Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.02.2022
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI HISOBVARAQLAR REJASI”GA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 31-martda 773-23-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi 15/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (2004-yil 13-avgust, ro‘yxat raqami 773-17 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 32-son, avgust, 369-modda) ilovaga* muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining o‘rinbosari M.Y. Eshmatov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-mart,
8/4-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 147-modda)