|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.05.2016
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
“QIShLOQ QURILISh INVEST” IXTISOSLAShTIRILGAN INJINIRING KOMPANIYASI VA “QIShLOQ QURILISh INVEST” INJINIRING KOMPANIYASI BILAN TUZILGAN ShARTNOMALAR BO‘YIChA FOYDALANIShGA TAYYoR HOLDA TOPShIRISh ShARTLARI BILAN YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURISh DOIRASIDA ULAR TOMONIDAN AMALGA OShIRILADIGAN IShLAR HAJMLARI BO‘YIChA PUDRAT TAShKILOTLARI TOMONIDAN IMTIYoZLARNI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 16-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2133]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-16, 33 va 01-02/8-25-sonli “Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2792, 26.05.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 7-moddalariga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarida uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 32-33-son, 358-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 38-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-iyul,
2010-28-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-iyul,
54-son
Davlat bojxona qo‘mita raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-iyul,
01-02/8-13-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 20-iyuldagi 2010-28, 54, 01-02/8-13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 32-33-son, 358-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil., 5-son, 38-modda) muvofiq “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilaydi.
I. “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi 2014-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliqlardan hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi va budjetdan tashqari Maktab jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilinadi.
2. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1463-son, 2005-yil 2-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 105-modda) muvofiq bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar hisoblab chiqarilmaydi va mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi.
Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatishni nazarda tutmaydigan soliqlar va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi yuqorida qayd qilingan Nizom bilan tartibga solinadi.
II. ”Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish doirasida amalga oshiriladigan ishlar hajmlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil., 5-son, 38-modda) asosan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish doirasida amalga oshiriladigan ishlar hajmlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari 2014-yil 1-yanvargacha:
soliqlarning barcha turlarini davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilinadi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bundan mustasno;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiyalash vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinadi.
4. Pudrat tashkilotlari tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari faqat “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish doirasida amalga oshiriladigan ishlar hajmlari bo‘yicha qo‘llaniladi.
5. Pudrat tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan bojxona imtiyozlari faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiyalash vositalari bo‘yicha qo‘llaniladi. Bojxona imtiyozlari pudrat tashkiloti “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshirishni tasdiqlovchi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shaklda “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi tomonidan beriladigan ma’lumotnomaga muvofiq taqdim etiladi. Ma’lumotnoma tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimiga o‘tkazish bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etiladi.
6. Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatishni nazarda tutmaydigan soliqlar va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
III. Yakuniy qoidalar
7. Soliq va bojxona imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Mazkur Nizom “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Qishloq qurilish invest” bosh direktori K. XOShIMBEKOV
2010-yil 18-iyul
“Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
| Taqdim etiladi ____________________________________________________ | ||
|
(bojxona rasmiylashtiruvi joyi bo‘yicha hududiy bojxona organi) | ||
|
| ||
| Berildi | | |
Yuridik shaxsning to‘liq nomi |
____________________________________________ ____________________________________________ | |
Yuridik manzili |
____________________________________________ ____________________________________________ | |
STIR |
____________________________________________ | |
| Ushbu pudrat tashkiloti “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan 20___ yil “___” ________ _______-son tuzilgan shartnomasi bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ishlar hajmlarini amalga oshirishini tasdiqlaydi. | ||
Rahbar |
| |
| ____________________/_______________________/ | | |
| M.O‘. | | |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 33-son, 281-modda)