|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.04.2016
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
DAVLAT FOYDASIGA VOZ KEChISh BOJXONA REJIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 4-noyabrda 695-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 38-moddasiga asosan qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 1999-yil 17-martdagi 02/12-48-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 695, 1999-yil 8-aprel — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 4-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 16-oktabr,
01-02/8-54-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 44-45-son, 449-modda)