Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizligi xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2174]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 8-avgustdagi 63, KGB-176-06, 3/2161, 9, 19, 12, 01-02/22-19-son “Tergov, surishtiruv va sud davomida jinoyat ishlari va materiallari boʻyicha olib qoʻyilayotgan ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qoʻyish, hisobga olish, saqlash, berish va yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1616, 2006-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 350-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
Bosh prokuror R. QODIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-oktabr,
14-q/q-son
Oliy sud raisi B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-oktabr,
Q-87-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-oktabr,
100-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-oktabr,
17-son
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-oktabr,
16-son
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-oktabr,
7-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-oktabr,
01-02/22-22-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-oktabr,
2010-41-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 22-oktabrdagi 14-q/q, Q-87, 100, 17, 16, 7, 01-02/22-22, 2010-41-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (keyingi oʻrinlarda JPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish va yoʻq qilib tashlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlarini yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud quyidagilarni olib qoʻyishga haqli:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega boʻlgan, muayyan xususiyatlari, belgilari, izlari mavjud narsa, hujjat va boshqa yozuvlar;
sud tomonidan fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan milliy va chet el valyuta hamda boshqa qimmatliklar;
muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan narsalar (keyingi oʻrinlarda “muomaladan chiqarilgan” deb yuritiladi) — agarda egasida ularni sotib olish, saqlash, foydalanish uchun tegishli ruxsatnoma boʻlmasa;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar — agar unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazo qoʻllanilgan holda;
davlat mukofotlari va ularga tegishli hujjatlar — ularning kimga tegishliligi aniqlanmagan boʻlsa yoki ularning egasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazo qoʻllanilganligi sababli ularning saqlanishini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa, shuningdek sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mahkumni davlat mukofotlaridan mahrum qilish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan murojaat etilgan hollarda.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Surishtiruvchi, tergovchi va sud mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatilgan narsa va hujjatlarni JPK 198, 200 va 201-moddalariga, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi esa, 329-moddasiga muvofiq ularning talabiga asosan yoki ushbu narsa va hujjatlarning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan taqdim etilgan holda, agarda ular ish uchun ahamiyatli boʻlsa yoki kelgusida ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlsa, ularni qabul qilishi shart.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Surishtiruvchi, tergovchi va sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki ularni vakilining arizasiga asosan fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida yoxud garov tariqasida pul mablagʻlari va tovar-moddiy qimmatliklarni ham qabul qilib oladi va qonun hujjatlari talablari asosida topshirilishini taʼminlaydi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
II. Narsalar, hujjatlar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish
3. Narsa, hujjat, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni (keyingi oʻrinlarda “narsalar” deb yuritiladi) olib qoʻyish, taqdim qilish JPK 16, 20 va 24-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Radioaktiv materiallarni olib qoʻyish mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
4. JPKning 206-moddasiga muvofiq, olib qoʻyilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar ishga taalluqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqarishga asos boʻladigan, shuningdek ularni boshqa narsalardan farqlovchi belgilarini aniqlash maqsadida JPK 135 — 137, 139 va 140-moddalarida belgilangan qoidalar asosida darhol koʻzdan kechiriladi.
Oʻzi bilan muomala qilish uchun muayyan mahoratga ega boʻlishini, oʻz sifat tavsiflari, individual xususiyatlarining aniq qayd etilishini va qiymatining aniqlanishini talab etuvchi narsalarni olib qoʻyish yoxud qabul qilish tegishli mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega boʻlgan yoki muomaladan chiqarilgan narsalar olib qoʻyilganida yoxud taqdim qilinganida, surishtiruvchi, tergovchi, sud narsalar olib qoʻyilayotgan yoki qabul qilinayotgan shaxsni, ularning topilishi, qoʻlga kiritilishi va saqlanish vaqti, joyi va boshqa holatlari toʻgʻrisida soʻroq qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish holatlaridan kelib chiqqan holda, agarda narsani butunligicha olib qoʻyish imkoni boʻlmasa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sud, ushbu narsaning ishga bogʻliq boʻlgan izlar (mikroizlar) joylashgan yoki joylashishi mumkin boʻlgan qismini olib qoʻyish yoki qabul qilishga haqli. Bunda, narsaning shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslik, agarda buning imkoni boʻlmasa — narsaning yaxlitligini buzish asosi batafsil bayon etilishi zarur.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Ish uchun ahamiyatli boʻlmagan yoki muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, sud, ularni koʻzdan kechirib boʻlganidan keyin egalariga darhol qaytarib beradi. Narsani qabul qilib olgan shaxsdan bu haqda tilxat olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. JPK 90 — 92, 141, 163, 202-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq narsalarning olib qoʻyilganligi, taqdim etilganligi toʻgʻrisida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Koʻp sonli narsalarni olib qoʻyish yoki taqdim qilishda ular toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni bayonnomada aks ettirish imkoniyati boʻlmasa, majburiy tarzda ularning roʻyxati tuzilib, bayonnomaga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinayotgan roʻyxatda olib qoʻyilgan, taqdim qilingan hujjatlarning turi va rekvizitlari, narsalarning turi, miqdori, tipi, markasi, modeli, kalibri, seriyasi, raqami va boshqa identifikatsion xususiyatlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar olib qoʻyilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar roʻyxatini, ularning miqdori koʻpligi sababli, shu joyning oʻzidayoq tuzish imkoniyati boʻlmasa, ular oʻramga solinib muhrlanadi va narsalari olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaxs, xolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudya tomonidan yozuvlar va imzolar bilan tasdiqlangan yorliqlar bilan taʼminlanadi. Bunday holatlarda, olib qoʻyilayotgan, taqdim etilayotgan narsalarning roʻyxati tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilayotgan joyda xolislar ishtirokida tuziladi va bu haqda bayonnomada narsalar solingan oʻramdagi muhrlar va imzolar butunligi koʻrsatiladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Zarur hollarda narsalarni olib qoʻyish, taqdim qilish chogʻida fotosuratga yoki videoyozuvga tushiriladi, shuningdek JPKning 91-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan protsessual harakatlar majburiy tarzda videoyozuv orqali qayd etiladi. Bunda, fotosuratlar, videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi va protsessual harakatning nomlanishi, sanasi, joyini izohlovchi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti, olib qoʻyilayotgan, taqdim etilayotgan narsaning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng yoki undan koʻp boʻlsa, olib qoʻyilayotgan yoki taqdim etilayotgan narsalarning har biri alohida fotosuratga (imkoni boʻlsa, video suratga ham) olinishi shart.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Har bir olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsa xolislarga va protsessual harakatining amalga oshirilishida ishtirok etayotgan shaxslarga tanishish va koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Shundan soʻng, shikastlanishiga yoʻl qoʻymaydigan va undagi izlarning (mikroizlar) butunligini taʼminlaydigan oʻramga joylashtiriladi (fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun yoki garov tariqasida taqdim etilayotgan pul yoki boshqa mol-mulk, katta hajmli narsalar, katta ogʻirlikdagi yoki hajmdagi moddalardan tashqari) va narsasi olib qoʻyilgan yoxud qabul qilingan shaxs, xolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudyaning imzolari va tasdiqlovchi yozuvlari boʻlgan yorliq bilan taʼminlanadi, tegishli organ muhri bilan muhrlanib, bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Bayonnoma narsani olib qoʻygan yoxud qabul qilgan shaxs, xolislar, mutaxassislar (agar ular protsessual harakatni amalga oshirilishida qatnashgan boʻlsalar), shuningdek narsasi olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaxs, agarda u yoʻq boʻlsa, uning voyaga yetgan oila aʼzosi yoki tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan imzolanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Bayonnoma nusxasi (sud majlisi bayonnomasidan koʻchirma) quyidagilarga beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tilxat orqali narsasi olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaxsga, agar u yoʻq boʻlsa — uning voyaga yetgan oila aʼzosiga yoxud tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar saqlanishi uchun javobgar shaxsga (narsa saqlash uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud organida maxsus ajratilgan xonaga yoxud korxona, muassasa, tashkilotga topshirilganda);
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borayotgan organ, sudning buxgalteriya hisobi boʻlimiga (depozit hisobiga pul topshirilganda).
9. Ishga aloqador olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar JPK 207-moddasida belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb eʼtirof etilishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi shart.
10. Davlat daromadiga oʻtkazilishi yoxud yoʻq qilib tashlanishi lozim boʻlgan olib qoʻyilgan yoki taqdim etilgan narsalarni isteʼmol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan oʻtkazish va baholash Nizomning II boʻlimi talablariga asosan amalga oshiriladi.
III. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlash
11. JPK 207-moddasiga muvofiq ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va jinoyat ishiga qoʻshish toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchining qarori, sudning ajrimiga asosan hal etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaroviy daʼvoni taʼminlash yoxud garov tariqasida olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pullarni surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga topshirish masalasi alohida qaror (ajrim) chiqarish orqali darhol hal etilishi shart.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun yoki garov tariqasida olib qoʻyilgan, qabul qilingan narsalarni saqlash uchun topshirish masalasi ham shunday tartibda hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ashyoviy dalillar tergovga qadar tekshiruv materiali yoki jinoyat ishi bilan saqlanadi, agar buning imkoniyati boʻlmasa (juda katta boʻlsa yoki boshqa sabablarga koʻra) saqlashga topshiriladi va bu haqda ikki nusxada bayonnoma tuziladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Ashyoviy dalillarni saqlash uchun surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarda stellajlari, metall eshigi, panjara qilingan derazalari, qoʻriqlash va yongʻinga qarshi signalizatsiyasi boʻlgan maxsus xonalar jihozlanadi yoki yetarli kattalikdagi maxsus seyf ajratiladi (keyingi oʻrinlarda “saqlash xonasi” deb yuritiladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda, narsa oʻzining alohida xususiyatlari yoki sifatlari sababli maxsus saqlash sharoitlarida saqlanishi lozim boʻlsa (maʼlum harorat, namlik va h. k.), tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sud uni shu sharoitlariga ega muassasa yoki tashkilotga saqlash uchun topshiradi. Olingan (qabul qilingan) narsalar mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda (olib qoʻyilgan mol-mulk saqlash uchun savdo tashkilotlariga beriladi) ham saqlanishi mumkin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
13. Ashyoviy dalillar saqlash uchun, qoida tariqasida, oʻramga solingan, muhrlangan koʻrinishda, oʻram ichidagi narsalar roʻyxati bilan birgalikda qabul qilinadi.
14. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlashda olib qoʻyilgan, qabul qilingan obyektlar, ularning belgilari va xususiyatlari, shuningdek ulardagi mavjud izlarning butligini taʼminlovchi chora-tadbirlar koʻriladi.
15. Jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillarning butligi uchun jinoyat ishi ish yurituvida boʻlgan shaxs, sudda esa — ish boʻyicha raislik etuvchi yoki sud raisi javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saqlash xonasiga topshirilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning butligi uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining yoki sud raisining buyrugʻiga asosan masʼul etib tayinlangan shaxs javobgar hisoblanadi. Bunda, qoida tariqasida, saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxs tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya boʻlmasligi lozim.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Muassasa yoki tashkilotga saqlash uchun topshirilgan ashyoviy dalil va boshqa narsalarning butligi uchun mazkur muassasa yoki tashkilotning rahbari javobgar hisoblanadi, bu haqda unga maʼlum qilinib, tilxat olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Saqlash xonasiga faqat ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxs (keyingi oʻrinlarda javobgar shaxs deb yuritiladi) ishtirokida kirish mumkin. Agar u yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs boʻlmasa, saqlash xonasiga kirish tegishli prokurorning, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining, prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda DXX deb yuritiladi), ichki ishlar organi (keyingi oʻrinlarda IIO deb yuritiladi) tergov tarmogʻi boshligʻining, sud raisining (sudyaning) yozma ruxsati va ularning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi, ushbu shaxslarda saqlash xonasiga kirish eshigining dublikat kaliti boʻlishi shart.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxsning ishtirokisiz saqlash xonasi ochilishining har bir holati boʻyicha ochilish sabablari koʻrsatilgan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada nima munosabati bilan va qaysi ashyoviy dalillar yoki boshqa narsalar saqlash xonasidan olinganligi yoki unga qoʻyilganligi ham koʻrsatiladi. Dalolatnoma, ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish kitobiga tegishli yozuvlar kiritilishi uchun, ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxsga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi davomida olib qoʻyilgan yoxud taqdim qilingan oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, ekspert-kriminalistika boʻlinmalarida tekshiruvdan oʻtkazilganidan keyin faqat Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda IIV deb yuritiladi), DXX organlarida yoki Mudofaa vazirligining harbiy (xoʻjalik) muassasalarida saqlanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Portlovchi moddalar va portlatish vositalari saqlash uchun harbiy qismlar omborxonalariga yoki tegishli davlat korxonalariga (tashkilotlariga) topshiriladi, zaharlar va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ularni saqlash uchun yetarli shart-sharoitlari boʻlgan tashkilotlar omborxonalariga, ularning rahbariyati (qoʻmondonligi) bilan kelishgan holda va roziligi asosida topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli organ yoki idoraga qarashli qurol-yarogʻlar, oʻq-dorilar, harbiy anjomlar olib qoʻyilgan, taqdim etilgan holatlarda, ular tegishliligi boʻyicha saqlash uchun berilishi lozim, agar bu tergovga qadar tekshiruv, tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilishini qiyinlashtirmasa.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Radioaktiv materiallar ekspertizadan oʻtkaziladi va saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutiga yoki belgilangan litsenziyaga ega boʻlgan boshqa tashkilotga topshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Ushbu bandda koʻrsatilgan narsalar saqlash uchun topshirilgan har bir holatda bayonnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Soyli stvolli oʻq otar qurollarni qoʻllash bilan bogʻliq barcha holatlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar olib qoʻyish (qabul qilish), koʻzdan kechirish va tegishli tekshirishlar oʻtkazilganidan soʻng, qurol izi boʻlgan oʻqlar, gilzalar va patronlarni, shuningdek soyli stvolli oʻq otar qurolni IIVning Davlat oʻq — gilzotekasiga yuborishlari shart.
Soyli stvolli oʻq otar qurolni Davlat oʻq — gilzotekada tekshiruvdan oʻtkazish bilan bir vaqtda, u Oʻzbekiston Respublikasi IIV Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi va uning hududiy boʻlinmalarining yoʻqolgan va aniqlangan qurollarning operativ hisobi boʻyicha ham tekshiriladi.
Soyli stvolli oʻq otar qurollarni qoʻllash bilan bogʻliq ishlar tamomlangach, koʻrsatilgan qurollar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻqolgan va aniqlangan soyli stvolli oʻq otar qurollar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasiga hisobga qoʻyilishi shart.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tegishliligi aniqlanmagan va qidiruvi ichki ishlar organlarining tegishli tezkor-qidiruv va kriminalistik hisoblari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin boʻlgan narsalar aniqlanganida va olib qoʻyilganida (taqdim etilganida), darhol ushbu obyektlarni mazkur hisoblar boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazish choralari koʻriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Olib qoʻyilgan (taqdim etilgan) davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ikki nusxada tuzilgan olib qoʻyish bayonnomasi va narsalar roʻyxati bilan birga olib qoʻyilganidan (taqdim etilganidan) keyin bir sutka muddat ichida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov oʻtkazayotgan organ buxgalteriyasining kassasiga topshiriladi yoki maxsus aloqa xizmati orqali yuboriladi (ularni oʻrganish zarur boʻlgan hollar bundan mustasno). Bayonnomaning ikkinchi nusxasiga kassir mukofotlar va ularga taalluqli hujjatlarni qabul qilganligi haqida imzo qoʻyib beradi va u ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga ilova qilinadigan maʼlumotnomada olib qoʻyilgan, taqdim etilgan davlat mukofotlari, ularga taalluqli hujjatlar va ularning saqlanish joyi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Agar davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ashyoviy dalil hisoblansa yoki ular boʻyicha ekspertiza tayinlansa, ular zarur protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organida, sudda qolishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ashyoviy dalil tariqasida olingan yoki jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilgan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport, shu jumladan, suzuvchi vositalarni, shuningdek xatlangan transport vositalari, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida olib qoʻyilgan transport vositalarini almashtirish yoki ekspluatatsiya qilishga imkon bermaslik uchun transport vositasining spidometri (elektron spidometrdan tashqari), dvigateli, rul boshqaruvi, boshqa qismlari va detallari oldindan muhrlangan va plombalangan holda (agarda ular egasiga, uning qarindoshlariga yoki boshqa shaxslarga, shuningdek tashkilotlarga saqlashga topshirilishi mumkin boʻlmasa) saqlash uchun IIV Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda YHXB deb yuritiladi), Bosh prokuratura, IIV va DXXning xoʻjalik boshqarmalariga (boʻlimlariga) topshiriladi va ushbu boshqarma (boʻlim) rahbarlaridan saqlashga qabul qilinganligi haqida tilxat olinib, ishga qoʻshib qoʻyiladi. Tilxatda saqlash uchun qabul qilingan transport vositasi butligi uchun shaxsan kim javobgar ekanligi koʻrsatiladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasini olib qoʻyishda, taqdim etishda, shuningdek saqlash uchun topshirishda YHXB organlari mutaxassislari tomonidan hududiy moliya organi va ixtisoslashtirilgan avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish korxonalari vakillarini jalb qilgan holda hamda imkoni boʻlsa, transport vositasining egasi ishtirokida ushbu transport vositasining texnik holati toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib qoʻyish, taqdim etish, ekspertizadan oʻtkazish, saqlash va boshqa harakatlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar boʻyicha ekspertiza tayinlangunga hamda ekspertiza xulosasi olingunga qadar muhrlangan holda tegishlicha IIV, DXX organi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning saqlash xonasida yoki jazoni ijro etish muassasasida yashash va ishlab chiqarish zonalaridan tashqarida joylashgan operativ qismning seyfida saqlanishi shart.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertiza xulosasi olingandan soʻng giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar 15 kun ichida markazlashtirilgan holda saqlash uchun DXX organlariga topshirilishi shart.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qamoqda saqlanayotgan ayblanuvchining (sudlanuvchining) pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari, ofitser shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalari, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi guvohnomalari, harbiy guvohnomalar, qayd etish guvohnomalari jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi va ishga navbatdagi varagʻi sifatida tikilgan va raqamlangan alohida muhrlangan paketda saqlanadi. Boshqa shaxsiy hujjatlar, shuningdek belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb eʼtirof etilmagan narsa va ashyolar, agar ular ish uchun ahamiyatga ega boʻlmasa, egalariga, ularning qarindoshlariga yoki egasi koʻrsatgan boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning shaxsiy hujjatlari jazoni oʻtash joyiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Qimmatbaho metallar (bunday buyumlarning parchalari), qimmatbaho toshlar va durdan yasalgan buyumlar, shuningdek qimmatbaho toshlar, qoʻlda yasalgan zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar tegishli ekspertizalar oʻtkazilganidan soʻng hamda baholanganidan keyin oʻralgan holatda, roʻyxat asosida saqlash xonasiga yoxud xizmat koʻrsatuvchi bankka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatiga (keyingi oʻrinlarda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati deb yuritiladi) saqlash uchun topshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Muomaladan chiqarilgan qimmatbaho metallarning (oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi boshqa metallar) quymalari, choʻkindilari (shlix), yombi, xomaki mahsulot shaklidagi, ishlab chiqarish yoki laboratoriyada foydalanishga moʻljallangan, shuningdek olmoslar yoki boshqa tabiiy qimmatbaho toshlar tegishli oʻrganishlardan soʻng, agarda ular ashyoviy dalil hisoblanmasa va keyinchalik maxsus oʻrganilishi lozim boʻlmasa, Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatiga topshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
27. Fuqarolardan olib qoʻyilgan (qabul qilingan) milliy va chet el valyutasidagi pul summalari, davlat zayom obligatsiyalari, pul-buyum lotereya biletlari, omonat daftarchalari, depozit sertifikatlari, akkreditivlari, cheklari va chek daftarchalari, depo hisobvaragʻidan koʻchirmalar (depozitariy tomonidan beriladigan deponentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini tasdiqlaydigan hujjat) hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar quyidagi tartibda saqlanadi (agarda ular ashyoviy dalil deb hisoblanmasa va maxsus tekshiruvdan oʻtkazish lozim boʻlmasa):
Oldingi tahrirga qarang.
milliy yoki chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari tegishli organga xizmat koʻrsatuvchi bankda milliy yoki chet el valyutasida ochilgan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga kiritib qoʻyiladi yoki Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) belgilangan tartibda saqlash uchun bank kassasiga topshiriladi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
davlat zayom obligatsiyalari, omonat daftarchalari, sertifikatlar, akkreditivlar, cheklar va chek daftarchalari, pul-buyum lotereyasi biletlari, shuningdek depo hisobvaragʻidan koʻchirmalar ularni olib qoʻygan (qabul qilgan) organda saqlanadi, bunda ularning but saqlanishiga rioya etilishi lozim, yoki oʻramga solingan holda banklar yoki ularning filiallariga saqlash uchun topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun bank kirim kassasiga topshirilganida, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga 004-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya rasmiylashtirib beriladi. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga qaytarib berish uchun, uni topshirgan organ rahbarining imzosi qoʻyilib, dumaloq muhri bilan tasdiqlangan yozma soʻrovnomasining asl nusxasiga 004-shakldagi kvitansiyaning asl nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi kerak. Bankka saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklarning qisman qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qimmatliklarning bir qismini olish zarur boʻlsa, bank qimmatliklar solingan joʻnatmani toʻligʻicha ularni topshirgan organga qaytarib beradi. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishi boʻyicha bankning moddiy javobgar shaxslari, ularni topshirgan organ oldida qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. Bank pul omborida saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning egasiga yetkazilgan zararni qoplash, qimmatlikni haqiqiy bahosi doirasida lekin, saqlash uchun qabul qilingan vaqtda baholangan bahosidan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun topshirgan davlat organi xodimi 004-shakldagi kvitansiyani yoʻqotgan hollarda yoki boshqa sabablarga koʻra uni bankka taqdim etishni imkoniyati mavjud boʻlmasa, bunday hollarda saqlashga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank kassasidan qaytarib olish uchun ushbu davlat organining respublika miqyosidagi yuqori turuvchi tashkiloti (vazirligi, qoʻmitasi va hokazo) tomonidan chiqarilgan buyruq asos boʻlishi mumkin. Ushbu buyruqda bank kassasiga saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni qaytarib olish vakolatiga ega boʻlgan xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda olinadigan qimmatliklarning toʻliq va batafsil roʻyxati qayd etilgan boʻlishi lozim.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Omonat daftarchalarini olib qoʻyish bilan bir vaqtda, tegishli banklarga banklarda ochilgan depozit hisobvaraqlardagi mablagʻlarni xatlash toʻgʻrisidagi qaror nusxasi ham yuboriladi. Xatlash toʻgʻrisidagi qarorning matnida ish yurituvdagi jinoyat ishining raqami, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa — jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik ishining raqami koʻrsatiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun va garov tariqasida olib qoʻyilgan, qabul qilingan milliy yoki chet el valyutasidagi pul mablagʻlari (ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan va individual xususiyatlarga ega boʻlgan pul mablagʻlaridan tashqari) dastlab dalillarni qayd etish kitobiga tegishli yozuvlar kiritilib, surishtiruv, dastlabki tergov organining qarori, bayonnomasi yoki sud ajrimi nusxasiga muvofiq tergov yoki surishtiruv oʻtkazayotgan organning moliya-xoʻjalik boʻlimiga bir sutka muddat davomida topshiriladi. Buning oʻrniga kassir surishtiruvchi, tergovchi yoki sud organining masʼul shaxsiga raqami koʻrsatilgan kirim orderi kvitansiyasini beradi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Kassir qabul qilingan pullarni ikki sutka davomida olib qoʻyishni (qabul qilishni) amalga oshirgan organning milliy yoki chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha hisobvaragʻiga kiritish uchun bankka topshiradi.
Pullarni bankka yetkazishda har bir holatda qoʻriqlanishi taʼminlanadi.
30. Mazkur Yoʻriqnomaning 25 — 27-bandlarida qayd etib oʻtilgan narsalar yoki boshqa qimmatliklar ashyoviy dalil boʻlib hisoblangan hollarda, ular zarur tekshiruvlar oʻtkazilgandan soʻng uch kunlik muddatdan kechiktirmasdan, alohida muhrlangan va roʻyxati ilova qilingan paketlarda javobgar shaxsga saqlash uchun saqlash xonasiga yoki banklar yoki ularning filiallariga topshiriladi. Bunday hollarda yoʻnaltiruvchi xatda joʻnatilayotgan qimmatliklar ashyoviy dalil ekanligi va ular olib qoʻyilishi (qabul qilinishi) uchun asos boʻlgan jinoyat ishini koʻrib chiqayotgan yoki hukmni ijro etuvchi organning alohida farmoyishi berilmagunga qadar saqlanishi haqida alohida koʻrsatib oʻtiladi.
31. Ishga ashyoviy dalil tariqasida qoʻshilgan hujjatlar, xatlar va boshqa yozuvlar toza qogʻoz varaqlari orasiga solingan holda konvertlarda saqlanadi, bunda ularga qandaydir belgilar, yozuvlar kiritish yoki ularni buklash man etiladi. Konvertlar muhrlanadi, ishga tikiladi va ishning navbatdagi varagʻi sifatida raqamlanadi. Ishga qoʻshilayotgan xatlar va hujjatlar koʻp miqdorda boʻlsa, ular ishga ilova qilinadigan alohida konvertga solinadi. Konvertda yoki paketda unga solib qoʻyilgan hujjatlarning roʻyxati koʻrsatilgan yozuv boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya ishga qoʻshilgan korrespondensiyaning mazkur ish boʻyicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud muhokamasini yuritishga daxldor boʻlmagan shaxslardan sir saqlanishini taʼminlashi shart.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
32. Olib qoʻyilgan maxfiy xarakterli, lekin ashyoviy dalil boʻlmagan hujjatlar, chizmalar, fotosuratlar maxsus qismlar va 1-boʻlimlar orqali ularning egasi boʻlgan tashkilotlar va muassasalarga yuboriladi.
33. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni ularning shikastlanishiga va kelgusida tekshiruvlar oʻtkazish hamda dalil sifatida foydalanish imkonini bermaydigan holatga tushishiga olib keluvchi holatda saqlashga topshirish man qilinadi. Zarur hollarda olib qoʻyilgan, qabul qilingan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni kelgusida saqlash imkonini beruvchi holatga olib kelishga qaratilgan kechiktirib boʻlmas choralar koʻrilishi shart.
Oʻzgaruvchan xususiyatga ega, shuningdek bir marta ishlatiladigan yoki vaqtinchalik xususiyatlarga ega boʻlgan narsalar olib qoʻyilgan, taqdim etilgan holda, olib qoʻyish, qabul qilishni amalga oshirgan organ uning koʻzdan kechirilishi va koʻzdan kechirish natijalari JPK 141-moddasi talablariga muvofiq mustahkamlanishini taʼminlashi shart.
34. Biologik kelib chiqishga ega, shu jumladan, mikroskopik yoki kimyoviy tekshiruv oʻtkazilishi lozim boʻlgan, tez buziladigan obyektlar germetik zich yopiladigan idishga joylashtirilishi kerak. Bunday idishga joylashtirish sud-tibbiyot muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspert tekshiruvi tamomlangach, biologik obyektlar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan joyda saqlanadi. Agar biologik obyektlarni saqlash uchun maxsus shart-sharoitlar talab qilinsa, ular rahbariyat bilan kelishilgan holda sud-tibbiyot muassasasida saqlanadi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan qatʼi nazar, isteʼmolga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi boʻyicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi tomonidan davlat ijrochisi ishtirokida sotish uchun berish dalolatnomasi bilan savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-oktabrdagi 28-Q, 11-671, 138, 55, 28, 01-02/22-41, 2017-59-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-1 07.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2174-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablagʻlar tovarni davlat daromadiga oʻtkazish yoxud uni qaytarish toʻgʻrisida ijro hujjati olingunga qadar davlat ijrochilarining tegishli boʻlimlaridagi depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-oktabrdagi 28-Q, 11-671, 138, 55, 28, 01-02/22-41, 2017-59-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-1 07.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2174-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan tovarlarning isteʼmolga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi toʻgʻrisida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi davlat ijrochisi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi vakillari va xolis guvohlar ishtirokida isteʼmol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yoʻq qilib tashlaydi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
36. Jinoiy harakatlar obyekti boʻlib xizmat qilgan yoki oʻzida jinoyat izlarini saqlab qolgan oziq-ovqatlar yoki sanoat tovarlari ekspert tekshiruvi uchun butunligicha yoki zarur boʻlgan qismi (namuna, proba) topshiriladi. Imkoni boʻlsa, tekshiruvga yuborilayotgan proba yoki namunadan tashqari, qayta tekshiruv oʻtkazish imkoniyatini taʼminlash uchun namuna yoki proba ajratib olinadi va muhrlangan koʻrinishda ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ashyoviy dalil tariqasida eʼtirof etilgan ish va uy hayvonlari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, sud tomonidan qaror chiqarilgunga qadar, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda, saqlash uchun jabrlanuvchi shaxslar yoki tashkilotlarga, ular boʻlmaganda esa, hududiylik boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, shirkat yoki fermer xoʻjaliklariga topshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga ilova qilinadigan maʼlumotnomada ish boʻyicha olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar qayerda saqlanayotganligi, baholanganligi va ular topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar tikilgan ish varagʻi koʻrsatiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Xatlangan narsalar surishtiruvchi, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi boʻyicha, aniq holatlar va ish manfaatlaridan kelib chiqqan holda, saqlash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki uy-joy mulkdorlari shirkatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari (ular vakolati doirasida), shuningdek zarar yetkazilgan taraf yoki ushbu mol-mulk egasi yoxud uning qarindoshiga topshiriladi va ular qabul qilingan narsaning saqlanishi uchun javobgar ekanligi tushuntiriladi hamda bu haqda tilxat olinadi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Xatlangan sanʼat asarlari va antikvar buyumlar saqlash uchun muzeylarga topshirilishi mumkin.
40. Muayyan jinoiy ishlar boʻyicha ashyoviy dalillar boshqa ishlar boʻyicha ashyoviy dalillardan alohida holda saqlanadi.
Ochilmagan jinoyatlar boʻyicha harakatdan toʻxtatilgan ishlar yuzasidan ashyoviy dalillar tergov oʻtkazilgan joyda, harakatdagi ishlar boʻyicha ashyoviy dalillardan alohida holda, oʻramga solingan va muhrlangan koʻrinishda saqlanadi, ularning saqlanishi va keyinchalik foydalanish imkoniyati taʼminlanadi. Bunday obyektlar solingan har bir paket ish raqami, uning qisqacha mazmuni (fabulasi) va qoʻzgʻatish sanasi, oʻramga solingan obyekt nomi koʻrsatilgan izohli yozuv bilan taʼminlanadi.
Saqlash sharoiti mazkur Yoʻriqnoma bilan belgilangan obyektlarning toifalariga tatbiqan tanlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻxtatilgan ishlar boʻyicha maxsus saqlash sharoitlarini talab etadigan biologik obyektlar sud-tibbiyot muassasalarning arxivlarida saqlanadi. Biologik obyektlarni sud-tibbiyot muassasasining arxiviga joylashtirish uchun prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sudning tegishli muassasa rahbariga yuboriladigan xati asos boʻlib hisoblanadi.
(40-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
IV. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
41. Ashyoviy dalillarni, shu jumladan oʻq otar qurol va tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishlari boʻyicha olib qoʻyilgan, ashyoviy dalil boʻlib hisoblanmagan boshqa narsalarni qayd etish uchun har bir tergovga qadar tekshiruv (olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari bundan mustasno), surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarda mazkur Yoʻriqnomaning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq hisobga olish kitoblari yuritilib, ular ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlash va hisobga olish uchun javobgar shaxsda turadi. Ushbu kitoblarni yuritish qatʼiy hisobdagi hujjatlarni yuritish qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. Kitobning har bir varagʻi raqamlanadi, ip bilan tikiladi va muhrlanadi hamda tegishlicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov boʻlinmalari rahbari, prokuror, sud raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
42. Ashyoviy dalillar va boshqa ashyoviy dalil hisoblanmagan narsalarni hisobga olish kitoblariga yozuvlar narsalarni olib qoʻyish yoki taqdim etish haqidagi bayonnomalar asosida ularning saqlanishi uchun javobgar shaxslar tomonidan kiritiladi.
43. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxs hisobga olish kitobida roʻyxatga olish vaqtida qabul qilinayotgan narsalarning ularni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror bilan muvofiqligini tekshiradi.
44. Kitobga qayd etishda yozuvlar xronologik tartibda amalga oshiriladi, har bir narsa alohida yoziladi. Bir turdagi bir nechta narsa qayddan oʻtkazilayotganda ularning miqdori, kelib tushish sanasi, nomi yoziladi (agar ashyoviy dalillar oʻramga solingan boʻlsa, ularning miqdori va nomlari oʻramni ochish orqali tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin, bu haqda dalolatnoma tuziladi). Bunda har bir narsaga tartib raqami beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ashyoviy dalillar tergovga qadar tekshiruv materialida yoki jinoyat ishi bilan boʻlsa va saqlashga topshirilmasa, shuningdek mazkur Yoʻriqnoma 12-bandining uchinchi xatboshida koʻrsatilgan hollarda hisobga olish kitobida bu haqda belgi qoʻyilib, ashyoviy dalillarni oʻzida saqlayotgan mansabdor shaxsning familiyasi koʻrsatiladi.
(44-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish kitobidan tashqari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshirayotgan organlar rahbarlarining va sudlarning oʻz xohishiga koʻra mazkur obyektlarni hisobga olishning boshqa shakllari (qaydnomalar, kvitansiyalar va hokazo) belgilanishi mumkin.
(44-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
V. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni topshirish
Oldingi tahrirga qarang.
45. Tergovga qadar tekshiruv materialida yoki jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillar ish bir tergovga qadar tekshiruv organidan boshqasiga yoki surishtiruv, dastlabki tergov organiga yoki bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv yoxud dastlabki tergov organiga yoki bir tergovchidan boshqa tergovchiga, shuningdek prokuror yoki sudga yuborilganda yoxud bir suddan boshqa sudga oʻtkazilganda ish bilan birga topshiriladi. Bu haqda har bir topshirilayotgan narsa boʻyicha ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida tegishli yozuv kiritiladi. Belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb eʼtirof etilmagan narsalar jinoyat ishi bilan birga topshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
46. Ashyoviy dalillarni ish bilan birga qabul qilayotgan masʼul xodim hisobga olish kitobida oʻz lavozimi va familiyasini koʻrsatgan holda tushunarli tarzda imzo chekadi, oʻz imzosini tegishli muassasaning shtampi bilan tasdiqlaydi. Barcha ashyoviy dalillar kelib tushish kunida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Sud tomonidan ishga qoʻshilgan ashyoviy dalillarni roʻyxatdan oʻtkazish ajrim chiqarilgan kuni amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Saqlash xonalariga joylashtirilgan, shuningdek ish bilan birga boʻlmagan ashyoviy dalillar va fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida xatlangan narsalar tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi topshirilayotgan organ hisobida turadi, bu haqda ashyoviy dalillar saqlanayotgan joyga xabarnoma yuboriladi hamda hisobga olish daftari va tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi boʻyicha maʼlumot varagʻida ular kimda saqlanayotganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishini oʻtkazishda, u bilan birga yoʻllanadigan ashyoviy dalillar ilova xatda yoki unga ilova qilinayotgan roʻyxatda birma-bir sanab oʻtiladi. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga ilova qilingan maʼlumotnomada ishga doir barcha ashyoviy dalillar, har birining saqlanayotgan joyi koʻrsatilib, birma-bir sanab oʻtilishi lozim.
Ashyoviy dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya xolislar ishtirokida, zarur boʻlganda esa, shuningdek ekspert yoxud mutaxassislar ishtirokida olingan dalillarni koʻzdan kechirib, ularni aloqa xati yoki roʻyxat bilan solishtiradi. Koʻzdan kechirish jarayoni va natijasi haqida bayonnoma tuziladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Ashyoviy dalillar bilan birga tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi yuborilayotgan organning devonxona xodimi, sudning masʼul xodimi, ushbu narsalarni qabul qilayotganda oʻramning va undagi muhrlarning butunligi (saqlanganligi)ni tekshiradi.
Oʻram va muhr buzilgan holda sud kotibi sud raisi (sudya, sudning masʼul xodimi) hozirligida, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining devonxona xodimi uning rahbari yoki oʻrinbosari, shuningdek ish va ashyoviy dalillarni yetkazib bergan shaxs hozirligida oʻramni ochadi hamda unda mavjud boʻlgan narsalarni roʻyxatdagi (xatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining maʼlumotnomasidagi ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi yozuv va ashyoviy dalillarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror bilan solishtiradi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Agar mavjud ashyoviy dalillar roʻyxatdagi (xatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining maʼlumotnomasidagi va ashyoviy dalillarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorning maʼlumotlari bilan toʻgʻri kelsa, ular yana oʻramga joylanadi va muhrlanadi. Oʻramning ochilganligi haqida dalolatnoma tuzilib, ishga tikib qoʻyiladi.
(49-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻram yoki muhr buzilgan hollarda oʻram ochilganda, haqiqatda mavjud ashyoviy dalillar roʻyxatdagi (xatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining maʼlumotnomasidagi va ashyoviy dalillarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorda bu haqda keltirilgan maʼlumotlar bilan toʻgʻri kelmasligi aniqlansa, shuningdek oʻramdagi yozuv (oʻramda mavjud ashyolar roʻyxati) ushbu yozuvlarga toʻgʻri kelmagan hollarda, manfaatdor idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan ushbu nomuvofiqlik sabablari aniqlamagunga qadar, ish qabul qilinmaydi.
(49-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aniqlangan nomuvofiqliklar toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, tegishlicha sudning raisi (sudya), prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov organi boshligʻi (ushbu organlar tergov tarmoqlarining boshligʻi) va devonxona xodimi, shuningdek ishni olib kelgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(49-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Dalolatnoma nusxasi ishni yuborgan organga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Ashyoviy dalil sudda roʻyxatdan oʻtkazilayotganida unga raqam (kitob boʻyicha tartib raqami) beriladi, ashyoviy dalilning kelib tushgan sanasi, nomi, miqdori, u qoʻshib qoʻyilgan ishning raqami, ayblanuvchining (sudlanuvchining) familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi. Ashyoviy dalil roʻyxatdan oʻtkazilgach, uning oʻramiga jinoyat ishi sudda roʻyxatdan oʻtkazilgan raqam qoʻyiladi, shuningdek ashyoviy dalilning raqami koʻrsatiladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
51. Jinoyat ishi va ashyoviy dalillar boshqa sud yoki prokuraturaga topshirilganida har bir topshirilayotgan ashyoviy dalil boʻyicha ashyoviy dalillarni roʻyxatga olish kitobiga tegishli yozuv kiritilishi kerak.
Agar ashyoviy dalillar sudga yuborilmasdan, surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki boshqa muassasada saqlanayotgan boʻlsa, sud kotibi ashyoviy dalillarni roʻyxatga olish kitobiga ular saqlanayotgan joy toʻgʻrisida yozuv kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Jinoyatga oid ish bir tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchidan aynan shu tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organida ishlovchi boshqa tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs, surishtiruvchi yoki tergovchiga topshirilganida, birinchisi topshirishi, ikkinchisi esa ish boʻyicha olib qoʻyilgan barcha narsalarning borligini tekshirib qabul qilib olishi, ashyoviy dalillarni saqlashga javobgar shaxs ishtirokida ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ularni qabul qilganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyishi shart.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish, jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organining qarori, sudning hukmi yoki ajrimida ashyoviy dalillar taqdiri masalasi hal etilishi kerak, bunda:
(53-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxoʻrlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga oʻtkaziladi;
(53-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
muomaladan chiqarilgan narsalar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yoʻq qilib yuboriladi;
hech qanday qimmatga ega boʻlmagan narsalar yoʻq qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin;
jinoyat yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum boʻlib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib berilishi lozim;
jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga oʻtkaziladi, mulkiy zarar koʻrgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga oʻtkaziladi. Ushbu buyumlarning tegishliligi haqidagi nizolar fuqaroviy sud ish yurituvi tartibida hal etilishi lozim;
ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda saqlab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi. Ishdagi hujjatlarni qaytarish masalasi ularning xarakteri va ish uchun ahamiyatiga qarab hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Ashyoviy dalil tariqasida mazkur Yoʻriqnomaning 25 — 27-bandlarida qayd etib oʻtilgan narsalar qoʻshilgan jinoyat ishini qabul qilish vaqtida sud kotibi ishda surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan ushbu ashyoviy dalillar saqlash uchun topshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiyaning mavjudligini tekshiradi. Ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ular haqida saqlanayotgan joyi koʻrsatilgan holda yozuv kiritiladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
55. Mazkur Yoʻriqnomaning 25 — 27-bandlarida sanab oʻtilgan va ishga sud tomonidan ashyoviy dalillar sifatida qoʻshilgan narsalar ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida roʻyxatdan oʻtkazilishi, oʻramga solinishi, muhrlanishi va bir sutka muddat davomida xizmat koʻrsatuvchi bankka yoki javobgar shaxsga saqlash xonasida saqlash uchun topshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Surishtiruv yoki dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror chiqarilayotganida unda toʻxtatilayotgan ish boʻyicha olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanayotgan joyi belgilanadi. Ushbu obyektlar, maxsus saqlashga topshirilishi lozim boʻlmasa, toʻxtatilgan jinoyat ishi surishtiruv yoki dastlabki tergov organida saqlab turilgan vaqt davomida surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan joyda saqlanadi va ish boshqa surishtiruv yoki dastlabki tergov organiga topshirilayotgan vaqtda ish bilan birga topshiriladi.
(56-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Qayerdaligi aniqlanmagan ayblanuvchilarga nisbatan toʻxtatilgan jinoyat ishlari boʻyicha moddiy zararni qoplash maqsadida xatlangan ayblanuvchilarning shaxsiy mol-mulki, ekspertlar tomonidan baholangach, mazkur Yoʻriqnomaning 62-bandiga muvofiq sotilishi mumkin.
VI. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni davlat daromadiga oʻtkazish, yoʻq qilib tashlash va qaytarish
57. Qonuniy kuchga kirgan hukm boʻyicha sud ijro varaqasini yozadi va keyingi kundan kechiktirmasdan uni ijro etish uchun tegishli organga yuboradi.
58. Agar ashyoviy dalillar va boshqa narsalar maxsus saqlashda boʻlsa, ularni saqlash joyiga ushbu obyektlarning keyingi taqdiri koʻrsatilgan hukm, ajrim, qarordan nusxa yoki koʻchirma yuboriladi. Qabul qilingan qaror ashyoviy dalillar saqlanayotgan muassasalarning rahbarlari uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Muomaladan chiqarilgan narsalar (qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, giyohvandlik, psixotrop moddalar va shu kabilar) IIV va DXX organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Radioaktiv materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi instituti yoki litsenziyaga ega boʻlgan boshqa tashkilot tomonidan yoʻq qilinadi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Egalariga qaytarilishi lozim boʻlgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalar ularga tilxat asosida natura shaklida beriladi, tilxat jinoyat ishiga tikib qoʻyiladi va uning navbatdagi varagʻi sifatida raqamlanadi. Bir vaqtning oʻzida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni olib borayotgan organning buxgalteriya hisobi boʻlimi ashyoviy dalillar va boshqa narsalar qaytarilganligi haqida yozma shaklda xabardor qilinadi.
Manfaatdor shaxslar ulardan olib qoʻyilgan narsalarni qaytarib olishlari mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinadi, xabarnomaning nusxasi tergovga qadar tekshiruv materiali yoki jinoyat ishiga tikib qoʻyiladi. Tilxatda oluvchi oʻz pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi maʼlumotlarni va yashash joyini koʻrsatadi. Narsalarning egasi shaxsan kela olmaydigan holatda, ularni uning ishonchnomasi boʻyicha boshqa shaxs olishi mumkin, uning tilxati ham ishga tikib qoʻyiladi. Agar narsalarning egasi muassasa, tashkilot boʻlsa, narsalar ularning vakillariga ishonchnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlganida tilxat orqali topshiriladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
61. Jinoyat ishi noreabilitatsiya asoslari boʻyicha tugatilgan holda, zararni qoplash, olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pul yoxud boshqa narsalarni davlat daromadiga oʻtkazish masalasi jinoyat-protsessual va fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 38-bobi.
62. Ashyoviy dalillar, narsalar va jinoyat qurollarini davlat daromadiga oʻtkazish va ularni yoʻq qilib tashlash Nizomning IV — VII boʻlimlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Orden va medallar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga yoki egalariga beriladi.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
63. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni qaytarish yuzasidan ijro ish yurituvini qoʻzgʻatish haqidagi qaror, shuningdek ularni olish tartibi toʻgʻrisida yozma xabarnoma bir sutka muddat davomida ijro varaqasida koʻrsatilgan shaxsga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritilishi qoʻzgʻatilganidan soʻng, davlat ijrochisi tegishli dalolatnoma tuzadi va uning oʻzi, jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazgan mansabdor shaxs, ushbu narsalarni bergan sudya, shuningdek narsalarni saqlash uchun javobgar shaxs imzo qoʻyadi.
(63-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasida oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs davlat ijrochisiga murojaat qilganida, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilib, unda narsani topshirish joyi va vaqti, topshirilayotgan narsa nomi, shuningdek topshirishda ishtirok etayotgan shaxslar koʻrsatiladi. Narsani olgan shaxsdan tilxat olinadi.
(63-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-oktabrdagi 28-Q, 11-671, 138, 55, 28, 01-02/22-41, 2017-59-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-1 07.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2174-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Narsa topshirilayotganida kamida 2 nafar xolis ishtirok etishi yoki ushbu jarayon videoyozuv orqali qayd etilishi shart.
(63-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijro varaqasida oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs 3 yil davomida davlat ijrochisiga narsani berish toʻgʻrisida murojaat etmagan boʻlsa, davlat ijrochisi bu haqda dalolatnoma tuzadi.
(63-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-oktabrdagi 28-Q, 11-671, 138, 55, 28, 01-02/22-41, 2017-59-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-1 07.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2174-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi narsa talab qilib olinmaganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzganidan soʻng, narsani egasiz deb topish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni hududiyligi boʻyicha fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yuboradi.
(63-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Ijro ishi yuritilishini tamomlashda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Davlat ijrochisining qaror nusxalari u chiqarilgan kuning ertasidan kechiktirmasdan ijro varaqasini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
(64-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-oktabrdagi 28-Q, 11-671, 138, 55, 28, 01-02/22-41, 2017-59-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-1 07.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2174-1/0229-son)
Ijro ishi yuritilishi tamomlanganida, ijro hujjatining asl nusxasi ijro ishi materiallarida qoladi.
65. Ashyoviy dalillar yuzasidan qaror, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgandan soʻng yoki ishni tugatish toʻgʻrisida ajrim, qaror ustidan shikoyat qilish muddati tugagach, ijroga qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
66. Alohida hollarda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi, sud ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmasdan ham olib qoʻyilgan narsalarni egalariga qaytarishi mumkin, agar bu ishni toʻgʻri hal etishga toʻsqinlik qilmaydi deb topilsa.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
67. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad qilingan, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ishi tugatilgan shaxslarga ulardan olib qoʻyilgan narsalarni qaytarish mazkur Yoʻriqnomaning 60-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Qabul qilingan qaror haqida jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga darhol yozma xabarnoma yuboriladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish haqida qaror, hukm (ajrim) chiqarilganidan keyin ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida ashyoviy dalillarga nisbatan qabul qilingan qaror haqida uning mazmuni va sanasi koʻrsatilgan holda belgi qoʻyiladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Jinoyat tarkibi yoʻqligi yoki jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad qilingan yoki jinoyat ishi tugatilgan holda, ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan hujjatlar (adabiy asarlar, arizalar, murojaatlar va boshqalar, shu jumladan mualliflar tomonidan tayyorlanganlari ham) egalariga qaytarilishi shart.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatiga topshirilgan narsalar belgilangan hollarda egalariga natura shaklida qaytarib beriladi, naturada qaytarish yoʻl qoʻyilmaydigan holatlarda esa qonun hujjatlariga muvofiq ularning qiymati qoplanadi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida nizom.
71. Olib qoʻyilgan narsalar (pullar) tilxat orqali reabilitatsiya qilinganlarga yoki JPK 304-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga ular mulkiy zararni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish haqidagi qaror yoki ajrimni olgan kundan boshlab ikki yil davomida qaytarib berilishi mumkin. Zararni qoplash hisobiga toʻlangan mablagʻlar JPK 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi.
Yuqorida koʻrsatilgan muddat tugagach, pullar, shuningdek narsalarni sotishdan olingan mablagʻlar respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
VII. Hujjatlarning garov summalarini egalariga qaytarishga oid qismini ijro etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
72. Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga garov tariqasida qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki qimmatliklarni (keyingi oʻrinlarda garov summasi deb yuritiladi) qaytarish haqida hujjat chiqargan sud ijro varaqasini yozib beradi va 3 sutkadan kechiktirmasdan uni qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining gerbli muhr bilan tasdiqlangan nusxasi va garov summasi qabul qilinganligi haqidagi bank kvitansiyasi nusxasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organiga (keyingi oʻrinlarda Majburiy ijro byurosining hududiy organi deb yuritiladi) yuboradi.
(72-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi 3 sutkadan kechiktirmasdan depozit hisob raqamiga garov tariqasida qoʻyilgan garov summasining qaytarilishi koʻrsatilgan, garov tariqasida ehtiyot chorasini bekor qilish yoki oʻzgartirish (agar bekor qilish yoki oʻzgartirish uni tanlash shart-sharoitlarini buzish bilan bogʻliq boʻlmasa) yoxud jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorning (keyingi oʻrinlarda surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarori deb yuritiladi) gerbli muhr bilan tasdiqlangan nusxasini, garov summasi qabul qilinganligi haqidagi bank kvitansiyasi nusxasi bilan birga Majburiy ijro byurosining hududiy organiga yuboradi. Agar garov summasi uni qaytarish toʻgʻrisida bevosita qaror qabul qilgan surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisob raqamida saqlanayotgan boʻlsa, mazkur Yoʻriqnomaning 75-bandida koʻrsatilgan qoidalar qoʻllaniladi.
(72-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
73. Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgach, bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va bir nusxasini ijro ishi yuritilishi qoʻzgʻatilganidan soʻng bir sutka davomida ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyish uchun yuboradi.
Davlat ijrochisi garov summasi vaqtincha saqlanayotgan organga garov summasini uch kunlik muddat ichida keyingi ijro harakatlarini davom ettirish uchun Majburiy ijro byurosining hududiy organi depozit hisob raqamiga oʻtkazish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. Talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi garov saqlanayotgan organning asosiy hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qoʻyish orqali nizosiz tartibda garov summasini hisobdan chiqarishi shart.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
74. Majburiy ijro byurosining hududiy organi hisob raqamiga garov summasi kelib tushgach, davlat ijrochisi bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 221-moddasiga asosan garov summasini oluvchi shaxsni xabardor qiladi. Ijro hujjatida garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat ijrochisiga garov summasini qaytarish toʻgʻrisida talab qoʻygan kuni davlat ijrochisi tomonidan uning arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga (bank kartasiga) garov summasi oʻtkazib beriladi.
(74-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Garov summasi arizada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga (bank kartasiga) oʻtkazib berilgach, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va uning nusxasi ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish uchun yuboriladi. Ijro hujjati va garov summasi arizada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga (bank kartasiga) oʻtkazib berilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusxasi ijro ishi materiallariga tikiladi.
(74-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Agar ijro hujjatida garov oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxsdan yoki uning qonuniy vakilidan u xabardor qilingan paytdan boshlab uch yil davomida garovni berish haqida talabnoma kelib tushmagan boʻlsa, garov summasi talab qilib olinmaganligi haqida dalolatnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday holatda, davlat ijrochisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda garov summasi talab qilib olinmaganligi haqidagi dalolatnoma, ijro hujjati va boshqa zarur hujjatlarni ilova qilgan holda garov summasini egasiz deb topish toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qiladi.
(74-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
75. Garov tariqasidagi ehtiyot chorasi oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar uning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli roʻy bermagan boʻlsa (shu jumladan, jinoyat ishi tugatilishi yoxud sud qarorining kuchga kirishi munosabati bilan), garov summasi depozit hisob raqamida turgan organ tomonidan ijro hujjati berilmaydi, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining garov summasini qaytarish toʻgʻrisidagi qarori esa ijro qilish uchun mazkur organning moliya tarmogʻiga yuboriladi.
(75-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan bir vaqtda surishtiruv yoki dastlabki tergov organi qarorda garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxsni uni olish joyi va vaqti haqida xabardor qiladi.
(75-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarorida garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs yoki uning qonuniy vakili garov summasini qaytarish toʻgʻrisida talab qoʻygan kuni moliya tarmogʻining masʼul xodimi tomonidan uning arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga (bank kartasiga) garov summasi oʻtkazib beriladi. Garov summasi arizada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga (bank kartasiga) oʻtkazib berilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusxasi jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi.
(75-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarorida garov oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxsdan yoki uning qonuniy vakilidan u xabardor qilingan paytdan boshlab uch yil davomida garovni berish haqida talabnoma kelib tushmagan boʻlsa, garov summasi talab qilib olinmaganligi haqida dalolatnoma tuziladi.
(75-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday holatda, surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda garov summasi talab qilib olinmaganligi haqidagi dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar ilova qilingan holda garov summasini egasiz deb topish toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qilinadi.
(75-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuni.
VIII. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish va saqlash ahvolini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
76. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi, tomonlarning yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini sudga yuborish haqidagi qaror, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror, jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror tasdiqlanganida, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnoma bilan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishi sudga yuborilganida, shuningdek ish boshqa tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki tergov organiga yuborilganida, prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organining rahbari, sud raisi (sudning masʼul xodimi) ish boʻyicha olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni joylashgan joyi koʻrsatilgan hujjatlarning ishda mavjudligini tekshirishi, ularni ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobidagi yozuvlar bilan solishtirishi shart.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
77. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov rahbari, prokuror, sud raisi (sudning masʼul xodimi) 6 oyda kamida bir marta ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanish holati va sharoitlari, mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq ularni qabul qilish, hisobga olish va oʻtkazish boʻyicha hujjatlar yuritilishi toʻgʻriligini tekshirishi shart.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
78. Tekshirish natijalari haqida ashyoviy dalillar va boshqa narsalar uchun maxsus saqlash joylarini jihozlash, ularni saqlash uchun lozim darajadagi sharoitlarni taʼminlash choralarini koʻrishga majbur boʻlgan yuqori turuvchi rahbariyatga yuboriladigan dalolatnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
79. Javobgar shaxs boshqa ishga oʻtganida, ishdan boʻshatilganida tegishli prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi boshligʻi, sud raisi ushbu shaxsga saqlash uchun berilgan, haqiqatda mavjud ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning mazkur obyektlarni olib qoʻyish aks ettirilgan hujjatlardagi yozuvlarga muvofiqligini tekshirish uchun komissiya tayinlaydi. Tekshirish natijalari ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasida aks ettiriladi.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
80. Qoʻyi organlarda oʻtkaziladigan taftishlar va rejali tekshirishlarda ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish hamda saqlash ahvoli majburiy tartibda tekshiriladi, tekshirish natijalari tegishli maʼlumotnomalar va dalolatnomalarda qayd etiladi.
Toʻxtatib qoʻyilgan jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarni saqlash holati alohida qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalar shikastlangan, yoʻqolgan hollarda ularning egalariga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni lozim darajada hisobga olish va saqlash shart-sharoitlari taʼminlanmaganligi, ularning yoʻqolishi, shikastlanishiga olib kelgan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan oqibatlar kelib chiqishida aybdor boʻlgan shaxslarni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
IX. Yakuniy qoida
82. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2010-yil 24-sentabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 24-sentabr
Oldingi tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Ashyoviy dalil va boshqa narsalarni hisobga olish
KITOBI

T/r

Saqlashga kelib tushgan sana

Tergovga qadar tekshiruv materiali, jinoyat ishi raqami, oʻziga nisbatan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining F.I.O.

Olib qoʻyilgan,taqdim etilgan narsalarning nomlanishi, alohida belgilari, raqamlari

Miqdori, summasi

Kelib tushgan narsalar qachon, qayerda kim tomonidan olib qoʻyilgan (qabul qilingan)

Saqlash joyi. Saqlash uchun Masʼulning lavozimi va familiyasi

Ashyoviy dalillar, boshqa narsalar qayerga va qanday asoslarga koʻra yuborilgan

Ashyoviy dalillar, boshqa narsalar qabul qilib olgan shaxsning lavozimi va familiyasi

Qabul qilish sanasi va imzo, muassasa shtampi

Narsalari qaytarilgan shaxsning F.I.O., pasport yoki identifikatsiya ID karta raqami, sana va imzo

1.

2.

3.

...

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Ashyoviy dalil va boshqa narsalarni kelib tushishini va berilishini hisobga olish
KITOBI

T/r

Saqlash uchun kelib tushgan sana

Ashyoviy dalillar, boshqa narsalarning nomlanishi

Miqdori, summasi

Tergovga qadar tekshiruv materiali, jinoyat ishi raqami, oʻziga nisbatan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgan shaxs, gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining F.I.O.

Saqlanishi

Sudning ashyoviy dalillar yuzasidan qarori

Ijrosi

Izoh

Masʼul shaxsning familiyasi koʻrsatilgan haqiqiy saqlash joyi

Qachon, kimga koʻzdan kechirish uchun berilgan va qachon qaytarilgan

Hujjatlar ijro qilish uchun kimga yuborilgan (berilgan)

Ashyoviy dalillar ijro qilish uchun kimga yuborilgan (berilgan)

Sana koʻrsatilgan holda ijro etilganligi toʻgʻrisidagi qayd yozuv

1.

2.

3.

...

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2174-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 529-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2174-1/0229-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)