1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
Qarori
PARLAMENT SOʻROVINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2026-yil 30-martdagi 1885-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi qaror qiladi :
1. Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2008-yil 26-avgust,
854-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 26-avgustdagi 854–I-sonli Qaroriga ILOVA
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), shuningdek Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xoʻjalik sudining raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yoʻllangan parlament soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
4. Parlament soʻrovi loyihasida adresat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, adresatning qisqacha nomi, parlament soʻrovining mohiyati va unga asos boʻlgan sabablar koʻrsatilishi kerak (1-ilova).
5. Parlament soʻrovi loyihasiga Qonunchilik palatasining tegishli qarori loyihasi ilova qilinadi (2-ilova).
6. Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi va tegishli qarori loyihalari palataning ularni tayyorlagan deputati, deputatlar birlashmasi yoki qoʻmitasi tomonidan Qonunchilik palatasi Devoniga kiritiladi, kelib tushgan parlament soʻrovi va palata qarori loyihalari bu yerda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
7. Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi va tegishli qarori loyihalari oʻrganish hamda xulosa berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan Qonunchilik palatasining masʼul (soha boʻyicha) qoʻmitasiga ularni koʻrib chiqish muddati koʻrsatilgan holda topshiriladi.
8. Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasi Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan belgilangan muddat ichida Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi va qarori loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qay darajada mosligini hamda bu loyihalarni kiritishning qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Reglamenti va ushbu Tartibda belgilangan tartib-taomillariga qay darajada rioya etilganligini aniqlab, bu haqda yozma xulosa beradi.
9. Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi va qarori loyihalari yuzasidan yozma xulosa berishdan oldin Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga doir qarori loyihasini Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boʻlimida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
10. Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boʻlimi Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasidan olingan Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga doir qarori loyihasi yuzasidan huquqiy ekspertiza oʻtkazadi va uch ish kunigacha boʻlgan muddatda yozma xulosa beradi.
11. Qonunchilik palatasi masʼul qoʻmitasining parlament soʻrovi loyihasini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish uchun qabul qilish mumkinligi yoki uni tashabbuskorga (Qonunchilik palatasining deputatiga, deputatlar birlashmasiga yoki qoʻmitasiga) qaytarish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosasi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan belgilangan muddat tugaguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etiladi.
12. Qonunchilik palatasining Kengashi Qonunchilik palatasi masʼul qoʻmitasining xulosasi asosida parlament soʻrovi loyihasini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida yoki uni tashabbuskorga qaytarish haqida qaror qabul qiladi.
13. Qonunchilik palatasining majlisida parlament soʻrovi loyihasi boʻyicha muhokama, qoida tariqasida, parlament soʻrovi tashabbuskorining maʼruzasidan boshlanadi, zarur boʻlgan hollarda esa, masʼul qoʻmitaning fikri eshitiladi.
14. Tashabbuskorning maʼruzasi tugaganidan soʻng deputatlar birlashmalarining vakillari parlament soʻrovi loyihasining mohiyati boʻyicha soʻzga chiqishlari mumkin.
15. Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
16. Qonunchilik palatasi parlament soʻrovi yuzasidan qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay parlament soʻrovining matni bilan birgalikda davlat hokimiyati boshqaruvi organlarining tegishli mansabdor shaxsiga yuboriladi.
17. Parlament soʻrovi boʻyicha Qonunchilik palatasi qarorini parlament soʻrovining matni bilan birga joʻnatish Qonunchilik palatasi Devonining Umumiy boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
18. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga javobni parlament soʻrovi olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay Qonunchilik palatasining majlisida ogʻzaki yoki yozma shaklda beradilar.
19. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga muvofiq parlament soʻrovi boʻyicha axborot Qonunchilik palatasining majlisida Qonunchilik palatasi deputatlari va deputatlar birlashmalari tomonidan muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi muhokama yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
Agar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining axboroti davlat sirlarini oʻz ichiga olishi mumkin boʻlsa, muhokama yopiq majlisda oʻtkaziladi.
Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibiga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining