________________________________________________________ bolalari ________________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ___________________________________________________________________________________ ismi tug‘ilgan oyi va yili) ______________________________________________________________________________________
12. Harbiy xizmatga munosabati (kim __________________________________________________________________________________ tomonidan va qachon hisobga olingan) va hisobdan chiqarilgan _______________________________________________________________________________
13. Propiska haqida belgi
14. Qayerga (respublika, viloyat, o‘lka, tuman, shahar (qishloq) jo‘nab ketdi va propiskadan chiqqanlik haqida belgi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
KVARTIRA KARTOChKASI
__________________________________________ ko‘chasi __________ uy ___________korpus _______________ kv. Telefon ________________________________________ Turar joy maydoni ___________________________kv. m. Uy egasi ________________________________________ (ijaraga_______________(F.I.O.) __________________ beruvchi) ________________________________________
_______________________________________________ ____________________________ viloyati (respublikasi) _________________________________________ tumani __________________________________________ shahri XUJMSh ______________________________________
T/r
Uy egasiga, ijaraga beruvchiga munosabati
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Tug‘ilgan kuni, oyi, yili
Pasporti qachongacha haqiqiy
Propiska qilingan vaqti va qancha muddatga
Uy daftaridan o‘chirilgan kun
1
2
3
4
5
6
7
��
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
______________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)
Turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risida ARIZA
Familiyasi ________________________________________ Ismi _________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Tug‘ilgan sanasi ______________________ Tug‘ilgan joyi ________________________________________________ Qayerdan keldi ____________________________________________________________________________________
(mintaqa nomi)
Kelish maqsadi ___________________________________________________________________________________
(ishga, o‘qishga yoki boshqa sabab ko‘rsatiladi)
Quyidagi manzil bo‘yicha hisobga olishingizni so‘rayman: _________________tuman (shahar) _______________________ko‘cha _____ (kvartal)____uy ___korpus ____kvartira. Turar joy _______________________________________________________________________________________
uy-joy mulkdori yoki ijaraga beruvchining F.I.O. (qarindoshlik darajasi)
_______________________________________________________________________________ tomonidan berildi.
va uy-joy bergan tashkilot nomi)
Bir vaqtning o‘zida men bilan quyidagi qarindoshlarimni hisobga olishingizni so‘rayman:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tug‘ilgan yili va joyi
Qayerdan keldi
Menga turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi va muddati tushuntirildi. ________ seriyali ________________-son hisobga olish qayd varag‘ini oldim. Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O. ___________________________________________________________
Imzo _______________
20__ yil “___” _______________
Izoh: Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaxslar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risidagi hujjatga _____-son QAYD VARAG‘I
1. Familiyasi _____________________________________________________________________________________ 2. Ismi __________________________________________________________________________________________ 3. Otasining ismi _________________________________________________________________________________ 4. Tug‘ilgan sanasi ____________________ 5. Tug‘ilgan joyi ______________________________________________ 6. Qachon va qayerdan kelgan ___________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
8. Yashash manzili __________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ 9. Kelishdan maqsad ________________________________________________________________________________ 10. Turgan joyi bo‘yicha hisobga olish muddati 20___ yil “___”_______________________gacha 11. Qayd varag‘ini bergan organ _______________________________________________________________________ 12. . Qayd varag‘ini bergan mansabdor shaxsning imzosi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 9-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risida QAYD VARAG‘I
JSShIR ______________________________ Fuqaro: ______________________________ Hujjat ________ Berilgan vaqti __________ Seriya № __________________
Raqam __________________________ Tug‘ilgan vaqti ___________________ Amal qilish muddati ______________
Vaqtincha yashash manzili
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Kadastr № ____________________________ _______________________________ viloyati _________________________ tumani (shahar) Manzil _______________________________ Uy №________ kvartira №_______________
Kelishdan maqsad _____________________________________ Turgan joyi bo‘yicha hisobga olish muddati _____________ yil “___”____________________gacha Qayerdan keldi _______________________________________ Ma’lumot __________________________________________
Qayd varag‘ini bergan organ _________________________________________________________________________
Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) ko‘rsatilgan taqdirda unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 10-ILOVA
(1 — 2a-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan 1 — 10-ilovalar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qaroriga 2-ILOVA
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy hamda vaqtincha propiskadan o‘tish, boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish tartibini, shuningdek, yashash guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Doimiy hamda vaqtincha propiskadan o‘tishni rasmiylashtirish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat xizmatlari ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartibini ta’minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
11. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashashlari yoki vaqtincha bo‘lishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘zlari yashayotgan joy haqida xabar qilish tartibi, shuningdek, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslarning majburiyatlari va javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrda qabul qilingan 408-son qarori bilan belgilanadi.
12. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qonun hujjatlariga rioya qilishlari shart.
(11 va 12-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
2. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni, shuningdek boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida shaxsning doimiy yashashi yoki muayyan joyda vaqtincha bo‘lishi faktini aniqlashni nazarda tutadi.
21. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, ushbu Nizomga 1-ilovadagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari Ro‘yxati”ga asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga egadirlar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
22. Agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tegishli ruxsatnomaga va yashash guvohnomasiga ega bo‘lsalar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari mumkin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
II. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish tartibi
3. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) (keyingi o‘rinlarda TShIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi 2 nusxada ariza-anketa;
chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi;
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
nikoh tuzilganligi, bola tug‘ilganligi, ota-onaning vafot etganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi, boshqa respublika ahamiyatiga molik davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan Ro‘yxatning 6-bandi bo‘yicha propiska qilish chog‘ida);
hujjatlarni ko‘rib chiqqanlik va rasmiylashtirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yig‘im to‘langanligi haqidagi kvitansiya;
35 x 45 mm o‘lchamdagi ikkita fotosurat.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi) murojaat qilganida, kiritilgan investitsiyalar haqidagi tegishli ma’lumotnomalardan biri ariza-anketaga ilova qilinadi.
Ma’lumotnoma:
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etilganligi to‘g‘risida beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
31. O‘zbekiston Respublikasiga “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirganidan keyin (1992-yil 28-iyul) kelgan hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida uzoq vaqtdan beri sobiq SSSR pasportlari namunalari bilan yashayotgan yoki ularni yo‘qotib qo‘ygan, shuningdek, hujjatlarga ega bo‘lmagan (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno) va ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan Ro‘yxatga kirgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun TShIIBB MvaFRBga ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etadilar, chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi) bundan mustasno.
Yuqorida ko‘rsatilgan, ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan Ro‘yxatga kirmagan shaxslar tegishli hujjat (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati) bilan hujjatlashtiriladilar, ular keyinchalik poytaxt mintaqasidan tashqariga chiqib ketadilar, bu haqda mazkur shaxslardan belgilangan namunadagi majburiyat olinadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
32. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) (keyingi o‘rinlarda TShIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha 2 nusxada ariza-anketa;
chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi;
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
nikoh tuzilganligi, bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
“Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnoma;
35 x 45 mm o‘lchamdagi ikkita fotosurat.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
4. TShIIB MvaFRB hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ikki hafta muddatda ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsini tekshiradi. Chet el fuqarosi ushbu Nizomning 3-bandi o‘ninchi xatboshida ko‘rsatilgan hollarda murojaat qilganida, TShIIB MvaFRB amalda kiritilgan investitsiyalar haqidagi ma’lumotni tekshiradi.
Tekshirish natijalari bo‘yicha TShIIB MvaFRB hujjatlarni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda IIBB MvaFRB deb ataladi) yoki Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda IIB MvaFRB deb ataladi) yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradi.
Zarurat bo‘lganda IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB ariza beruvchining shaxsini va boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risida xorijiy davlatning vakolatli organlariga belgilangan tartibda so‘rovnoma yuborishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
5. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda Ichki ishlar bosh boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi o‘n kun muddatda xulosa tayyorlaydilar va materiallarni yakuniy qaror chiqarish uchun Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga yuboradilar, ushbu Nizomning 61-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. So‘rovnomaga uch oy ichida chet davlatning vakolatli organlaridan javob kelmaganligi IIBB MvaFRB va IIB MvaFRBning xulosasini tayyorlash hamda materiallarni IIV MvaFRBBga yuborish uchun asos bo‘ladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ushbu masalani hal etishda tegishli vakolatli organning fikr-mulohazasini, zaruriyat bo‘lganda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xulosasini so‘rab oladi va bir oy muddat mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qaror chiqaradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
6. Ichki ishlar vazirligining ijobiy qarori boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga (keyingi o‘rinlarda yashash guvohnomasi deb ataladi) belgilangan tartibda rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi.
Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi yoki Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kuni mobaynida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga qaytariladi, u bir sutka mobaynida ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
61. Ushbu Nizomning 3-bandi o‘ninchi xatboshida ko‘rsatilgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli vakolatli organning ijobiy javobi, shuningdek, so‘rovga xorijiy davlatning vakolatli organlarining javobi (javob uch oy mobaynida olinganda) olingan taqdirda, IIBB MvaFRB va IIB MvaFRB o‘n kun muddatda Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bilan kelishmasdan qaror qabul qiladi.
IIBB MvaFRB va IIB MvaFRBning ijobiy qarori boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolariga belgilangan tartibda yashash guvohnomasini rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
7. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga propiska qilish va propiskadan chiqarish tartibi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat olishgandan keyin propiskadan chiqqanlik (ketish varaqasi) faktini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni yoki bunday tartib yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etadilar.
71. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida yashash guvohnomasi:
chet el fuqarolariga — 5 yil muddatga, biroq milliy pasportning amal qilishidan ortiq bo‘lmagan muddatga;
ushbu Nizomning 3-bandi o‘ninchi xatboshida nazarda tutilgan chet el fuqarolariga — 10 yil muddatga, biroq milliy pasportning amal qilishidan ortiq bo‘lmagan muddatga;
60 yoshga to‘lgan chet el fuqarolariga — milliy pasportning amal qilish muddatiga beriladi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
72. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, shaxs 60 yoshga to‘lganidan keyin esa muddatsiz beriladi.
73. Yashash guvohnomasining amal qilish muddatlarini uzaytirish 5-martagacha ushbu Nizomning 71 va 72-bandlarida belgilangan muddatlarga amalga oshiriladi, shundan keyin u almashtiriladi.
(71 — 73-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
III. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy propiskani rasmiylashtirish tartibi
8. Yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskadan o‘tishni rasmiylashtirish uchun TShIIBB MvaFRBga murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
uy-joy hujjatining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
nikoh tuzilganligi, bola tug‘ilganligi, ota-onalar vafot etganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (ushbu Nizomning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning 6-bandi bo‘yicha propiskadan o‘tish chog‘ida);
doimiy propiskadan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiya.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
9. TShIIB MvaFRB hujjatlar qabul qilingandan so‘ng bir sutka mobaynida arizachining shaxsini tekshiradi va hujjatlarni IIBB MvaFRBga yoki IIB MvaFRBga yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tegishli vakolatli organga yuboradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
10. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB o‘n kun muddatda Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIB boshlig‘ining tegishli o‘rinbosari tasdiqlaydigan qarorni chiqaradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
11. Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIBning ijobiy qarori Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan, yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror TShIBB MvaFRB yoki IIBB MvaFRB, IIB MvaFRB tomonidan qabul qilinishi mumkin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
12. Yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kuni mobaynida TShIBB MvaFRBga qaytariladi, u bir sutka mobaynida ushbu qarorni arizachiga yetkazadi. Arizachi rad javobi berilganligi haqidagi xabarni olgandan so‘ng qolish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda uch sutka mobaynida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududini tark etishi shart.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Quyidagilar yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi shaxslar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida keyinchalik vaqtincha bo‘lishlari uchun asos hisoblanadi:
qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan turar joy mavjud bo‘lganda;
yaqin qarindoshlar (er, (xotin), ota-ona, farzandlar) mavjud bo‘lganda;
vasiylar (homiylar) mavjud bo‘lganda;
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganda, ta’lim muassasalarida o‘qiganda;
davolash muassasalarida davolanayotganda.
(9 — 12-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
121. Toshkent shahrida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni (ko‘chmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qo‘yish, voz kechish va o‘zgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs:
Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lsa;
Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va 1-ilovaning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblansa va doimiy propiskasi borligi to‘g‘risida ichki ishlar organining ma’lumotnomasini taqdim etsa.
(121-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
122. Toshkent viloyatida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni (ko‘chmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qo‘yish, voz kechish va o‘zgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs:
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lsa;
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va 1-ilovaning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa.
(122-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
123. Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan va yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy propiskaga o‘tish masalasida murojaat qilgan taqdirda, hujjatlar TShIIB MvaFRBda vakolatli organlar bilan kelishilmasdan ko‘rib chiqiladi
(123-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
124. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan hamda bu mintaqalarda doimiy propiskadan o‘tgan, shuningdek, boshqa davlatlardan kelgan va yashash guvohnomasini olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan narxi bazaviy hisoblash miqdorining 3300 baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda sotib olishlari mumkin.
(124-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ushbu Nizomning maqsadlariga ko‘ra yangi qurilgan ko‘chmas mulk toifasiga tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida mulk huquqi vujudga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan mol-mulk kiradi.
(124-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
IV. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha propiskani rasmiylashtirish tartibi
13. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish, doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan, kelingan joy bo‘yicha uch kundan olti oygacha bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
Xorijiy investorlarni, ular tomonidan chel el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislarni va ularning oila a’zolarini hududida investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan aholi punktida vaqtincha propiska qilishda, ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bo‘lganda vaqtincha propiskani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldrilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
14. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga kelgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni hisobga olish ular kelgach, ushbu muassasalar ma’muriyati tomonidan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
15. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha propiska olish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan kunidan boshlab uch kun muddatda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki harakatlanish hujjati;
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma — 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun;
uy-joy hujjatining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;
(15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
investitsiya loyihasini amalga oshirish haqidagi ma’lumotlar — investitsiya loyihasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida amalga oshirilgan taqdirda xorijiy investorlar, ular tomonidan chel el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislar va ularning oila a’zolari uchun;
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
propiska qilinganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
16. TShIIBB MvaFRB hujjatlarni o‘rganib chiqqanidan va rasmiylashtirganidan keyin bir sutka ichida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha propiskani rasmiylashtirib, yashash guvohnomasiga tegishli belgi qo‘yadi yoki viloyatda vaqtincha propiskadan o‘tkazilganlik to‘g‘risida ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i beradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
17. Ta’lim muassasalariga o‘qish uchun respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, istiqomat uchun berilgan guvohnomaga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish o‘qish davri uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Ular Toshkent shahri va Toshkent viloyati tashqarisida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazilgan, akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan chiqarilgan hollarda mazkur muassasalar ma’muriyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu to‘g‘rida vaqtincha kelingan joy bo‘yicha vaqtincha propiskani rasmiylashtirgan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limini xabardor qiladi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi ta’lim muassasasi rahbariyatining xabarnomasi asosida vaqtincha propiskani bekor qiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
18. Vaqtincha propiskani takroriy rasmiylashtirish masalasini ko‘rib chiqish TShIIB MvaFRB tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha propiska muddati tamom bo‘lishidan uch kun oldin TShIIB MvaFRBga ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
Ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgandan, shuningdek hujjatlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqilgandan va rasmiylashtirilgandan keyin TShIIB MvaFRB bir sutka mobaynida chet el fuqarosiga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga vaqtinchalik propiskani rasmiylashtiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
19. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi ariza beruvchining vaqtincha propiskasi rasmiylashtirilgandan keyin shu kunning o‘zida Ichki ishlar bosh boshqarmasining manzil-ma’lumotnoma byurosiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kelish varaqalarini yuboradi, shuningdek ularning ro‘yxatlarini (elektron tarzda) tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning huquqbuzarlikning oldini olish bo‘limiga beradi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va boshqa shunga o‘xshash tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda joylashtirish vositalari deb ataladi) mas’ul shaxslari 12 soat ichida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi axborotni Internet tarmog‘i orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) kiritib qo‘yadilar.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
20. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning huquqbuzarlikning oldini olish bo‘limi olingan ro‘yxatlarni ichki ishlar organlari tayanch punktining ma’lumotlar kompyuter bazasiga tegishli axborotni kiritish va o‘zi xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport rejimiga rioya etilishini nazorat qilish uchun ichki ishlar organining tegishli profilaktika inspektorlariga beradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
21. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlarning kompyuter bazasiga kiritishni amalga oshiradi, ma’lumotlar aniq vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatish idoraviy tarmog‘i orqali Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ma’lumotlar markaziy bazasiga beriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
22. Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi har oyda, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati ma’lumotlarini (elektron tarzda) idoraviy tarmoq orqali, keyinchalik huquqbuzarlik profilaktikasi hududiy bo‘linmalariga berish uchun, ularning doimiy yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tegishli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga yuboradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
23. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport-viza rejimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
IV1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha propiskani rasmiylashtirish tartibi
231. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida tegishli ravishda milliy pasportlar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatlari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning guvohnomalari bo‘yicha vaqtincha propiska asosida yashaydilar. Vaqtincha propiska belgilangan punktga kelgandan keyin uch sutka ichida amalga oshiriladi, bayram kunlari va dam olish (yakshanba) kunlari bundan mustasno.
Vaqtincha propiska qilishning uch sutkalik muddati kelish (chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tishi) sanasidan keyingi kunning 00:01 soatidan boshlab hisoblanadi.
Xorijiy investorlarni, ular tomonidan chel el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislarni va ularning oila a’zolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida vaqtincha propiska qilish xorijiy investorlar tomonidan ushbu hududda investitsiya loyihasi amalga oshirilgan hollarda vizaning amal qilish muddatiga (ular uchun xalqaro shartnomalar asosida vizasiz rejim o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun — doimiy yashash joyidan o‘chirmasdan 1 yil muddatga) amalga oshiriladi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslarga vaqtincha propiskani rasmiylashtirishda TShIIBB MvaFRB tomonidan yashil rangli shtamp qo‘yiladi.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
232. Quyidagilar vaqtincha propiskadan ozod qilinadilar:
a) respublikaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga muvofiq kelgan chet mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, parlament va hukumat delegatsiyalarining a’zolari, ushbu delegatsiyalarning texnik personali, sanab o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari;
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan pasportlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar;
v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
g) 16 yoshga to‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
d) O‘zbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlarida yoki oddiy kunlarda uch sutkagacha bo‘lgan muddatga keladigan hamda shu kunlar davomida respublikadan chiqib ketadigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
e) sayohat qilayotgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar ularning respublikaning har bir aniq aholi punktida bo‘lish muddati uch sutkadan oshmasa, ularning bo‘lganligini tasdiqlaydigan hujjatlar (xizmatlardan foydalanganligini yoki tovarlar xarid qilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar) mavjud bo‘lganida. Bunda bitta aholi punktida uzluksiz ro‘yxatdan o‘tish talabi qo‘yilmaydi;
j) O‘zbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda kelgan chet el harbiy samolyotlari (kemalari) ekipajlarining a’zolari.
Harbiy samolyotlar (kemalarning) ekipajlari a’zolarining qirg‘oqqa tushishi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishiga harbiy samolyotlar (kemalar) qabul qilish rejasiga muvofiq katta (harbiy) boshliq tomonidan ruxsat etiladi;
z) xalqaro yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi xorijiy avtotransport vositalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, tashishlarni amalga oshirayotgan yo‘nalishlaridagi shaharlarda va aholi yashash joylarida, shu jumladan boradigan joylarida bo‘lgan chog‘larida;
i) harbiy bo‘lmagan chet el kemalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar garnizonlarda va chegara shaharlarida bo‘lgan chog‘larida, bu shaxslar uyushgan holda sayohatga chiqqan vaqtlarida esa O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham.
Chet el fuqarolari ko‘rsatib o‘tilgan toifalarning obyektlardan chiqishlariga portlarda amalda bo‘lgan qoidalar va yo‘riqnomalarga muvofiq chegara qo‘shinlari vakillari tomonidan ruxsat etiladi;
k) xalqaro aviatsiya yo‘llarining fuqaro havo kemalari ekipajlari, xalqaro temir yo‘l poyezdlari brigadalari tarkibiga kiruvchi shaxslar, qatnovning amaldagi jadvalida ko‘rsatilgan aeroportlarda yoki stansiyalarda bo‘lgan chog‘larida.
233. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyatining ular kelib joylashgan vaqtda Dastur yordamida, qancha bo‘lishlaridan qat’i nazar, taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslarning, shu jumladan turizm operatorlarining esa tur boshlangungacha xabardor qilishi;
b) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni shaxsiy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda taklif qilgan (qabul qilayotgan) va ularga turar joy bergan jismoniy shaxslarning:
ular kelib joylashgan paytda Dastur yordamida xabardor qilishi yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kelganidan keyin, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati to‘liq 30 sutkadan oshmasa, bayram va dam olish (yakshanba) kunlaridan tashqari uch sutka ichida hududiy ichki ishlar organlariga yozma ravishda murojaat qilishi;
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kelganidan keyin, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 sutkadan oshsa, bayram va dam olish (yakshanba) kunlaridan tashqari uch sutka ichida hududiy ichki ishlar organlariga yozma ravishda murojaat qilishi yo‘li bilan;
v) mustaqil ravishda sayohat qilayotgan, chodirli lagyerlarda va tunash uchun joylashish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kelganlaridan keyin uch sutka mobaynida turistik-axborot markazlariga yoki yaqin oradagi joylashtirish vositalariga murojaat qilishi yo‘li bilan, maxsus Dastur moduli ishga tushirilganidan keyin esa ma’lumotlarni sayohat yo‘nalishidagi aholi punktlarini ko‘rsatgan holda mustaqil ravishda to‘ldirish yo‘li bilan xabardor qilishi.
Turistik-axborot markazlarining va joylashtirish vositalarining ma’muriyatlari Dastur yordamida hududiy ichki ishlar organlariga mustaqil ravishda sayohat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning murojaatlari asosida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan bildirishnomani yuborishlari shart.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi.
Ichki ishlar organi joylashgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotni har haftada hudud bo‘yicha manzil-ma’lumotlar byurosiga yuborishi shart. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari yashovchilar joylashtirilgan paytda hududiy ichki ishlar organlarini joylashgan, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida Dastur yordamida xabardor qilishlari shart.
Joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy uylarga (kvartiralarga) keluvchilarni hisobga olish joylashtirish vositalarining mas’ul shaxslari tomonidan joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi yozma kelishuv (shartnoma) asosida yoki belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan ushbu uylarning (kvartiralarning) egalari tomonidan mustaqil ravishda belgilangan tartibda Dastur yordamida amalga oshiriladi.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan ushbu talabning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
234. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
a) chet el diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining boshliqlari, diplomatik personal a’zolari, konsulxonalarning mansabdor shaxslari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatish personali, shuningdek, ularning oila a’zolari;
b) ommaviy axborot vositalarining vakillari va ularning oila a’zolari;
v) xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ishlari yuzasidan kelgan mansabdor shaxslari, mazkur tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi bo‘lgan xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatlar vakolatxonalarining mazkur tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari tomonidan mazkur shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qo‘yiladi.
235. Ushbu Nizomning 232, 234 va 236-bandlarida ko‘rsatilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining hududiy ichki ishlar organlarida, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 kundan oshmasa. Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat etish yordamida xabardor qilish asosida va agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, taklif qiluvchi (qabul qiladigan) shaxslarning, tashkilotlarning yozma murojaati asosida ro‘yxatdan o‘tkazilishlari kerak. Bildirishnomalar chet el fuqarolari joylashgan paytda, ichki ishlar organlariga murojaat esa bayram va dam olish (yakshanba) kunlarini hisobga olmagan holda uch sutkadan kechiktirmasdan berilishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy ishlar bo‘yicha, fuqarolarning takliflari bilan turgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiskadan o‘tkazish chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni notijorat maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan (qabul qiladigan) va ularga uy-joy maydoni bergan jismoniy shaxslar tomonidan:
agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati to‘liq 30 kundan oshmasa, hududiy ichki ishlar organlarini Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat etish vositasida xabardor qilish yo‘li bilan;
agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
30 kungacha vaqtincha propiskadan o‘tkazish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar Dasturda qayd etiladi va uning yordamida turistik yig‘imni (mehmonxona yig‘imini) to‘laydilar hamda hududiy ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuboradilar:
milliy pasportning yoki taklif qilinayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun hujjatning ko‘chirma nusxasi;
uy-joy mulkdorining vaqtincha propiskadan o‘tkazishga yozma roziligining ko‘chirma nusxasi va uy-joyga huquqni belgilovchi hujjatlar.
Hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat qilish yo‘li bilan 30 kungacha vaqtincha propiskadan o‘tkazish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarni hamda turistik yig‘im (mehmonxona yig‘imi) to‘langanligi haqidagi kvitansiyani taqdim etadilar.
30 kundan ortiq muddatga vaqtincha propiskadan o‘tkazish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar o‘zlari turgan joydagi hududiy ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
belgilangan shakldagi ariza;
qabul qiladigan tashkilotning belgilangan shakldagi iltimosnomasi;
milliy pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun hujjat;
uy-joy mulkdorining vaqtincha propiskadan o‘tkazishga yozma roziligi hamda uy-joyga huquqni belgilovchi hujjatlar;
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning vaqtincha propiska muddatini uzaytirish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar vaqtincha propiska muddati tugashidan uch kun oldin hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari kerak.
236. Joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida quyidagilar hisobga olinishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasiga xizmat, savdo yoki jamoat ishlari bo‘yicha, davolanish yoki dam olish uchun, turistlar sifatida, alohida hollarda esa ichki ishlar organlarining ruxsati bilan fuqarolarning taklifiga muvofiq kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, ushbu Nizomning 232va 234-bandlarida ko‘rsatilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududiga shaxsiy ishlar bilan kelgan milliy pasportlarning (diplomatik pasportlar yoki xizmat pasportlarining) egalari, chet mamlakatlar tashqi ishlar idoralarining xizmatchilari, ularning oila a’zolari.
Chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning amalda hisobga olinishini tekshirish ichki ishlar organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur yordamida amalga oshiriladi.
237. Ushbu Nizomning 236-bandida ko‘rsatilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni hisobga olish vaqtincha propiskaga tenglashtiriladi va joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari ma’muriyati tomonidan qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda Dastur yordamida amalga oshiriladi.
238. Safarlar turizm operatori tomonidan aholi punktlaridan tashqarida tashkil etiladigan tur doirasida ekskursiya rahbari, gid va/yoki yo‘riqchi-boshlovchi hamrohligida amalga oshirilganida, agar bunday tur yoki uning bir qismi 10 sutkadan oshmasa:
turizm operatorining avtoturini sotib olgan holda shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, yayov yoki guruh tarkibida avtobusda amalga oshirilganda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilganida turizm operatorlari tomonidan ichki ishlar organlariga turistlarning pasport ma’lumotlari, harakatlanish yo‘nalishlarining sxemalari, sayohat qilish vaqtida to‘xtash (tunash) joylari ko‘rsatilgan ro‘yxatlarini ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur yordamida elektron shaklda taqdim etish vaqtincha propiskadan o‘tkazishga tenglashtiriladi.
239. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha propiskadan o‘tmasdan ushbu Nizomning 231-bandida ko‘rsatilgan muddatdan ortiq vaqt davomida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hujjatlarini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatisiz rasmiylashtirish hamda ularning joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida yashashi taqiqlanadi.
2310. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa tartibbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risida joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining ma’muriyati, boshqa uy-joy maydonlarining egalari hududdagi ichki ishlar organlariga darhol xabar berishlari shart.
Bunday shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasasida rasmiylashtirish faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olinganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
2311. Joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlarida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma iltimosnomalari yoxud taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlarning yozma murojaatlari yoki viza rejimi qo‘llanilmaydigan, yo bo‘lmasa viza berishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan, uchinchi shaxslarning taklifisiz yoki turistlar sifatida taklif qilinmasdan, ammo vizaning amal qilish muddati doirasida kelgan (turistlar uchun — turning amal qilish muddatiga) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z yozma arizalari asosida amalga oshiriladi.
2312. O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs joylashtirish vositasiga, davolash muassasasiga va boshqa uy-joy maydoniga kelgan paytdan boshlab 12 soat ichida amalga oshiriladi.
2313. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsat beradigan guvohnomalar bo‘yicha joylashtirish vositalariga va davolash muassasalariga umumiy asoslarda joylashadilar hamda ularda hisobga olinadilar.
2314. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, uning hududiy bo‘linmalarida akkreditatsiya qilinmagan chet el fuqarolarining diplomatik pasportlari joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida ushbu Nizomga muvofiq hisobga olinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik korpusning belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, milliy pasport yoki akkreditatsiya kartochkasi asosida joylashtirish vositalarida yashayotgan va davolash muassasasida bo‘lgan a’zolari joylashtirish vositalarining va davolash muassasalarining hisobga olish daftarlari va kartochkalari bo‘yicha pasportlarga va akkreditatsiya kartochkalariga biron-bir belgi qo‘ymasdan hisobga olinishlari lozim.
2315. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlarining egalari tomonidan chet el fuqarolarini hisobga olish talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ichki ishlar organlari amalga oshiradi.
2316. Ushbu Nizomning 234, 235va 236-bandlarida ko‘rsatilgan chet el fuqarolarining akkreditatsiya yoki vaqtincha propiskadan o‘tkazish muddatini uzaytirish tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida, joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida vizalarning amal qilish muddatiga ular belgilangan tartibda uzaytirilganidan keyin amalga oshiriladi.
(IV1 bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
2317. Ichki ishlar organlari tomonidan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar)ga davlat boji to‘lanmasdan uch yil muddatgacha vaqtinchalik propiska rasmiylashtiriladi va uzaytiriladi.
(2317-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
V. Yakunlovchi qoidalar
24. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
25. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yoki vaqtincha propiskaga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashashi uchun kamida uch kun muddatga turar joy maydoni bergan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida ushbu shaxslar to‘g‘risida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
26. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari
RO‘YXATI
1. Qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan uy-joyga ega bo‘lgan xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — xususiy mulk qilib sotib olingan uy-joyga.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
2. Qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
3. Er (xotin — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan bo‘lsa.
4. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
5. Ota-onalari bo‘lmagan voyaga yetmagan tug‘ishgan aka-ukalar va opa-singillar — o‘zlarining tug‘ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
6. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik davlat boshqa tashkilotlariga ishga taklif etiladigan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisosdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) — ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar lavozimda turadigan davrga.
7. “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
Izoh: ushbu qaror kuchga kirganidan so‘ng mazkur Ro‘yxatning 2 (er yoki xotin, o‘z oilasi bo‘lmagan voyaga yetgan bolalari va er-xotinning birgalikdagi va/yoki oldingi nikohidan yoki nikohsiz tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalari, shuningdek farzandlikka olingan bolalari bundan mustasno), 3, 4, 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Menga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsat berishingizni so‘rayman ____________________________ ________________________________________________________________________________________________
(sababi ko‘rsatilsin)
O‘zim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman: 1. Tug‘ilgan kuni, oyi va yili ________________________________________________________________________ 2. Tug‘ilgan joyi __________________________________________________________________________________ 3. Millati _______________________________________________________________________________________ 4. Muqaddam boshqa davlat fuqarosi bo‘lganmisiz. Qachon, qayerda va qaysi davlat fuqarosi bo‘lgansiz, nima sababdan uni yo‘qotgansiz, batafsil ko‘rsating __________________________________________________________________ 5. Ilgari qachon va nima sababdan O‘zbekiston Respublikasiga kelgansiz (kelish va ketish sanasi, viza raqami va kim tomonidan berilgan)_______________________________________________________________________________ 6. Nikohda turaman, turmayman (keraksizi o‘chirilsin) 7. Doimiy yashashga ruxsat olish uchun men bilan birga kelayotgan (16 yoshgacha) farzandlarim�ing familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili va fuqaroligi: a) ______________________________________________________________________________________________ b) ______________________________________________________________________________________________ v) ______________________________________________________________________________________________ g) ______________________________________________________________________________________________ d) ______________________________________________________________________________________________
a
b
v
g
d
8. Mehnat faoliyati, shu jumladan ta’lim va harbiy xizmat:
Oy va yili
Korxona, tashkilot va muassasa nomi, lavozimi
Korxona, tashkilot va muassasa joylashgan manzil
kirish
ketish
Izoh. Mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar uchun ma’lumotlar ariza beruvchining ish joyi bo‘yicha mansabdor shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi. 9. Xorijda istiqomat qiladigan qarindoshlarim:
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi
Tug‘ilgan yili va fuqaroligi
Ish joyi va lavozimi
Yashash manzili
10. O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan qarindoshlarim (shu jumladan, er-xotinning qarindoshlari):
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi
Tug‘ilgan yili va fuqaroligi
Ish joyi va lavozimi
Yashash manzili
11. Qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ma’lum qilaman: a) __________________________________________________________________________________yilda berilgan __________________________________________amal qilish muddati 20___ yil “____”__________________gacha b) viza (kelishdan maqsadi) 20___yil “____”__________________________ ________________________________№ ________________________________________________________________________________tomonidan berilgan
(kim va qachon, berilish asoslari)
__________________________________________amal qilish muddati 20___ yil “____”___________________gacha
20___ yil “___”___________________
______________________ (arizachi imzosi)
12. Hujjatlarni solishtirib, arizani qabul qildim:
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
______________________________________ ______________________________________ ______________________________________ manzilda doimiy yashovchi
____________________________________,(fuqaroligi /fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) ___________________________________dan (familiyasi, ismi, otasining ismi) tel: _____________________________
ARIZA-ANKETA
Menga quyidagi manzil bo‘yicha doimiy propiska rasmiylashtirib berishingizni so‘rayman ______________________ ________________________________________________________________________________________________
O‘zim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman: 1. Tug‘ilgan kun, oy va yili __________________________________________________________________________ 2. Tug‘ilgan joyi __________________________________________________________________________________ 3. Millati _______________________________________________________________________________________ 4. Nikohda turaman, turmayman (keraksizi o‘chirilsin) 5. Doimiy yashashga ruxsat olish uchun men bilan birga kelayotgan (16 yoshgacha) farzandlarimning familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili va fuqaroligi: a) ______________________________________________________________________________________________ b) ______________________________________________________________________________________________ v) ______________________________________________________________________________________________ g) ______________________________________________________________________________________________ d) ______________________________________________________________________________________________
a
b�
v
g
d
6. Mehnat faoliyati, shu jumladan ta’lim va harbiy xizmat:
Oy, yil
Muassasa, tashkilot va korxona nomi, lavozimi
Muassasa, tashkilot va korxona joylashgan manzil
kirish
ketish
Izoh. Mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar uchun ma’lumotlar ariza beruvchining ish joyi bo‘yicha mansabdor shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi. 7. Xorijda yashovchi qarindoshlarim:
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi
Tug‘ilgan yili va fuqaroligi
Ish joyi va lavozimi
Yashash manzili
8. Qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ma’lum qilaman: yashash guvohnomasi seriyasi_______________, raqami ___________________________________________________, _______________________________________________________________________________________tomonidan 20__ yil “____” ________________________da berilgan, muddati 20__ yil “____” ____________________ga qadar. Anketada ko‘rastilgan barcha ma’lumotlar to‘g‘ri. O‘zim, oila a’zolarim va yaqin qarindoshlarim haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar berilgan taqdirda doimiy propiska rad etilishi haqida ogohlantirildim.
20___ yil “___”___________________
______________________ (arizachi imzosi)
9. H�jjatlarni solishtirib, arizani qabul qildim:
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
______________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish to‘g‘risida ARIZA
Familiyasi ________________________________________ Ismi _________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Fuqaroligi _____________________________________ Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs___________________________ Tug‘ilgan sanasi ______ _____________________ Tug‘ilgan joyi __________________________________________ Kelgan joyi______________________________________________________________________________________
(mintaqa nomi)
Kelishdan maqsadi _________________________________________________________________________________
(o‘z uyiga, qarindoshlarinikiga, vasiysiga (homiysiga), ishga, o‘qishga yoki boshqa sabablar)
Quyidagi manzil bo‘yicha vaqtincha propiska qilishni so‘rayman: _____________________________________ tuman, ko‘cha_____________________, mavze ____________, uy _____, korpus ________________, kvartira_______________ Uy-joy maydoni berildi ___________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
(mulkdor (ijarachi)ning familiyasi, ismi, otasini ismi, qarindoshlik darajasi yoki yashash maydoni bergan tashkilot nomi)
Ayni bir vaqtda quyidagi qarindoshlarimni vaqtincha propiska qilishni so‘rayman:
Qarindoshlik darajasi
Familiya, ismi, otasining ismi
Fuqaroligi
Tug‘ilgan joyi va sanasi
Qayerdan keldi
Ariza beruvchining imzosi_______________
20__ yil “___” _______________
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Chet el fuqarosi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs)ni vaqtincha propiska qilish to‘g‘risida QAYD VARAG‘I
Fuqaroligi___________________________ Chet el fuqarosi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs)_____________________________________ Hujjat ________ Berilgan sana__________ Seriya № __________________
Raqam __________________________ Tug‘ilgan sanasi__________________ Amal qilish muddati ______________
Vaqtincha yashash manzili
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Kadastr № ____________________________
_______________________________ viloyati _________________________ tumani (shahar) Manzil _______________________________ Uy № ________ kvartira №_______________
Kelishdan maqsadi____________________________________ Qabul qiluvchi tomon__________________________________ Vaqtincha propiska muddati _______________________dan _____________________gacha “____” oyga Qayerdan keldi _______________________________________ Ma’lumotlar _______________________________________
Qayd varag‘ini bergan organ _________________________________________________________________________
Vaqtincha propiska to‘g‘risidagi qayd varag‘i unda ko‘rsatilgan muddatgacha pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat ko‘rsatilganda haqiqiydir
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
______________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)
_____________________________ Sizdan fuqaroni vaqtincha propiska qilish va vaqtincha propiska muddatini uzaytirishni so‘raydi (keraksizi o‘chirilsin): 1. F.I.O. _________________________________________________________________________________________
(chet el fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi kirillchada yoziladi)
(16 yoshgacha bo‘lgan farzandlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili)
3. Fuqaroligi _________________________________ 4. Jinsi ___________________________________________ 5. Tug‘ilgan joyi va sanasi___________________________________________________________________________ 6. Milliy pasport № ______________________ 7. Viza turi va raqami______________________________________ 8. Viza kim tomonidan berilgan va uning muddati________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ 9. O‘zbekistonga kelish sanasi (NO‘P): __________________________________________________________________ 10. Ish joyi va lavozimi: ___________________________________________________________________________ 11. Yashash manzili: _________________________________________________________________________________ 12. Uy-joy maydoni bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi______________________________________ ______________________ ______________________________________ uy. tel.______________________________ 13. Hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etishga mas’ul bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ________________________________________________________________________________________________ Pasport seriyasi ____________ № __________________________ xizmat telefoni ___________________________
____________________________ (Qabul qiluvchi tashkilot rahbarining lavozimi)
____________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi, imzo)
M.O‘.
Izohlar:
Yuridik shaxslar uchun taqdimnoma korxona blankasida yoki toza oq qog‘ozda rasmiylashtirilib, yuqori chap burchakda qabul qiluvchi tashkilotning hujjatni chiqish raqami va sanasi ko‘rsatilgan burchakli shtampi qo‘yiladi.
Taqdimnomaga uy-joy maydoni bergan shaxsning rozilik arizasi ilova qilinadi.
(2 — 6-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 16-son, 179-modda; 2016-y., 9-son, 88-modda, 41-son, 474-modda; 2017-y., 29-son, 708-modda, 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son; 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)