|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.04.2016
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TO‘LDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 17-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 834-20]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 16, 90, 93 va 94 moddalariga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Rais S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-yanvar,
01-02/12-2-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 6-7-son, 58-modda)