O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 19-fevral,
30-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
(birinchi bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) pensiyalar, kompensatsiya to‘lovlarini va boshqa to‘lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning to‘lanishi bo‘yicha o‘rganishni olib borishni, ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlashni amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamg‘arma idoraviy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qarashli hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o‘rinbosariga, Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi raisiga hisob beradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Jamg‘arma o‘z ishlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jamg‘arma tizimiga:
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari;
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari kiradi.
Jamg‘arma ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlarining ta’minoti quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Jamg‘arma ijro etuvchi apparati — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari;
hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo‘limlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jamg‘arma hamda uning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘ladi.
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘ladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Jamg‘armaning asosiy vazifalari va funksiyalari
(ikkinchi bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
7. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni.
pensiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘liq hajmda moliyalashtirish va to‘lanishini tashkil etish, ular bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
tizimli asosda pensiyalar tayinlash va ularni qayta hisoblashning doimiy tahlilini o‘tkazish va o‘rganishni olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga to‘langan mablag‘larni da’volar bo‘yicha aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 24-son, 281-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda — Qonun deb ataladi) 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash uchun mablag‘larni yuridik shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) Jamg‘armaning daromadlari bo‘yicha:
Jamg‘arma ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlardan tushgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda G‘aznachilik deb ataladi) hisobraqamiga jamlaydi hamda pensiyalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni ta’minlaydi. Bunda, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarni respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradi;
har yili manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Jamg‘arma daromadlari tushumlar prognozini ishlab chiqadi;
davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining barqarorligini ta’minlash va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining o‘rtacha va uzoq muddatli prognozlarini tayyorlaydi;
boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek, mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga sarflangan mablag‘larni Qonunga muvofiq aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladi;
Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lashga sarflangan mablag‘larni yuridik shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladi;
ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar tushishi hisobini olib boradi;
b) pensiyalarni tayinlash hamda qayta hisoblab chiqish bo‘yicha:
pensiyalarni tayinlash va qayta hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan arizalar va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, ularni qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiradi;
pensiyalarni tayinlash uchun yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlaydi, ko‘rib chiqadi va tekshiradi;
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlarida pensiyalar tayinlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etadi;
pensionerlarning pensiya ishlarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, pensionerlarga pensiya guvohnomalarini beradi;
pensiyalar tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan taqdim etilgan pensiyalar olish huquqini beradigan hujjatlarning ishonchliligini tekshiradi;
v) pensiyalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarga xarajatlarni amalga oshirish bo‘yicha:
pensiyalarni hisoblab chiqish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi, pensiyani yetkazib berish yuklatilgan tijorat banklari filiallari orqali pensiyalar to‘lash yuzasidan topshiriqlarni rasmiylashtiradi va beradi;
pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot, banklar tomonidan pensiyalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri yetkazib berilishi hamda to‘lanishi yuzasidan doimiy o‘rganishni va nazoratni amalga oshiradi;
tashkilotlarning ishlaydigan 16 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lov, Chernobil halokati oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lovlarini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarga xarajatlarini moliyalashtiradi;
g) fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha:
ommaviy axborot vositalari yordamida respublika aholisini fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha xabardor qiladi;
belgilangan tartibda tayinlangan shaxsiy pensiyalar to‘lanishini tashkil etadi;
imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, imtiyozli pensiyalarni takomillashtirish va tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
pensiya va boshqa to‘lovlarni yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklarida pensiya va boshqa to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha o‘rganishni olib boradi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha zamonaviy nazariy ishlanmalarni va xorijiy tajribani o‘rganadi;
Jamg‘armaning mablag‘larini oluvchilar, pensiyalar tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi axborotni ishlab chiqishda qatnashadi va avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashni joriy etadi;
pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Jamg‘arma vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi;
pensiya ta’minoti masalalari va Jamg‘armaning vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;
d) Jamg‘arma vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha e’tiroz-da’vo ishlari o‘tkazilishini tashkil etadi va amalga oshiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
9. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Jamg‘arma vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
o‘z vakolatlari doirasida Jamg‘armaning vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni va metodik hujjatlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash, shuningdek pensiya ta’minotiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha takliflar kiritish;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Jamg‘arma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Jamg‘arma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish manbalari va tartibi
(uchinchi bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Jamg‘arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
a) ijtimoiy soliq:
belgilangan miqdorlardagi ijtimoiy soliq tushumlari;
jismoniy shaxslar ayrim toifalarining ijtimoiy soliq tushumlari;
b) boshqa to‘lovlar:
Oldingi tahrirga qarang.
boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan Qonunga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi;
(10-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunning 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari;
(10-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunning 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari;
(10-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadning 80 foizi;
hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg‘armasiga hamda Jamg‘arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga undiriladigan summalardan tashqari);
yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilgan xodimga yetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va ixtiyoriy badallar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarni o‘tkazish Jamg‘arma daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir turi bo‘yicha Jamg‘armaning G‘aznachilikdagi tegishli hisob raqamlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi) va hududiy soliq organlari:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
manbalar turlari bo‘yicha Jamg‘armaga ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishi nazorat qilinishini;
manbalar turlari va to‘lovchilar bo‘yicha Jamg‘armaga ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar hisobi yuritilishini;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Jamg‘armaga ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanishini, shuningdek Jamg‘arma bilan o‘zaro hisob-kitoblarning holati tekshirilishini;
qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarni hisoblash tartibi va to‘lash muddatlari buzilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilishini;
har chorakda Jamg‘armaga yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Soliq qo‘mitasi Jamg‘arma bilan axborot almashinuvini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hamkorlikni amalga oshiradi va Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga:
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha vazirliklar, idoralar va hududlar kesimidagi ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar turlari bo‘yicha (boqimanda) qarzdorlik to‘g‘risidagi tezkor hisobotni;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar tomonidan choraklik va yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 25 kun mobaynida ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarni hisoblash to‘g‘risidagi hisobotni vazirliklar, idoralar va hududlar bo‘yicha taqdim etadi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Pensiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish tartibi
(to‘rtinchi bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Jamg‘arma mablag‘lari:
fuqarolarga davlat pensiyalarining barcha turlari;
Oldingi tahrirga qarang.
16 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlar;
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya jamg‘armasi hisobida turuvchi 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan pensiya oluvchilarga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari o‘rniga qo‘shimcha to‘lov;
fuqarolarga pensiya va boshqa to‘lovlarni naqd pul shaklda yetkazib bergani uchun pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga xizmat haqi;
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa xarajatlar uchun sarflanadi.
Boshqa xarajatlar bo‘yicha Jamg‘arma smetasi Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Fuqarolarga pensiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari tomonidan G‘aznachilikning hududiy boshqarmalarida hisob raqamlari ochiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari to‘lov to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha fuqarolarga pensiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hajmini axborot tizim orqali tasdiqlaydi hamda Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim etadi.
Bunda Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari pensiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hajmini Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari tomonidan axborot tizimlari orqali taqdim etilgan qaydnomalar asosida belgilaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘arma xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani;
joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari pensiyalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha 16 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) qo‘shimcha dam olish kunlari uchun va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga mablag‘larni moliyalashtiradi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
19. Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini shakllantirish
(beshinchi bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
21. Kelgusi yilga manbalar va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozlari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
22. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qo‘mitasiga — mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlariga — turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yo‘nalishlarini) yetkazadi.
23. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini bajarish:
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslardan ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan — soliq xizmati organlari tomonidan;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli ravishda sarflash, shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.
24. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga:
har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — hududlar bo‘yicha to‘langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi tezkor axborotni;
tasdiqlangan shakl bo‘yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6-bob. Jamg‘armani boshqarish
(oltinchi bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari tomonidan tasdiqlanadi. Jamg‘arma Kuzatuv kengashining majlislari har yili kamida bir marta o‘tkaziladi. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Majlisni Kuzatuv kengashi raisi, u bo‘lmaganda esa — raisning o‘rinbosari o‘tkazadi. Kuzatuv kengashi majlisi, agar unda kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa huquqiy vakolatli bo‘ladi (kvorumga ega bo‘ladi).
Kuzatuv kengashining qarori uning majlisda qatnashgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi quyidagi vakolatlarga ega:
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek Jamg‘arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Jamg‘arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg‘arma vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qo‘mitasining Jamg‘armaga ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash to‘g‘risidagi axborotini eshitish;
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning ijro etuvchi direktorini, uning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;
(26-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishida samaradorlik va natijadorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Pensiyalar tayinlash bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limi komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;
(26-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish, uni o‘z vaqtida moliyalashtirish va undan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
topshiriqlar va to‘lov qaydnomalari bo‘yicha to‘lanadigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar jo‘natilishi va yetkazib berilishi bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash;
(26-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Jamg‘arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
7-bob. Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish
(yettinchi bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg‘arma Kuzatuv kengashining taqdimnomasi bo‘yicha, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga nomzodlar qonunchilikda belgilangan tartibda ochiq mustaqil tanlov asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining buyrug‘iga muvofiq ishga qabul qilinadi.
Jamg‘arma ijro etuvchi apparatiga nomzodlar (ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan qoidalar bundan mustasno) qonunchilikda belgilangan tartibda ochiq mustaqil tanlov asosida Jamg‘arma ijro etuvchi direktorning buyrug‘iga muvofiq ishga qabul qilinadi.
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari hamda Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i lavozimiga nomzodlar qonunchilikda belgilangan tartibda ochiq mustaqil tanlov asosida Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining buyrug‘iga muvofiq ishga qabul qilinadi.
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda ochiq mustaqil tanlov asosida Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshlig‘i buyrug‘iga muvofiq ishga qabul qilinadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori taqdimnomasiga, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining buyrug‘i asosida lavozimdan ozod etiladi.
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati xodimlari (ushbu Nizomning 28-bandda belgilangan qoidalar bundan mustasno) qonunchilikda belgilangan tartibda Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori tomonidan lavozimidan ozod etiladi.
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari hamda Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar asosida Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori tomonidan lavozimidan ozod etiladi.
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari qonunchilikda belgilangan asosda Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimidan ozod etiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
32. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga hamda Jamg‘arma Kuzatuv kengashining raisiga bo‘ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi.
33. Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori:
Jamg‘arma faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma o‘rtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi;
(33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
belgilangan mehnatga haq to‘lash fondi va xodimlarning soni doirasida ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi va uni tasdiqlaydi, Jamg‘armaning tarkibiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati xodimlarini, Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalarining boshliqlari o‘rinbosarlarini, Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarini rotatsiyasini amalga oshiradi;
(33-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro etuvchi direktor bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari taqsimotiga asosan direktorning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi;
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Jamg‘arma Jamg‘arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini quyidagi manbalar hisobiga shakllantiradi:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan Qonunga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 15 foizi;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarning Jamg‘armaga o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar, penyalar summasining 5 foizi;
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadning 20 foizi;
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi, shuningdek Jamg‘arma mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizom Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8-bob. Jamg‘arma mablag‘larining shakllantirilishi va sarflanishi hisobi yuritilishi uchun javobgarlik
(sakkizinchi bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalari pensiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun nazarda tutilgan Jamg‘arma mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishi, Jamg‘arma mablag‘laridan qat’iy maqsadli foydalanilishi uchun javobgardir.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Pensiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘laydigan tashkilotlar Jamg‘arma mablag‘larining o‘z vaqtida va maqsadli to‘lanishi uchun javobgardir.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda davriy buxgalteriya hisobotlarini taqdim etadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Jamg‘armaga muddatida to‘lanmagan ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarni undirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
9-bob. Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri hisoblanishi, to‘lanishi va sarflanishini nazorat qilish
(tuqqizinchi bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Pensiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lashda Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati va uning hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari, shuningdek tashkilotlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari tomonidan amalga oshiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Pensiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishini, shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari va Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati Ichki audit bo‘limi hamda hududiy boshqarmalari Ichki nazorat, pensiya va boshqa to‘lovlarni tayinlash monitoringi shu’basi tomonidan amalga oshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Pensiyalar kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarning, shuningdek tashkilotlarning ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha xarajatlarining o‘z vaqtida moliyalashtirilishi yuzasidan o‘rganish olib borish Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati va uning hududiy boshqarmalari hamda joylardagi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 8-son, 62-modda, 44-45-son, 387-modda; 2011-y., 25-son, 259-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; 2015-y., 1-son, 4-modda, 13-son, 155-modda; 2016-y., 24-son, 281-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; 26-son, 591-modda, 37-son, 990-modda, 37-son, 997-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 09.07.2019-y., 07/19/566/3396-son, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son; 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)