|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.02.2023
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA OChILADIGAN BANK HISOBVARAQLARI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 16-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1948-5]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-maydagi PQ-1529-son “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 224-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 130-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-iyul,
22/3-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-iyuldagi 22/3-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraq ochish uchun asos bo‘lgan hujjatlari, bank hisobvarag‘i shartnomasi, shuningdek unga kiritilgan o‘zgartirishlar, ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, ikkilamchi hisobvaraqlar ochilganligi to‘g‘risidagi asosiy hisobvarag‘ini ochgan bankka yuborgan xabarning nusxasi hamda bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar, shuningdek mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat)ning nusxasi mijozning yuridik yig‘majildida saqlanadi”.
2. 12-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“d) tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari”.
3. 18-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Jismoniy shaxslarga bankning omonat kassalarida shaxsiy hisobvaraqlar ochish omonat kassasi nazoratchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2205, 2011-yil 4-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 9-son, 97-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
4. 39-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ta’sis hujjatlarida (ta’sis shartnomasida, ustavda) ko‘rsatilgan ma’lumotlar (ta’sischilar, aksiyadorlar, ishtirokchilar yoki boshqa ma’lumotlar) o‘zgargan taqdirda, mijoz ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxasini bankka taqdim qiladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etiladi”.
5. 41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“41. Yuridik shaxs tugatilayotganda, uning barcha bank hisobvaraqlari tugatish komissiyasining tasarrufiga o‘tadi. Bunday holda, asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankka tugatish komissiyasining amal qilish muddati ko‘rsatilgan korxonani tugatish to‘g‘risidagi qarori hamda tugatish komissiyasi rahbari va bosh buxgalterining imzolari namunalari qo‘yilgan varaqcha notarial tasdiqlangan holda taqdim qilinadi. Shundan so‘ng, mijozning asosiy hisobvarag‘iga uni tugatishga doir yagona hisobvaraq maqomi beriladi”.
6. 50-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“50. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘i yopilayotganda, oldindan u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hisobvaraqlar yopiladi. Bir vaqtning o‘zida hisobvaraqni yopish mo‘ljallanayotgani to‘g‘risida soliq va bojxona (chet el valyutasida hisobvaraq ochilgan bo‘lsa) organlariga xabar beriladi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning budjet oldidagi qarzlari to‘g‘risida ma’lumot so‘raladi. Soliq va bojxona organlari tomonidan bankka xo‘jalik yurituvchi subyektning budjet oldida majburiyatlari yo‘qligi to‘g‘risidagi xabarnoma (ma’lumotnoma) taqdim qilingandan keyin bank (bank filiali) tomonidan berilgan hamda to‘liq yoki qisman foydalanilmagan chek daftarchalari bankka (bank filialiga) qaytariladi. Shundan keyin, mijozning foydalanilmagan cheklar raqamlari ko‘rsatilgan arizasiga asosan hisobvaraqni yopish kunida qoldiq tasdiqlangan holda hisobvaraq yopiladi”.
7. 52-banddan “va ulardagi tegishli mablag‘lar qoldig‘i “Boshqa debitorlik hisobvaraqlari”ga kirim qilinganda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 32-33-son, 342-modda)