Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Farmoni
OʻZGALAR PARVARIShIGA MUHTOJ YoLGʻIZ PENSIONERLARNI IJTIMOIY HIMOYALASh YuZASIDAN QOʻShIMChA TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionyerlarning turmush darajasi pastligini hisobga olib, insonparvarlik, mehr-muruvvat tuygʻusidan kelib chiqib va shu toifadagi pensionyerlar ijtimoiy jihatdan himoyalanishini taʼminlash maqsadida ularga quyidagi imtiyozlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda)
— umumiy foydalanishdagi shahar yoʻlovchi tashish transportida (taksidan tashqari) va qishloq joylarda oʻzlari yashaydigan maʼmuriy rayon hududida umumiy foydalanishdagi avtotransportda bepul yurish huquqi berilsin;
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan shahar yoʻlovchi tashish transportidan foydalanishga taalluqli qismi amalda oʻz kuchini yoʻqotdi.
— shifokorlar retsepti bilan beriladigan dorilar uchun haq toʻlashdan ozod qilinsin;
— belgilangan miqdordagi eng zarur mollar bepul berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionyerlar pensiya guvohnomasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari beradigan maxsus qoʻshimcha varaqasi birinchi bandda koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi hujjat deb belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-martdagi PF-4209-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 92-modda)
3. Oʻzbekiston SSR Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Oʻzbekiston SSR Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston SSR Avtomobil transporti vazirligi, Oʻzbekiston SSR Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 1-bandda koʻrsatilgan imtiyozlarni berish toʻgʻrisida nizom tayyorlasin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 28-maydagi 145-son qarori “Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz pensionyerlarni ijtimoiy himoya qilish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz pensionyerlarga imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisida Nizomga qarang.
4. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 28-maydagi 145-son “Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz pensionyerlarni ijtimoiy himoya qilish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
5. Oʻzbekiston SSR vazirliklari va idoralari, sovet va xoʻjalik idoralari joylardagi yolgʻiz pensionyerlarga har tomonlama yordam koʻrsatish ishini kuchaytirsinlar, jamoat tashkilotlarining, korxonalarning, muassasalarning va fuqarolarning muhtoj pensionyerlarga yordam berish borasidagi xayriya faoliyati qoʻllab-quvvatlansin va rivojlantirilsin.
6. Mazkur Farmon 1991-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiritilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 27-may,
PF-212-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 7-son, 134-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 92-modda)