O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrug‘i
OYNA ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH qoidalarini TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2135]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oyna ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-iyul,
140-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 22-iyuldagi 140-B-son buyrug‘iga
ILOVA
Oyna ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar oyna ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar oyna ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
12. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
15. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
16. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
17. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
18. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
19. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
20. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
21. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
22. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
23. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
24. Xodimlar Qurilish materiallari sanoati xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2006, 2009-yil 15-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 38-son, 420-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
5-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
25. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
26. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
27. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
28. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilotda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
40. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
41. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
42. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
43. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
44. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
45. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
9-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
46. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
48. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
49. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
50. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak.
51. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
52. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
53. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
54. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
57. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
10-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
58. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
59. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
60. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
61. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
62. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
63. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
64. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak.
Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
65. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
66. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
67. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
68. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, o‘rtacha og‘ir ishda 17 °C, og‘ir ishda 16 °C dan past bo‘lmasligi lozim.
69. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22 °C dan kam bo‘lmasligi kerak.
70. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(12-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
72. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
73. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
III. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Texnologik jarayonlarga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari
76. Oyna ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
77. Dastgoh va mexanizmlarda operatsiyalarni bajarilish ketma-ketligi texnologik jarayonga muvofiq blokirovka tizimi orqali ta’minlanishi lozim. Avariya paytida tizimda mexanizmlardan bittasi to‘xtasa, bu to‘xtovchi mexanizmdan oldingi hamma dastgoh va mexanizmlarni o‘chirilishi nazarda tutilishi lozim.
78. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar ularning ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi yoritish va tovush signallari tizimi bilan ta’minlanishi kerak. Signal elementlari (qo‘ng‘iroq, sirena, lampa) mexanik shikastlanishdan himoyalangan bo‘lishi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish hududida signalni eshitishi va ko‘rishini ta’minlab joylashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
79. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712 son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
80. Ishlab chiqarish jarayonlarining kechishi atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli standart va normativ hujjatlarda belgilab qo‘yilgan chegaraviy yo‘l qo‘yiluvchi me’yorlardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
81. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz uskunalar, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
82. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
83. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
84. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
85. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
86. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
87. Ventilyatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
88. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
89. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
90. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
3-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashish
91. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hajm o‘lchamlari ishlarni bajaruvchi uskuna pasporti ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
92. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalardagi qurilma va uskunalar ularning qurilishi, sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
93. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
94. Ombor va yuk saqlash maydonchalarida yuklarni ortish-tushirish va og‘ir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
95. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuk ortish-tushirish joyi va transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
96. Yashik va qoplardagi yuklar omborda ag‘anamaydigan qilib ustma-ust taxlangan bo‘lishi lozim. Qo‘lda ortilganda ustma-ust taxlanish balandligi 3 m dan oshmasligi, yuk ko‘tarish mexanizmi yordamida taxlanganda 6 m dan oshmasligi lozim. Yirtilgan va nosoz idishdagi yukni ustma-ust taxlash taqiqlanadi.
97. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari stelajlar oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yo‘lakka qo‘shimcha qo‘llaniladigan transport vositalari o‘lchamlari kengligida yo‘l bo‘lishi lozim.
98. Tabiiy toshning bloklari oralig‘i taxtali qistirmalar bilan shtabellarga taxlanishi va uning balandligi ikki qatordan oshmasligi lozim.
99. Tashkilotlarda majburiy ravishda barcha turdagi chiqindilarning inventarizatsiyasini o‘tkazish tashkil etilishi, chiqindilarning har bir turiga pasportlar ishlab chiqilishi va chiqindilarning insonlarning hayoti va atrof muhit uchun xavflilik darajasi aniqlanishi shart.
100. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
101. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi shart.
4-§. Soda, dala shpati va sulfatni saqlash uchun sig‘imlar
102. Soda, dala shpati va sulfatni saqlash uchun sig‘imlar (siloslar va boshqalar) ortish va bo‘shatish paytida chang tutish uchun moslamalar yordamidan foydalanish lozim. Chang tutish moslamalari ishga yaroqsiz bo‘lganda sig‘imlarni ishlatish man etiladi.
103. Sig‘imlarning tepa qismi GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq to‘silgan bo‘lishi kerak.
104. Sig‘imlar galereyasi truboprovodlaridan o‘tish uchun o‘tish ko‘priklarini o‘rnatilishi GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
105. Sig‘im lyuklarining qopqog‘i zichlikka ega bo‘lishi va qulf bilan berkitilishi lozim. Qulflarning kalitlari sex boshlig‘ida (smena ustasida) bo‘lib, silos ichida ish bajarish uchun ruxsat-naryad rasmiylashtirilgan va tashkilot buyrug‘i bilan mas’ul qilib tayinlangan texnik-muhandis xodimga beriladi.
106. Sig‘im ichiga yuqoridagi teshik orqali ichini ko‘zdan kechirish yoki devorini tozalash, faqat odamlarni ko‘tarish va tushirish uchun mo‘ljallagan yuk ko‘taradigan mashina yordami orqali bajariladi. O‘zi ko‘tariladigan kajavani qo‘llashga ruxsat berilmaydi.
107. Sig‘im ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari qo‘rilishi kerak:
a) sig‘im bilan bog‘liq hamma pnevmo trassalardagi tiqin jo‘mraklari yopilishi va “Tiqin jo‘mraklari ochilmasin — odamlar ishlayapti” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi;
b) sig‘imga tushayotgan xodimlar ish bajarish uchun asboblar, shaxsiy himoya, signalizatsiya va aloqa bog‘lovchi vositalar (signal arqon, gaplashish manbai, radioaloqa) bilan ta’minlanishi;
v) yuk ko‘taradigan mashina, kanat va kajavalar normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
108. Kajavalar o‘tirgich, oyoq uchun tirgovich, to‘siq va asbob saqlash va qotirish anjomlari bilan jihozlangan (cho‘ntaklar, xomutlar va boshqalar) bo‘lishi lozim.
109. Kajava to‘sig‘ining balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi va qo‘shimcha to‘siq planka balandligi 0,6 m bo‘lishi lozim. Kajavani osib qo‘yish vositalari uning to‘nkarilishini oldini olishi lozim.
5-§. Keramika sexlarida yong‘inga chidamli mahsulotlarni ishlab chiqarish
110. Yong‘inga chidamli mahsulotlarni kuydirish pechlari so‘ruvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan alohida xonalarda joylashgan bo‘lishi lozim.
111. Yonma-yon turgan pechlarni gorelkalar orasidagi masofasi 2 m dan, kuydirish pechlari bilan devordan chiqib turgan konstruksiyalar orasidagi masofa esa 3 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
112. Chiqib ketayotgan gazlarning mo‘risini tozalanishi mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
113. Loy pishirish kamerasiga bug‘ni berilishi tashkilotning bosh muhandisi tasdiqlagan grafik bo‘yicha davriy bajariladi. Bug‘ni berishdan oldin har doim kamera ichida xodimlarning yo‘qligi tekshirilishi kerak.
114. Pechdan mahsulotlarni olinishi kameradagi harorat 40 °C dan yuqori bo‘lmaganda bajarilishi lozim.
6-§. Oyna eritish
Oldingi tahrirga qarang.
115. Oyna eritadigan pechlarni vannalari joylashgan xonalari tabiiy ventilyatsiya tizimi bilan SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq jihozlangan bo‘lishi lozim.
(115-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
116. Oyna eritadigan pechlar vannalarining ventilyatsiya jihozlari alohida yoki to‘silgan xonada joylashtirilib, u xonaning kirish joyiga “Begonalar kirishi taqiqlanadi” taqiqlovchi xavfsizlik belgisi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
117. Vannali pechlarga xizmat qiluvchi xodimning ish joylari nurlanishdan himoya qiluvchi ekran bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
118. Havo dushi uchun havoning olinishi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
119. Shixta va parchalangan oynani vannali pechga yuklanishi mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
120. Vannali pechlarni yuklanish cho‘ntaklari aspiratsiya tizimiga ulangan, ekran va yoping‘ich bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
121. Suyuq yoqilg‘idan tabiiy gazga gaz quvurni puflamasdan o‘tish taqiqlanadi.
122. Sexni ko‘rinadigan joyida bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan vanna pechi avariyasini bartaraf etish rejasi osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
123. Pechga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar vannani avariya paytida qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq olgan bo‘lishi lozim.
124. Oynani eritishda bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan yong‘inni bartaraf etish choralari ko‘rilishi lozim.
7-§. Oyna listini tikka cho‘zish usulida ishlab chiqarish
125. Bir ishlab chiqarish xonasida bir nechta oyna listini tikka cho‘zish uskunalari joylashganda, ularning yonidagi isitib turuvchi kameralarning qirralari orasidagi masofa 6 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
126. Oyna listini tikka cho‘zish uskunalarining sindirish maydonidagi oyna siniqlari uchun joylashtirilgan sig‘imlar ovozni izolyatsiya qiluvchi material bilan qoplangan va uch tomondan sig‘imni tepa qirrasidan balandligi 0,8 m dan kam bo‘lmagan yaxlit to‘siqqa ega bo‘lishi lozim.
127. Oyna listini tikka cho‘zish uskunasi elektr quvvatidan avariyaviy o‘chirilganida akkumulyator batareyalaridan avtomatik tarzda yoqilishi lozim.
128. Suv berish to‘xtatilganida oyna listini tikka cho‘zish uskunasi tagidagi kameradan xolodilniklar darhol sug‘urib olinishi lozim.
129. O‘tish ko‘priklarining kengligi 0,8 m dan kam bo‘lmagan yaxlit qoplama bilan jihozlanib, to‘silgan bo‘lishi lozim.
8-§. Oynani kesish
130. Oyna kesish stoliga hajmi 2,8 m2 dan ortiq bo‘lgan oynani ko‘tarib qo‘yish va undan tushirish ishlari mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
131. Elektr yuklagich bilan oynani tashiganda oynani sinishdan saqlash uchun kesish xonalarida va o‘rash sexidagi pollar tekis bo‘lishi lozim.
132. Kesish sexiga keluvchi oynaning harorati 35 °C dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
133. Piramida va konveyerda oynani kesish va sindirib olish taqiqlanadi.
134. Kesish stolidagi oyna siniqlarini qabul qiluvchi sig‘imga yig‘ishdan oldin oynaning katta bo‘laklari kesilgan bo‘lishi kerak.
9-§. Oyna listlarini tashish va joylashtirish
135. Oynani bir sexdan boshqasiga qo‘lda tashish taqiqlanadi.
136. Oyna faqat kabinalarga, stellajlarga va piramidalarga o‘rnatilishi lozim. Oynani yo‘lakka, yo‘l chekkasiga va kolonnalar yoniga qo‘yish taqiqlanadi.
137. Oyna listlarini 10o — 15o burchak ostida o‘rnatish kerak.
138. Stellajlar orasidagi masofa 200 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.
139. Oynani faqat shu ishlarga mo‘ljallangan ish joylariga joylashtirish kerak.
140. Oyna buyumlarini, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarini ko‘chirish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
10-§. Oynali quvurlarni tik cho‘zish usuli bilan ishlab chiqarish
141. Oynali quvurlar va shakldor qismlarni gidravlik tekshirish atrofi to‘silgan maxsus joyda bajarilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
142. Oynali quvurlarni issiqqa chidamliligini tekshirish uchun vannalar issiq suv va oqova suvlar tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(142-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
143. Oynali quvurlarni issiqqa chidamliligini tekshirish vannasi siniq oynani olish uchun to‘rli quti bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
144. Oynali quvurlarni qo‘lda yuvishda vannadagi suvning harorati 250S — 300S bo‘lishi lozim.
145. Uskunadan oyna quvurlarni yechish bo‘limining eng yuqori qavatining balandligi 6,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
146. Yangi loyihalashtirilayotgan va qayta qurilayotgan sexlarda oynali quvurlarni ko‘ndalang kesish va sindirib olish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. Bu operatsiyalarni qo‘lda bajarish faqat ko‘ndalang kesuvchi va sindirib oluvchi uskunani ta’mirlash vaqtida ruxsat etiladi.
11-§. Oyna buyumlariga donalab ishlov berish
147. Oyna buyumlariga quruq usulda ishlov berish va kesish dastgohlari aspiratsiya tizimiga ulangan hamda chang so‘rish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
148. Oyna buyumlariga ho‘l usulda ishlov berilganda dastgohga berilayotgan suvning harorati 250S — 300S gacha isitilgan bo‘lishi lozim.
149. Isitish vositalari oldidagi ish joylari issiqlik tarqalishidan saqlovchi ekran bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
150. Isituvchi va sindiruvchi vosita va uskunalar aspiratsiya tizimiga ulangan yopmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
151. Oyna buyumlarini silliqlash va ularga o‘yma naqsh berish bo‘limlaridagi har bitta ish joyining poliga taxta panjara yotqizilgan bo‘lishi lozim.
152. Agarda oyna buyumlarida darz ketgan joylar yoki boshqa ko‘rinishdagi nuqsonlar aniqlansa, dastgohlarda olmos bilan qirralash va buyumlarga qo‘lda ishlov berish taqiqlanadi.
153. Olmos va charxlash dastgohlarining charx toshlari va olmos bilan qirralash joyi yaxlit temir qoplama bilan to‘silgan bo‘lishi lozim.
154. Oyna buyumlariga rassomlik ishlovi berishda xonalar boshqa xonalardan izolyatsiya qilingan, beruvchi va so‘ruvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
155. Bo‘yoq ishqalash uskunasi beruvchi va so‘ruvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan xonalarga o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
156. Bo‘yoqlarni organik erituvchida eritish so‘rma javonlarda bajarilishi lozim.
12-§. Oyna mahsulotlariga kimyoviy ishlov berish
157. Oyna mahsulotlariga kimyoviy ishlov berish xonalari boshqa xonalardan izolyatsiya qilingan, bu xonalarga kirish yo‘li tambur bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
158. Kislota va ishqorlar qo‘llaniladigan xonalar (oyna mahsulotlarini kimyoviy ishlov berish bo‘limlari, laboratoriyalar) kislota va ishqorlar teriga tekkanda suv bilan yuvib tashlash uchun favvoralar bilan jihozlangan va birinchi yordam berish uchun aptechka bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
159. Pollar har sutkada bir marta ishqorli eritma bilan va smenada kamida ikki marta toza suv bilan yaxshilab yuvilishi lozim.
160. Oyna mahsulotlariga kimyoviy ishlov berish xonalari alohida beruvchi va so‘ruvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
161. Oyna mahsulotlariga kimyoviy ishlov berish xonalari oynani o‘yuvchi va sulfat kislotalarini neytrallovchi qurilma bilan jihozlangan, chiqarib yuborilayotgan havo esa oynani o‘yuvchi va sulfat kislotalari bug‘laridan tozalangan bo‘lishi lozim.
162. Vannalarni kislotalar bilan to‘ldirish sathi bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida nazorat qilinishi lozim.
163. Vanna liq to‘lib, kislotalar toshib ketganida uni ohak, mel yoki soda bilan zudlik bilan zararsizlantirish choralari ko‘rilishi lozim.
164. Oynani o‘yuvchi va sulfat kislotalarni saqlash uchun mo‘ljallangan sig‘imlar zich yopiladigan qopqoqqa ega bo‘lishi kerak.
165. Oyna mahsulotlariga kimyoviy ishlov berish uskunalarining ishga tushirilishi va to‘xtatilishi ovozli va yorug‘li signalizatsiya bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim.
13-§. Oyna tolali shtapel va undan mahsulotlarni ishlab chiqarish
166. Oyna tolali shtapel ishlab chiqarish alohida xonada amalga oshirilishi lozim.
167. Bog‘lovchi eritmalarni tayyorlash bo‘limi beruvchi va so‘ruvchi ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
168. Fenol va karbamid qorishmalarni tayyorlanishi sath o‘lchagich va aralashtiruvchi bilan jihozlangan, qorishmalar tayyorlanadigan xonalarda maxsus sig‘imlar ichida bajarilishi lozim.
169. Polivinilatsetat emulsiyasini dibutilftalat bilan aralashtirilishi umumiy xonalarda joylashgan bog‘lovchi qorishmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan sig‘imlar ichida bajarilishi lozim.
170. Smolalar ishlab chiqarish xonalarida yopiq temir bochkalar yoki bidonlarda saqlanib, bir sutkali g‘amlanmasidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
171. Oyna tolali shtapel ishlab chiqaruvchi hamma texnologik qurilmalarda ovozli va yorug‘lik signalizatsiya bo‘lishi lozim.
172. Oyna sharlarini ishlab chiqarish uchun avtomatga siqilgan havoni berilishi ovozli signal bilan bir vaqtda bo‘lishi lozim.
173. Oyna sharlarini ishlab chiqarish avtomati to‘xtaganida siqilgan havo berish jo‘mragi berkitilgan bo‘lishi kerak.
174. Oyna sharlarini yuvilishi, to‘kilishi va sig‘imlarga taqsimlanishi mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
14-§. Natriy silikatini ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalari
175. Natriy silikatini granulyatsiya qilish uchastkasi hosil bo‘layotgan bug‘ni chiqarib yuborish uchun aspiratsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
176. Natriy silikati transportirovka qilinganida to‘kilmalarni yig‘ish va olish uchun qurilma nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
177. Kovsh konveyerlarini gryanulyatsiya uchun tozalash ishlarini konveyer va oyna bo‘tqasini berish to‘liq to‘xtatilganidan keyin amalga oshirish kerak.
178. Ta’minlovchi kameralarni va to‘kish novlarini ishga yaroqliligi oyma-oy tekshirib turilishi kerak.
179. Natriy silikatini saqlovchi sig‘imlar usti 150 x 150 mm katakli temir panjara bilan yopilgan bo‘lishi lozim.
15-§. Uch qatlamli xavfsiz (tripleks) oynani ishlab chiqarish
180. Uch qatlamli xavfsiz (tripleks) oynani ishlab chiqarishda oyna va polivinilbutiral plyonkani yuvish, ishlov berish va quritish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
181. Polivinilbutiral plyonkaga ishlov berish konveyerlari so‘ruvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
182. Konveyer ishlayotgan vaqtida polivinilbutiral plyonkasini konveyerda tekislash va silliqlash taqiqlanadi.
183. Erituvchilarni (etil spirti, benzol, atseton, solvent) biridan ikkinchisiga quyish yon devorlarining balandligi 50 mm dan kam bo‘lmagan sirlangan temir tagliklarda so‘rma javon ichida bajarilishi kerak.
184. Sexda etil spirti va kislotalarni bir sutkali miqdori tiqini zich yopilgan butillarda saqlanishi kerak. Butilga yopishtirilgan etiketkada reaktivni nomi bilan “Zahar” yozuvi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
185. Avtoklavlarni tuzilishi, qo‘yilishi va ularga xizmat ko‘rsatilishi Avtoklavlarda ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari (ro‘yxat raqami 1913, 2009-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 10-11-son, 116-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
186. Parafinni qo‘llovchi avtoklavlar alohida xonaga o‘rnatilishi kerak.
187. Rezinali qoplar osilgan ko‘chma aravachalar yoki oynali konteynerlar avtoklavning qopqog‘i tagiga ko‘chirilishi va chiqarilishi mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
188. Presslash vaqtida avtoklavni shaxta eshigini ochish va begona shaxslarni uning oldida bo‘lishi taqiqlanadi.
16-§. Tirqishli pechlarda toblangan oynani ishlab chiqarish
189. Issiqni va ishlab chiqarish shovqini tarqalishini oldini olish uchun tirqishli pechlarda toblangan oynani ishlab chiqarish bo‘limi izolyatsiyalangan xonada joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
190. Tirqishli elektr pechlarni yuklash va bo‘shatish tuynugi issiqdan izolyatsiyalangan qopqoq bilan jihozlanib, qopqoqni ochilishi konveyerni harakatlanish vaqtiga to‘g‘ri kelishi kerak.
191. Toblangan oynali karetkani pechga berilishi va chiqarilishi mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
192. Karetkani noxush vaziyatlarda pechdan chiqarilishi issiqlikka izolyatsiyalangan temir dastali ilgak bilan amalga oshirilishi lozim.
193. Har bir oyna listini osishdan oldin qisqichlarni yaxshi ishlashiga ishonch hosil qilish kerak.
194. Tashlanayotgan shar zarbasi bilan oynalarni sinash qurilmasi katak kattaligi 16 x 16 mm dan katta bo‘lmagan temir to‘r to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi lozim.
17-§. Ko‘zguni ishlab chiqarish
195. Ko‘zguni hoshiyalash jarayoni beruvchi va so‘ruvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan alohida xonalarda amalga oshirilishi kerak.
196. Ko‘zguga himoya qoplamani (lokni) berilishi puliverizator bilan aspiratsiya tizimiga ulangan so‘rma javonlarda amalga oshirilishi kerak.
197. Sinish ehtimoli bor nuqsonli ko‘zgularga ishlov berish taqiqlanadi.
198. Konveyer kamerasida ko‘zguni quritish, lampalar yoki cho‘g‘lanma lampalar bilan isitilganda infraqizil, issiqlik va yorug‘lik nurlanishidan xodimlarni himoyalashning xavfsizlik choralari ta’minlanishi lozim.
199. Oyna fatsetasi va qirrasiga ishlov berish ish joylari poliga taxta panjara yotqizilgan bo‘lishi lozim.
200. Ko‘zgularni transport vositasida tashish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
201. Ko‘zguni tashish uchun operatsiyalar oralig‘idagi piramidalar siqib turuvchi kamarlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan umumiy talablar
202. Ishlab chiqarish uskunalarining konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlikning umumiy talablari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar soz holatda bo‘lishi shart.
203. Uskunalarning konstruksiyasida uning tarkibiy qismi bo‘lgan bug‘ o‘tkazgichlar va elektr simlarining bexosdan zararlanish xavfi bartaraf etilgan bo‘lishi kerak.
204. Uskunani moylash tizimida moy sachrashi va to‘kilishini cheklovchi tuzilma bo‘lishi lozim.
205. Uskuna ishlayotganida mexanizmlarni, harakatlanuvchi qismlarni qo‘lda moylash taqiqlanadi.
206. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali, tikanli bo‘lmasligi lozim.
207. Uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari, keltiruvchi, uzatuvchi mexanizmlari uning korpusida joylashgan bo‘lishi kerak.
208. Muhofazalash konstruksiyasi qo‘shimcha shovqin, vibratsiya, xavfli vaziyat yuzaga keltirmasligi va xizmat ko‘rsatishni qiyinlashtirmasligi lozim.
209. Boshqaruv tizimi joylashuvi va konstruksiyasi ishlab chiqarish jihozlarining bevosita va bilvosita harakatga kelishining oldi olinishi lozim.
210. Uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
211. Uskunalarni texnik jihatdan ta’mirlash ishlari tashkilotning foydalanish bo‘yicha qo‘llanmasiga asosan bajariladi.
212. Xavfli joylarda muhofazalash qurilmalari va himoya vositalari bo‘lmagan jihozlarda ishlash taqiqlanadi.
213. Buzilgan jihoz ustiga unda ishlash mumkin emasligini ko‘rsatuvchi ogohlantiruvchi belgi qo‘yilishi lozim. Bundan tashqari qurilmada uni ta’mirlash ishlari tugatilmaguniga qadar ishga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar ko‘rilishi lozim.
2-§. Maydalagichlar (shekali, valikli, konusli, bolg‘ali)
214. Maydalagich mashinalarining boshqarish pultlari kuzatish va masofadan boshqarish kabinalarida joylashishi lozim. Kuzatish va masofadan boshqarish kabinalaridagi ish joylari GOST 12.2.032-78 “Ishlarni o‘tirib bajarishdagi ish o‘rni. Umumiy ergonomik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
215. Maydalagich mashinalari, qabul qilish va transportirovka qurilmalarini boshqarish maydonlarining pultlari ikki tomonlama bog‘lovchi ovozli yoki chiroqli signalizatsiya (elektr qo‘ng‘iroq, miltillovchi elektrlampa) qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
216. Maydalagich mashinalari qabul qilish teshiklari va to‘ldirish mexanizmlariga xizmat ko‘rsatuvchi maydonlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
217. Maydalagich mashinalarining to‘ldirish va bo‘shatish joylari havo tozalovchi aspiratsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
218. Maydalagich mashinalarini to‘ldirish teshiklari material bo‘laklarini otilib ketishidan saqlash uchun temir to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
219. Valikli maydalagich mashinalarining valigi tiqilib qolganda yurgizuvchi avtomatik ravishda o‘chishi lozim.
220. Ta’mirlash ishlarini bajarish uchun maydalagich mashinasi xonasi yuk ko‘tarish mashinalari (kran, tal) bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
221. Maydalagich mashinasi ishlayotganda quyidagilar taqiqlanadi:
xom ashyo bo‘laklarini itarish va olish;
ta’minlovchi va oqimlardagi uyumlarni yo‘qotish;
maydalagich va oqimlarni yopishgan narsalardan tozalash;
ishlayotgan jihozning korpusida bo‘lish;
ta’mirlash va sozlash ishlarini bajarish;
himoya to‘sig‘i va signalizatsiya tizimi yo‘qligida yoki ishlamayotganida ishlash;
valikli maydalagichning ko‘rish oynasini ochish.
3-§. Tegirmonlar
222. Xom ashyoni quruq parchalaydigan tegirmonlar havo tozalash apparatlari orqali aspiratsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
223. Tegirmon oqimini ta’minlovchi patrubka yoki bo‘shatish qoplamasi biriktirilgan joyi ishlab chiqarish xonasiga chang chiqib ketishining oldini olish maqsadida zichlangan bo‘lishi lozim.
224. Tegirmonlar ishlayotganda shovqin darajasini kamaytirish uchun shovqindan himoya qiluvchi effektiv vositalarni qo‘llash lozim.
225. Tegirmon ishga tushayotgani va to‘xtayotgani haqida xizmat ko‘rsatayotganlarni ogohlantirish uchun tovush va chiroqli signallar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
226. Tegirmon xonasida lyuklarning qopqog‘ini ta’mirlash ishlari olib borilganida ochish uchun yuk ko‘tarish qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
227. Tegirmon uskunalarini ishlatish quyidagi ketma-ketlikda blokirovka orqali amalga oshirilishi lozim: chang tutuvchi va aspiratsiya tizimi, tegirmon, bo‘shatish qurilmasi, to‘ldirish qurilmasi.
228. Tegirmonni chang tutish va aspiratsiya tizimi nosoz va o‘chirilganida ishlash taqiqlanadi.
229. Tegirmon ishlayotganida uni ta’mirlash, undan xom ashyolarni olish va tegirmon to‘siqlari orqasiga o‘tish yoki uni yechish taqiqlanadi.
230. Tegirmonni ishlatish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
a) blokirovka yoki signalizatsiya nosoz bo‘lsa;
b) to‘siqlar yechilgan yoki mustahkamlanmagan bo‘lsa;
v) taglik va korpusda yorilgan joy bo‘lsa;
g) bron plitani qotiruvchi boltlar bo‘shaganida yoki yo‘q bo‘lganida;
d) parchalanayotgan material lyuk zichligi orasidan va bolt teshigidan ajralib chiqqanida;
e) aspiratsiya tizimi nosoz bo‘lsa yoki samarali ishlamayotganida.
231. Tegirmon to‘xtaganida ochiladigan lyuklar tepa holatda bo‘lishi lozim. Shar tegirmonlarini maydalovchi jism bilan to‘ldirish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ruxsat naryad bilan amalga oshirilishi lozim.
232. Konteynerlar yopilish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Yopish qurilmalari konstruksiyasi konteynerning o‘z-o‘zidan ochilib ketmasligini ta’minlashi lozim.
233. Shar tegirmoniga maydalanuvchi jism elektromagnit yuklovchi orqali yuklaganida to‘ldiruvchi voronkaning diametri elektromagnit yuklagichning diametridan 0,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
234. Aerobil, shaxta, tebranma-rolikli va purkovchi tegirmonlari korpusining qopqog‘i ochilganida tegirmon yurituvchisi avtomatik tarzda to‘xtaydigan yurituvchi bilan blokirovka qilingan bo‘lishi kerak.
235. Aerobil, shaxta, tebranma-rolikli va purkovchi tegirmonlarning korpusi hamda tegirmonga issiqlik beruvchi havo o‘tkazgichlar issiqdan izolyatsiyalangan bo‘lishi lozim. Tashqi yuzasidagi harorat 450S dan oshmasligi lozim.
236. Maydalovchi jismlarni yuklovchi qurilmalardan (kran, tal) foydalangan holda yuklash kerak.
V. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik talablari
237. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
238. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
239. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rsatilishi lozim.
240. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
241. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim.
242. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
243. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval, ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
244. Ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha maxsus kiyim, poyabzal va saqlovchi moslamalar bilan ta’minlanishi lozim.
245. Og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi kerak.
246. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
247. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
248. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
249. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta to‘shamalarning o‘rnatilishi amaldagi qoidalarning talabiga javob berishi lozim.
250. Havoza va to‘shamalarni o‘rnatishning imkoni bo‘lmasa, xodimlar balandlikda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
251. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan zonadagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi lozim.
252. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
253. Barcha ta’mirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
254. Materiallarning uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
255. Ta’mirlash olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
256. Ta’mirlash tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim.
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
257. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
258. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(258-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII. Yakuniy qoida
259. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zqurilishmateriallari” Aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 9-iyul
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 9-iyul
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2010-yil 9-iyul
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 9-iyul
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i I. XOLMATOV
2010-yil 9-iyul
“O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2010-yil 9-iyul
“O‘zqurilishmateriallari” AK Boshqaruv raisi E. AKRAMOV
2010-yil 9-iyul
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2010-yil 9-iyul
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 33-son, 286-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)