Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AYRIM FANLAR CHUQUR OʻRGANILADIGAN DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTAʼLIM MUASSASALARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan quyidagi turlari belgilansin:
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar;
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son)
3. Quyidagilar ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalari ixtisoslashtirilgan sinflarining, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
oʻquvchilarning davlat taʼlim standartlari talablaridan oshadigan chuqur taʼlim tayyorgarligini taʼminlash;
oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
professional taʼlim dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik oʻzlashtirish uchun asos yaratish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
uch oy muddatda gimnaziyalar, litseylar, litsey-internatlar, maktablar, maktab-internatlar, ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan sinflarning moddiy-texnika bazasini va taʼlim faoliyati samaradorligini, tegishli pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligini kompleks xatlovdan oʻtkazsinlar va uning yakunlari boʻyicha ularning faoliyatini toʻxtatish yoki ularda faqat zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlgandagina, sonini ancha qisqartirgan holda, ularning negizida tegishli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari tashkil etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilsinlar;
moddiy-texnik bazaning quvvatini hisobga olib ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish kvotasini belgilasinlar;
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy pedagogik metodikalar va texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi uch oy muddatda:
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni;
Futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni;
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining namunaviy oʻquv rejalari, dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
6. Belgilansinki, ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda bolalar ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻqiganligi uchun belgilangan toʻlovdan tushadigan tushumlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
homiylik (begʻaraz) mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari ishini takomillashtirish uchun budjetdan tashqari manbalar va homiylik (begʻaraz) yordami hisobiga qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlarni jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
8. Belgilab qoʻyilsinki, ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda ustamalar qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
20 foiz — ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida oʻqituvchilarga chuqur oʻrganiladigan fanlar boʻyicha amalda oʻtkazilgan darslar uchun, shuningdek ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda pedagog xodimlarga, shu jumladan tarbiyachilar yordamchilariga;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
20 foiz — ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquv jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan direktorlar, ularning oʻrinbosarlari va psixologlarga;
40 foiz — ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan direktorlar, ularning oʻrinbosarlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
2021-yil 1-sentabrdan boshlab 50 foiz — matematika, kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan boʻyicha direktor oʻrinbosari) hamda tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilariga (bunda mazkur bandning ikkinchi-toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan ustamalar ushbu rahbar kadrlar va tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilariga tatbiq etilmaydi).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin hamda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
10. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston — Turkiya litseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 27-maydagi 255-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 21-noyabrdagi 440-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 11-son, 44-modda) va qarorga 2-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston — Turkiya litseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 27-maydagi 255-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 1998-yil 8-maydagi 196-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-avgust,
173-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (keyingi oʻrinlarda “ixtisoslashtirilgan sinf” deb ataladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlar (keyingi oʻrinlarda “ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari taʼlim jarayonini umumiy oʻrta taʼlim davlat standartlariga va ayrim fanlarni chuqur oʻrganish boʻyicha qoʻshimcha taʼlim dasturlariga muvofiq amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(II bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
III. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari
20. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
umumiy oʻrta taʼlimning chuqurlashtirilgan fanlari boʻyicha oʻquvchilarning davlat taʼlim standartlari talablaridan oshadigan chuqur taʼlim tayyorgarligini taʼminlash;
oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
professional dastur taʼlimlarini ongli tanlash va keyinchalik oʻzlashtirish uchun asos yaratish.
21. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
respublika aholisining bolalarni ixtisoslashtirilgan chuqur oʻqitishga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash;
oʻquvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda umumiy va ixtisoslashtirilgan shaxsga yoʻnaltirilgan oʻqitishning taʼlim dasturlarini amalga oshirish;
oʻquvchilarning iqtidori va kamol topishi dinamikasining psixologik-pedagogik diagnostikasini amalga oshirish;
taʼlimning uzviyligi va uzluksizligi asosida intensiv intellektual rivojlantirishni, chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirilgan oʻqitishni taʼminlash;
asosiy va qoʻshimcha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va ular integratsiyasini amalga oshirish, loyihadagi oʻqitishga oʻtgan holda taʼlim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish;
taʼlim jarayoniga innovatsiya, pedagogika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquvchilarning maʼlumoti darajasi oshishiga, samarali tayyorlanishiga, oliy taʼlim muassasalariga kirishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
oʻquvchilarning respublika va xalqaro seminarlar, konferensiyalar, festivallar va boshqa intellektual-ijodiy tadbirlarda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
iqtidor va isteʼdodni aniqlash hamda kamol toptirish boʻyicha oʻquvchilarni fanlar olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash;
oʻquvchilarning ilmiy guruhlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
IV. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
22. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, oʻqitishning qancha davom etishi va muddatlari oʻquv rejalari, dasturlar, kalendar oʻquv jadvali, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tegishli normativ hujjatlari va umumtaʼlim muassasasining ustavi bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Taʼlim jarayoni ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarda 5 — 11-sinflarning maxsus oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha tashkil etiladi.
Oʻquvchilarni 1-sinfdan boshlab oʻqishga qabul qiladigan umumtaʼlim muassasalarida fanlarni chuqur oʻrganish 5-sinfdan boshlanadi.
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquv-tarbiya jarayoni 7 — 11-sinflar doirasida maxsus oʻquv rejalari va dasturlar boʻyicha tashkil etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. 5 — 11-sinflarda oʻquv-tarbiya jarayoni ixtisosli fanlarning asosiy kursining chuqurlashtirilgan mazmuni oʻrganilishini va ularning amaliy yoʻnaltirilganligi kuchaytirilishini, shuningdek oʻquvchilar shaxsi, ularning mayllari, manfaatlari va ijtimoiy jihatdan oʻzlarini belgilashga qobiliyatlari qaror topishi va shakllanishining shart-sharoitlarini taʼminlaydi. Bunda oʻquvchilarning individual xususiyatlari va isteʼdodi namoyon boʻlishi va rivojlanishi dinamikasi oʻrganiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
26. Taʼlimning mazmuni mayllar va shakllangan manfaatlar hisobga olingan holda kasb-hunar taʼlimi dasturlarini, bilimlarning alohida sohalarini ongli ravishda tanlash va oʻzlashtirishga tayyor boʻlgan har tomonlama intellektli, tadqiqot mehnati koʻnikmalariga ega boʻlgan shaxsni shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
27. Taʼlim jarayoni shaxsga yoʻnaltirilgan yoʻnalishga ega boʻladi, oʻquv-tarbiya jarayonining har xil turlariga anʼanaviy va noanʼanaviy yondashish birga qoʻshib olib boriladigan oʻqitish va tarbiyalashning ixcham shakllarining keng doirasiga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
29. Ixtisoslashtirilgan sinflarda oʻquvchilar soni 30 kishidan ortiq boʻlmasligi kerak.
30. Laboratoriya ishlari va amaliy ishlarni bajarish, shuningdek ayrim fanlarni chuqur oʻrganish uchun sinflarni ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi.
31. Keyingi sinflarga oʻtkazish va oʻqitish bosqichlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan muddatlar va tartibda oʻquvchilar bilimlarining yakuniy attestatsiyasi natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
32. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilariga umumiy oʻrta maʼlumot toʻgʻrisidagi shahodatnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
V. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining huquqlari va javobgarligi
35. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
fanlarni chuqur oʻrganish boʻyicha mualliflik oʻquv dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bazaviy oʻquv rejasi asosida maxsus oʻquv rejasini ishlab chiqish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
yillik kalendar oʻquv jadvali va mashgʻulotlar jadvalini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim va tarbiyaning qonunchilikka zid boʻlmagan turli shakllari, vositalari va usullarini qoʻllash;
(35-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻz ustav faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy mablagʻlar va moddiy resurslarning qoʻshimcha manbalarini jalb etish;
taʼlim olayotganlarni oraliq attestatsiyadan oʻtkazish shakllari, tartibi va davriyligini mustaqil tanlash.
36. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi belgilangan tartibda:
oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi;
taʼlim sifati hamda oʻquv rejasi va oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq taʼlim dasturlari toʻliq hajmda amalga oshirilishi;
taʼlim jarayonini tashkil etishning qoʻllanilayotgan shakllari, usullari va vositalarining oʻquvchilarning yosh bilan bogʻliq psixofiziologik xususiyatlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
oʻquvchilarning moslashishi va oʻzlashtirishi;
oʻquvchilar va xodimlarning huquqlariga rioya qilinishi uchun javob beradi.
VI. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor bevosita rahbarlik qiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79 son “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni.
38. Direktorga nisbatan quyidagi asosiy malaka talablari qoʻyiladi:
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — taʼlim sohasida kamida 5 yil pedagoglik va 10 yil umumiy ish staji mavjudligi;
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun - taʼlim sohasida kamida 10 yil pedagogik staj va rahbarlik lavozimida 5 yil ish staji mavjudligi;
davlat tilini bilish;
tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egalik, bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bogʻliq psixologiyasini bilish;
kompyuter texnologiyalarini va oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallaganlik;
umumtaʼlim dasturlari va oʻquv qoʻllanmalari yaratishda metodik ishlanmalar va tajriba mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Direktor ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi nomidan ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonunchilikda belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobi (“Shartnoma tuzish”).
40. Direktor:
ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
xalq taʼlimi tegishli organlari koʻrib chiqishi uchun moddiy-texnika bazani mustahkamlash, oʻquv-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflar kiritadi;
pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquvchining reyting va akademik oʻzlashtirishida tizimli pasayish yuz berganda, ushbu oʻquvchini oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisida taqdimnomani tegishli Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga kiritadi;
(40-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(40-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
41. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari direktorlari attestatsiyasi belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida pedagogika, metodika va kuzatuv kengashlari tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Ularning faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
43. Oʻquvchilar, ota-onalar yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslar, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari taʼlim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari bepul umumiy oʻrta maʼlumot olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, olimpiadalar, koʻrgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga egadirlar.
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining ustaviga va ichki tartib-qoidalariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonunchilikka va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi.
(43-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
44. Oʻquvchilarni individual psixologik-pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlash ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining psixologiya, pedagogika xizmati mutaxassislari tomonidan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Oʻquv-tarbiya jarayoniga boshqa taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin hamda ushbu muassasaning barcha huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari ularga joriy etiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom.
46. Pedagog kadrlarni ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga ishga qabul qilish oliy yoki birinchi malaka toifasi mavjud boʻlgan taqdirda oliy pedagogik maʼlumotli shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari pedagog kadrlarining huquq va majburiyatlari qonunchilikka va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi ustaviga muvofiq belgilanadi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
47. Pedagog xodimlarga oʻquv yuklamasi hajmi (pedagogik ish hajmi) oʻquv rejasi boʻyicha soatlar sonidan, shuningdek kadrlar bilan taʼminlanganlik boʻyicha belgilanadi.
48. Oʻquv yili boshida belgilangan oʻquv yuklamasi hajmi oʻquv yili mobaynida oʻzgartirilishi mumkin emas, oʻquv rejalari boʻyicha soatlar soni kamayishi yoki sinflar soni qisqarishi hollari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida oʻqish, dam olish va ovqatlanish qonunchilikka muvofiq tibbiyot xodimlarining qatʼiy nazorati ostida tashkil etiladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
50. Kasallikning vaqtli diagnostikasi va profilaktikasi maqsadlarida har bir oʻquv yili boshida ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining oʻquvchilari dispanser koʻrigidan (toʻliq tibbiy koʻrikdan) oʻtkazilishi kerak. Rivojlanishning salbiy koʻrsatkichlari aniqlangan taqdirda oʻquvchilar tibbiy komissiyaning tavsiyasiga koʻra yashash joyidagi umumtaʼlim muassasasiga oʻtkaziladi.
51. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatlari oʻquvchilari ushbu ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari huzurida yashash joylari bilan taʼminlanadilar.
52. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatlarining ota-onalar va ota-onalarning oʻrnini bosadigan shaxslar bilan birga yashaydigan tarbiyalanuvchilari soni qishloq joylarda oʻquvchilar butun kontingentining 5 foizidan va shahar joylarda 10 foizidan ortmasligi kerak.
VII. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
53. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
54. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga qoʻshimcha budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish budjetdan moliyalashtirish pasayishiga olib kelmaydi.
55. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari xodimlarining shtatdagi soni umumtaʼlim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
56. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar oʻquvchilari belgilangan tartibda ovqat bilan taʼminlanadi.
57. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq doirada tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.
58. Ruxsat berilgan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining balansida hisobga olingan mol-mulk tarkibiga kiritiladi.
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
59. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi qonunchilikka muvofiq taʼlim masalalari boʻyicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish muassisning qarori boʻyicha yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
61. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tegishli taʼlimni boshqarish organi oʻquvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning oʻrnini bosadigan shaxslar bilan kelishuv boʻyicha oʻquvchilarning boshqa taʼlim muassasalariga oʻtkazilishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 312-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda, 37-son, 379-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son, 18.10.2019-y., 09/19/880/3934-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)