Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
TELEVIDENIYE VA RADIO ESHITTIRISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2248]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Televideniye va radio eshittirish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-iyun,
35-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 30-iyundagi 35-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Televideniye va radio eshittirish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar televideniye va radio eshittirish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar televideniye va radio eshittirish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, uchastkalarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularga yoʻl-yoʻriq berilishi va bilimlari sinovdan oʻtkazilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V boʻlimi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, yuk koʻtarish mexanizmlari, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Xodimlar Kino, radio va televideniye xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 2069, 2010-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 25-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
29. Xodimlar ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
30. Bosim ostida ishlovchi uskunalarda va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
38. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyena talablari
39. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
40. Ishlab chiqarish xonalarida ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi kerak.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
41. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
42. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
43. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.
44. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, oʻrtacha ogʻir ishda 17°S va ogʻir ishda 16°S dan past boʻlmasligi lozim.
45. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam boʻlmasligi kerak.
46. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(10-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
48. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
49. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tashkilot hududidagi hojatxonalar isitish va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda korxonada yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlariga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
11-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
52. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
53. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
54. Yoritish, quvvatli uskunalar, elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos boʻlishi shart.
55. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda boʻlishi shart.
56. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
57. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
58. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
59. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
60. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
61. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
62. Elektr qurilmalari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
63. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
64. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
65. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va toʻr yer bilan ulangan boʻlishi lozim.
66. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
12-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
67. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi lozim.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
68. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
69. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
70. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
71. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
72. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
73. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
13-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
74. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
75. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
76. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalarining koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
77. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
78. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
79. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
80. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi lozim.
81. Chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan taʼminlanishi, konteynerlar chiqindilardan boʻshatilganidan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
82. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam ravishda dezinfeksiya qilish, sutkaning qorongʻi vaqtida esa yoritilishi kerak.
14-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
83. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi kerak.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi lozim.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
85. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak.
86. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.
87. Binoga transport vositalarining kirish joylari va darvozalar signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
88. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
89. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
90. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
91. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
92. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
93. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
15-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
94. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
95. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (shamollatgich, kompressor va boshqalar) toʻsilgan xonalardan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga oʻxshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
96. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy eshitish aʼzolarini himoya qilish vositalari, quloqchindan foydalanish kerak.
16-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
97. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III. Telekoʻrsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozish jarayoniga boʻlgan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
98. Telekoʻrsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozish jarayonida qatnashuvchi xodimlar texnika xavfsizligi qoidalari, yongʻin xavfsizligi, mehnat muhofazasi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
99. Telekoʻrsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozish jarayonida qatnashadigan xodimlarning guruh rahbariga quyidagilar yuklatiladi:
telekoʻrsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozish jarayonida qatnashadigan xodimlarga sogʻlom va xavfsiz ish sharoitini taʼminlash;
studiya yoki studiyadan tashqarida telekoʻrsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozishda texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalarining aniq bajarilishini nazorat qilish;
100. Havoza, stanok, taxta supa, sahna bezagi va pavilyonlardagi moslamalarni tayyorlash, sahna qurishda qurilish meʼyorlari va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
101. Murakkab sahna bezaklarini studiya va studiyadan tashqarida tayyorlash, sahna qurish va uni qabul qilishda dekoratsiya ishlab chiqarish guruh rahbari va texnika xavfsizligi boʻyicha muhandisini jalb etish lozim.
102. Teleoperatorlarga quyidagi vaziyatlarda telekoʻrsatuvlar, kinofilmlarni tasvirga olish taqiqlanadi:
oʻta xavfli tasvirlarni tasvirga olish uchun texnika xavfsizligi xizmati bilan kelishilmaganda;
qurilish havozalari, sahna bezaklari, taxta supalar, oʻtish joylari va boshqa moslamalarning montaji, ularga yoritish uskunalarini oʻrnatish ishlari toʻla nihoyasiga yetkazilmaganda;
103. Guruh rahbari telekoʻrsatuvlar, kinofilmlarni tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni yozishda studiya va studiyadan tashqariga chiqishdan oldin quyidagilarni bajarishi shart:
hamma ishtirokchilarni telekoʻrsatuvlar, kinofilmlarni tasvirga olish va radio eshittirishlarni yozish tartibi va shartlari bilan tanishtirish;
ish jarayoni davomida xodimlarni texnika xavfsizligi yoʻriqnomasi bilan tanishtirish va jurnalga qayd etish;
telekoʻrsatuvlar, kinofilmlarni tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni yozish guruhi xodimlariga yilning mavsumiga qarab zaruriy maxsus kiyimlar bilan taʼminlash;
aptechka bilan taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
104. Telekoʻrsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozishda Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
105. Ishlab chiqishda oʻrganilmagan yongʻin va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qoʻllash taqiqlanadi.
106. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
107. Texnologik jarayonni ishlab chiqish, unga apparaturani kiritish, nazorat va boshqaruvni amalga oshirishda, shuningdek avariyaga qarshi himoya vositalarining tanlovida yongʻin va portlash xavfsizligi taʼminlanishi lozim.
108. Texnologik jarayonlar joylashtirilgan binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 20-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir aniq holat uchun alohida aniqlanadi.
109. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof-muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va shu kabilar) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan shart-sharoitlar taʼminlanishi lozim.
110. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
111. Kuch va yoritish tizimi tarmoqlarining elektr asbob-uskunalari hududlar tasnifi hamda binolar va xonalarning toifasiga binoan talab qilinadigan meʼyorlarga javob berishi lozim.
112. Tez alanga oluvchi, yonuvchi va portlovchi moddalarni ishlab chiqarish uchastkalarida saqlash va ishlatish, yongʻinga qarshi nazorat idoralari bilan kelishilgan holda, bir smenada ishlatish uchun kerak boʻlgan miqdordan oshmaslik sharti bilan amalga oshiriladi.
113. Tez alanga oluvchi, yonuvchi va portlovchi moddalarni saqlash hamda ishlatish joylarida chekish, ochiq olovdan foydalanish va ochiq qizitish manbaalari boʻlgan isitgich moslamalaridan foydalanish taqiqlanishi haqida aniq yozuvlar (belgilar) boʻlishi kerak.
114. Tez alanga oluvchi, yonuvchi va portlovchi moddalar saqlanadigan joylarda ishlab chiqarish sharoitlariga mos keladigan yongʻinga qarshi vositalar bir toʻplamda boʻlishi kerak (oʻt oʻchirgich, oʻt oʻchirish vositasi, asbestli mato va boshqalar).
115. Tez alanga oluvchi, yonuvchi va portlovchi moddalarni xonadan tashqarida saqlash uchun ular qoʻyiladigan joy quyoshning issiqlik taʼsirini istisno qiladigan peshayvon bilan berkitiladi.
116. Yoqilgʻini toʻkish va quyish jarayonida qoʻllaniladigan asbob-anjomlar zarbalar vaqtida uchqun chiqarmaydigan metalldan yasalgan boʻlishi kerak.
3-§. Studiyada telekoʻrsatuv va kinofilmlarni tasvirga olishda xavfsizlik talablari
117. Telekoʻrsatuv, kinofilmlarni tasvirga olish studiyalari shovqinsiz, havoni shamollatish uskunalari bilan jihozlanishi va unda meʼyoriy metereologik sharoitni tashkil etish shart.
118. Studiyadagi chiqish eshiklari “Chiqish” yoki “Zaxira chiqish” degan yozuvli yoritqich bilan taʼminlanishi shart.
119. Studiyalarni akustik qoplamalar bilan jihozlashda yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi, ovoz yutuvchi material va qurilmalardan foydalanish kerak.
120. Akustik qoplamalar mahkamlanadigan karkaslar yonmaydigan materiallardan ishlangan boʻlishi shart.
121. Studiyalarda chekish, ochiq olov (mashʼala, shagʻam va boshqalar), yoyli projektorlardan foydalanish, oʻq otish, shuningdek mushakbozlik va olovli effektlarni amalga oshirish qatʼiyan taqiqlanadi.
122. Tasvirga olish jarayonlarida olovli effektlardan istisno sifatida faqat yongʻin xavfsizlik xizmati tomonidan berilgan yozma ravishdagi ruxsatnoma va ularning vakillari ishtirokida maxsus moslamalar yordamida, toʻliq yongʻin xavfsizligini kafolatlab amalga oshirilishi kerak.
123. Ssenariyga koʻra aktyorlarning sigareta chekishi kerak boʻlgan sahnalar, tashkilotning smena boshligʻi bilan kelishilgan holda tasvirga olinishi lozim.
124. Studiyalar navbatchi yoritish uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
125. Studiya kamida ikkita havo chiqaruvchi qurilmaga ega boʻlib, sovuq havo kirishi yoki havo haroratini ikki tomonlama (yelvizak) boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
126. Studiya pollari gorizontal, tekis, silliq, oʻtish eshiklari esa boʻsagʻasiz boʻlishi kerak.
127. Yongʻin oʻchirish jihozlari, aloqa vositalari va elektr shitlariga oʻtish yoʻlaklarini xalaqit beruvchi narsalar bilan toʻsib qoʻyish qatʼiyan taqiqlanadi.
128. Dekoratsiyalar qurish va oʻrnatishda yoʻlaklar toʻsilib qolmasligi kerak. Dekoratsiyalar va studiya devorlari oʻrtasidagi yoʻlaklar kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
129. Yoritish uskunalarini koʻtarish va tushirishda dekoratsiyalarga tegib ketmasligi uchun ular oraligʻi kamida 1 m masofada boʻlishi zarur.
130. Yoritish uskunalarini oʻrnatish uchun osma havoza, supa va boshqa moslamalar chidamli materiallardan ishlanishi va yiqilib ketish ehtimolini bartaraf etuvchi moslamalarga ega boʻlishi kerak.
131. Yoritish uskunalari va boshqa elektr qurilmalarini elektr tokini taqsimlash qutilariga ulash bilan bogʻliq ishlarni bajarish masʼul shaxslar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
132. Yuqorida osilib turadigan yoritish uskunalari (teleskopik moslamalar), sahna foni va dekoratsiyalarning alohida qismlari osiladigan shtanketniklarni yilda bir marotaba mustahkamligi va yuklamaga muvofiqligi tekshirilishi lozim.
133. Har kuni ish boshlanishidan oldin koʻchma yoritish uskunalarining himoya korpusi holati tekshirilishi va uning himoya qatlamiga shikast yetganligi aniqlanganda zudlik bilan almashtirilishi zarur.
134. Telekoʻrsatuvlarni tasvirga olishda ishlatiladigan elektr qurilmalaridan foydalanishda (motor, shamollatish, elektrosirena, ovoz pasaytiruvchi transformatorli elektr qoʻngʻiroq va boshqalar) ularning xavfsizlik qoidalariga muvofiqligi tekshirilishi shart.
135. Yoritish uskunalari mahkamlanadigan va ularni harakatlantirish uchun moʻljallangan teleskopik moslamalar studiyalarning shiftlari ostiga, devorlariga, pollariga va maxsus koʻpriklariga joylashtirilishi mumkin.
136. Elektr tokini taqsimlash shitlarida tahdid toʻgʻrisida ogohlantirish yozuvlari boʻlishi kerak.
137. Yoritish va boshqa uskunalarni elektr tokiga ulash uchun xizmat qiladigan barcha koʻchma sim va kabellar shikastlanishdan istisno boʻlishi kerak.
138. Koʻchma elektr qurilmalari va yoritish uskunalarini ulash uchun yumshoq egiluvchan rezina qobiqli simlar ishlatilishi kerak.
139. Koʻchma yoritish uskunalari va elektr qurilmalari shtepsel rozetkalariga faqat ulardan foydalanish vaqtida ulanishi va ularning oldiga borish oson boʻlishi kerak.
140. Telekoʻrsatuvlarni tasvirga olish vaqtida ishtirokchilar studiyada mavjud kamera krani oʻqining harakatlanish radiusida boʻlishi taqiqlanadi.
141. Telekoʻrsatuvlarni tasvirga olish vaqtida dekoratsiya konstruksiyalariga oʻzgartirishlar kiritish sahnalashtiruvchi rejissor bilan kelishilmasdan amalga oshirilishi taqiqlanadi.
142. Telekoʻrsatuvlarni tasvirga olishda telekoʻrsatuvga aloqador boʻlmagan shaxslarning studiyada hozir boʻlishlari taqiqlanadi.
143. Studiya balkonlarida turli ortiqcha predmet, asbob, kabel va boshqa buyumlarni saqlash taqiqlanadi.
4-§. Studiyadan tashqarida telekoʻrsatuv va kinofilmlarni tasvirga olishda xavfsizlik talablari
144. Studiyadan tashqarida tasvirga olish uchun joy tanlashni telekoʻrsatuvni tayyorlayotgan xodim, texnik xodim bilan kelishib amalga oshiradi.
145. Studiyadan tashqarida tasvirga olish guruhining barcha anjom va mulklari koʻtarish, koʻchirish, yuklash va tushirish uchun qulay boʻlgan vositalarga (idishlarga) joylanishi kerak.
146. Studiyadan tashqarida tasvirga olish guruhining rahbari ishtirokchilarni texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalari bilan tanishtirishi va jurnalga qayd etishi lozim.
147. Tasvirga olish jarayoni quyosh nuri ostida koʻp vaqt boʻlishni talab qilsa koʻchma shiypon va tentli soyabon bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
148. Shtativli kameralarni chegaralangan sathlarga oʻrnatishda (avtobus tomlari, maydonchalar va boshqalar) himoya belbogʻlaridan foydalanish kerak.
149. Qoyali togʻlar, tor soʻqmoqlar, jar yoqalarida tasvirga olishda guruh ishtirokchilari alpinistlar anjomlari bilan taʼminlangan (arqon, belbogʻ va boshqalar) hamda ulardan foydalanish malakalariga ega boʻlishi kerak.
150. Sovuq haroratda studiyadan tashqarida tasvirga olish ishtirokchilarining isinishi uchun joy tashkil etilishi kerak.
151. Studiyadan tashqarida tasvirga olishda koʻchma elektrostansiyadan foydalanish uchun elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malakaga ega xodim boʻlishi shart.
152. Shamol hosil qiluvchi uskunalardan foydalanishda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
shamol hosil qiluvchi uskunani ishga tushirishda uning oldidagi maydonni sinchkovlik bilan tekshirib chiqish hamda u yerdagi tosh, kesak va boshqa buyumlarni olib tashlash;
shamol hosil qiluvchi uskuna vintini metall toʻsiq bilan taʼminlash;
vint atrofidagi himoya metall toʻsiqdan tashqari 4 m masofada hamma tomonini ogohlantiruvchi arqon bilan oʻrash;
tungi paytlari tasvirga olishda ustunlarga arqonli toʻsiqlardan tashqari qizil chiroqli signalizatsiya oʻrnatish.
153. Shamol hosil qiluvchi uskunada aviamotor bilan ishlash huquqini beruvchi guvohnomaga ega, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodim xizmat koʻrsatishi kerak.
154. Teleoperatorlar texnika xavfsizligi boʻyicha maxsus yoʻriqnomalardan foydalanishi lozim.
5-§. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalarida xavfsizlik talablari
155. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalari quruq, yorugʻ, balandligi 3 m dan kam boʻlmasligi kerak. Ayrim holatlarda moslashtirilgan xonalar balandligi normadan pastroq boʻlishi mumkin, lekin 2,5 m dan past boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
156. Tasvir-montaj va ovoz yozish stollari elektr tarmogʻiga avtomat yordamida ulanishi lozim.
157. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalarida begona shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
158. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalarida chekish, gugurt va boshqa yongʻin chiqaruvchi narsalarni saqlash qatʼiy taqiqlanadi.
159. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalarida uglekislotali oʻt oʻchirish vositasi boʻlishi kerak.
160. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalari avtomatik yongʻindan xabar beruvchi signalizatsiyalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
161. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalariga kirishda, shuningdek barcha xonalarda chekish va olov yoqishni taqiqlovchi yozuvlar osib qoʻyilgan boʻlishi shart.
IV. Telekoʻrsatuv, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olishda studiyalarni bezash xizmatiga qoʻyilgan xavfsizlik talablari
1-§. Liboschilar guruhining ish jarayonida xavfsizlik talablari
162. Kiyim saqlash xonalari havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish, havo tozalash, isitish va boshqalar) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
163. Kiyim saqlash omborxonalarining namligi 40 — 50 % boʻlib, havo harorati 10°S dan 15°S gacha saqlanib turishi lozim.
164. Doimiy foydalanib kelinayotgan barcha kiyim-kechak va boshqa narsalar dezinfeksiyalanib turilishi kerak.
165. Havoda naftalin bugʻlari bor yoki yoʻqligini aniqlash uchun kiyim saqlash omborlarida har yil bir marotaba havo muhiti tahlil qilinishi lozim.
166. Kiyim saqlash omborlarida saqlanayotgan kiyimlarni tozalash, ularning kir boʻlganiga qarab, yilning har choragida kamida bir marta mexanizatsiyalashtirilgan usulda yuvilishi zarur.
167. Telekoʻrsatuvlar uchun kiyiladigan kiyimlar umumiy kiyim saqlash omboridan tashqarida alohida xonalarda saqlanishi kerak.
168. Ishlatilgan kiyimni qabul qiluvchi xona asosiy kiyimlar saqlanadigan ombordan alohida boʻlishi kerak.
169. Ichki kiyimlar ishlatilgandan soʻng yuvilishi va dazmollanishi kerak.
170. Vaqtincha ishlatish uchun moʻljallangan barcha kiyimlar dezinfeksiyadan oʻtkazilishi shart.
171. Ichki kiyimlar maxsus, usti mahkam yopiladigan qutilarda saqlanishi kerak. Boshqa kiyimlar esa maxsus, havosi yaxshi tozalanadigan xonalarning shkaflarida yoki changdan himoyalanadigan pardalari bor kiyim ilgichlarda saqlanishi lozim.
172. Safarda kiyimlar va boshqa jihozlarni tashish, koʻtarib yurish, joylashtirish va tushirishga qulay boʻlgan bandli qutilar boʻlishi kerak.
173. Kiyim saqlash xonalarida ikki tomonlamali narvon boʻlishi kerak.
174. Katta yoshdagi aktyorlar, ayollar va bolalar uchun kiyinadigan alohida xonalar boʻlishi kerak.
175. Kiyimlar kiyiladigan xonalar issiq va sovuq suv hamda yetarli miqdorda sochiq, sovun bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
2-§. Pardoz qilish xonalariga qoʻyilgan xavfsizlik talablari
176. Pardoz qilish xonalarida ish oʻrinlari tabiiy va umumiy yoritilishidan tashqari mahalliy yoritish hamda lyuminessent chiroqlari bilan ham jihozlanishi zarur.
177. Pardoz qilish xonalarida havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish, havo tozalash, isitish va boshqalar) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
178. Pardoz qilish xonalari yetarli darajada sovuq va issiq suv, sovun, sochiq hamda dezinfeksiyalaydigan vositalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
179. Pastijyor ishlari alohida xonada bajarilishi kerak.
180. Pardoz qilish ashyolari faqat ishlab chiqargan tashkilot qadogʻida saqlanishi kerak.
181. Tabiiy sochdan tayyorlangan parik va boshqa pastijyor mahsulotlarning dezinfeksiyadan oʻtkazilganligi va mexanik tarzda kirdan tozalanganligi haqida dalolatnoma mavjud boʻlgandagina foydalanishga ruxsat beriladi.
182. Pastijyor mahsulotlari har gal foydalangandan keyin tovar koʻrinishini buzmaydigan vositalar bilan dezinfeksiya qilib turish kerak.
183. Takroriy ishlatiladigan pastijyor mahsulotlari alohida qutilar yoki polietilen qoplarda saqlanadi.
184. Parik 15-martadan koʻp ishlatilganida ichki tomoni (montyura) kirlangach kimyoviy tozalash yoki kir yuvish kukunida yuvilishi zarur.
185. Grimmni artish, yuzni tozalash uchun har bir aktyorga salfetkalar, vazelin (yoki krem), odekolon, atir sovun va ip gazlama sochiqcha berilishi kerak.
186. Ish boshlanishidan oldin va ishdan keyin plastik detallarni spirt bilan dezinfeksiyalash kerak.
187. Pardozchi aktyorlar bilan ishlashdan oldin qoʻllarini tozalab yuvishi va asboblarini dezinfeksiya qilishi kerak.
188. Pardoz qilish ishlari maxsus kiyimda (xalatda) bajariladi.
189. Pardoz qilish xonalari ozoda tutilishi hamda ish kuni davomida kamida ikki marta tozalanishi kerak.
190. Sochlar va boshqa chiqindilar pardoz qilish xonalaridan olib chiqib ketilishi kerak.
191. Pastijyorlik mahsulotlarini tayyorlashda ish oʻrni mahalliy yorugʻlik chiroqlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
192. Pardoz mahsulotlaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
pardoz boʻyoqlari va boshqa yuzga suruvchi materiallarni tasodifiy xom ashyodan tayyorlash;
koʻp sonli aktyorlarga pardoz qilishda bitta qutidagi materialdan foydalanish;
kuyib qolishning oldini olish uchun aktyorlar yuz terisi toza spirt bilan artilishi;
pastijyorlik buyumlarini tozalash uchun benzin ishlatish;
aktyorlarni pardoz qilishda tasodifiy pardoz mahsulotlaridan foydalanish;
ish jarayonida dezinfeksiyalanmagan, kir, mexanik tarzda tozalanmagan begona aralashmalar, soch va junlardan foydalanish.
3-§. Butafor va dekoratsiyalardan foydalanishda xavfsizlik talablari
193. Butafor va dekoratsiyalardan foydalanishda havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
194. Ishlash jarayonida chang, zararli bugʻlar va gazlar ajralib chiqadigan ish oʻrinlari mahalliy havo tortgichlar bilan jihozlanishi zarur.
195. Butafor va dekoratsiyalardan foydalanishda issiq, sovuq suv, sovun va sochiqlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
196. Konstruktiv fakturali tayyor mahsulotlarning usti tekis boʻlishi kerak.
197. Yelim va moyli boʻyoqlar solingan boʻyoq purkagich bilan ishlaganda hamda chang holidagi narsalar (gips, bronza, aluminiy, grafit, sunʼiy qor) ustlarini ishqalab tekislashda himoyalovchi koʻzoynak va respiratorlardan foydalaniladi.
198. Sunʼiy qor, shisha, taxta bilan ishlaganda rezinali qoʻlqop hamda himoyalovchi koʻzoynaklarda ishlash kerak.
199. Postamentga oʻrnatiladigan obyektlar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
200. Yelim va mastikalarni eritish hamda materiallarni maydalash ishlari havoni tortib oluvchi shkaf ishlayotganda bajarilishi lozim.
201. Butafor va naqqoshlik mahsulotlari shamollatish uskunalari bilan jihozlangan maxsus kameralar yoki shkaflarda quritilishi kerak.
4-§. Mebel va boshqa jihozlardan foydalanishda xavfsizlik talablari
202. Mebel va boshqa jihozlardan foydalanishda havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish, havo tozalash, isitish va boshqalar) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
203. Jihozlar saqlanadigan xonalarning poli tekis va shikastlanmagan boʻlishi kerak.
204. Eshik oʻrinlarining kengligi 1,5 m balandligi esa 2,5 m dan kam boʻlmasligi kerak. Eshik oʻrinlariga boʻsagʻalar oʻrnatish taqiqlanadi.
205. Omborxonalarining ichki va tashqi eshiklari poldan yuqori yoki past boʻlsa, eshiklar oldi nishab (pastga tushadigan joy) boʻlishi va uning kengligi eshik kengligidan kam boʻlmasligi kerak.
206. Mebel va boshqa jihozlar saqlanadigan xona balandligi 3,5 m dan oshmagan tokchalar yoki ikki qavatli tokchalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Tokchalar chuqurligi 70 sm dan oshmasligi, tokchalar orasidagi yoʻl 1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
207. Javonlar va tokchalarga turli predmet hamda narsalar qoʻyish uchun ikki tomonli narvon ishlatiladi. Mebel va boshqa jihozlarni koʻtarish va tushirish oldidan, narvonning sozligi vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi lozim.
208. Ogʻir jihozlarni oʻrta va pastki tokchalarga joylashtirish lozim, jihozlarning baland va qoʻpol qismlarini, uning tushib ketmasligi uchun qiyalatib joylashtirish kerak.
209. Keng hajmli, ogʻir dekoratsiyalarni studiyalarga olib kirish-qaytarish mexanizmli maxsus vositalar bilan amalga oshirilishi shart.
210. Jihozlar toza holda saqlanishi kerak.
211. Jihozlarni chang va kirdan tozalashda namlangan latta yoki chang yutgichdan foydalaniladi.
212. Chekish trubkalari, mundshtuklar, puflab chalinadigan asboblar maxsus javonlar, qutilar va gʻiloflarda saqlanishi kerak. Ular foydalanilganidan soʻng 5 % xloromin bilan dezinfeksiyadan oʻtkazilishi yoki qaynatilishi kerak.
213. Yumshoq mebellar vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib, dezinfeksiya qilinib turilishi kerak.
214. Tasvirga olish paytida ishlatiladigan koʻrpa-yostiqlar toza, jildlari dazmollangan boʻlishi lozim.
215. Bir shaxs foydalangan koʻrpa-yostiq dezinfeksiya qilinmay va jildi yuvilmasdan boshqa odamga berilishi mumkin emas. Har gal ishlatilganda almashtirilib turish uchun koʻrpa jild bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
216. Tasvirga olish vaqtida koʻrpani jildi bilan ishlatish imkoniyati boʻlmasa, koʻrpa har gal ishlatilgandan soʻng qoqilishi yoki silkitilishi kerak. Oʻn marta ishlatilgandan soʻng bugʻ kameraga solgan holda dezinfeksiyadan oʻtkazilishi lozim.
217. Koʻrpa-yostiqlar maxsus shkaflarda saqlanishi kerak.
218. Ovqatlanish uchun moʻljallangan va tasvirga olish paytida ishlatiladigan idish-tovoqlar ishlatishdan oldin qaynoq suv bilan yuvilishi lozim. Idish-tovoqlar maxsus javonlarda saqlanishi kerak.
5-§. Sahna qurishda xavfsizlik talablari
219. Sahna qurishda ishlatiladigan dekorativ bezaklar yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
220. Sahna qurishda quyidagi xavfsizlik talablariga amal qilinishi lozim:
dekoratsiyalarning yogʻoch va boshqa konstruksiyalardan yasalgan barcha elementlari olovga bardoshli suyuqlik shimdirilgan boʻlishi;
ustun, daraxt, stolba va shunga oʻxshash shakli yogʻoch predmetlar konstruksiyalarga uzunasi boʻylab asosiy oʻzak oʻrnatiladi, uning ustidan ulash uchun metall tross yoki ilmoqli arqon oʻtkazilishi va mahkamlanishi;
tross va arqonlar mustahkamligi oldin sinovdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
221. Balandlik 3 m dan yuqori boʻlgan havozalarni qurish va buzishda ishlayotgan barcha xodimlar dekoratsiyalarni osib qoʻyish uchun moʻljallangan panjaralar yoki ehtiyot belbogʻlaridan foydalanishlari kerak.
222. Balandlikdagi ishlarni bajarishda xodimlardan biri muntazam ravishda havozalarda ishlayotganlarni kuzatib, yiqilib tushishdan saqlovchi arqon uzunligini toʻgʻrilab turishi lozim.
223. Ehtiyot belbogʻlari va maxsus arqonlar har olti oyda kamida bir marta sinovdan oʻtkazib turilishi kerak.
224. Havozalarni tiklash va montaj ishlari boshlanmasdan oldin montaj qilish uchun kerak boʻlgan barcha elementlar tekshirilishi va yaroqsizlari almashtirilishi lozim.
225. Shitlardan yasalgan toʻshama (pastil) toʻsinlar ustida bir-biriga zich holatda joylashtirilishi va uchta toʻsin ustiga yotqizilgan boʻlishi kerak.
226. Shtangali koʻtargichlar, elektr koʻtarma mexanizmlarni boshqaruvchi xodimlar texnika xavfsizligi boʻyicha yuqori kasbiy malaka guruhiga ega boʻlishlari kerak.
227. Foydalanishga topshirilgan dekoratsiya va moslamalarga meʼyordan ortiq yuk qoʻyish texnolog yoki konstruktorlar guruhi bilan kelishmagan holda ularning konstruksiyasini oʻzgartirish taqiqlanadi.
228. Balandlikdagi murakkab dekoratsiyalarda suratga olish texnika xavfsizligi muhandisi va dekoratsiyalar uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan bajarilishi lozim.
229. Dekoratsiyaga har xil detal yoki yoritish uskunalarini osish uchun panjaralar va balkon toʻsiqlaridan foydalanish taqiqlanadi.
230. Sahna qurishda foydalaniladigan ikki tomonlama narvon inventar raqamiga ega boʻlishi va 100 kg dan 180 kg gacha ogʻirlikni koʻtarishi hisobga olinib yilda bir marta sinovdan oʻtkazilishi kerak.
231. Balandligi 1,1 m va undan baland boʻlgan stanoklar, balkonlar, koʻprikchalar, oʻtish yoʻllarida balandligi 1 m dan past boʻlmagan panjaralar oʻrnatilishi lozim.
232. Studiyada nitro boʻyoqlar bilan boʻyash ishlarini olib borish taqiqlanadi. Iloji boʻlmagan paytlarda esa texnika xavfsizligi boʻyicha muhandis va yongʻin nazorati tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida dekoratsiyaning uncha katta boʻlmagan ustki tomonlarini boʻyashga ijozat beriladi.
233. Buzilgan dekoratsiyalarni taxlashda ular tushib ketmasligi yoki qirrali tomonlari bilan biror narsaga shikast yetkazmasligi hamda ularda mix va skobalar qolmasligi kerak, shuningdek polda ham mixlarni qoldirish taqiqlanadi.
6-§. Filmlarni saqlashda xavfsizlik talablari
234. Film nusxalari saqlanadigan omborxonalar alohida binoda joylashgan boʻlishi kerak.
235. Xavfsiz plyonka (triatsetat) va nitrotasmaga olingan film nusxalarini olovga chidamliligi 2,5 m dan kam boʻlmagan toʻsiqlar (devorlar) bilan boʻlingan, alohida-alohida xonalarda bir-biridan ajratilgan holda saqlash kerak.
236. Nitrotasmaga olingan 35 mm — toʻlametrajli film nusxalari yuqori sigʻimdagi kabinalarda (boks) saqlanadi.
237. Film nusxalari stellajlarda saqlanishi kerak. Stellajlar temirdan yasalib, tokchalari yogʻoch yoki yoppasiga yogʻochdan boʻlishi mumkin.
238. Film nusxalarining barcha qismlari temir qutilarda boʻlishi va dastalangan holda stellajlarga gorizontal qilib joylashtirilib, miqdori 15 ta qutidan koʻp boʻlmasligi kerak.
239. Nitrotasmaga olingan film nusxalarining qismlari joylangan qutilar, xavfsiz plyonka (triatsetat) film nusxalarining qismlari joylangan xuddi shunday qutilardan yaqqol ajratish uchun chizilgan qizil chizma bilan belgilanishi kerak.
240. Filmlarni omborxonalarning yoʻlaklari va pollarida saqlash qatʼiyan taqiqlanadi.
241. Filmlar saqlanadigan omborxonalar bino tashqarisida turib oʻchiriladigan elektr qurilmalariga ega boʻlishi va ular yonmaydigan devorlarga oʻrnatilishi hamda plombalash uchun moslamalar koʻzda tutilishi kerak.
242. Filmlar saqlanadigan omborxonalarda havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish, havo tozalash, isitish va boshqalar) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Omborxonalar doimo ozoda saqlanishi va yaxshi shamollatib turilishi, film nusxalari turgan qutilar esa muntazam artib turilishi kerak.
243. Filmlar saqlanadigan omborxonalar qoʻl yuvadigan vositalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishdagi xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
244. Har bir tashkilotda belgilangan tartibda uskunalarni rejaviy taʼmirlash va profilaktika qilish jadvali ishlab chiqilgan boʻlishi shart.
245. Televideouskuna va apparatlarni tozalash faqat unda ishlovchi xodimlar tomonidan bajariladi. Tozalash ishlari changyutgich, choʻtka yordamida amalga oshiriladi. Koʻrsatilgan moslamalarsiz tozalash man etiladi.
246. Televideouskuna va apparatlar kuchlanish ostida boʻlsa tozalash man etiladi.
247. Xodimlar tomonidan televideouskuna va apparatlarni parvarishlash uchun kerakli miqdorda artuvchi mato hamda spirt beriladi.
248. Televideouskuna va apparatlarni taʼmirlash va ishga tushirishni maxsus oʻqitilgan va texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtgan xodimlar amalga oshiradi.
249. Televideouskuna va apparatlar ishlayotgan vaqtda ularni taʼmirlash taqiqlanadi.
250. Taʼmirlashdan soʻng televideouskuna va apparatlar maxsus komissiya tomonidan ishga qabul qilinishi shart.
2-§. Televideouskuna va apparatlarni taʼmirlash, sozlash ustaxonalari hamda payvandlash ishlari
251. Sozlash ustaxonalaridagi ish stollari plastik bilan qoplangan va yon tomondagi yuzalari silliq boʻlishi kerak. Ushbu maqsadlar uchun stol ustiga qoʻyiladigan oynalardan foydalanish taqiqlanadi.
252. Sozlash ustaxonalaridagi ish stollarida kuchlanish ostida boʻladigan ochiq ulab-uzgichlar, klemmalar va boshqa elektr montaj elementlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
253. Sozlovchilarning ish joylarini yoritish uchun stol ustidagi yoritqichlar shaffof boʻlmagan suriladigan reflektorlarga ega boʻlishi kerak. Ish joylarini yoritish uchun metall korpusli hamda suriladigan kronshteynli yoritqichlar qoʻllanishi mumkin.
254. Sozlash ustaxonalarining derazalari framugalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
255. Televideouskunalarni va apparatlarning qismlarini spirt bilan tozalash maxsus stollarda amalga oshirilishi lozim.
256. Qotishmasi tarkibida qoʻrgʻoshin boʻlgan buyumlarni payvandlash ishlari olib boriladigan xonalar devorlari, deraza romlari, isitish asboblari och rangdagi moy boʻyoqlar bilan qoplangan boʻlishi kerak. Shuningdek, pollar ham silliq, yoriqlarsiz boʻlishi kerak.
257. Stollar yoki uskunalarning ishchi yuzalari, shuningdek asboblar saqlanadigan qutilarning yuzalari silliq, oson yuviladigan material bilan qoplanishi kerak.
258. Stollarning ishchi yuzalari, shuningdek asboblar saqlanadigan qutilarning ichki yuzalari smena tugaganidan soʻng tozalanishi kerak.
259. Payvandlash ishlarini bajaruvchi xodimlar maxsus kiyim kiygan boʻlishlari kerak.
260. Ovqatlanish xonalari, oshxonalar, bufetlarga ish kiyimida kirish taqiqlanadi.
261. Taʼmirlash xizmati uskunalarni standartlar tizimiga, pasportlariga, texnik yoʻriqnomalariga va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlari talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
262. Televideouskunalar va apparatlarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda rejaviy taʼmirlash qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
263. Xodimlar taʼmirlash ishlarini bajarish vaqtida xavfsizlik texnikasi yoʻl-yoʻrigʻidan oʻtkazilishi lozim.
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
264. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
265. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(265-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi, Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
VII. Yakuniy qoida
266. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XOʻJAYEV
2011-yil 30-iyun
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
2011-yil 30-iyun
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 30-iyun
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 30-iyun
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2011-yil 30-iyun
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2011-yil 30-iyun
“Oʻzstandart” agentligi A. ABDUVALIYEV
2011-yil 30-iyun
Oʻzbekiston milliy Teleradiokompaniyasi raisi A. XADJAYEV
2011-yil 30-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 319-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)