|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Uzoq muddatli omonatlar hajmini ko‘paytirish va naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish (2009-yilda bank depozitlari hajmini kamida 50 foizga oshirish) | ||||
|
1. |
2009-yilda quyidagilar bo‘yicha minimal foiz stavkalari darajasini o‘rnatish: yuridik shaxslarning 6 oydan ortiq muddatli depozitlariga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda; aholining 1 yildan ortiq muddatli depozitlariga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan 150 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda ; jismoniy shaxslarning plastik kartalaridagi mablag‘larga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda. |
Respublika bank kengashining qarori |
2009-yil 1-maygacha |
Markaziy bank, tijorat banklari |
|
2. |
Bank muassasalari tarmoqlarini yanada kengaytirish: 2009-yilda qo‘shimcha ravishda 340 ta yangi mini banklar va kassalar ochish, shu jumladan 250 ta — qishloq joylarda, ularning umumiy sonini 3900 taga yetkazgan holda, xususan, 2300 ta — qishloq joylarda; |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2009-yil davomida |
Markaziy bank, tijorat banklari, Banklar assotsiatsiyasi |
|
2009 — 2015-yillar mobaynida aholisi soni 500 tadan ko‘p bo‘lgan barcha aholi punktlarida mini-banklar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlagan holda qishloq joylarda mini-banklar tizimini kengaytirish; |
Tijorat banklari kengashlari qarorlari |
Jadvalga muvofiq | ||
|
Mini-banklar va jamg‘arma kassalar zarur hollarda ishdan tashqari vaqtda (18:00 dan 21:00 gacha) va dam olish kunlari faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash. |
Normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish |
2009-yil 1-iyungacha | ||
|
3. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun egasining nomi yozilgan uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) omonat jamg‘armalarini joriy etish: ota-onalar tomonidan bolalar uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda foizlarni qo‘shib hisoblagan holda egasining nomi yozilgan omonat jamg‘armalarni ochish hamda bola 16 yoshga to‘lganda omonatni qaytarib olish sharti bilan ularni kapitallashtirish; bolalar uchun omonat jamg‘armasini ochgan jismoniy shaxslar — ota-onalarga ular tomonidan kredit summasining kamida 25 foizi miqdorda omonat jamg‘arilgan taqdirda imtiyozli ta’lim kreditini olishga ustunlik huquqini berish. |
Banklar kengashlarining qarori |
2009-yil 1-iyul |
Tijorat banklari |
|
4. |
Yangidan tashkil etilgan “Qishloq qurilish bank” ATBda quyidagilarni nazarda tutuvchi uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatli) qurilish-uy-joy omonat jamg‘armasini joriy qilish: jismoniy shaxs tomonidan Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda foizlarni qo‘shib hisoblagan holda uy-joy qurish uchun maqsadli omonat jamg‘armalarini ochishni; maqsadli omonat jamg‘armani ochgan jismoniy shaxsga omonatchi tomonidan kredit summasining kamida 25 foizi jamg‘arilgan taqdirda, uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditni olishga ustunlik huquqini berish. |
“Qishloq qurilish bank” ATB Kengashi qarori |
2009-yil 1-iyul |
“Qishloq qurilish bank” ATB |
|
5. |
Xalq banki tomonidan quyidagi shartlarda tarqatiladigan maqsadli pul-buyum yutuqli lotereyalarni chiqarish: yutuq fondi chiqarilgan lotereyalar hajmining kamida 70 foizi; yutuq sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning iste’mol tovarlarini o‘ynash; Xalq banki tomonidan ta’sis etish orqali aholi o‘rtasida tarqatish. |
Xalq banki Kengashi qarori |
2009-yil 1-iyulgacha |
Xalq banki, Moliya vazirligi |
|
6. |
Xalq banki huzurida jismoniy shaxslar uchun amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalarining tezkorligi, ishonchliligi va qulayligini ta’minlaydigan plastik kartalarda foydalangan holda “Uz-to‘1ov” milliy to‘lov tizimini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2009-yil 1-iyulgacha |
Xalq banki |
|
7. |
Aholi uchun qo‘yish muddati yakuniga yetgandan so‘ng qo‘shimcha bonus foizlari to‘lanadigan yutuqli omonatlarning yangi turlarini joriy qilish: milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha — yillik 20 foizgacha; chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yicha — yillik 10 foizgacha, shuningdek, “VIZA”, “Master-kard” xalqaro valyuta plastik kartalarini bepul taqdim qilish. |
Tijorat banklari kengashlari qarori |
Doimiy |
Tijorat banklari |
|
8. |
Banklar tomonidan omonatchilarga ularning talabnomasiga ko‘ra bir chet el valyutasini boshqasiga naqd pulsiz almashtirib berish xizmatini taqdim qilgan holda turli valyutadagi (dollar, yevro, funt steriling) omonatlarni joriy qilish. |
Tijorat banklari kengashlari qarori |
2009-yil 1-maygacha |
Tijorat banklari |
|
9. |
Tijorat bankining har bir filialida kamida bir shtat birligida plastik kartochkalar bo‘yicha mutaxassis shtatini joriy etish va uning asosiy majburiyatlari etib quyidagilarni belgilash: savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida to‘lovlarni qabul qilish terminallarining uzluksiz ishlashini monitoring qilish; savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarining plastik kartalar bo‘yicha ularning hisob-raqamiga tushgan savdo tushumlarini o‘z vaqtida o‘tkazib berilishini nazorat qilish; mijozlarga plastik kartalarni ishlatish masalalari yuzasidan maslahatlar berish va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etishni tashkil qilish; to‘lov terminallarini o‘rnatish yuzasidan savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlarini topish va ular bilan muzokaralar o‘tkazish. |
Tijorat banklari boshqaruvlari qarori |
2009-yil 1-iyulgacha |
Tijorat banklari |
|
10. |
Hisob egalariga real vaqt rejimida mobil va elektron aloqa tizimlari (Internet va “SMS” — banking) orqali bank hisob-raqamlarini boshqarish va ma’lumot olish imkonini beruvchi zamonaviy dasturiy mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish. |
Chora-tadbirlar |
Doimiy |
Tijorat banklari, O‘zAAA |
|
II. Plastik kartalar orqali to‘lovlarni qabul qilish terminallarini qo‘llashni yanada kengaytirish va chakana savdoning huquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||
|
11. |
Tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarning foiz stavkasi bo‘yicha aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 80 foizidan oshmaydigan miqdorda va kelgusida ularni naqd pul tushumida qaytarish sharti bilan kreditlar berish. |
Tijorat banklari kengashlari qarori |
Doimiy |
Tijorat banklari |
|
12. |
2009-yilda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida 12,5 mingta terminal o‘rnatish va ularning umumiy sonini 40 ming donaga yetkazish orqali plastik kartalardan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish terminallari tarmog‘ini yanada kengaytirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2009-yil davomida |
Tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Muomaladagi plastik kartalar miqdorini 5 mln donaga yetkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2009-yil davomida |
Tijorat banklari |
|
14. |
Aholi zich joylashgan tumanlarga supermarketlar va univermaglarni joylashtirish orqali ularning tarmog‘ini kengaytirish hamda ularda plastik kartalar orqali to‘lovlarni qabul qilish terminallarini qo‘llashni majburiy qilish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2009-yil 1-maygacha |
Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
15. |
Ishlab chiqarilishi faqat yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan iste’mol tovarlari va xizmatlari ro‘yxatini tartibga solish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2009-yil 1-iyulgacha |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi |
|
III. Uzoq muddatli omonatlarni jalb qilishni rag‘batlantirish va bank xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha reklama tadbirlari | ||||
|
16. |
Ommaviy axborot vositalarida banklarda omonatlarni joylashtirishning jozibador shartlari to‘g‘risida keng yoritish, jumladan: depozitlarga joylashtirilgan mablag‘larning to‘liq qaytarilishi davlat tomonidan ta’minlanishi; tijorat banklaridagi omonatlardan olingan daromadlar hamda tijorat banklari aksiyalari bo‘yicha dividendlar soliqqa tortishdan ozod qilinishi; depozit muddati yakunlangach omonatchining birinchi talabi bilan depozit summasi naqd pulda, shu jumladan xorijiy valyutada to‘lab berilishi. |
Reklama tadbirlari, maqolalar, ko‘rsatuvlar |
Doimiy |
Tijorat banklari, O‘zMTRK, Matbuot va axborot agentligi |
|
17. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 31-oktabrdagi “Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-994-son qaroriga muvofiq tijorat banklarining aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha faoliyatini yanada rag‘batlantirish. |
Chora-tadbirlar |
Har yili |
Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari |
|
18. |
Hamkorlikni kengaytirish, bank xizmatlarining yangi turlari va yo‘nalishlarini joriy qilish maqsadida aholi o‘rtasida doimiy ravishda so‘rovnomalar o‘tkazish, joylarda davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish. |
Chora-tadbirlar |
Har yili |
Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank |
|
19. |
Bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar, omonatlar turlari va foiz stavkalari, aholi va kichik biznes subyektlariga plastik kartalar va boshqa xizmatlar bo‘yicha taqdim etilayotgan sharoitlar to‘g‘risida har oyda axborotlar e’lon qilib borish. |
Chora-tadbirlar |
Har yili |
Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank |
|
20. |
Respublikaning hududlarida “Biznes uchun omonatlar va kreditlar” mavzusida ko‘rgazma-seminarlar o‘tkazish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga bepul maslahatlar va ma’lumotlar taqdim qilish. |
Seminarlar o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlash |
2009-yil 1-maygacha |
Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank, SSP, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
21. |
Savdo va servis korxonalari, kommunal xo‘jaliklar, boshqa korxonalar va muassasalar rahbarlari ishtirokida tovarlar va xizmatlarni xarid qilishda plastik kartalardan foydalanish hamda oylik maoshlarni unga o‘tkazishdagi mavjud imtiyozlar va afzalliklarni tushuntirish maqsadida turkum seminarlar o‘tkazish. |
Seminarlar o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlash |
2009-yil II chorak |
Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank, SSP, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |