Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 25-martda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qarori bilan tasdiqlangan “2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi”ning 2-bobi ikkinchi xatboshisi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborot-kutubxona resursi — moddiy obyektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni taʼminlash uchun rekvizitlarga ega boʻlgan axborot;
axborot-kutubxona faoliyati — axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish va axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha faoliyati;
axborot-kutubxona fondi — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui;
axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish — foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini taʼminlash;
yigʻma elektron katalog — axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglari majmui;
foydalanuvchi — axborot-kutubxona xizmati koʻrsatilishi uchun axborot-kutubxona muassasasida roʻyxatga olingan shaxs;
elektron katalog — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari roʻyxatining elektron shakli;
elektron kutubxona — axborot-kutubxona fondining elektron shakli.
4-modda. Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari
Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini taʼminlash;
foydalanuvchilarning intellektual, maʼnaviy-axloqiy, madaniy va taʼlim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, madaniy meros obyektlarini saqlash;
(4-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanishni taʼminlash.
2-bob. Axborot-kutubxona faoliyati sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi
5-modda. Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi
Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u axborot-kutubxona faoliyati sohasida maxsus vakolat bergan davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
7-modda. Maxsus vakolatli davlat organi
Maxsus vakolatli davlat organi:
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishida ishtirok etadi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda qabul qiladi;
axborot-kutubxona resurslarini noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslari sirasiga kiritish tartibini, shuningdek ularni saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
axborot-kutubxona muassasalarining hisobini yuritadi;
yigʻma elektron katalogni shakllantirish va yuritish tartibini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi 5-bobining uchinchi xatboshisi.
8-modda. Axborot-kutubxona muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Axborot-kutubxona muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash:
ularning moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish;
axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirishda soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlarni belgilash orqali amalga oshiriladi.
3-bob. Axborot-kutubxona tizimi
9-modda. Axborot-kutubxona tizimi hamda axborot-kutubxona muassasalarining turlari
Axborot-kutubxona tizimi yagona tashkiliy va uslubiy taʼminot asosida faoliyat koʻrsatuvchi axborot-kutubxona muassasalari majmuidir.
Axborot-kutubxona muassasasi mustaqil muassasa boʻlishi yoxud korxona, muassasa yoki tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi boʻlishi mumkin.
Axborot-kutubxona muassasalariga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-sonli “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
axborot-kutubxona markazlari;
axborot-resurs markazlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari;
boshqa kutubxonalar (fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlarining kutubxonalari).
Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarining mazmuni va belgilangan maqsadiga koʻra universal hamda maxsus axborot-kutubxona muassasalariga boʻlinadi.
Universal axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning turli sohalari boʻyicha shakllantiradi va turli toifadagi foydalanuvchilarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning bir yoki bir necha turdosh sohalari boʻyicha shakllantiradi va ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.
10-modda. Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon madaniyatini, fani va taʼlimini rivojlantirish manfaatlarini koʻzlagan holda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasidir.
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi:
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
axborot-kutubxona fondini shakllantiradi, uning but saqlanishini taʼminlaydi hamda foydalanuvchilarga milliy va xorijiy nashrlarning eng toʻliq toʻplamini taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini, shuningdek dissertatsiyalarning koʻchirma nusxasini oladi;
Oʻzbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik hisobini yuritadi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini but saqlash, konservatsiyalash va restavratsiya qilish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
yigʻma elektron katalogni shakllantiradi va yuritadi;
axborot-kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi toʻgʻrisida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(10-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi nizom.
11-modda. Axborot-kutubxona markazlari
Axborot-kutubxona markazlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.
Axborot-kutubxona markazlari:
axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini taʼminlaydi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
tegishli hududda chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini oladi;
bibliografik, ilmiy-uslubiy va madaniy-maʼrifiy ishlarni bajaradi;
tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularni tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;
yigʻma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
axborot-kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalarining depozitar saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini toʻplashni amalga oshiradi va ularning hisobini yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-kutubxona markazlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Axborot-kutubxona markazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-kutubxona markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(11-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori.
12-modda. Axborot-resurs markazlari
Axborot-resurs markazlari davlat taʼlim muassasalari huzurida tashkil etilgan, oʻquvchi yoshlarning, shuningdek aholining axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.
Axborot-resurs markazlari:
taʼlim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq asosan ilmiy-taʼlimga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini taʼminlaydi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzidagi va oʻzidan uzoqdagi axborot resurslaridan foydalanish asosida maʼnaviy boy va barkamol shaxsni ijodiy rivojlantirish uchun imkoniyat yaratgan holda, foydalanuvchilarni madaniy meros obyektlaridan bahramand etadi;
(12-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
axborot-kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanishni taʼminlaydi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
yigʻma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
madaniy, taʼlim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun taʼlim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-resurs markazlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Axborot-resurs markazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-resurs markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(12-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori.
13-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari qonunchilikda belgilanadigan tartibda axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus axborot-kutubxona muassasalaridir.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari:
axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini taʼminlaydi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
axborot-kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanishni taʼminlaydi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
yigʻma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kutubxonalarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari toʻgʻrisidagi nizomlar ushbu organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
14-modda. Boshqa kutubxonalar
Boshqa kutubxonalar oʻz muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal yoki maxsus axborot-kutubxona muassasalaridir.
Boshqa kutubxonalar:
axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini taʼminlaydi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
axborot-kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanishni taʼminlaydi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
yigʻma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.
Boshqa kutubxonalarning axborot-kutubxona fondi ularning muassislari mulkidir.
Boshqa kutubxonalar toʻgʻrisidagi nizomlar ularning muassislari tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-iyuldagi 198-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektron kutubxona toʻgʻrisidagi namunaviy nizom.
15-modda. Axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 42, 49 va 55-moddalari.
4-bob. Axborot-kutubxona fondi
16-modda. Axborot-kutubxona fondini shakllantirish
Axborot-kutubxona fondini shakllantirish axborot-kutubxona muassasasining maqsadlari va vazifalariga muvofiq uni jamlash, hisobga olish, ishlovdan oʻtkazish, joylashtirish va saqlash orqali amalga oshiriladi.
17-modda. Axborot-kutubxona fondini jamlash
Axborot-kutubxona fondi nashrlarni va boshqa axborot-kutubxona resurslarini sotib olish, ularga obuna boʻlish, ularni ayirboshlash, tekinga olish, shu jumladan hadyaga olish hisobiga jamlanadi.
18-modda. Axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlovdan oʻtkazish, joylashtirish, saqlash va undan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlovdan oʻtkazish, joylashtirish, saqlash va undan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (10.03.2014-y., roʻyxat raqami 2567), Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 552-sonli “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Axborot-kutubxona fondining nashrlar majburiy nusxasini olish hisobiga jamlanadigan, shuningdek noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini oʻz ichiga olgan qismi milliy madaniy boylik boʻlib, moddiy madaniy meros obyekti sifatida saqlanadi.
Axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika taʼminoti yomonlashuviga, ularni mehnatni muhofaza qilish talablariga, axborot-kutubxona fondlarini saqlash normalari va shart-sharoitlariga mos kelmaydigan binolarga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
5-bob. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
19-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
axborot-kutubxona muassasalariga kirish va axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish;
oʻz ehtiyojlariga mos tarzda axborotni erkin tanlab olish;
koʻrsatiladigan xizmatlarning, shu jumladan pulli xizmatlarning roʻyxati hamda ularni koʻrsatish shartlari haqida axborot olish;
soʻralayotgan axborot-kutubxona resurslarining mavjudligi haqida axborot olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari
Foydalanuvchilar:
axborot-kutubxona muassasalarida foydalanish qoidalariga rioya etishi;
axborot-kutubxona resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishi, ularning yoʻqolishiga yoki buzilishiga yoʻl qoʻymasligi, zarar yetkazilgan taqdirda esa belgilangan tartibda uning oʻrnini qoplashi;
axborot-kutubxona muassasalari ishining sifatini pasaytirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmasligi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanuvchilar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
21-modda. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish
Jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish axborot-kutubxona muassasalarida maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda axborot yozilgan maxsus jismlarda axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
6-bob. Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish. Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari. Xalqaro hamkorlik
22-modda. Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish
Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
muassislarning mablagʻlari;
pulli xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(22-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
23-modda. Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda birlashmalar tuzishi mumkin.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi,Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning”gi Maʼmuriy reglament, “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan oʻzaro aloqani taʼminlash toʻgʻrisida nizom” (10.03.2014-y., roʻyxat raqami 2568).
Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari:
axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
(23-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
25-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-kutubxona faoliyati sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 155-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2011-yil 14-apreldagi 73 (5240)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-aprel,
OʻRQ-280-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 146-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)