Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
YuRIDIK ShAXSLARNING DAROMADI (FOYDASI)GA SOLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-iyulda 1109-8-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3878-son farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 192-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-475-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 387-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 14-yanvardagi 15, 2002-12-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)ga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2002-yil 13-mart, roʻyxat raqami 1109 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 11-12, 19-son; 2003-y., 4-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 122-modda; 2005-y., 5-6-son, 45-modda; 2006-y., 18-son, 153-modda; 2007-y., 13-son, 122-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-iyul,
71-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-iyul,
2007-42-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 312-modda)