O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi faqat:
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
(1-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi O‘RQ-1129-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1129/0375-son)
1941—1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
(1-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 28-fevraldagi O‘RQ-1041-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 03/25/1041/0209-son)
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi O‘RQ-977-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar va I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun hamda ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxs uchun saqlab qolinsin.
(1-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi O‘RQ-1129-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1129/0375-son)
2. Quyidagi qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda) 52-moddasi to‘rtinchi qismining;
1993-yil 7-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod uchun” ordeni to‘g‘risidagi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 257-modda) 4-moddasi birinchi qismi uchinchi xatboshisining va 5-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisining;
1994-yil 5-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 113-modda) 6-moddasi ikkinchi qismining;
1995-yil 24-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari faoliyatining ta’minoti to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 4, 30-modda) 9-moddasi birinchi qismining;
1995-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 114-modda) 27-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarining shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishga doir qismlari.
3. Ushbu Qonun matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 1996-yil 3-sentabrdagi 180 (1432)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
278-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 141-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 533-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son; 03.03.2025-y., 03/25/1041/0209-son; 17.04.2026-y., 03/26/1129/0375-son)