Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.01.2026
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
buyrug‘i
UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TO‘LASH BO‘YICHA KOMPENSATSIYA PUL TO‘LOVLARINING MEXANIZMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2175]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 12-yanvardagi 319-sonli ““Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2175-9, 19.01.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
1. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-noyabr,
102-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrug‘iga
ILOVA
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya (bundan buyon matnda — kompensatsiya deb yuritiladi) pul to‘lovlarining mexanizmini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
I. Imtiyozli shaxslar toifasi va kompensatsiya pul to‘lovlari miqdorlari
1. Quyidagilar pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanadi:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
a) 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar. Urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1 va 2-ilovalarida belgilangan;
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
v) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;
g) fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;
d) Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;
e) ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
(1-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
j) Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;
z) yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar.
(1-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
11. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslardan tashqari, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
2. Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari deb 1941 — 1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 1-iyuldagi 81-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-5, 12.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/2175-5/3412-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
II. Kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddatlari
3. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari jami daromad tarkibiga kiritiladi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi (bundan buyon matnda — Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) orqali pensiyalar to‘lanadigan tartib va muddatlarda to‘lanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan pensiya oluvchi pensionerlarga kompensatsiyalar pensiyalarni to‘lash muddatlarida pensiya tayinlangan tashkilot orqali to‘lanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
5. Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya uni olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
Bunda, ushbu Nizomning 1-bandi “e” va “z” kichik bandlarida keltirilgan imtiyozli shaxslar tomonidan kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza berilganda, arizaga kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilish talab etilmasdan ushbu shaxslarning kompensatsiya olish huquqi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni o‘tagan, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ro‘yxati asosida aniqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
7. Bir necha asosga ko‘ra kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ularning tanlashi bo‘yicha eng ko‘p miqdordagi bitta kompensatsiya to‘lanadi.
8. Mehnat ta’tilida, ta’lim olish munosabati bilan ta’tilda, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilda bo‘lish vaqti uchun, shuningdek vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri, bola ikki yoshga yetishiga qadar uni parvarish qilish bo‘yicha xodimlar ta’tilda bo‘lgan davr uchun ham kompensatsiyalar to‘lanadi.
9. Oluvchiga tegishli bo‘lgan va uning vafot etishi munosabati bilan to‘liq olinmay qolgan kompensatsiya summasi u vafot etgan kunda birga yashagan oila a’zolariga to‘lanadi. Mazkur holda kompensatsiya vafot etgan kuniga qadar to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
11. Tayinlangan kompensatsiyani to‘lash:
pensiya (nafaqa) to‘lash muddati tamom bo‘lganda;
ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida kompensatsiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot orqali kompensatsiya olinmaganda;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 1-iyuldagi 81-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-5, 12.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/2175-5/3412-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda;
fuqaro ruhiy bemorlar internat uylarida yashaganda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” axborot tizimiga nafaqa oluvchining nafaqa to‘lovi to‘xtatib turilgani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar kelib tushganida;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
kompensatsiyani to‘lashni to‘xtatib turish to‘g‘risida fuqaro tomonidan ariza berilganda to‘xtatib turiladi.
Tayinlangan kompensatsiyani to‘lash qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to‘xtatib turilishi mumkin.
(11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Kompensatsiyani to‘lash fuqaro yoki uning vasiysi tomonidan kompensatsiyani to‘lashni tiklash to‘g‘risida ariza taqdim etilgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgan kundan boshlab tiklanadi.
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
Fuqaroning sud hukmi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lgan vaqti uchun kompensatsiya to‘lanmaydi. Fuqaro ozod bo‘lgandan keyin kompensatsiya to‘lash kompensatsiyani to‘lashni tiklash to‘g‘risida ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
111. Tayinlangan kompensatsiyani to‘lash:
fuqaro vafot etganda;
tayinlangan kompensatsiyaga huquqlar yo‘qolganda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” axborot tizimiga nafaqa oluvchining nafaqa to‘lovi to‘xtatilgani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar kelib tushganida;
(111-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda to‘xtatiladi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 15-oktabrdagi 45-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2175-6, 06.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 10/20/2175-6/1478-son)
13. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga ko‘ra alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Bunda ko‘rsatilgan to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish Pensiya jamg‘armasi hamda uning hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
III. Yakuniy qoidalar
14. Kompensatsiyalarni tayinlash va to‘lash ustidan nazorat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda Pensiya jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
15. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 531-modda; 2011-y., 45-46-son, 485-modda; 2015-y., 1-son, 20-modda, 18-son, 231-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2175-4/0601-son, 12.07.2019-y., 10/19/2175-5/3412-son; 06.11.2020-y., 10/20/2175-6/1478-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son; 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)