|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.11.2010
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA qoʻmitasining
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDIGA OLIB KIRILAYoTGAN TRANSPORT VOSITALARINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 24-dekabrda 1430-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi hududiy davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2156, 19.11.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunini 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. 1997-yil 27-martda 317-raqam bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnoma, unga 1998-yil 23-iyunda 317-1 raqam va 2000-yil 25-avgustda 317-2 raqam bilan kiritilgan oʻzgartirishlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1993-yil 14-oktabrdagi 3-raqam bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtgan buyrugʻini III-boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-noyabr,
9-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-noyabr,
01-02/12-39-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 50-son, 504-modda)