Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING
buyrug‘i
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI GUVOHNOMALARINI BERISH VA AVIATSIYA XODIMLARINING TURLARI” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AVIATSIYA QOIDALARIGA (O‘R AQ-61) O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 26-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1349-4]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (O‘ZR AQ-61) tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 26-martdagi 49-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (O‘RAQ-61) (2004-yil 7-may, ro‘yxat raqami 1349 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 18-son, 212-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 26-son, 308-modda)