Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.02.2023
 LexUZ sharhi
Sud tomonidan IPKning 177-moddasida nazarda tutilgan barcha masalalarni hal etmaydigan, yuzaki, asoslantirilmagan qarorlarning qabul qilinishi mumkin emas.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari bo‘lmagan taqdirda, sud IPKning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini tatbiq etadi, bordi-yu, bunday normalar ham bo‘lmasa, nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib hal etadi.
5. Sud qarorni bayon etishda IPKning 179-moddasida ko‘rsatilgan ketma-ketlikka (kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlarining mavjudligiga, ularning mazmuniga) rioya qilishi kerak.
6. Ishda uchinchi shaxslar ishtirok etganda sudning qarorlarida IPKning 47 va 48-moddalariga muvofiq nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilgan yoxud arz qilmagan uchinchi shaxsning protsessual maqomi aniq belgilanishi lozim. Shunga bog‘liq holda sud tomonidan qarorning asoslantiruvchi va xulosa qismi shakllantiriladi.
10. IPKning 342-moddasida nazarda tutilgan qaror ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, shuningdek uning ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish imkoniyati, bunga zaruriyat tug‘ilganda, qaror qabul qilinishida ham amalga oshirilishi mumkin.
13. Sudlarga qo‘shimcha qaror chiqarishga IPK 189-moddasining birinchi qismida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yilishi mumkinligi tushuntirilsin.
14. Qarorni IPKning 190-moddasiga muvofiq tushuntirish yoki tuzatish uning noaniqligini yoxud undagi harfiy va hisob-kitobga oid xatoliklarni tuzatishga zarurat bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi.
16. Ushbu Plenum qarorining tushuntirishlari nafaqat birinchi instansiya sudi tomonidan qaror qabul qilishda, balki IPKning 34 va 35-boblarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilishda ham majburiy hisoblanadi. Bunda faqat muayyan sud instansiyasi uchun belgilangan talab aynan shu instansiyada qo‘llaniladi.