|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli ““Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Shaxsning barkamol kamol topishiga, o‘sib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, o‘quvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek ularning bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanishiga yo‘naltirilgan maktabdan tashqari ishlar tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining faoliyat ko‘rsatayotgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining sonini va tuzilmasini takomillashtirish hamda uning asosida har bir tuman va shaharda bittadan “Barkamol avlod” bolalar markazini, shuningdek bittadan viloyat bolalar markazini, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa respublika bolalar markazini va Toshkent shahrida — texnik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha uchta respublika bolalar markazlarini — ular tegishli ravishda tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimliklariga bo‘ysundirilgan holda — hammasi bo‘lib 215 ta bolalar markazini shakllantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 13-oktabrdagi F-3509-son farmoyishi bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan, quyidagilarni o‘z ichiga oladigan 2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish dasturi tasdiqlansin:
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq;
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari 5-ilovaga muvofiq.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
belgilangan jadvalga muvofiq muddatlarda umumta’lim maktablari binolarining alohida o‘quv bloklarida 78 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi ochilishini ta’minlasinlar, alohida kirish joyi mavjud bo‘lishini hamda to‘rttadan oltitagacha to‘garak xonalarini o‘quv jarayoniga zarar yetkazmasdan zarur asbob-uskunalar va inventar bilan to‘liq jihozlashni nazarda tutsinlar;
to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishga asosan umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari o‘tilgan mashg‘ulotlar hajmiga proporsional ravishda soatbay haq to‘lagan holda shartnoma asosida jalb etilishini tashkil etsinlar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining bo‘shab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Belgilansinki, umumta’lim maktablari binolarining alohida o‘quv bloklarida tashkil etiladigan “Barkamol avlod” bolalar markazlarida elektr energiyasini hisobga olishning alohida priborlari o‘rnatiladi, qolgan kommunal xarajatlar esa ular tomonidan umumta’lim maktablariga moliya organlari bilan kelishuv bo‘yicha qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda:
“Barkamol avlod” bolalar markazlari tashkil etiladigan binolar va inshootlarni mukammal ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ta’mirlash ishlarini to‘liq tugallash va obyektlarni belgilangan muddatlarda topshirish shartlari bilan tanlov (tender) savdolari o‘tkazilishini ta’minlasinlar;
buyurtmachi bilan pudratchilar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
8. Barkamol avlod” bolalar maktablarida o‘qiganlik uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar oyiga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida — 5 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 2,5 foiz;
viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida — 10 foiz;
respublikaning qolgan tuman (shahar)larida — 5 foiz.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan o‘quvchilar “Barkamol avlod” bolalar maktablarida o‘qiganlik uchun ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi.
Texnik ijodkorlik yo‘nalishidagi to‘garaklar uchun ota-onalar to‘lovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar maktablarida 25 foiz, tuman (shahar) maktablarida 20 foiz etib belgilanishi mumkin.
Agar maktabga oiladan bittadan ortiq bola borsa, ularning har biri uchun o‘qiganlik uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar miqdorining 70 foizi, to‘garak a’zosi maktabda tashkil etilgan bittadan ortiq to‘garakka a’zo bo‘lgan taqdirda 60 foizi to‘lanadi.
Ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘lar:
a) “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati uchun zarur bo‘lgan xom ashyo va materiallar, moddiy boyliklar (mebel, asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqalar) va transport vositalarini xarid qilishga;
b) madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish va ularda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlarga;
v) to‘garak rahbarlari va xodimlarni 50 foizgacha rag‘batlantirishga;
g) o‘quvchilari xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov va festivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan to‘garak rahbarlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun — 20 baravarigacha;
2-o‘rin uchun — 15 baravarigacha;
3-o‘rin uchun — 12 baravarigacha;
d) o‘quvchilari respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov va festivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan to‘garak rahbarlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun — 10 baravarigacha;
2-o‘rin uchun — 7 baravarigacha;
3-o‘rin uchun — 5 baravarigacha.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-fevral,
50-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Barkamol avlod” tuman (shahar) bolalar markazlarining
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
* To‘garaklar rahbarlari soni to‘garak mashg‘ulotlari hajmiga qarab belgilanadi.
** Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni normativ bo‘yicha belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Barkamol avlod” viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasida respublika va Toshkent shahar bolalar markazlarining
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Uch yo‘nalish — texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlarining
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlarini shakllantirish bo‘yicha
KOMPLEKS TADBIRLAR
| T/r | Tadbirlar | Bajarish muddati | Mas’ul bajaruvchilar |
| 1. | “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish uchun 215 ta maktabdan tashqari muassasani aniqlash, shu jumladan 137 tasi faoliyat ko‘rsatgan muassasalardan va 78 tasi umumta’lim maktablarining binolaridan foydalanilgan holda hamda ularning tuzilmalarini “Barkamol avlod” bolalar markazlarining namunaviy tuzilmalariga muvofiqlashtirish. | 2011-yil 10-martgacha | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi |
| 2. | Faoliyat ko‘rsatuvchi respublika maktabdan tashqari ta’lim muassasalari negizida texnik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha 3 ta respublika “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish. | 2011-yil sentabr | Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi |
| 3. | “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2011-yil I chorak | Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, “Kamolot” YOIH Markaziy kengashi |
| 4. | Maktabdan tashqari ta’lim uchun davlat talablarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2011-yil I chorak | Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
| 5. | “Barkamol avlod” bolalar markazining namunaviy Ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2011-yil I chorak | Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
| 6. | Bolalar “Barkamol avlod” bolalar markazida o‘qiganligi uchun ota-ona to‘lovini undirish va undan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2011-yil mart | Moliya vazirligi |
| 7. | “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal ta’mirlash va jihozlashning har yilgi aniq yo‘naltirilgan dasturlarini shakllantirish va tasdiqlash. | Belgilangan muddatlarda har yili | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
| 8. | “Barkamol avlod” bolalar markazlari obyektlarida mukammal ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov (tender) savdolari o‘tkazish. | Yillik aniq yo‘naltirilgan dasturlar tasdiqlangandan keyin ikki oy muddatda | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi |
| 9. | “Barkamol avlod” bolalar markazlarida to‘garak ishining har bir turi bo‘yicha yangi, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2011-yil sentabr | Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Badiiy akademiya, Respublika “Hunarmand” birlashmasi, “Kamolot” YOIH Markaziy kengashi |
| 10. | “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklarda mashg‘ulotlar olib borish uchun umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini o‘rindoshlik bo‘yicha kontrakt asosida jalb etish. | 2011-yildan boshlab | Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi |
| 11. | “Barkamol avlod” respublika va viloyat markazlarida seminarlar va qisqa muddatli trening-kurslar tashkil etish yo‘li bilan ham “Barkamol avlod” bolalar markazlarining, ham umumta’lim maktablarining metodistlari va rahbarlari malakasini oshirish dasturini tasdiqlash. | har yili 1-fevralgacha | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Badiiy akademiya, Respublika “Hunarmand” birlashmasi |
| 12. | Dastur doirasida bajariladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida muntazam yoritish, “Barkamol avlod” bolalar markazlari qatnashchilarining yutuqlari va muvaffaqiyatlari to‘g‘risidagi materiallarni e’lon qilish. | Doimo | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Xalq ta’limi vazirligi |
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy
PARAMETRLARI
| | | | | | |
obyektlar soni |
| Mintaqalar | Hammasi | shu jumladan yillar bo‘yicha: | ||||
| 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | |||
| Respublika bo‘yicha hammasi | 215 | 30 | 51 | 64 | 70 | |
| 1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 17 | 2 | 4 | 5 | 6 |
| 2. | Andijon viloyati | 18 | 3 | 4 | 6 | 5 |
| 3. | Buxoro viloyati | 14 | 2 | 3 | 4 | 5 |
| 4. | Jizzax viloyati | 14 | 1 | 4 | 4 | 5 |
| 5. | Qashqadaryo viloyati | 15 | 3 | 3 | 4 | 5 |
| 6. | Navoiy viloyati | 11 | 2 | 3 | 3 | 3 |
| 7. | Namangan viloyati | 13 | 3 | 4 | 3 | 3 |
| 8. | Samarqand viloyati* | 17 | 3 | 4 | 4 | 6 |
| 9. | Surxondaryo viloyati | 16 | 1 | 3 | 6 | 6 |
| 10. | Sirdaryo viloyati | 12 | 1 | 3 | 4 | 4 |
| 11. | Toshkent viloyati | 21 | 3 | 6 | 5 | 7 |
| 12. | Farg‘ona viloyati* | 19 | 3 | 4 | 6 | 6 |
| 13. | Xorazm viloyati | 13 | 1 | 4 | 4 | 4 |
| 14. | Toshkent shahri | 12 | 2 | 2 | 4 | 4 |
| 15. | Respublika muassasalari | 3 | 0 | 0 | 2 | 1 |
Izoh:
* Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi 20-maktab va Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi 2-maktab Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 2011-yilning mukammal ta’mirlash dasturiga kiritilgan. “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlar hajmi binolarning texnik holati bo‘yicha nuqsonli dalolatnomalar asosida belgilanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 9-son, 89-modda; 2017-y., 20-son, 361-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)