Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Qarori
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 31-martda 1932-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 10-yanvardagi 7, 2, 2017/09-17, 2018-03, 01-02/8-2-sonli “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1932-2, 16.01.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-martdagi “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ–1050-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 5-son, 37-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
32-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
69-son
Tashqi iqtisodiyot aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.
2009-yil 10-mart,
EG-02/10-1559-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
2009-16-son
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
01-02/8-5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 10-mart 32, 69, EG-01/10-1559, 2009-16, 01-02/8-5-son qaroriga
ILOVA
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-martdagi “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ–1050-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 5-son, 37-modda) muvofiq nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-son “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar jumlasiga sotuv umumiy hajmida ushbu tovarlarni ishlab chiqarishdan tushum ulushi hisobot davri yakunlari boʻyicha kamida 60 foizni tashkil etadigan korxonalar kiradi. Ushbu korxonalarga quyidagi koʻrinishdagi soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalar beriladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 2-iyundagi 41, 70, 19, 2014-22, 01-02/8-06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1932-1, 13.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 301-modda)
a) quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
yuridik shaxslardan olinadigan mulk soligʻi;
mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi;
mahsulot realizatsiyasi hajmidan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va materiallarni bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruv yigʻimlaridan tashqari).
b) nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini oʻzi uchun ishlab chiqarishda zarur boʻlgan xomashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab, bojxona toʻlovlarini toʻlashni (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 60 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirish.
Kechiktirib toʻlash Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan import qilishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan xomashyo va materiallar roʻyxatiga kiritilmagan xomashyo, materiallar va furnituralarga beriladi.
2. Ushbu Nizomning 1-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan imtiyozlar (bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlardan tashqari) berilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlar, korxonalar tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalashga, rekonstruksiya qilishga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va materiallarni sotib olishga, kiritilgan investitsiyalarni, shu jumladan kreditlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 2-iyundagi 41, 70, 19, 2014-22, 01-02/8-06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1932-1, 13.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 301-modda)
Taqdim etilgan imtiyozlar natijasida boʻshagan mablagʻlar maqsadga muvofiq foydalanilmagan taqdirda, bu mablagʻlar oʻrnatilgan tartibda penya hisoblangan holda budjetga toʻliq oʻtkaziladi.
3. Korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi, ularni taqdim etish natijasida boʻshagan mablagʻlardan foydalanish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2005-yil 2-aprel, roʻyxat raqami 1463 - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
II. IMTIYOZLAR VA PREFERENIYALARNI QOʻLLASh TARTIBI
4. Soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar korxonalarga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan arizaga asosan taqdim etiladi.
5. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) olib kirilayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimiga oʻtkazish bojxona rasmiylashtiruvi paytida taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 2-iyundagi 41, 70, 19, 2014-22, 01-02/8-06-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1932-1, 13.06.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 301-modda)
6. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashga ruxsat olish uchun (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) korxonalar tomonidan bojxona organlariga Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatini uzaytirish va kechiktirish boʻyicha Yoʻriqnomaga (1999-yil 8-aprel, roʻyxat raqami 697 — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 4-son) muvofiq hujjatlar taqdim etiladi, bundan xizmat koʻrsatuvchi bankning depozit hisobvaragʻida mablagʻlar yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma mustasno.
7. Imtiyoz berilgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga haqiqatda ixtisoslashganligini tasdiqlash uchun imtiyozlardan foydalangan korxonalar yil yakunlari boʻyicha soliq hisoboti bilan birga davlat soliq xizmati organlariga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq Maʼlumotnoma hisob-kitobni taqdim etadi.
8. Agar hisobot yili yakunlari boʻyicha korxona taqdim etilgan Maʼlumotnoma hisob-kitobga asosan imtiyoz berish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasa (imtiyozlar berilgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona boʻlib hisoblanmaganda) soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, ularni oʻrnatilgan tartibda penya hisoblangan holda, budjetga toʻlanishi boʻyicha majburiyatlar tiklanib bekor qilinadi.
Korxonalar imtiyozlardan foydalanish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari 10 ish kuni ichida aniqlangan faktlar toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda avval toʻlanmagan bojxona toʻlovlari undirish choralarini koʻrish uchun davlat bojxona xizmati organlarini xabardor qiladi.
III. YAKUNIY QOIDA
9. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalari beriladigan tovar guruhlarining roʻyxati

Tovar guruhi‎

Imtiyoz qoʻllaniladigan tovarlar nomi‎

I. Tayyor ip -gazlama matolari (chit va satindan tashqari)

Astarbop mato‎

Tik matosi‎

Koʻylakbop, shu jumladan aralashma toladan‎

Koʻylakbop mato (ayollar)‎

Flanel, bumazeya (Pahmoq, bumazey)‎

Jinsi matosi‎

Sochiqbop gazlama (vafel)‎

Sochiqbop gazlama (pahmoqli) ‎

Diagonal gazlamasi‎

II. Tayyor aralashma matolar‎

Aralashmali gazlamalarning barcha turlari‎

III. Tayyor shoyi (atlasdan tashqari) matolar

Krep shifon gazlamasi‎

Krep jorjet gazlamasi‎

Krepdeshin‎

Alpak‎

Pardabop‎

Astarbop‎

Baxmal‎

IV. Poyabzal va uni ishlab chiqarish uchun materiallar

Bolalar poyabzali‎

Ayollar poyabzali‎

Erkaklar poyabzali‎

Sport poyabzali‎

Gusarbop poyabzal‎

Poliuretan, rezina va polivinilxloriddan poyabzalning tag charmlari‎

Poyabzal qoliplari‎

Poyabzal yelimi‎

Poyabzal mixlari‎

Supinator va furnitura ‎

Charmkarton‎

Tabiiy charm‎

Sunʼiy charm‎

Rezinali poyabzal (kalishlardan tashqari)‎

V. Tayyor tikuvchilik buyumlari, tayyor ‎kiyimlar (tikuvchilik, trikotaj va charm ‎buyumlari)
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Yostiqlar

‎Matratslar

‎Adyollar

‎Choyshab

‎Koʻrpa-toʻshak komplektlari (choyshablar, koʻrpajildlar, yostiq jildlari)

‎Sochiqlar

‎Turli xil gʻiloflar

‎Pardalar

‎Darpardalar

‎Partyerlar

‎Dasturxonlar

‎Salfetkalar

‎Tentlar

‎Turli xil chodirlar

‎Uxlash uchun qoplar

‎Pledlar

‎Konvertlar

‎Ayollar koʻylagi

‎Pidjaklar ‎
‎Xalatlar ‎
‎Bluzkalar va koftalar ‎
‎Yubkalar ‎
‎Plashlar ‎
‎Kostyumlar ‎
‎Erkaklar koʻylagi ‎
‎Kurtkalar ‎
‎Shimlar ‎
‎Palto va yarimpalto ‎
‎Milliy kiyimlar ‎
‎Tungi koʻylaklar ‎
‎Ishchi va maxsus kiyim ‎
Vetrovkalar ‎
‎Ch‎aqaloqlar uchun kiyim ‎
‎Maktab formasi ‎
‎Turli xil fartuklar ‎
‎R‎oʻmollar ‎
‎Shorti ‎
‎T‎rusik ‎
‎Sport kostyumlari, shimi va trikosi ‎
‎Turli xil qoʻlqoplar ‎
‎Bolonkalar ‎
‎Bushlatlar ‎
‎Kitellar ‎
‎Xomiladorlar uchun kiyim ‎
‎Jiletlar ‎
‎Jaketlar ‎
‎Sarafanlar ‎
‎Pijama ‎
‎Ichki kiyim (kalson va rubaxa) ‎
‎Bolero ‎
‎Kapri ‎
‎Tunika ‎
‎Syurtuk ‎
‎Shorti yu�ka‎
‎Pelerina ‎
‎Sultankalar ‎
‎Bridji ‎
‎Kapyushonli va kapyushonsiz jempyerlar‎
‎Maykalar ‎
‎Kombinezonlar va yarim kombinezonlar ‎
‎Fufaykalar ‎
‎Futbolkalar ‎
‎Bodalar ‎
‎Polzunkalar ‎
‎Vodolazkalar ‎
‎Svityerlar ‎
‎Pulovyerlar ‎
‎Pantalonlar ‎
‎Reytuzalar ‎
‎Trikotaj toʻqilgan qoʻlqoplar ‎
‎‎Changʻichilar kostyumi‎
‎Varejka va qalpoqlar ‎
‎“Polo” erkaklar koʻylagi ‎
‎“Polo” ayollar koʻylagi ‎
‎Penyuarlar ‎
‎Kombinatsiyalar ‎
‎Choʻmilish kostyumlari ‎
‎Plavkalar ‎
‎Legenslar ‎

VI. Bosh kiyimlar (milliy bosh kiyimlardan tashqari)‎

Shlyapalar, beretalar, qalpoqlar, kepkalar, telpaklar‎

VII. Paypoq buyumlari

Kolgotkalar‎

Bolalar va ayollar uzun paypoqlari‎

Paypoqlar‎

Golfilar‎

Getra‎

VIII. Toʻqimachilik ‎attorlik buyumlari Metrli lentalar, rezinali proderjka, har xil tesma, baxrama-popuklar‎

‎Turli bosh kiyimlar (roʻmollar)

‎Sharflar

‎Dastroʻmollar

‎Boʻyinbogʻlar

‎Korset mahsulotlari

‎Tyul-ga?din anjomlari, krujeva (bezak toʻrlar)

‎Tekstil shnurlari

‎Oshxona matolari (dasturxonlar, salfetkalar)

‎Uchburchak roʻmollar‎
‎Manjetlar‎
‎Yoqalar
‎Dorojkalar‎
‎Yopinchiqlar‎
‎Choyshab‎
‎Darpardalar‎
‎Gilamchalar‎
‎Zontlar va zontlar uchun gʻiloflar‎
‎Matodan ishlangan abajurlar‎
‎Sumkalar‎
‎Gamaklar va setkalar‎
‎Lentalar ‎
‎Rezina shnurlar ‎
‎Bogʻichlar‎
‎Arqonlar‎
‎Kanat arqonlar ‎
Shpagat‎

IX. Metall attorlik buyumlari‎‏
‎‏
‎‏

Qaychilar‎

Tikuv buyumlari uchun furnitura (tugmachalar, zamoklar, zanjirsimon yopqichlar, zastejkalar, toʻqalar, toʻgʻnogʻichlar va bezaklar, knopkalar, ilmoqlar)‎

Koʻzoynaklar, opravalar hamda optik va quyoshdan himoya qiluvchi koʻzoynaklar uchun gʻiloflar‎

Spitsalar, toʻqishda foydalaniladigan ilmoqlar, toʻgʻnogʻichlar, shpilkalar, zajimlar, ignalar‎

X. Plastmassa attorlik buyumlari‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

Tish щetkalari‎

Kiyim щetkalari‎

Taroqlar, zakolkalar‎

Oyna buyumlari‎

Tikuv buyumlari uchun furnitura (tugmachalar, zamoklar, zanjirsimon yopqichlar, zastejkalar, toʻqalar, toʻgʻnogʻichlar va bezaklar, knopkalar, ilmoqlar)‎

Koʻzoynaklar, opravalar hamda optik va quyoshdan himoya qiluvchi koʻzoynaklar uchun gʻiloflar‎

Spitsalar, toʻqishda foydalaniladigan ilmoqlar, toʻgʻnogʻichlar, shpilkalar, zajimlar, ignalar‎

XI.Charm attorlik buyumlari‎

Ayollar, erkaklar, oʻquvchilar sumkalari‎

Sport tovarlari (qoʻlqoplar, qoplar, grushalar, shlemlar, lapalar, kurash gilamlari, tatami, toʻrlar, ryukzaklar)‎

Har xil toʻplar, tibbiyot toʻplari‎

Ishbilarmonlar sumkalari (keyslar, diplomatlar, portfellar)‎

Qoʻlqoplar‎

Jomadonlar, yoʻl (xoʻjalik) va sport sumkalari‎

Kamarlar, charm attorlik anjomlari, palatkalar‎

Mayda attorlik buyumlari (futlyarlar, gʻiloflar, portmone, hamyonlar)‎

XII. Parfyumeriya-kosmetika tovarlari, sanitariya va shaxsiy gigiyena tovarlari‎‏

Dezodorantlar, odekolonlar, duxi, gellar, losonlar, vazelin‎

Erkak va ayollar kosmetikasi‎

Kremlar (qoʻl, yuz,oyoq uchun, soqol olingandan soʻng ishlatiladigan)‎

Tualet sovuni, jumladan suyuq sovun‎

Shampunlar‎

Tish pastasi‎

Bolalar tagliklari‎

Ayollar gigiyena tagliklari‎

Hasharotlarga qarshi vosita‎

Sanitariya-gigiyena yuvish vositalari‎ (idishlar va oyna yuvish uchun vositalar, vanna xonalar (kafel, vanna, unitaz) uchun tozalash vositalari, kir yuvish kukuni, oqartirish vositalari, xoʻjalik sovuni)

Nam salfetkalar‎

XIII. Metall idishlar va oshxona anjomlari

Qoshiq, sanchqi va pichoqlar‎

Kastryulka, tova, choynaklar, kofe choynaklar, bidonlar, metall togʻoralar (emallanganlardan tashqari)‎

Metall va polimer oshxona anjomlari va ularning naborlari ‎

Hammomlar va hojatxonalar uchun metall va polimer naborlar‎

Chinni idishlar (choynaklar, taryelkalar, piyolalar, laganlar, chinni servizlar)‎

XIV. Elektr yoritish jihozlari

Qandillar, lampalar va yoritgichlar (xrustal va sanoat uchun moʻljallanganlardan tashqari)‎

XV. Mebel uchun furnitura‎

Mebel uchun furnitura (metall, polimer), shu jumladan oshiq-moshiq va sharnirlar ‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 2-iyundagi 41, 70, 19, 2014-22, 01-02/8-06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1932-1, 13.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 301-modda)
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
‎‎___________________________________________________________________

(bojxona rasmiylashtiruv joyi boʻyicha hududiy bojxona organi)

yoki

______________________________________________________________ga taqdim etiladi.
‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)
‎‎

ARIZA

‎‎___________________________________________________________________
‎(korxonaning toʻliq nomi)‎

___________________________________________________________________
‎___________________________________________manzili boʻyicha joylashgan‎
1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ‎‎
‎‎guvohnoma
2. Tashkil etilgan sanasi ‎‎
‎‎(kun/oy/yil)
3. STIR ‎‎
4. XXTUT ‎‎
5. Telefon: kod

nomer‎‎‎

‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________

(chiqarilayotgan mahsulot nomi)

ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona ekanligini bildiradi.
‎‎
Imtiyozni qoʻllash uchun asos ___________________________________________

normativ hujjatning nomi


Ushbu maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligini tasdiqlayman

Rahbar
STIR ‎‎‎
F. I. Sh. ‎‎____________________
Imzo ‎‎____________________
Bosh buxgalter ‎‎
STIR ‎‎‎
‎‎‎F. I. Sh. ‎‎____________________
Imzo ____________________‎
Sana (kk/oo/yy)


‎M.Oʻ.‎

Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
___________________________________________________ga taqdim etiladi.

‎‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

___________________________________________________________________
(korxonaning toʻliq nomi)


___________________________________________________________________

____________________________________________manzil boʻyicha joylashgan‎
1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ‎‎
‎‎guvohnoma
2. Tashkil etilgan sana ‎‎
3. STIR ‎‎
4. XXTUT ‎‎
5. Telefon: kod

nomer‎‎‎

______________yil uchun
‎Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA – HISOB-KITOB

Imtiyozni qoʻllash uchun asos___________________________________________

________________________(normativ hujjatning nomi)

‎‎ ‎‎‎

ming soʻm

Mahsulot turi

Summa

Umumiy ishlab chiqarish hajmida % hisobida

Ishlab chiqarish hajmi (QQS va aksizsiz haqiqatdagi narxlarda), jami
shu jumladan
ulardan imtiyoz taqdim etilgan mahsulot


‎Ushbu maʼlumotlarning ishonchliligi
‎va toʻliqligini tasdiqlayman

Rahbar
STIR ‎‎‎
F. I. Sh. ‎‎____________________
Imzo ‎‎____________________
Bosh buxgalter ‎‎
STIR ‎‎‎
F. I. Sh. ‎‎____________________
Imzo ____________________‎
Sana (kk/oo/yy)‎‎‎


‎M.Oʻ.‎

Yillik moliyaviy hisobot bilan birga taqdim etiladi
‎‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 167-modda; 2014-y., 24-son, 301-modda)