

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.05.2021
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1796421" id="onLBC-1796421">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7314"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.78.00 (Кучини йукотган) Taʼlimning boshqa turlari. Qoʻshimcha (maktabdan tashqari) taʼlim]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1796421" id="onLS-1796421">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1796430" id="-1796430"><a href="/files/-1794174.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1796432" id="-1796432">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1796433" id="-1796433">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1796434" id="-1796434">“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MARKAZLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1796437" id="-1796437"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5492939" id="-5492939">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-5437603#-5439938">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796439" id="-1796439">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son <a href="/acts/-1756261">qaroriga</a> asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796440" id="-1796440">1. “Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-1796421#-1796465">nizom</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796442" id="-1796442">2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Maktabdan tashqari muassasa toʻgʻrisida nizomning <a href="/acts/-439797?ONDATE=18.02.1995 00#-440343">2-bandiga</a> quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796444" id="-1796444">“Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatining xususiyatlari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorida belgilanadi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796445" id="-1796445">3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1796447" id="-1796447">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1796448" id="-1796448">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1796450" id="-1796450">2011-yil 11-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1796452" id="-1796452">130-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1796465" id="-1796465"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1796467" id="-1796467">Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 130-son <a href="/acts/-1796421">qaroriga</a> <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1796469" id="-1796469">“Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1796470" id="-1796470"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1796471" id="-1796471"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1796472" id="-1796472">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796474" id="-1796474">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-16188">Qonuniga</a> asosan “Barkamol avlod” bolalar markazlari (keyingi oʻrinlarda “Markaz” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796475" id="-1796475">2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, ushbu Nizomga hamda oʻz Ustaviga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796477" id="-1796477">3. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, bank hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, yuridik manzili koʻrsatilgan shtampga va blankalarga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796479" id="-1796479">4. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan “Barkamol avlod” bolalar markazining namunaviy ustavi asosida oʻz ustavini ishlab chiqadi. Ustav muassis tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4542060" id="-4542060"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4542065" id="-4542065">5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tegishli ravishda Markazlarning muassislari hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4542072" id="-4542072">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli <a href="/acts/-4533251#-4536785">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796482" id="-1796482">6. Markazlarning umumiy faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4542078" id="-4542078"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4542083" id="-4542083">Respublika miqyosidagi Markazlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida, Toshkent shahar va viloyatlar Markazlari tegishli xalq taʼlimi boshqarmalari tasarrufida hamda tuman (shahar) Markazlari tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tasarrufida faoliyat yuritadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4542088" id="-4542088">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli <a href="/acts/-4533251#-4536785">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796485" id="-1796485">7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan uzluksiz taʼlim tizimining tarkibiy qismi boʻlgan davlat maktabdan tashqari taʼlim muassasasi hisoblanadi, oʻquvchilarga qoʻshimcha taʼlim-tarbiya berishga moʻljallangan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1796486" id="-1796486">II. Markazning asosiy vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796489" id="-1796489">8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796491" id="-1796491">bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning foydali dam olishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796492" id="-1796492">mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki oʻquv va koʻnikmalarini singdirish, fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlariga muvofiq texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini oʻrganishni tashkil etgan holda bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796494" id="-1796494">bolalar tomonidan jonajon oʻlka tarixi, arxeologik va madaniy meros chuqur oʻrganilishi, mamlakatimizning tabiiy boyliklari bilan tanishtirish hamda ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasidagi asosiy bilimlarni egallab olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796496" id="-1796496">maktabdan tashqari taʼlim tizimiga ilgʻor pedagogik usullar va metodlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning yangi shakllarini keng joriy etish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1796536" id="-1796536">III. Markaz faoliyatini tashkil etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796538" id="-1796538">9. Markaz koʻp tarmoqli boʻlib, u faoliyat yuritadigan hududning xususiyati, oʻquvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga koʻra ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan holda faoliyat koʻrsatadi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3211572" id="-3211572"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3211582" id="-3211582">Markaz 6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga ularning har tomonlama kamol topishlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3211589" id="-3211589">(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli <a href="/acts/-3202928?ONDATE=22.05.2017 00#-3202980">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796542" id="-1796542">Markaz muassis tomonidan davlat muassasasi sifatidagi tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan roʻyxatdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796545" id="-1796545">10. Markaz alohida binoda yoki umumtaʼlim maktablari binolarining alohida oʻquv bloklarida alohida kirish joyi bilan taʼminlangan va maktabdagi oʻqish jarayoniga xalaqit bermaydigan holda tashkil qilinadi hamda mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796552" id="-1796552">Umumtaʼlim maktablari binolarining alohida oʻquv bloklarida tashkil qilingan Markazlarda elektr energiyasini hisobga olishning alohida priborlari oʻrnatiladi va elektr energiyasi uchun toʻlovlar elektr taʼminoti tashkiloti bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma boʻyicha amalga oshiriladi. Qolgan kommunal xarajatlar esa Markazlar egallab turgan binoning maydoni va hajmidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablariga moliya organlari bilan kelishuv boʻyicha qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796554" id="-1796554">Shuningdek, Markaz tasarrufida sayyohlik bazalari va oʻquv tajriba-sinov maydonchalari ham tashkil etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796558" id="-1796558">Markaz tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1796560" id="-1796560"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3211598" id="-3211598"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3211604" id="-3211604">11. Markazda texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya yoʻnalishlaridagi toʻgaraklar tashkil etiladi. Markazda tashkil etiladigan toʻgaraklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3211609" id="-3211609">(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli <a href="/acts/-3202928?ONDATE=22.05.2017 00#-3202981">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796561" id="-1796561">Toʻgaraklar oʻz faoliyatini oʻquv dasturlari asosida amalga oshiradi. Oʻquv dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Respublika taʼlim markazi qoshidagi tegishli ilmiy-metodik kengashda tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan amaliyotga tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796562" id="-1796562">12. Markazda tashkil etiladigan toʻgarak mashgʻulotlari maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablariga muvofiq birinchi, ikkinchi va keyingi oʻquv yillarida tegishli oʻquv dasturlari asosida, xususan, texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya yoʻnalishlari boʻyicha guruhlarga boʻlib oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796564" id="-1796564">Toʻgarak mashgʻulotlari oʻquv dasturlari talablariga koʻra butun oʻquv yili uchun hamda qisqaroq muddatlarga ham tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796566" id="-1796566">Toʻgarak mashgʻulotlari oʻquv yilining 15-sentabridan boshlanib 25-mayda yakunlanadi. Yozgi taʼtil kunlari uchun alohida mavsumiy rejalar tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796567" id="-1796567">Markazning toʻgarak mashgʻulotlari jadvali toʻgarak aʼzolari uchun qulay tartibda, ularning yoshi, psixofiziologik xususiyatlari va sanitariya-gigiyena normalari inobatga olingan holda pedagogik xodimlarning taqdimnomasiga koʻra maʼmuriyat tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796569" id="-1796569">13. Markazda toʻgarak mashgʻulotlarining tashkil etilishi uchun haftada 6 akademik soat ajratiladi. 6 yoshli bolalar uchun olib boriladigan toʻgarak mashgʻulotlari vaqti 35 daqiqa etib belgilanadi va u haftada 2 akademik soatdan oshmasligi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796570" id="-1796570">Markazda har bir guruhdagi toʻgarak aʼzolarining soni birinchi oʻquv yilida 10 nafardan, ikkinchi va undan keyingi oʻquv yillarida esa 8 nafardan kam boʻlmasligi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796571" id="-1796571">Toʻgaraklar oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda, maxsus oʻquv dasturlari asosida birinchi va ikkinchi oʻquv yillaridan keyingi oʻquv yillari uchun ham tashkil etilishi mumkin. Maxsus oʻquv dasturlari mazkur Nizomning <a href="/acts/-1796421#-1796560">11-bandida</a> belgilangan tartibda tasdiqlanishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796573" id="-1796573">14. Markaz taʼtil paytlarida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, dam olishlarini toʻlaqonli amalga oshirish maqsadida muassasalar va mahallalarda (ovullarda) ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlikda turli yoʻnalishdagi ommaviy tadbirlarni tashkil etishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796574" id="-1796574">15. Markaz tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha taʼlim olganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomga <a href="/acts/-1796421#-1796870">ilova</a> qilingan namunadagi shaklda guvohnoma beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796576" id="-1796576">16. Markaz tegishli xalq taʼlimi organlari bilan kelishgan holda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tashkil etiladigan toʻgaraklar faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796593" id="-1796593">17. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari bilan hamkorlikda xodimlarning malakasini oshirishni taʼminlaydi, ilgʻor tajribalar asosida toʻgarak oʻquv dasturlarini tuzish va takomillashtirishga oid ishlarni olib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796594" id="-1796594">Markaz oʻquv yili natijalari boʻyicha toʻgarak aʼzolari bilim, koʻnikma va malakalarining maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablariga mosligini soʻrovnomalar, seminarlar, koʻrik-tanlovlar, musobaqalar, testlar va boshqa shakllarda muntazam nazorat qilib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796596" id="-1796596">Markaz oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ijodiy uyushmalar, jamgʻarmalar, boshqa tashkilotlar, mahallalar (ovullar), ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan uzviy hamkorlikda ish olib boradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1796597" id="-1796597">IV. Taʼlim jarayoni ishtirokchilari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796598" id="-1796598">18. Toʻgarak aʼzolari, ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va pedagog xodimlar Markaz taʼlim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796599" id="-1796599">19. Toʻgarak aʼzolarining huquqlari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796600" id="-1796600">Markazda ixtiyoriy ravishda maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari asosida taʼlim olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796601" id="-1796601">qiziqishlariga koʻra toʻgarak turini tanlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796602" id="-1796602">bir necha toʻgaraklarda qatnashish, yil davomida qiziqish va istaklariga qarab boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlsa boshqa toʻgaraklarga oʻtish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796603" id="-1796603">insoniy qadr-qimmatining hurmat qilinishi, vijdon erkinligi, axborot erkinligi, oʻz qarashlari va eʼtiqodini ifodalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796604" id="-1796604">Markazning jamoatchilik organlarini saylash va ularga saylanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796605" id="-1796605">Markazning ish faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796660" id="-1796660">20. Toʻgarak aʼzolarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796661" id="-1796661">qonun hujjatlariga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796663" id="-1796663">Markazning moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va uni asrab-avaylash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796665" id="-1796665">Markaz Ustavi va ichki tartib-qoidalariga, axloqiy va maʼnaviy normalarga rioya qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796666" id="-1796666">21. Ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796668" id="-1796668">oʻz farzandlari uchun toʻgarak turini tanlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796669" id="-1796669">Markaz maʼmuriyatidan mazkur muassasa Ustaviga muvofiq zarur shart-sharoitlarni yaratishni talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796672" id="-1796672">bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796675" id="-1796675">Markazni jamoatchilik asosida boshqarishda ishtirok etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796677" id="-1796677">22. Ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) majburiyatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796678" id="-1796678">farzandining jismoniy va ruhiy sogʻlom boʻlishi uchun gʻamxoʻrlik qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796680" id="-1796680">bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan qarash, uni mehnatsevarlik, ezgulik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796681" id="-1796681">farzandida qonunlarga itoatkorlik, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat tuygʻusini tarbiyalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796684" id="-1796684">farzandiga toʻgarak mashgʻulotlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796685" id="-1796685">ota-ona toʻlovlarini belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlab borish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796687" id="-1796687">23. Markazning pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796690" id="-1796690">oʻz kasbiy shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796691" id="-1796691">Markazni boshqarishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796693" id="-1796693">Markaz maʼmuriyatiga toʻgaraklar faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796696" id="-1796696">kasb faoliyati uchun sharoitlar bilan taʼminlanish, malakasini oshirish, qayta tayyorgarlikdan oʻtish, taʼlim shakli, uslubi va vositalarini tanlashda tashabbus koʻrsatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796698" id="-1796698">24. Markazning pedagog xodimlari quyidagi majburiyatlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796699" id="-1796699">maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan oʻquv qoʻllanmalari va dasturlari asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796702" id="-1796702">pedagog axloq-odobiga qatʼiy rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796704" id="-1796704">oʻquv-tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib borish, taʼlim mazmunini takomillashtirish, oʻqitish vositalarini yaratishda faol qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796705" id="-1796705">bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat kabi fazilatlarni shakllantirish, ona Vataniga sadoqat, davlat tiliga, milliy va umuminsoniy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga, ota-onaga va oʻzidan katta yoshdagilarga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796708" id="-1796708">oʻzining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish va oʻz ustida muntazam ishlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796711" id="-1796711">oʻquv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796713" id="-1796713">oʻquvchilarning ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1796716" id="-1796716">V. Markazda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796718" id="-1796718">25. Oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining tegishli maʼlumotiga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxslar Markazda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796722" id="-1796722">Shuningdek, zarur hollarda, tegishli pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan, ammo kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga hamda “Usta”, texnik va sayyohlik sohasi boʻyicha “Sport ustasi” yoki “Sport ustaligiga nomzod” maqomiga ega boʻlgan shaxslar ham Markazda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga jalb qilinishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3211617" id="-3211617"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3211621" id="-3211621">26. Markazda toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtkazishga asosan umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilari oʻtilgan mashgʻulotlar hajmiga proporsional ravishda soatbay haq toʻlagan holda shartnoma asosida jalb etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3211627" id="-3211627">(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli <a href="/acts/-3202928?ONDATE=22.05.2017 00#-3202983">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796735" id="-1796735">27. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga koʻra pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarning Markazda ushbu faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796736" id="-1796736">Markaz pedagog xodimlarining faoliyati oʻquvchilar shaxsini, ularning madaniy saviyasini, faolligini, mustaqilligini, masʼuliyatliligini, ongli, intizomli, uyushqoq va tartibli boʻlishini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3088727" id="-3088727"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3088732" id="-3088732">28. Markaz toʻgarak rahbarlarining haftalik ish yuklamasi 24 soatni tashkil etadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3088744" id="-3088744">(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli <a href="/acts/-3085625?ONDATE=31.12.2016 00#-3087424">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 601-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1796808" id="-1796808">VI. Markazning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796809" id="-1796809">29. Markaz quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796812" id="-1796812">Markaz xodimlari va toʻgarak aʼzolaridan muassasaning Ustavi va ichki tartib qoidalariga rioya etilishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796814" id="-1796814">toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtkazishni takomillashtirish va taʼlim jarayonini metodik taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796818" id="-1796818">moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan turli manbalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni shakllantirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796820" id="-1796820">30. Markazning majburiyatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796822" id="-1796822">xalq taʼlimi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa hujjatlari, koʻrsatmalarini bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796823" id="-1796823">oʻz Ustavida nazarda tutilgan vazifalarni ijro etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796825" id="-1796825">maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan oʻquv qoʻllanmalari va dasturlari asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796827" id="-1796827">oʻquvchilarning maktabdan tashqari taʼlimga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish, nazarda tutilayotgan toʻgarak aʼzolari kontingentini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796828" id="-1796828">oʻquv rejasini tegishli xalq taʼlimi organlari bilan kelishish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796830" id="-1796830">taʼlim-tarbiya jarayonini oʻrnatilgan tartibda sanitariya-gigiyena normalariga va xavfsizlik qoidalariga muvofiq tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796831" id="-1796831">Markazning moddiy-texnik taʼminoti va kadrlar salohiyatini rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796832" id="-1796832">toʻgaraklarni tashkil etishda toʻgarak aʼzolarining yoshi, ruhiy-fiziologik holati, layoqati va qiziqishlarini inobatga olish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1796834" id="-1796834">VII. Markazni boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796835" id="-1796835">31. Markazga oʻrnatilgan tartibda muassis tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796837" id="-1796837">32. Pedagogik kengash Markazda oʻzini-oʻzi boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3211631" id="-3211631"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3211633" id="-3211633">Markazning pedagogik jamoasi toʻgʻridan toʻgʻri ochiq ovoz berish yoʻli bilan Pedagogik kengash tarkibini saylaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3211637" id="-3211637">(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli <a href="/acts/-3202928?ONDATE=22.05.2017 00#-3202984">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796839" id="-1796839">Pedagogik kengash yigʻilishi Markaz faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, uning faoliyati sifat va samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796840" id="-1796840">Pedagogik kengash yigʻilishi yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796842" id="-1796842">33. Oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish, pedagogik xodimlarning kasb mahoratlarini va ijodiy oʻsishlarini kuchaytirish maqsadida markazda pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi jamoaviy organ — uslubiy kengash tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796844" id="-1796844">Uslubiy kengash raisi pedagogik xodimlar jamoasi tomonidan saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796845" id="-1796845">Uslubiy kengash oʻquv rejalari, dasturlari, oʻquv qoʻllanmalarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida joriy etish yoʻllarini muhokama qiladi, pedagogik xodimlarning ijodiy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1796846" id="-1796846">VIII. Markazning mol-mulki va pul mablagʻlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796847" id="-1796847">34. Muassis yoki vakolatli davlat organi Markazga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796849" id="-1796849">Markaz oʻziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi boʻyicha oʻziga ajratilgan mablagʻlar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796851" id="-1796851">Markaz faoliyati davlat budjeti va boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796852" id="-1796852">Quyidagilar markazning mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796853" id="-1796853">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796855" id="-1796855">ota-onalar toʻlovlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796856" id="-1796856">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796857" id="-1796857">35. Markaz aholiga, turli tashkilotlarga pullik taʼlim xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatishga, shuningdek, qonun bilan taqiqlanmagan, muassasaning asosiy faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan boshqa tegishli faoliyat turlari bilan shugʻullanishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796858" id="-1796858">Quyidagilar Markaz mablagʻlarining qoʻshimcha manbalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796859" id="-1796859">oʻquvchilar va pedagog xodimlar tomonidan oʻquv jarayonida tayyorlangan buyum va mahsulotlarni belgilangan tartibda sotishdan tushgan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796860" id="-1796860">asosiy mashgʻulotlardan tashqari paytda, taʼlim-tarbiya jarayoniga taʼsir etmagan holda, boʻsh turgan bino va inshootlar, oʻquv jihozi va asbob-uskunalarini belgilangan tartibda ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796861" id="-1796861">eskirgan va yaroqsiz holga kelgan uskunalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan chiqarish orqali tushgan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796862" id="-1796862">jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796863" id="-1796863">boshqa tushumlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796864" id="-1796864">36. Pedagog xodimlarni mukofotlash belgilangan tartibga koʻra amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796865" id="-1796865">37. Markazning moddiy-texnika bazasi yerlarni, binolarni, kutubxonalarni, sport zallarini, kommunikatsiya, mashina va uskunalarni, transport vositalarini hamda taʼlim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan boshqa anjomlarni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1796866" id="-1796866">IX. Xalqaro hamkorlikda qatnashish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796867" id="-1796867">38. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda maktabdan tashqari taʼlim boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1796868" id="-1796868">X. Yakuniy qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796869" id="-1796869">39. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi va tugatilishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1796870" id="-1796870"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1796871" id="-1796871">“Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgʻrisida <a href="/acts/-1796421#-1796465">nizomga</a><br /> ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1796872" id="-1796872"></div></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><div name="-1796874" id="-1796874" class="tabBox"><table id="theTableID" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 0px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 462px; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TOP: 0px; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" cellspacing="1" cols="3" border="1">
<colgroup>
<col />
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><img src="/files/1176532" />‎</p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><strong>‎</strong></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">
<p align="center"><strong><br />‎Oʼzbekiston Respublikasi<br />‎“Barkamol avlod” bolalar markazida<br />‎maktabdan tashqari taʼlim haqida<br />‎</strong></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><strong>G U V O H N O M A‎</strong></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><strong>MT № ________‎</strong></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎________________________________________________________</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">
<p align="center"><sup>‎(oʻquvchining familiyasi, ismi, sharifi)</sup></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎________________________________________________________</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">
<p align="center"><sup>‎(Respublika, viloyat, tuman, shahar nomi)</sup></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎“Barkamol avlod” bolalar markazida</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎20___ yil “___” ___________dan — 20__ yil “___” __________ gacha</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="right"><sup>(kun) (oy)</sup></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><sup>(kun) (oy)</sup></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎________________________________________________________</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">
<p align="center"><sup>‎(toʻgarak nomi)</sup></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎toʻgaragida maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari asosida taʼlim oldi.</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Markaz direktori _____‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">‎‎_____________________________________</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="right"><sup>(imzo)</sup></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="center"><sup>‎(familiyasi, ismi)</sup></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center">Muhr oʻrni‎</p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎<br />‎Sana: _____________ Qayd raqami: _____________</td></tr></tbody></table></div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-1796915" id="-1796915">Guvohnoma tavsifi</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-1796917" id="-1796917">“Barkamol avlod” bolalar markazida maktabdan tashqari taʼlim haqida davlat namunasidagi </div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-1796918" id="-1796918">GUVOHNOMA</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796919" id="-1796919">“Barkamol avlod” bolalar markazida maktabdan tashqari taʼlim haqidagi guvohnoma A4 formatli qalin oq qogʻozda toʻrt xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796920" id="-1796920">Varaqning yuqori qismidan 20 mm chekingan holda diametri 46 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashtiriladi. Varaqning ikki yon tarafidan 15 mm va quyi qismidan 15 mm chekingan tasmaning eni 6 mm ni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1796921" id="-1796921">Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI “Barkamol avlod” bolalar markazida maktabdan tashqari taʼlim haqida GUVOHNOMA” soʻzlari bosiladi. Guvohnomaga ikki lotin harfi — MT va tartib raqami qoʻyiladi.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1796436" id="-1796436">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 190-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 20-son, 361-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son) </div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
