Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
SUGʻURTALOVCHILAR VA SUGʻURTA VOSITACHILARI UCHUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga QARSHI KURASHISH BOʻYICHA ICHKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2036]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026-yil 3-iyundagi 3-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 1-iyundagi 25-sonli “Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3898, 13.07.2026-y.) asosan 2026-yil 15-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-sonli “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 18-son, 147-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
104-son
Departament boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
41-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 104 va 41-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdor — yakuniy holatda mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs va (yoki) manfaati koʻzlangan holda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan shaxs;
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha sugʻurtalovchi va sugʻurta vositachisining faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirish toʻgʻrisida sugʻurtalovchi yoki sugʻurta vositachisiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida mijozlar haqidagi maʼlumotlarni sugʻurtalovchi yoki sugʻurta vositachisi tomonidan aniqlanishi;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganish;
tashkilot — faoliyati litsenziyalanadigan sugʻurtalovchi yoki sugʻurta vositachisi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida tashkilot tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya — tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida uning amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Roʻyxat — maxsus vakolatli davlat organi tomonidan terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxslar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
2. Ichki nazoratning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali ravishda aniqlash va toʻxtatish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
tashkilotning qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda tashkilotning ichki hujjatlariga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3. Ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaxsini oʻrganish boʻyicha mumkin boʻlgan choralarni koʻrish va operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
mazkur Qoidalarning 24-bandi va tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirishda aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida ijro etish;
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlarini va materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini taʼminlash;
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
tashkilot rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun tashkilot xizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;
(3-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
(3-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.
(3-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish maqsadida tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan mazkur Qoidalarga rioya etilishiga masʼul boʻlgan shaxs (bundan keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ichki nazorat tizimi tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari, faoliyatning asosiy yoʻnalishlari, mijozlar bazasi hamda mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq tavakkalchilik xavfi darajasini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Bunda ichki nazorat tizimi tashkilotning ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida joylashgan alohida boʻlinmalarining (shoʻba boʻlinmalar, vakolatxonalar, filiallar, boʻlimlar va boshqalar — ular mavjud boʻlsa) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini ham nazarda tutishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-1. Tashkilot:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki yetarli darajada bajarmaydigan davlatlarda joylashgan oʻzining chet eldagi alohida boʻlinmalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga eʼtibor qaratishi;
(5-1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzining chet eldagi alohida boʻlinmalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchilik hujjatlarida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bosh ofisga axborot berilishini talab qilishga majburdir. Oʻz navbatida, tashkilot bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi;
(51-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining suiisteʼmol qilinishini oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
(5-1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-2. Tashkilotlarning chet eldagi alohida boʻlinmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim. Agar bunday talablar Oʻzbekiston qonunchilik hujjatlari talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi yuqoriroq standartlar qoʻllaniladi.
(5-2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tashkilot oʻz tashkiliy tuzilmasining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda masʼul shaxs boshchilik qiladigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinmani tashkil qilishi yoki belgilashi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Yuqorida koʻrsatilgan boʻlinma tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan mazkur boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom asosida harakat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6-1. Tashkilot boʻlinmalari xodimlarining masʼul shaxs — tarkibiy boʻlinma boshligʻi yoki uning xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
(6-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Masʼul shaxsga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma xodimlariga (boʻlinma mavjud boʻlgan holda) quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
a) masʼul shaxsga — tarkibiy boʻlinma boshligʻiga:
oliy maʼlumotlilik va sugʻurta sohasida rahbarlik lavozimlarida 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishlik, oliy maʼlumot mavjud boʻlmaganda esa — uch yildan kam boʻlmagan bunday ish tajribasiga ega boʻlishlik;
tashkilot ishining oʻziga xos xususiyatini bilishlik;
b) tarkibiy boʻlinma xodimlariga:
oliy maʼlumotlilik va tashkilotda 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega boʻlishlik, oliy maʼlumot mavjud boʻlmaganda esa — tashkilotda uch yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega boʻlishlik;
tashkilot ishining oʻziga xos xususiyatini bilishlik.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tashkilot har yili 10-yanvarga qadar Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga tashkilotdagi masʼul shaxslarning roʻyxatini taqdim etadi va bu roʻyxatdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor etilishini taʼminlaydi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi har yili 20-yanvarga qadar tashkilotlardan olingan roʻyxatlarni maxsus vakolatli davlat organiga beradi va bu roʻyxatlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor etilishini taʼminlaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida masʼul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etish va amalga oshirilishini tashkil etadi;
tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan mijozlarning shubhali operatsiyalari toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan tegishli maʼlumotlarni (materiallar, hujjatlar va boshqalar) yigʻish, rasmiylashtirish, saqlashni amalga oshiradi, ularning maxfiyligini taʼminlaydi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
ichki nazorat qoidalarini va dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda monitoring va nazorat oʻtkazilish davomida tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ichki nazorat tizimini tashkil etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
10. Masʼul shaxs quyidagi huquqlarga ega:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalterlik va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalarida, mahalliy hisoblash va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayl va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha kelgusidagi xatti-harakatlarga oid (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatib turish boʻyicha) takliflarni rahbariyatga kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
11. Masʼul shaxs quyidagilarga majbur:
ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish boʻyicha mavjud boʻlgan choralarni amalga oshirish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalar, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq boʻlgan operatsiyalarni gʻayrioddiy amalga oshirish sxemalari boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etishi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha oʻquv tadbirlarida qatnashish va oʻquv tadbirlarida olingan maʼlumotlarni tashkilot xodimlariga yetkazish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
olingan maʼlumotning maxfiyligiga rioya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul shaxslar zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(11-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
111. Masʼul shaxs lavozimiga tayinlangan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchiligini hamda xalqaro standartlarni bilishi lozim.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Qoidalarning 9, 10 va 11-bandlarining talablari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma (u mavjud boʻlgan taqdirda) xodimlariga ham qoʻllaniladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Masʼul shaxsni oʻqitish va malakasini oshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan birgalikda oʻtkaziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oʻqitish quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan tanishish;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini oʻrganish;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
masʼul shaxs jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish muammolariga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbir (shuningdek, xalqaro)larda ishtirok etish (imkoniyat darajasida).
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oʻqitish muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
14. Tashkilotning qolgan xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish masʼul shaxs tomonidan oʻtkaziladi.
Oʻqitish mansab vazifalaridan kelib chiqqan holda, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan xodimlarni tanishtirish;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini oʻrganish;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar.
Tashkilot tomonidan ichki nazorat qoidalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy sharti bu — mazkur jarayonda har bir xodim oʻz vakolati doirasida qatnashishi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda oʻqitish oʻtkaziladi.
Oʻqitish muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tashkilot har yili 1-fevralga qadar Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga oʻzining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Tashkilotlar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari lozim:
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi;
mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari;
zarur axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish tartibi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga qoʻyiladigan malaka talablari;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish hamda bunday shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan operatsiyalarni monitoring qilish tartibi;
maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida ijro etish tartibini;
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
16. Tashkilot mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni quyidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni oʻrnatishda amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
shaxsiy sugʻurta qilish yoki birgalikda sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, sugʻurtalangan shaxsni, foyda oluvchini, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiya amalga oshirish kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
qayta sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni;
sugʻurta qilish yoki qayta sugʻurta qilish boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishuv, agentlik kelishuvi, tashkilot faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan mablagʻlarni joylashtirish (qoʻyish) toʻgʻrisida shartnoma va boshqa xoʻjalik yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzishda — mijozni, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, agar mijoz Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmasa, unda mijoz hududida joylashgan (roʻyxatdan oʻtgan) davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etishi haqidagi maʼlumotni aniqlash lozim boʻladi.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Mijozlarni lozim darajada tekshirishni oʻtkazish uchun quyidagilar ham asos boʻlishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida ekanligiga har qanday shubhaning mavjudligi;
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarni haqiqiy va toʻgʻri ekanligiga shubhaning mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgan paytda amalda boʻlgan shartnomalar asosida tashkilot bilan fuqarolik — huquqiy munosabatlarda boʻlgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16-1. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha tashkilotlar tomonidan koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
mijozning va u tegishli hujjatlar asosida qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.
(16-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash imkoni boʻlmasa, takshilot mijozning rahbarini identifikatsiyalashi lozim.
Tashkilot mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha mazkur bandda koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilot rahbari (oʻrinbosari) ruxsati bilan kirishish (yoki davom ettirish);
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim.
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, tashkilot mijoz bilan ish munosabatlariga kirishni rad etishi va (yoki) mavjudlarini toʻxtatishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborishi shart.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlgan mijozga mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor boʻlishi mumkin boʻlgan hollarda, ushbu mijozga nisbatan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
162. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan, shuningdek tavakkalchiliklarning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs boʻlganda tashkilotlar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari lozim.
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
163. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olinishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablagʻlari manbasi haqida maʼlumot olish;
sugʻurta shartnomasini yoki avval tuzilgan sugʻurta shartnomalarini tuzish sabablari toʻgʻrisida maʼlumot olish;
tuzilgan sugʻurta shartnomalari tahlili orqali, mijoz bilan ish munosabatlari monitoringini oʻtkazish.
(162-163-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 18-martdagi 25, 7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-2, 06.04.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 14-son, 172-modda)
17. Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar mijoz tomonidan taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Mijozni tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga imkon beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanaga haqiqiy boʻlishi lozim.
18. Mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Benefitsiar mulkdorni aniqlash uchun tashkilot mijoz boshqa shaxs nomidan harakat qilayotganligini aniqlashga majbur va shundan keyin mijoz qaysi shaxs nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsni identifikatsiyalash va lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ular tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart. Bunda naf oluvchini yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash boʻyicha choralar sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilishidan avval koʻrilishi shart.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
19. Mijoz operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan bir yoki bir necha marta murojaat qilganida, tashkilot quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha mijozni yoki foyda oluvchini identifikatsiyalash;
ushbu mijozning avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, oʻrganib chiqish;
operatsiya turini hamda uning mijoz — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida belgilangan faoliyat maqsadlariga muvofiqlilik darajasini aniqlash;
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi mijoz — jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyat maqsadi va turiga muvofiqlilik darajasini aniqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar) asosida amalga oshiriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Agar mijoz — jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda tashkilot uning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, agar mijoz-yuridik shaxs nomidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxs ish koʻrayotgan boʻlsa, tashkilot bunday jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha ham maʼlumotlarni olishi lozim.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
211. Tashkilot mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishi lozim:
mijozning taʼsischilari (jamiyat aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyxatga olingan miqdoriga.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
22. Tashkilot mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz toʻgʻrisida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning avvalgi tashkilot bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish;
mijozning ishchanlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish orqali tekshirish huquqiga ega.
Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan identifikatsiyalash va boshqa maʼlumotlar tashkilot tomonidan yilida kamida bir marta yangilanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
22-1. Mijoz va (yoki) mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda tashkilot olingan maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va tashkilotga taqdim qilinadigan Roʻyxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart.
(22-1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
22-2. Mijozni va (yoki) benefitsiar mulkdorni qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi, agar ushbu mijoz va (yoki) benefitsiar mulkdor mazkur Qoidalarga muvofiq tashkilot tomonidan avval indentifikatsiyalangan boʻlsa.
(22-2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan— OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22-3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.
(22-3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan— OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tashkilot quyidagi hollarda mijozga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
mijozning boshqaruv organi yoki mijozning nomidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish koʻrayotgan shaxsning oʻzi joylashgan yeri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz-jismoniy shaxsning oʻzining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi (pasport yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlariga muvofiq) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shak-shubhasiz notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkilot tomonidan soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
mijoz va (yoki) benefitsiar mulkdorni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni yakunlash imkoni boʻlmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda bunday operatsiyalar shubhali deb tan olinadi va tashkilot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ular haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
(23-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 29-dekabrdagi 34-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq shubhali operatsiyalar haqidagi xabar va unga ilova qilinadigan maʼlumotlarning namunaviy shakli hamda hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3419, 2023-yil 7-fevral).
Oldingi tahrirga qarang.
III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
231. Tashkilot mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalar amalga oshirilishida tavakkalchilik darajasini (keyingi oʻrinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
(231-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalarini hisobga olgan holda masʼul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishi lozim.
(231-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
232. Tashkilot avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoki Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;
(232-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
(232-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardagi manzilga toʻgʻri kelmaydigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan yuridik shaxslar;
muntazam ravishda (uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar;
(232-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
masʼul shaxsda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
233. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, tashkilot zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Tashkilot barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari haqidagi maʼlumot tashkilot rahbariyatiga taqdim qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
234. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishi kerak. Bu maqsadlarda tashkilot:
(234-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Tashkilot bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishi lozim.
(III1 bob Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 18-martdagi 25, 7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-2, 06.04.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 14-son, 172-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
235. Tashkilotning chet eldagi alohida boʻlinmalari (mavjud boʻlganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talbalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qoʻllashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilot oʻzining chet eldagi boʻlinmalaridan ular joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, tashkilotlarning bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida tashkilot bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
(235-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi shart.
(235-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
IV. Shubhali operatsiyalarni aniqlash mezonlari va tartibi
24. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya quyidagi holatlarda shubhali deb topilishi mumkin:
amaliyotga asosan soʻralayotgan maʼlumotlarni mijoz tomonidan taqdim etilishi asossiz ravishda rad etilsa, shu jumladan, oʻzining ishonch bildiruvchisi toʻgʻrisida (agar mijoz yuridik yoki jismoniy shaxsning vakili sifatida ish olib borsa), shuningdek amalga oshirilayotgan operatsiyaning maxfiyligi masalalari boʻyicha mijoz ortiqcha tashvishlansa;
mijozning xizmat koʻrsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek, mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif etilishi;
agarda mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmasa, mijoz faoliyatining xususiyatiga toʻgʻri kelmasa va tavakkalchilik xavfini sugʻurta qilish maqsadlariga ega boʻlmasa;
mijozning bekor qilingan bitim boʻyicha olishi lozim boʻlgan summalarni uchinchi shaxslarga, shuningdek, norezident bank hisobiga qaytarishni taklif etishi;
mijoz tomonidan operatsiyaga (bitimga) tashkilot faoliyatining odatdagi amaliyotiga toʻgʻri kelmaydigan qoʻshimcha va oʻzgartishlarning kiritilishi;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uni amalga oshirilishidan oldin koʻproq, ayniqsa, pul mablagʻlari harakati yoʻnalishiga taalluqli oʻzgartirishlarning kiritilishi;
mijoz tomonidan operatsiyani vakil (vositachi) orqali amalga oshirish haqida topshiriq berilishi, agar vakil (vositachi) topshiriqni tashkilot bilan toʻgʻridan-toʻgʻri (shaxsiy) aloqa oʻrnatmasdan amalga oshirayotgan boʻlsa;
koʻrsatilgan bogʻlanish maʼlumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal maʼlumotlari boʻyicha mijoz bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatining mavjud emasligi;
mijoz kontragentlarini aniqlashning imkoni yoʻqligi;
yuridik va jismoniy shaxs bilan tuzilgan amaldagi hayotni sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti miqdorini mos ravishda oshirish bilan birga sugʻurta puli miqdorini sezilarli darajada (2 barobardan ortiq) oshirish boʻyicha mijozning taklifi;
sugʻurta qildiruvchi, sugʻurtalangan shaxs, foyda oluvchining almashtirilishi munosabati bilan sugʻurta shartnomasiga tez-tez oʻzgartishlarning kiritilishi;
mijoz tomonidan uchinchi shaxs foydasiga besh yilgacha muddatga ikki va undan ortiq hayotni sugʻurta qilish shartnomalarining davriy tuzilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 18-martdagi 25, 7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-2, 06.04.2015-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 14-son, 172-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdoridagi naqd pul mablagʻlarini bir marta yoki qismlarga boʻlib tashkilotning kassasiga mijoz tomonidan topshirilishi hisobidan umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobaridan kam boʻlmagan bir necha operatsiyalarning bajarilishi;
(24-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
pul mablagʻlarining xorijga anonim (raqamli) hisobga (jamgʻarmaga) oʻtkazilishi va pul mablagʻlarining xorijdan anonim (raqamli) hisobdan (jamgʻarmadan) kelib tushishi;
mijoz tomonidan ixtiyoriy sugʻurta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilinishida sugʻurta mukofotining qaytarilishi, agar pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlmagan kredit tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
bitta sugʻurta qildiruvchiga yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutadagi summada sugʻurta qoplamalari yoki sugʻurta pulining toʻlanishi;
bitta sugʻurta vositachisiga yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutadagi summada komission toʻlovlarning toʻlanishi;
(24-bandning oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida roʻyxatdan oʻtgan xorijiy sugʻurtalovchilardan (qayta sugʻurtalovchilardan) qayta sugʻurta qilish boʻyicha komissiyalar va tantyemalarning olinishi.
(24-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
25. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obroʻsi, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatib turiladi va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk ishga solmay toʻxtatib qoʻyiladi va maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinadi, agarda:
agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
operatsiya qatnashchisi — yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Operatsiyani toʻxtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyilgan, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
261. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
27. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, masʼul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish haqida;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi haqida;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabar operatsiya shubhali deb topilgan vaqtdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq tashkilot tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
29. Har bir shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumot masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va elektron koʻrinishda yuritiluvchi maxsus jurnalga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tashkilot tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni maxsus vakolatli davlat organiga kechiktirmay topshirishlari zarur.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
301. Ichki qoidalar bilan gumonli va shubhali operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.
(301-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
30-1. Tashkilot ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni har bir operatsiya boʻyicha, jumladan lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha shubhali deb tan olinmagan operatsiyalar boʻyicha talab qilib oladi va yigʻadi.
30-2. Tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari, faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda, hamda mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar asosida ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantiradi.
30-3. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo boʻlgan taqdirda, tashkilot tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
30-4. Lozim darajada tekshirish jarayonida olingan barcha maʼlumotlar va hujjatlar tashkilotning mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun ochiq boʻlishi lozim.
30-5. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
30-6. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar, mijoz bilan 1 yildan ortiq muddatga amaliy ish munosabatlari oʻrnatilgan hollarda har yili, shuningdek mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki u bilan oʻrnatilgan amaliy ish munosabatlari xarakteri oʻzgarishi bilan yangilanib borilishi lozim.
(30-1, 30-2, 30-3, 30-4, 30-5 va 30-6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan— OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
operatsiya turi va uni amalga oshirish asoslari;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
operatsiyani topshirigʻi boʻyicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya boʻyicha foyda oluvchi va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tashkilot pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shu jumladan ish yozishmalari, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlarini va materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar mobaynida saqlashi shart.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydi, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emas.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Tashkilot oʻz xodimlari tomonidan ichki nazorat boʻyicha vazifalarni bajarish jarayonida olingan axborotning eʼlon qilinmasligini yoxud shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
331. Masʼul shaxsning faoliyatida ishlatilgan barcha hujjatlar (ichki nazoratni oʻtkazishga taalluqli yozishmalar, shu jumladan, maxsus vakolatli davlat organiga yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, maxsus jurnallar va boshqalar)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
332. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul shaxs tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(331-332-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 18-martdagi 25, 7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-2, 06.04.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 14-son, 172-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
333. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi tashkilot tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
(333-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilot tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
341. Tashkilotlar ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, tashkilotning ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini taʼminlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Tashkilotida ichki audit xizmati mavjud boʻlganda, ichki nazorat tizimining faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 243-moddasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 494-modda; 2010-y., 22-son, 176-modda; 2015-y., 14-son, 172-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)