Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.02.2022
O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING HISOBVARAQLAR REJASIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 13-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 773-17]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 22-maydagi 10/4-son qarori bilan tasdiqlangan (1999-yil 13-iyul 773-son bilan ro‘yxatga olingan) “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin va uning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari M. Jumagaldiyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvining raisi
F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 17-iyul,
15/3-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2004-yil 17-iyul, 15/3-son
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining
HISOBVARAQLAR REJASI
I. HISOBVARAQLAR REJASINING UMUMIY TAVSIFI
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga muvofiq hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.
Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim.
Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini ro‘yxatidan iboratdir.
Xatolarni to‘g‘rilash va hisob siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning ta’riflarida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo‘yicha tuzatish o‘tkazmalari berishga ruxsat beriladi.
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p valyutali tizimiga asoslangan bo‘lib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilishi mumkin bo‘lgan barcha hisobvaraqlarda chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo‘yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo‘yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig‘indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig‘indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning chet el valyutalari bo‘yicha jami summalari milliy valyutaga o‘tkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
hisobvaraqlarning Bosh va Yordamchi kitoblarda joylanishini yengillashtirish;
hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni yengillashtirish;
operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema bo‘yicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan:

S

MM

SS


C

Hisobvaraq turkumi (kategoriyasi):

1

Aktiv

2

Majburiyatlar

3

Kapital

4

Daromadlar

5

Xarajatlar

9

Ko‘zda tutilmagan holatlar


MM

Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvaraqlar (birinchi tartib)


SS

Asosiy hisobvaraqlarga tegishli subhisobvaraqlar (ikkinchi tartib)

Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan:
jamlanma hisobvaraqlar uchun MM va/yoki SS nol raqamlariga ega (masalan, 10000 — “Aktivlar”, 10100 — “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari” va boshqalar);
“Aktivlar” bo‘limidagi “...zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS o‘rnida 99 raqam qabul qilingan.
Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:
Bundan tashqari, operatsiyalarni boshqarish maqsadida Yordamchi kitoblarga Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari hamda tijorat banklari menejmentiga boshqarish uchun zarur bo‘lgan batafsil axborotlar bilan ta’minlovchi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo‘lishi aniq belgilab qo‘yilgan, aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo‘ladigan ayrim hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” va “Ko‘zda tutilmagan holatlar” bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daromadlar” bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir.
Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “Aktivlar” bo‘limiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa “Majburiyatlar” bo‘limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.
“Ko‘zda tutilmagan holatlar” bo‘limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi bo‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligini qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari “Aktivlar” likvidlilik, “Majburiyatlar” esa muddatlilik tamoyillariga asosan tasniflangan.
Mazkur hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvarag‘i uchun hisobvaraq ta’rifi berilgan bo‘lib, unda hisobvaraqning debeti va krediti bo‘yicha qanday operatsiyalarni aks ettirish hamda analitik hisobini yuritish ko‘rsatilgan. Batafsil analitik hisob yuritish uchun banklarda shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari qo‘shimcha jurnal hisobi va reyestrlar yuritilishi mumkin.
“Daromadlar” va “Xarajatlar” bo‘limi uchun analitik hisob ko‘rsatilmagan bo‘lib, ushbu bo‘limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Tijorat banklari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni qanday yuritishni o‘zlari belgilaydilar.
II. HISOBVARAQLAR RO‘YXATI
Kodi — Nomi
10000 AKTIVLAR
10100 Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari
10101 Aylanma kassadagi naqd pullar
10102 Naqd pullar zaxirasi
10103 Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
10105 Cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari
10107 Bankomatlardagi naqd pullar
10109 Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari
10111 Amaliyot kassalaridagi naqd pullar
(II-bo‘limning 10111-hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
10113 Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni berish bo‘yicha maxsus kassalardagi naqd pullar
10196 Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutalari
10198 Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi
10300 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan (O‘zRMB) olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10301 O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
10305 O‘zRMB vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
10307 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
10309 O‘zRMBdagi majburiy zaxira hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10311 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Topshirilgan naqd pullar
10397 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
10500 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10501 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
10505 Boshqa banklar vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
10507 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
10511 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10513 Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10597 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
10599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (kontr-aktiv)
10700 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari
10701 Davlat xazina veksellari
10705 Davlat obligatsiyalari
10709 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
10711 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
10715 Yevroobligatsiyalar
10719 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari
10723 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
10725 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
10779 Boshqa qimmatli qog‘ozlar
10791 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
10793 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
10795 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi
10799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlari qoplash zaxirasi — Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)
10800 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
10801 Davlat xazina veksellari
10805 Davlat obligatsiyalari
10809 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
10813 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
10817 Yevroobligatsiyalar
10821 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari
10823 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
10825 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
10879 Boshqa qimmatli qog‘ozlar
10889 Sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar
10891 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
10893 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha mukofot
10895 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi
10899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiya (kontr-aktiv)
10900 Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar
10901 Qimmatbaho metallar
10905 Qimmatbaho toshlar
10909 Qimmatbaho tangalar
10999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar (kontr-aktiv)
11100 Sotib olingan debitorlik qarzlari — faktoring
11101 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11103 Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11105 Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11195 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha diskont — Faktoring (kontr-aktiv)
11199 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Faktoring (kontr-aktiv)
11300 Sotib olingan veksellar
11301 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar — Hujjatsiz
11305 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar — Hujjatli
11309 Sotib olingan mahalliy veksellar — Hujjatsiz
11311 Sotib olingan mahalliy veksellar — Hujjatli
11315 Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar
11319 Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar
11395 Sotib olingan veksellar bo‘yicha diskontlar (kontr-aktiv)
11399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sotib olingan veksellar (kontr-aktiv)
11500 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalari bo‘yicha majburiyatlari
11501 Mijozlarning majburiyatlari — Import bilan bog‘liq veksellar
11505 Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar
11509 Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar
11511 Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar
11515 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar
11519 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar
11521 Sud jarayonidagi mahalliy veksellar
11599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar (kontr-aktiv)
11700 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari
11701 Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari — Mahalliy
11705 Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari — Xorijiy
11800 REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11801 REPO bitimlari bo‘yicha O‘zRMBdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11803 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11805 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11807 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11809 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11811 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11813 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11815 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11897 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa qarzdorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)
11900 O‘zRMBga berilgan qisqa muddatli kreditlar
11901 O‘zRMBga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12100 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12101 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12105 Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
12109 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
12199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
12300 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12301 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12305 Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
12309 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
12399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
12400 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12401 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12405 Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
12409 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
12499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12500 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12501 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12502 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12503 Jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali berilgan qisqa muddatli kreditlar
12504 Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan qisqa muddatli ipoteka kreditlari
12505 Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
12509 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
12521 Jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 12521-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
12599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
12600 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12601 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
12609 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
12621 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 12621-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
12699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
12700 Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12701 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12704 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
12705 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
12709 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
12799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
12800 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
12801 Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
12802 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
12803 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
12805 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan muddati o‘tgan kreditlar
12809 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
12899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
12900 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12901 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12904 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
12905 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
12909 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
12921 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 12921-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
12999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
13000 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13001 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13005 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
13009 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
13099 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
13100 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13101 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13104 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
13105 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
13109 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
13121 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 13121-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
13199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
13200 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13201 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13205 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
13209 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
13299 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
13300 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
13301 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
13305 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan muddati o‘tgan kreditlar
13309 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
13399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
14300 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
14301 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
14305 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
14399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
14400 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
14401 Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
14402 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
14403 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
14405 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
14499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
14500 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14501 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14505 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
14599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
14700 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14701 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14705 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
14799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
14800 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14801 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14809 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
14899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14900 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14901 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14902 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14903 Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan uzoq muddatli ipoteka kreditlari
14905 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
14913 Jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali berilgan uzoq muddatli kreditlar
14921 Jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 14913, 14921-hisobvaraqlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
14999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
15000 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15001 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15005 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
15021 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 15021-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
15099 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
15100 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15101 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15104 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
15105 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
15199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
15200 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15201 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15205 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
15299 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
15300 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15301 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15304 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
15305 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
15321 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 15321-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
15399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
15400 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15401 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15405 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
15499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
15500 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15501 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15504 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
15505 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
15521 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 15521-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
15599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
15600 Lizing (moliyaviy ijara)
15601 Boshqa banklarga berilgan lizing
15605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing
15607 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing
15609 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing
15611 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing
15613 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing
15615 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing
15617 Muddati o‘tgan lizing
15619 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing
15699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Lizing
15700 Sud jarayonidagi kreditlar va lizing
15701 Yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi kreditlar
15703 Jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi kreditlar
15705 Sud jarayonidagi lizing
15707 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi kreditlar
15799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sud jarayonidagi kreditlar va lizing (kontr-aktiv)
15800 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar
15801 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
15805 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
15809 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
15813 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
15817 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
15821 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
15827 Tijorat banklari tomonidan strategik investorlarga korxonalarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish
15899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
15900 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
15901 Davlat xazina veksellari
15905 Davlat obligatsiyalari
15909 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
15911 Yevroobligatsiyalar
15913 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
15923 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
15979 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar
15989 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar
15991 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
15993 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
15999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
16100 Bosh ofis/filialdan olinadigan mablag‘lar
16101 Bosh ofis/filialdan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar
16102 Bosh ofis/filialdan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar
16103 Bosh ofis/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
16104 Bosh ofis/filialdan olinadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar
16105 Chet eldagi Bosh ofis/filialdan olinadigan mablag‘lar
16107 Bosh ofis/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar — Overdraft
16109 Bosh ofis/filialdan olinadigan mablag‘lar — Float
16111 Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
16113 Bosh ofis/filialdan plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
16300 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16301O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16303 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16304 Bosh bank/filialdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16305 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16307 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16309 Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16311 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16315 Sotib olingan veksellar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16319 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan tratta majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16321 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijoz majburiyatlari yuzasidan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16323 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16325 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan qoplanadigan, olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16377 Shartnoma bo‘yicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar
16397 Mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16400 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar
16401 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar
16405 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan jarima va penyalar
16409 Operatsion ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan daromad
16413 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan boshqa foizsiz daromad
16499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar (kontr-aktiv)
16500 Asosiy vositalar
16501 Yer
16505 Tugallanmagan qurilishlar
16509 Bankning imoratlari — Binolar va boshqa inshootlar
16511 Yig‘ilgan eskirish summasi — Binolar va boshqa inshootlar (kontr-aktiv)
16515 Obyektni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
16519 Yig‘ilgan eskirish summasi — Obyektni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi (kontr-aktiv)
16529 Transport vositalari
16531 Yig‘ilgan eskirish summasi — Transport vositalari (kontr-aktiv)
16535 Mebel, moslama va uskunalar
16539 Yig‘ilgan eskirish summasi — Mebel, moslama va uskunalar (kontr-aktiv)
16541 To‘lov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
16543 Yig‘ilgan eskirish summasi — To‘lov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari (kontr-aktiv)
16549 Boshqalarga operatsion ijara bo‘yicha berilgan asosiy vositalar
16551 Yig‘ilgan eskirish summasi — Boshqalarga operatsion ijara bo‘yicha berilgan asosiy vositalar (kontr-aktiv)
16561 Ombordagi asosiy vositalar
16563 Yig‘ilgan eskirish summasi — Ombordagi asosiy vositalar (kontr-aktiv)
16600 Nomoddiy aktivlar
16601 Nomoddiy aktivlar
16605 Yig‘ilgan eskirish summasi — Nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)
16609 O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar
16617 Gudvill
16699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)
16700 Bankning boshqa xususiy mulklari
16701 Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk
16703 Kredit va lizing bo‘yicha undirilgan tugatilayotgan-bankrot korxonalar mulki
16705 Bankning boshqa mulklari
16707 Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan bankning boshqa mulklari
16709 Ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalar
16713 Yig‘ilgan eskirish summasi — Ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
16799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bankning boshqa xususiy mulklari (kontr-aktiv)
16800 Muddati uzaytirilgan debitor qarzdorlik
16803 Bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun sotilgan bankning aktivlari
16899 — Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Muddati uzaytirilgan debitor qarzdorlik (kontr-aktiv)
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 16800, 16803, 16899-hisobvaraqlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
16900 Hosilaviy instrumentlarning revalvatsiyasi natijasida o‘zlashtirilmagan foyda
16901 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Forvard shartnomalari
16905 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Opsionlar
16909 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Fyucherslar
16913 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Svoplar
17100 Valyuta savdosi va valyuta pozitsiyalari
17101 Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari
17300 Tranzit hisobvaraqlari
17301 Tranzit hisobvarag‘i
17305 Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar
17400 Mijozlarning plastik kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
17401 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
17403 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan boshqa plastik kartalar yoki omonatlar hisobvaraqlariga hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
17405 Kommunal to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalardan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
17407 Pullik xizmatlar bo‘yicha plastik kartalardan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
17409 Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalardan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
17500 Hukumat hisobvaraqlari
17509 Hukumat subsidiyalari
17515 Respublika budjeti — Maxsus xarajatlar
19900 Boshqa aktivlar
19901 Mayda xarajatlar
19903 Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
19905 Qaytarilgan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari
19907 Xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar
19908 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar
19909 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun
19910 Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ plastik kartalardan hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari
19911 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (kontr-aktiv)
19919 Pochta va hujjat markalari
19921 Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar
19925 Oldindan to‘langan xarajatlar
19929 Boshqa muddati uzaytirilgan xarajatlar
19931 Muddati uzaytirilgan soliqlar
19933 Muddati uzaytirilgan soliqlar bo‘yicha baholangan zaxira (kontr-aktiv)
19934 Pul o‘tkazmalari bo‘yicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar
19935 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad
19939 Olinishi lozim bo‘lgan dividendlar
19941 Tugatilgan va tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar
19945 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tugatilgan va tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar (kontr-aktiv)
19949 Muzlatilgan aktivlar
19983 “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
19995 Sud jarayonidagi boshqa aktivlar
19997 Boshqa aktivlar
19999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa aktivlar (kontr-aktiv)
20000 MAJBURIYATLAR
20200 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
20202 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20203 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20204 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20205 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20206 Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20207 Respublika yo‘l jamg‘armasining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20208 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20210 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20212 Nodavlat notijorat tashkilotlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20214 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20216 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20218 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20294 Norezident — yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 20294-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
20296 Boshqa mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
20400 Jamg‘arma depozitlar
20402 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
20403 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
20404 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
20405 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozitlari
20406 Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari
20408 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozitlari
20410 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozitlari
20412 Nodavlat notijorat tashkilotlarning jamg‘arma depozitlari
20414 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozitlari
20416 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozitlari
20418 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari
20496 Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari
20600 Muddatli depozitlar
20602 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
20603 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
20604 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
20605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning muddatli depozitlari
20606 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari
20608 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli depozitlari
20610 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining muddatli depozitlari
20612 Nodavlat notijorat tashkilotlarning muddatli depozitlari
20614 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari
20616 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari
20618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari
20696 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari
20800 O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
20802 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro
20806 O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro, overdraft
20896 O‘zRMBiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
21000 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
21002 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro
21006 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro, overdraft
21008 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
21010 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
21012 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
21014 Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
21200 Boshqaruv (menejer) cheklari
21202 Boshqaruv (menejer) cheklari
21400 Bankning to‘lanmagan akseptlari
21402 To‘lanmagan akseptlar — Mahalliy
21406 To‘lanmagan akseptlar — Xorijiy
21600 To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21602 O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21604 Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21606 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21610 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21612 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21613 Davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21614 Yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21624 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21696 Boshqa kreditorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
22000 To‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22002 Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22004 Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22005 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22006 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22010 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22012 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22013 Davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22014 Yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22024 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22096 Boshqa kreditorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
22100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar
22102 Boshqa banklar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
22104 Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
22200 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar
22202 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar
22203 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar
22204 Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
22205 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar
22206 Chet eldagi Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar
22208 Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar — Overdraft
22210 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Float
22212 Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
22214 Bosh ofis/filiallarga plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
22300 REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22302 REPO bitimlari bo‘yicha O‘zRMBga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22304 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22306 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22308 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22310 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22312 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22314 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22316 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22396 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa kreditorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22400 To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22402 Talab qilib olunguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22403 Jamg‘arma depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22405 Muddatli depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22406 O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22407 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22408 To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar — Lizing (moliyaviy ijara)
22409 Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22410 Olingan kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22412 Boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22414 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22476 Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar
22500 Hisoblangan soliqlar
22502 Hisoblangan daromad(foyda) solig‘i
22504 Hisoblangan boshqa soliqlar
22506 To‘lash uchun ushlab qolingan soliqlar
22508 Muddati uzaytirilgan soliqlar
22510 Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar
22512 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar
22600 Mijozlarning boshqa depozitlari
22602 Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari
22604 Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamg‘arma — Maqsadli
22606 Mijozlarning import bilan bog‘liq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar bo‘yicha depozitlari
22608 Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari
22610 “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan to‘lanadigan pensiya va nafaqalar
22612 “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari va davriy nashrlarga obuna
22613 Valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning zaxiralangan mablag‘lari
22614 Mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablag‘lari
22616 Jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridagi masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lari
22617 Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
22618 Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
22619 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
22620 Korporativ plastik kartochkalar bo‘yicha majburiyatlar
22622 Yuridik shaxslarning o‘z vakolatxonalari va filiallari ta’minoti uchun ajratgan mablag‘lari
22624 Ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotadigan yuridik shaxslarning maqsadli mablag‘lari
22626 Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari
22628 Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arma pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘lari
22630 Mahalliy budjetdan moliyalashtirilayotgan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalar mablag‘lari
22632 Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘lar
22634 Tabiiy gaz uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq
22636 Elektr energiyasi uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq
22638 Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq
22696 Boshqa depozit majburiyatlari
22800 Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar va boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
22802 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Forvard shartnomalari
22806 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Opsionlar
22810 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Fyucherslar
22811 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Svoplar
22812 Kelgusi davr foizli daromadlari
22896 Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
23100 Mijozlarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
23102 Yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23104 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23106 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23108 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha budjet tashkilotlari xodimlarining plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23110 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
(II-bo‘lim 23110-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
23112 Ishlamaydigan pensionerlarning pensiyalari bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23114 Ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23116 Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23118 Plastik kartalar va omonatlar hisobvaraqlaridan jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23120 Jismoniy shaxslarning plastik kartalariga naqd pulsiz o‘tkazilishi lozim bo‘lgan boshqa mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23122 Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23200 Kliring transaksiyalari
23202 Kliring transaksiyalari
23204 Bir martalik o‘zaro hisob-kitoblar uchun budjet mablag‘lari
23206 Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar
23208 Moliya vazirligi huzuridagi fond bilan bo‘ladigan kliring transaksiyalari
(II-bo‘limning 23208-hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
23210 Moliya vazirligi huzuridagi fonddan qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lar
(II-bo‘limning 23210-hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
23212 Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari
23214 G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari
23216 Moliya vazirligi huzuridagi Fond mablag‘lari
(II-bo‘limning 23216-hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
23218 Moliya vazirligi huzuridagi fonddan ajratilgan maqsadli mablag‘lar
(II-bo‘limning 23218-hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
23220 Moliya vazirligi huzuridagi fonddan olingan maqsadli mablag‘lar
(II-bo‘limning 23220-hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
23222 Moliya vazirligi huzuridagi fondning maqsadli mablag‘lari
(II-bo‘limning 23222-hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
23224 Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro bir martalik hisob-kitoblar uchun budjet mablag‘lari
23226 Respublika budjetining eksportchi-korxonalar bilan bo‘ladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‘lari
23228 Respublika budjetining pudratchi tashkilotlar bilan bo‘ladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‘lari
23400 Hukumat hisobvaraqlari — daromad va boshqa tushumlar
23402 Respublika budjetining mablag‘lari
23403 Bojxona to‘lovlari bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari
23404 Respublika qaramog‘idagi budjet muassasalarining mablag‘lari
23405 Nobudjet tashkilotlar va korxonalar uchun respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar
23406 Hukumat kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
23407 Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari
23409 Yer va yagona yer soliqlari bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari
23410 Hukumat subsidiyalari fondi
23411 Davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalarni to‘lash bo‘yicha mablag‘lar
23416 Maxsus maqsadlar fondi
23422 Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish
23424 Kapital qo‘yilmalarni mahalliy budjetlardan moliyalashtirish
23426 Mahalliy budjet mablag‘lari — Tuman/shahar
23427 Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning tuman/shahar budjetidan ajratilgan mablag‘lari
23430 Mahalliy budjet mablag‘lari — Viloyat
23431 Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning viloyat budjetidan ajratilgan mablag‘lari
23432 Mahalliy budjet mablag‘lari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
23433 Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan ajratilgan mablag‘lari
23442 O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan ajratilgan bo‘nak mablag‘lar
(II-bo‘limning 23442-hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
23500 Mijozlarning plastik kartalaridan kelib tushgan tushum
23502 Infokioskalar orqali plastik kartalardan kelib tushgan tushum
23504 Plastik kartalardan berilgan naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
23506 Kommunal to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan tushum
23508 Pulli xizmatlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan tushum
23510 Savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan tushum
23514 Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan pul mablag‘lari
23516 Xorijiy valyuta sotib olish uchun jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari
23600 Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
23602 Chiqarilgan obligatsiyalar
23604 Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlari
23606 Chiqarilgan depozit sertifikatlari
23608 Chiqarilgan veksellar
23610 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar
23696 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
23698 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)
23700 Subordinar qarz
23702 Subordinar qarz
23796 Subordinar qarz bo‘yicha mukofot
23798 Subordinar qarz bo‘yicha diskont (kontr-passiv)
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 23700, 23702, 23796, 23798-hisobvaraqlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
29800 Boshqa majburiyatlar
29801 Mijozlar bilan hisob-kitoblar
29802 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun
29803 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Xodimlar bilan hisob-kitoblar
29804 Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
29805 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Ijara to‘lovi (operatsion ijara)
29806 To‘lash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar
29808 Litsenziya badallari bo‘yicha hisoblangan mablag‘lar
29810 Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ plastik kartalar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari
29814 Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim bo‘lgan terminallar orqali tushgan tushumlar
29816 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar
29822 To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar
29824 Naqd pul mablag‘lari bo‘yicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari
29826 Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash — Xususiy kapitalni investitsiya qilish
29830 Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash bo‘yicha depozitlar
29834 Jismoniy shaxslarning pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar
29840 Moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar
29842 Harakatsiz depozit majburiyatlari
29844 Boshqa banklarning mijozlari bilan naqd pulli hisob-kitoblar
29846 Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar
29848 Ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari bo‘yicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar
29849 Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘lar
29833 “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi to‘lanadigan mablag‘lar
29896 Boshqa majburiyatlar
30000 XUSUSIY KAPITAL
30300 Ustav kapitali
30303 Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Imtiyozli (kontr-passiv)
30306 Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Oddiy (kontr-passiv)
30309 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli
30312 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy
30315 Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli
30318 Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy
30321 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan aksiyalar — Imtiyozli (kontr-passiv)
30324 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan aksiyalar — Oddiy (kontr-passiv)
30600 Qo‘shilgan kapital
30603 Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli
30606 Qo‘shilgan kapital — Oddiy
30900 Zaxira kapitali
30903 Umumiy zaxira fondi
30904 Kichik korxonalarni imtiyozli kreditlash zaxira fondi
30905 Tekinga olingan mulklar
30906 Devalvatsiya uchun zaxira
30907 Sotish uchun mavjud qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)
30908 Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi
30909 Pul oqimlarini xedjirlash natijasida hosil bo‘lgan foyda yoki zarar
30910 Respublika korxonalariga berilgan investitsion kreditlardan olingan foyda hisobidan xususiy kapitalni oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondi
30911 Standart aktivlar bo‘yicha zaxira
31200 Taqsimlanmagan foyda
31203 Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)
31206 Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)
40000 DAROMADLAR
40200 O‘zRMBdagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
40201 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft
40205 O‘zRMBdagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40400 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
40401 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar — Nostro
40405 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft
40409 Boshqa banklardagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40600 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
40601 Davlat xazina veksellari bo‘yicha foizli daromadlar
40605 Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foizli daromadlar
40609 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40613 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40617 Yevroobligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40694 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
40700 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40701 Davlat xazina veksellari bo‘yicha foizli daromadlar
40705 Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foizli daromadlar
40709 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40713 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40717 Yevroobligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40794 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
40800 Sotib olingan veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
40801 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar bo‘yicha foizli daromadlar — Hujjatsiz
40805 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar bo‘yicha foizli daromadlar — Hujjatli
40809 Sotib olingan mahalliy veksellar bo‘yicha foizli daromadlar — Hujjatsiz
40813 Sotib olingan mahalliy veksellar bo‘yicha foizli daromadlar — Hujjatli
40817 Sotib olingan muddati o‘tgan veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
40821 Sotib olingan sud jarayonidagi veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
41000 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar
41001 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Import bilan bog‘liq veksellar
41005 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar
41009 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar
41013 Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar bo‘yicha foizli daromadlar
41017 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar bo‘yicha foizli daromadlar
41021 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
41025 Sud jarayonidagi mahalliy veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
41200 Bankning to‘lanmagan akseptlari yuzasidan mijozlar majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar
41201 Mijozlarning akseptlar yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Mahalliy
41205 Mijozlarning akseptlar yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Xorijiy
41400 O‘zRMBga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41401 O‘zRMBga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41600 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41601 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41605 Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41609 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41800 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41801 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41805 Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41809 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41900 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41901 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41905 Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41909 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42000 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42001 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42005 Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42009 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42101 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42109 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42200 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42201 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42205 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42209 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42300 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42301 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42305 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42309 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42400 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42401 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42405 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42409 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42500 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42501 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42505 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42509 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42600 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42601 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42605 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42609 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43100 Respublika korxonalariga berilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43101 Respublika korxonalariga berilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43105 Respublika korxonalariga berilgan muddati o‘tgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43109 Respublika korxonalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43600 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43601 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43605 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43700 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43701 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43705 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43900 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43901 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43905 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44000 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44001 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44005 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44101 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44200 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44201 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44205 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44300 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44301 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44305 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44400 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44401 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44405 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44500 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44501 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44505 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44600 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44601 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44605 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44700 Sud jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44701 Sud jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44800 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44801 Davlat xazina veksellariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44805 Davlat obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44809 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44813 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44817 Yevroobligatsiyalarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44894 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44900 Boshqa foizli daromadlar
44901 Boshqa foizli daromadlar
44903 Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan marja
44905 Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar bo‘yicha foizli daromadlar
45000 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan repo bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45001 O‘zRMBdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45003 Boshqa banklardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45005 Hukumatdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45007 Jismoniy shaxslardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45009 Yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45011 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45013 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45015 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45094 Boshqa qarzdorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45100 Foizli daromadlar — Lizing (moliyaviy ijara)
45101 Boshqa banklarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45107 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45109 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45111 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45113 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45115 Bank bo‘lmagan moliyaviy institutlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45117 Muddati o‘tgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45119 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45121 Sud jarayonidagi lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45200 Foizsiz daromadlar
45201 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — O‘zRMB
45205 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Boshqa banklar
45209 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlar
45213 Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari bo‘yicha daromadlari
45217 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar — Faktoring
45221 Bankning trast operatsiyalari bo‘yicha daromadlari
45225 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Akkreditivlar va akseptlar
45229 Overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun daromadlar
45233 Kreditlar bo‘yicha vositachilik daromadlari
45237 Kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
45241 Menejment bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
45245 Sindikat kreditlarda qatnashganlik uchun olingan daromadlar
45249 To‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar — Mahalliy
45253 To‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar — Xorijiy
45257 Mijozlarning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
45261 Kafolatlar va kafilliklar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
45294 Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar
45400 Xorijiy valyutalardagi foyda
45401 “Spot” bitimi bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda
45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda
45600 Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda
45605 Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan olingan foyda
45609 Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda
45611 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda (Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlardan tashqari)
45700 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
45701 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda — Moliyaviy institutlar
45705 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda — Boshqalar
45709 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan olingan foyda — Moliyaviy institutlar
45713 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan olingan foyda — Boshqalar
45717 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar — Moliyaviy institutlar
45721 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar — Boshqalar
45800 Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
45803 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
45805 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
45809 Xususiy kapitalga qilingan investitsiya bo‘yicha olingan dividendlar
45900 Boshqa foizsiz daromadlar
45901 Bank asosiy vositalarining ijarasidan olingan daromadlar
45905 Bankning boshqa ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalaridan olingan daromadlar
45909 Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
45921 Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi
45994 Boshqa foizsiz daromadlar
50000 XARAJATLAR
50100 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
50101 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50103 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50104 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50105 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50106 Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50107 Respublika yo‘l fondining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50108 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50110 Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridagi pul mablag‘lari bo‘yicha foizli xarajatlar
50111 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50114 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50116 Nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50121 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50126 Boshqa mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50600 Jamg‘arma depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
50601 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50603 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50604 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50606 Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50607 Respublika yo‘l jamg‘armasining jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50608 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50611 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50614 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50616 Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50621 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50626 Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51100 Muddatli depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
51101 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51103 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51104 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51105 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51106 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51107 Respublika yo‘l jamg‘armasining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51108 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51111 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51114 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51116 Nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51121 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51126 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51600 O‘zRMBning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51601 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar — Vostro
51606 O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar — Nostro, overdraft
51611 O‘zRMBning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52101 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar — Vostro
52106 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar — Nostro, overdraft
52111 Boshqa banklarning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52600 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52601 To‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar — mahalliy
52606 To‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar — xorijiy
53100 To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53101 O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53106 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53111 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53125 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53195 Boshqa kreditorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54100 To‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54101 O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54106 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54111 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54115 Investitsion kreditlar uchun olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar
54125 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54195 Boshqa kreditorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54198 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
54199 Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
54200 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54202 Chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha foizli xarajatlar
54204 Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54206 Chiqarilgan depozit sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54208 Chiqarilgan veksellar bo‘yicha foizli xarajatlar
54210 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54222 — Subordinar qarz bo‘yicha foizli xarajatlar
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 54422-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
54300 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli xarajatlar
54302 REPO bitimlari bo‘yicha O‘zR Markaziy bankiga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54304 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54306 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54308 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54310 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54312 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54314 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54316 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54395 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa kreditorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54900 Boshqa foizli xarajatlar
54902 Boshqa foizli xarajatlar
54904 Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar
55100 Foizsiz xarajatlar
55102 O‘zRMBga to‘lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari
55106 Boshqa banklarga to‘lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari
55110 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Qimmatli qog‘ozlar
55114 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning oldi-sotdi hisobvaraqlari
55122 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Sotib olingan veksellar
55126 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Akkreditivlar va akseptlar
55130 Overdraft bo‘yicha xarajatlar
55134 Kreditlar bo‘yicha vositachilik xarajatlari
55138 Kredit majburiyatlari bo‘yicha xarajatlari
55142 Menejment bo‘yicha xarajatlar
55146 Sindikat kreditlarda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlar
55150 Vositachilik xarajatlari — Mahalliy to‘lovlar
55154 Vositachilik xarajatlari — Xorijiy to‘lovlar
55158 Inkasso operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha va vositachilik xarajatlari
55162 Kafolat va kafillik operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha va vositachilik xarajatlari
55195 Boshqa vositachilik va xizmat xarajatlari
55300 Xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55302 “Spot” bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55306 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55600 Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
55606 Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
55610 Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar
55614 Oldi sotdi qimmatli qog‘ozlar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar (savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlardan tashqari)
55700 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan ko‘rilgan zararlar
55702 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyaviy institutlar
55706 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Boshqalar
55710 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyaviy institutlar
55714 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Boshqalar
55718 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyaviy institutlar
55722 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Boshqalar
55800 Investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar
55804 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarning sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55806 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarning sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55900 Boshqa foizsiz xarajatlar
55902 Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55906 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55995 Boshqa foizsiz xarajatlar
56100 Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar
56102 Ish haqi
56106 Bank xizmatchilari uchun imtiyozlar
56108 Asosiy rahbar xodimlarga mukofotlar
56110 Tibbiy, stomatologik xizmatlar uchun va shifoxonada davolash xarajatlari
56114 Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar
56118 Ijtimoiy himoya
56122 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa fondlar uchun badallar
56195 Bank xizmatchilari uchun qilingan boshqa xarajatlar
56200 Ijara va ta’minot
56202 Ijara to‘lovi
56206 Suv
56210 Elektr energiyasi va isitish
56214 Ta’mirlash va ta’minot
56218 Qo‘riqlash xizmati
56300 Xizmat safari va transport xarajatlari
56302 Xizmat safari xarajatlari
56306 Yashash xarajatlari
56310 Fraxt xarajatlar
56314 Yoqilg‘i
56400 Ma’muriy xarajatlar
56402 Reklama va e’lonlar
56406 Devonxona, ofis va boshqa buyumlari
56410 Pochta, telefon, faks
56414 Hujjat markalari uchun xarajatlar
56418 Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar
56500 Reprezentatsiya va xayriya
56502 Reprezentatsiya va ko‘ngilochar tadbirlar
56506 A’zolik badallari
56510 Xayr — ehson va xayriya
56600 Eskirish xarajatlari
56602 Eskirish — Bank binosi, inshoatlar va boshqa imoratlar
56606 Eskirish — Investitsiya qilingan ko‘chmas mulkning eskirish summasi
56610 Eskirish — Transport vositalari
56614 Eskirish — Mebel va jihozlar
56616 Eskirish — To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
56618 Eskirish — Nomoddiy aktivlar
56622 Eskirish — Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar
56626 Eskirish — Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
56630 Eskirish — Ombordagi asosiy vositalar
56700 Sug‘urta, soliq va boshqa xarajatlar
56702 Yuridik va auditorlik xizmati to‘lovlari
56706 Konsalting xizmati uchun to‘lovlar
56710 Sug‘urta
56714 Soliqlar (foyda solig‘idan tashqari) va litsenziyalar
56718 Jarima va penyalar
56722 Sud jarayoni/aktivni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
56795 Boshqa operatsion xarajatlar
56800 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56802 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Kreditlar
56803 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Investitsion kreditlar
56804 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa banklardan olinadigan hisobvaraqlar
56806 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar
56808 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
56810 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar
56814 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
56818 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotib olingan veksellar
56822 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar
56824 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — REPO bitimlari
56826 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
56828 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar
56830 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Asosiy vositalar
56832 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Nomoddiy aktivlar
56834 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Bankning boshqa xususiy mulklari
56838 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Lizing (moliyaviy ijara)
56840 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar
56842 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sud jarayonidagi kredit va lizing
56895 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa aktivlar
56900 Foyda solig‘ini baholash
56902 Foyda solig‘ini baholash
90000 KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR
90100 To‘lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
90141 Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar
90143 Ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar
90145 To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar
90149 Yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar
90300 Hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar
90303 Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari
90305 O‘zRMBning qimmatli qog‘ozlari blankalari
90317 Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari
90327 Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari
90329 Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari
90337 Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari
90400 Bankning plastik kartalari, terminallari, bankomatlari va infokioskalari
90402 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari
90404 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari
90406 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari
90410 Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar
90412 Bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar
90414 Bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar
90900 Savdoga oid moliyalashlar
90908 To‘lovchi tomonidan banklarda ochilgan qoplangan akkreditiv
90909 Taqdim etuvchiga trattalarni to‘lagan holdagi import bilan bog‘liq to‘lanmagan akkreditivlar
90916 Muddatli trattalarga qarshi qo‘yilgan, import bilan bog‘liq to‘lanmagan akkreditivlar
90923 Muddati uzaytirilgan akkreditivlar — Xorijiy
90930 Muddati uzaytirilgan akkreditivlar — Mahalliy
90937 Revolver akkreditivlar — Xorijiy
90944 Zaxira akkreditivlar — Xorijiy
90951 Zaxira akkreditivlar — Mahalliy
90955 Tasdiqlangan import bilan bog‘liq akkreditivlar
90958 Tasdiqlangan eksport bilan bog‘liq akkreditivlar
90960 Xabar qilingan import bilan bog‘liq akkreditivlar
90961 Xabar qilingan eksport bilan bog‘liq akkreditivlar
90962 To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
90963 Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari
90965 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Mahalliy
90966 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
90969 Barter shartnomalari
90971 Eksport shartnomalari
90972 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Xorijiy
90979 Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar — Mahalliy
90986 Inkassoga jo‘natilgan veksellar — Xorijiy
90993 Kafolat va kafilliklar
91500 Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
91501 Berilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar
91503 Berilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha muddati uzaytirilgan foizlar
91505 Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
91800 Bankning kredit va lizing majburiyatlari
91809 Bankning kredit va lizing berish majburiyati
91816 Bankning kredit va lizing olish majburiyati
91900 Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari
91901 Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari
91905 Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari
91907 Qarzdorlarning Hukumatdan olingan uzoq muddatli kreditlari va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari
92700 Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha transaksiyalari
92701 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish
92705 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotib olish
92709 Forvard bitimi bo‘yicha sotish
92716 Forvard bitimi bo‘yicha sotib olish
92724 Opsion bitimi bo‘yicha sotish
92728 Opsion bitimi bo‘yicha sotib olish
92732 Svop shartlarida sotish
92736 Svop shartlarida sotib olish
92800 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muddatli bitimlar
92802 Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar
92806 Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar
93600 Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar
93609 Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar
93616 Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari
93623 Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari
94500 Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar
94501 Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar
94502 Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar
94503 Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar
94504 Olingan kreditlar va lizinglar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlar
95400 Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
95409 Qarzdorga bildirilgan da’volar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
95411 Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
95413 Hisobdan chiqarilgan kreditlar
95497 Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
96300 Ko‘zda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari
96303 Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96305 Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96307 O‘zRMBining qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96308 Qoplangan akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96309 Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96311 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96313 Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokioskalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96314 Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96315 Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96316 Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96317 Barter shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96318 Eksport shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96319 To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96321 Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96323 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96330 Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96331 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96333 Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i
96335 Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i
96337 Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96345 Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i
96349 Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i
96351 Bankning kredit va lizing berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96358 Bankning kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96361 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
96363 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96365 Forvard bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
96367 Forvard bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96369 Opsion bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
96370 Opsion bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96371 Svop shartlari bilan sotish kontr-hisobvarag‘i
96373 Svop shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96374 Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i
96376 Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i
96379 Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96381 Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96397 Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
III. HISOBVARAQLAR TA’RIFI
10000 AKTIVLAR
10100 Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari
10101 Aylanma kassadagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank va uning filiallari aylanma kassalarida mavjud bo‘lgan banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning harakati va hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlar tomonidan aylanma kassaga topshirilgan, 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘idan o‘tkazilgan, Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalaridan va boshqa tijorat banklaridan olingan naqd pul mablag‘lari, shuningdek bankning aylanma kassasiga kirim qilingan boshqa naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank va uning filiallari aylanma kassalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10102 Naqd pullar zaxirasi
Hisobvaraqning ta’rifi: bank va uning filiallari aylanma kassalarini naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlash uchun yaratilgan naqd pullar zaxirasining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida bank va uning filiallari aylanma kassalaridan zaxiraga o‘tkazilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida naqd pullar zaxirasidan bank va uning filiallari aylanma kassasiga o‘tkazilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10103 Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka tegishli pul almashtirish shoxobchalarining amaliyot kassalarida mavjud naqd pul mablag‘larining harakati va hisobi yuritiladi. Kassa qoldig‘i o‘rnatilgan tartibda berkitiladi.
Hisobvaraqning debetida pul almashtirish shoxobchalarining kassirlari tomonidan hisobdorlik asosida olingan va valyuta sotuvidan kelib tushgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida berilgan pul mablag‘lari hamda 10101 — “Amaliyot kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan qoldiq aks ettiriladi
Tahliliy hisob har bir pul almashtirish shoxobchalari va valyuta turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10105 Cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi yo‘l cheklari va boshqa to‘lov hujjatlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraq debetida bank tomonidan qabul qilingan yo‘l cheklari va boshqa to‘lov hujjatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida emitent-bank tomonidan qoplangan va/yoki emitent-bank tomonidan qoplab berilmaganda zarar sifatida hisobdan chiqarilayotgan yo‘l cheklari va boshqa to‘lov hujjatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob cheklar va boshqa to‘lov hujjatlarining turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10107 Bankomatlardagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka tegishli bankomatlarda(ga) (qo‘yilgan) mavjud naqd pul mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraq debetida bankomatlarga qo‘yilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida plastik kartochkalar asosida bankomatlardan berilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bankomat bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10109 Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank/filialning aylanma kassasidan boshqa banklar/filiallarga jo‘natilgan va yo‘lda bo‘lgan naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar/filiallarga jo‘natilgan naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qiluvchi bank/filial tomonidan ularning kassaga haqiqatda qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasi asosida naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlari summasini hisobdan chiqarish amalga oshiriladi.
Tahliliy hisob qabul qiluvchi bank bo‘yicha, shuningdek naqd pullar, cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10111 — Amaliyot kassalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaliyot kassalaridagi naqd pullarning harakati va hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida amaliyot kassalariga kelib tushgan naqd pullar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida amaliyot kassalaridan berilgan naqd pullar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob valyuta turi va bank binosida joylashmagan har bir amaliyot kassasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘limning 10111-hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
10113 Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni berish bo‘yicha maxsus kassalardagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: Xalq banki filiallarining kassirlari tomonidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun hisobdorlik asosida olingan naqd pullarning hisobi. Naqd pul qoldig‘i pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar to‘liq berib bo‘lingunga qadar saqlanadi. Obyektiv sabablarga ko‘ra to‘lanmay qolgan summa 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi yoki kechki kassaga topshiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha kassirlar tomonidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun hisobdorlik asosida olingan naqd pullar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kassir bo‘yicha alohida yuritiladi.
10196 Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutalari
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankdan chet el valyutasini xarid qilish uchun olingan naqd pul mablag‘larining va jismoniy shaxslardan ayirboshlash shoxobchalari orqali olingan chet el valyutalarning hisobi.
Hisobvaraqning debetida so‘m kitobida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan va/yoki boshqa tijorat banklari tomonidan ajratiladigan naqd pul mablag‘lari summasi yoxud bankning aylanma kassasidan hisoblab o‘tkaziladigan naqd pul mablag‘lari, shuningdek valyuta kitobida xarid qilingan chet el valyutasi summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida so‘m kitobida chet el valyutasini xarid qilishga hisobdan chiqarilgan naqd pul mablag‘larining yoki Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va/yoki boshqa tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan o‘tkazilgan summalari, shuningdek valyuta kitobida xarid qilingan chet el valyutasi summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10198 Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka topshirish uchun tayyorlangan va Markaziy bank farmoyishiga asosan taqsimlanadigan naqd pul mablag‘lari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining farmoyishiga asosan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalariga va/yoki boshqa tijorat banklariga jo‘natilgan naqd pullarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10300 Bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi (O‘zRMB) hisobvaraqlari
10301 O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O‘zRMBga joylashtirgan bo‘sh pul mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank va uning mijozlar nomiga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10305 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovlarni amalga oshirishda 20802 — “O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i — Vostro” hisobvarag‘ida ilgari mavjud bo‘lgan kredit qoldig‘idan oshib ketish natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida 20802 — “O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i — Vostro” hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 20802 — “O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i — Vostro” hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda qoplangan debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10307 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMBga naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida O‘zRMBga naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan naqd pullar kelib tushganda hisobdan chiqarilgan qoldiq summa va/yoki qaytarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10309 O‘zRMBdagi majburiy zaxira hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMB majburiy zaxiralariga o‘tkazilgan mablag‘lari harakati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan O‘zRMBga o‘tkazilgan majburiy zaxira mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan bankning vakillik hisobvarag‘iga qaytarilgan majburiy zaxira mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10311 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Topshirilgan naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMiga topshirilgan naqd pullar uchun olinadigan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMiga topshirilgan naqd pullarning tasdiqlangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida topshirilgan naqd pullar uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMidan o‘tkazilgan, kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
10397 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMBga qo‘ygan depozitlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida O‘zRMBga qo‘yilgan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan qaytarilgan depozitlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10500 Bankning boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10501 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida boshqa banklarga qo‘ygan pul mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklardan bankning vakillik hisobvarag‘iga bank va mijozlar nomiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning o‘z majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha bank vakillik hisobvarag‘idan boshqa banklarga o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir vakil-bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10505 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovlarni amalga oshirishda 21002 — “Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro” hisobvarag‘ida ilgari mavjud bo‘lgan kredit qoldig‘idan oshib ketishi natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida 21002 — “Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro” hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 21002 — “Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro” hisobvarag‘iga mablag‘lar kelib tushganda qoplangan debet qoldiq summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir vakil bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10507 Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning naqd pul olish uchun boshqa banklarga o‘tkazilgan mablag‘lari harakati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan boshqa banklarga naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan naqd pullar kelib tushganda hisobdan chiqarilgan qoldiq summa va/yoki qaytarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10511 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari bo‘yicha berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan bo‘lgan qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10513 Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar mijozlarining plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar mijozlarining plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklar mijozlarining plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan bo‘lgan qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10597 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga qo‘yilgan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga qo‘yilgan depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan pul mablag‘lari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha depozitlarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10700 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: ikki turdagi “Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar” toifasidagi va (“Savdoga mo‘ljallangan” toifaga kirmaydigan) haqiqiy qiymati bo‘yicha hisobi yuritiladigan va haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks ettiriladigan qimmatli qog‘ozlar hisobi yuritiladi.
10701 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan, boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, hukumat tomonidan chiqarilgan xazina veksellarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan davlatning xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10705 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, hukumat tomonidan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. Xazina veksellarining qiymati aks ettiriladi.
10709 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida hisobdan chiqarilgan O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10711 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, korxonalarining qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddati hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10715 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, yevroobligatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yevroobligatsiyalar nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalar turi va muddati hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10719 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarining qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olingan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, korxona (tashkilot)larning ulushi qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxonalar ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari bunga kirmaydi) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona (tashkilot)lar tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turi va emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10723 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: narxlarning qisqa muddatli tebranishlari natijasida foyda chiqarish maqsadida xarid qilingan yoki bank tomonidan biror-bir boshqa usul bilan qimmatli qog‘ozlar sifatida belgilangan, haqqoniy qiymatining o‘zgarishlari foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tijorat banklarining chiqib ketgan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10725 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: narxlarning qisqa muddatli tebranishlari natijasida foyda chiqarish maqsadida xarid qilingan yoki bank tomonidan biror-bir boshqa usul bilan qimmatli qog‘ozlar sifatida belgilangan, haqqoniy qiymatining o‘zgarishlari foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida xarid qilingan va/yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (xarid qilish xarajatlarini chegirgan holda) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklari tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10779 Boshqa qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumga mos tushmaydigan, baholarining qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida bank tomonidan sotib olingan yoki boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, qimmatli qog‘ozlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati hamda ulushli qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari bunga kirmaydi) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan boshqa qimmatli qog‘ozlarning hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10791 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va sotib olingan foizlardan tashqari, agar ular mavjud bo‘lsa) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bo‘lgan bahoda sotib olishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi summasi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar sotilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan balansdan chiqarilayotgan holda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10793 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan bahoda sotib olishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mukofotning amortizatsiyasi hamda qimmatli qog‘ozlarni sotishda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarishdagi mukofotning qoldiq summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10795 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi
Hisobvaraqning ta’rifi: qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘sishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda ularning haqiqiy qiymatiga kiritilgan tuzatishlar natijasida oldin vujudga kelgan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy qiymatining pasayishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda ularning haqiqiy qiymatiga kiritilgan tuzatishlar natijasida oldin vujudga kelgan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: 10795-“Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi” hisobvarag‘ida aks ettirilgan tuzatishlardan tashqari, qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanishi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10800 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
10801 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan hukumat tomonidan chiqarilgan xazina veksellarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan xazina veksellarining hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellari turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10805 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan hukumat tomonidan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlari(uzoq muddatli)ning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlarining hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlari turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10809 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan O‘zRMBining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqda o‘tkazilgan O‘zRMB obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan O‘zRMB obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10813 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan korxonalar (tashkilotlar) qarz qimmatli qog‘ozlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan korxonalar qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxonalar (tashkilotlar) qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha, alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10817 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan yevroobligatsiyalar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalarning turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10821 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan ulushli qimmatli qog‘ozlar hamda korxona (tashkilotlar) ustav fondiga qilingan investitsiyalarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida korxonalarning sotib olingan ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari qo‘shib hisoblangandagi sotib olish qiymati hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxonalar (tashkilotlar) ulushli qimmatli qog‘ozlarining sotib olish qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxonalar(tashkilotlar)ning chiqargan ulushli qimmatli qog‘ozlari turi va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10823 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining xarid qilingan va sotishga mo‘ljallanganlari sifatida tasniflangan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati, shuningdek Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa obligatsiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10825 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining xarid qilingan va sotishga mo‘ljallanganlari sifatida tasniflangan qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilinishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi xarid qilingan ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati, shuningdek tijorat banklarining Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlari qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning hisobdan chiqarilishi summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklari tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10879 Boshqa qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumga mos tushmaydigan, sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan boshqa qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati va xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari qo‘shib hisoblangan ulushli qimmatli qog‘ozlarning sotib olish qiymati, shuningdek Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan boshqa ulushli qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10889 Sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (agent, maslahatchi, diler va brokerlarga to‘langan mukofot va vositachilik haqi, nazorat organlari va fond birjalarining yig‘imlari, shuningdek mablag‘ o‘tkazganlik uchun soliq va yig‘imlar va h.k.)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar amortizatsiyasi hamda qarz qimmatli qog‘ozlarini sotish, qayta tasniflash, birovga berish va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarish vaqtida xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning qoldig‘ini hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10891 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bo‘lgan bahoda sotib olishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi summasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan, berilgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10893 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan bahoda sotib olishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida premiya amortizatsiyasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan, berilgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning mukofot summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10895 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarish hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy qiymatining o‘sishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotishda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilgan holatlarda o‘zlashtirilmagan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy qiymatining pasayishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotishda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilgan holatlarda o‘zlashtirilmagan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: 10895 — “Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi” hisobvarag‘ida aks ettirilgan tuzatishlardan tashqari, investitsiyalarning qadrsizlanishi natijasida vujudga keladigan zararlarni qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10900 Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar
10901 Qimmatbaho metallar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan oltin, kumush va platina kabi qimmatbaho metallari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho metallarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho metallarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho metallarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10905 Qimmatbaho toshlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan qimmatbaho toshlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho toshlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho toshlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho toshlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10909 Qimmatbaho tangalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan qimmatbaho metallardan yasalgan (oltin, kumush va boshqa) tangalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho tangalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho tangalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho tangalarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning savdosi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarining qadrsizlanishi natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida baholangan ehtimoliy yo‘qotishlar summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11100 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11101 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari — jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z mijozlari (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan inkassoga qo‘yilgan to‘lov talabnomalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotib olingan mijozlarning debitorlik qarzlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan debitorlik qarzlarining qiymati, qayta tasniflangan va 11103 — “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlarga o‘tkazilgan, shuningdek boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11103
- Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: belgilangan qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb tasniflangan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan dsbitorlik qarzlarining summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11105 — “Sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sotib olingan muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11105
- Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11103 — “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan qoplangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11195 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha diskont — Faktoring (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq nominal qiymati bilan sotib olish narxi o‘rtasidagi salbiy farq, ya’ni diskont hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning debitorlik qarzini uning to‘liq nominal qiymatidan past narxda sotib olgandagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi, shuningdek qarzdor tomonidan debitorlik qarzlarini qisman yoki to‘liq qoplash natijasida yoki boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilganda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11199 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Faktoring (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdordan summa undirib olinmagan va/yoki baholashda summa undirib olinishiga shubha tug‘ilgan hollarda sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11300 Sotib olingan veksellar
11301 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar — Hujjatsiz
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan xorijiy veksel/tratta(o‘tkazma veksel)larning va/yoki shu kabi muomaladagi moliyaviy vositalarning hamda kredit liniyasi bo‘yicha amal qilish muddati tugamagan xorijiy veksellar bilan qoplangan cheklarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki qayta sotilgan veksellarning nominal qiymati, shuningdek qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar” va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi va muddati, shuningdek, to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11305 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar — Hujjatli
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan xorijiy veksel/tratta(o‘tkazma veksel)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisob-kitob qilish maqsadida jo‘natilgan eksport bilan bog‘liq veksellar uchun to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida vakil-bankdan olingan tasdiqqa muvofiq, qoplangan veksellarning nominal qiymati, shuningdek qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar” va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi va muddati hamda to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11309 Sotib olingan mahalliy veksellar — Hujjatsiz
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan mahalliy veksel/tratta(o‘tkazma veksel)larning va/yoki shu kabi muomaladagi moliyaviy instrumentlarning hamda kredit liniyasi bo‘yicha amal qilish muddati tugamagan mahalliy veksellar bilan qoplangan cheklarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki qayta sotilgan veksellarning nominal qiymati, shuningdek, qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar” va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning muddati va turi, shuningdek, to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11311 Sotib olingan mahalliy veksellar — Hujjatli
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy sotuvchi(savdogar)lar tomonidan o‘zlarining mahalliy xaridlarini qoplaydigan mahalliy akkreditiv va shunga o‘xshash boshqa bitimlar asosidagi bank tomonidan sotib olingan mahalliy veksel/tratta(o‘tkazma veksel)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan veksellarning nominal qiymati, shuningdek qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar” va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning muddati va turi, shuningdek to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11315 Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan, amaldagi qoidalarga asosan muddati o‘tgan deb hisoblanuvchi veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida muddati o‘tgan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan muddati o‘tgan veksellarning nominal qiymati, shuningdek qayta tasniflangan va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan veksellarning summasi va/yoki veksellarning hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob muddati o‘tgan veksellarning turi, shuningdek to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11319 Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovni undirish bo‘yicha sud muhokamasiga o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan veksel/trattalarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sud jarayonidagi sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan veksellarning nominal qiymati va/yoki veksellarning hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellar turi bo‘yicha, shuningdek to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11395 Sotib olingan veksellar bo‘yicha diskontlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: veksellarni sotib olish narxi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq (diskont) hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan vekselni nominal qiymatidan past narxda sotib olishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida veksel summasi to‘lab berilganda hisobdan chiqarilayotgan diskont summasi, diskont amortizatsiyasi va/yoki vekselni to‘lov sanasigacha qayta sotishda (qayta diskontlashdagi) hisobdan chiqarilayotgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellar turi va muddati, shuningdek to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sotib olingan veksellar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: veksel/trattalar sotib olingan qiymatiga nisbatan bozor qiymatining tushib ketishi hamda sotib olingan veksellarni undirib olmaslik ehtimoli mavjudligi natijasida vujudga keladigan zararlarni qoplash bo‘yicha mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida baholanish zararlar summasi yoki zaxiraning ko‘payish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11500 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalari bo‘yicha majburiyatlari
11501 Mijozlarning majburiyatlari — Import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan va importning qiymatini to‘lash va/yoki akseptlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan, akkreditiv kafolati asosida taqdim etilgan, import yoki sotib olish/to‘lash vakolati bilan bog‘liq bo‘lgan veksel/trattalarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida tovarlar yoki xizmatlar import uchun chet el vakil bankidan qabul qilingan akkreditiv bo‘yicha taqdim etilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning hisobvaraqlariga qo‘yilgan akkreditiv asosidagi veksellarning to‘langan summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11511 — “Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar” va 11519 — “Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11505 Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: importyor tomonidan trast bitimi asosida tovarlarni olishga oid hujjatlar berilgunga qadar/berilgan vaqtda akseptlangan, akkreditiv kafolati bo‘yicha import uchun taqdim qilingan veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida trast hujjatlari asosida akseptlangan va o‘tkazib berilgan, akkreditiv kafolati bo‘yicha taqdim qilingan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlar hisobraqamlaridan undirib olingan taqdim etilgan akkreditiv kafolati bo‘yicha import bilan bog‘liq veksel/trattalarning, shuningdek qayta tasniflangan va 11511 — “Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar” va 11519 — “Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11509 Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan mahalliy veksel/trattalarning qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati bo‘yicha taqdim qilingan mahalliy veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida taqdim etilgan mahalliy veksel/trattalar bo‘yicha mijozlarning hisobvaraqlaridan undirib olinadigan summa, shuningdek qayta tasniflangan va 11511 — “Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar” va 11519 — “Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11511 Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb hisoblanadigan, akkreditiv va/yoki trast hujjati kafolati asosida berilgan muddatida to‘lanmagan import bilan bog‘liq veksel/trattalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11501 — “Mijozlarning majburiyatlari — Import bilan bog‘liq veksellar”, 11505 — “Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, akkreditiv va/yoki trast kelishuvlari kafolati asosida qo‘yilgan, muddatida to‘lanmagan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast kelishuvi kafolati asosida qo‘yilgan import bilan bog‘liq to‘langan veksel/trattalarning qiymati va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash 11599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar” hisobidan qoplangan, shuningdek qayta tasniflangan va ushbu hisobvaraqdan 11519 — “Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan import bilan bog‘liq to‘lab berilgan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11515 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb hisoblanadigan, akkreditiv va/yoki trast hujjati kafolati asosida berilgan muddatida to‘lanmagan mahalliy veksel/trattalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11509 — “Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, akkreditiv va/yoki trast kelishuvi asosida qo‘yilgan, muddatida to‘lanmagan mahalliy veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast kafolati asosida qo‘yilgan va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash 11599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan, shuningdek qayta tasniflangan va 11521 — “Sud jarayonidagi mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan to‘langan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11519 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan sud ishi qo‘zg‘atilgan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11501 — “Mijozlarning majburiyatlari — Import bilan bog‘liq veksellar”, 11505 — “Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar”, 11511 — “Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira 11599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan va/yoki akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan, to‘langan veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11521 Sud jarayonidagi mahalliy veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan va ushbu yuzasidan sud ishi qo‘zg‘atilgan mahalliy veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11509 — “Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar”, 11515 — “Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolatlari asosida qo‘yilgan mahalliy veksellarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan, to‘lab berilgan mahalliy veksel/trattalarning va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira 11599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar bo‘yicha undirib olinmaslik ehtimoli borligi natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11700 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari
11701 Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy savdo operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida berilgan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklidagi veksel/trattalarning to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11705 Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro savdo operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida berilgan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklida to‘langan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11800 REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11801 REPO bitimlari bo‘yicha O‘zRMBdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11803 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11805 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11807 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11809 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11811 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11813 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11815 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11897 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa qarzdorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotish narxi bilan kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni sotib olish o‘rtasidagi farqning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlar to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qaytadan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmaganda, bank portfeliga o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir REPO kelishuvi bo‘yicha, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishidan vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiralar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayishi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi,
Tahliliy hisob har bir REPO kelishuvi bo‘yicha, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11900 O‘zRMBga berilgan qisqa muddatli kreditlar
11901 O‘zRMBga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha O‘zRMBga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyatiga ko‘ra kreditlar deb ataluvchi boshqa operatsiya)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan (to‘langan) kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12100 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12101 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yilgacha muddatga boshqa banklarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyatiga ko‘ra kreditlar hisoblangan boshqa operatsiya)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kreditning summasi va/yoki kreditning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan summasi aks ettiriladi
Tahliliy hisob har bir qarzdor (kredit oluvchi) bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12105 Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarga berilgan muddatida qoplanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, maqomiga ko‘ra kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga berilgan muddatida to‘lanmagan barcha kreditlarning summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 12101 — “Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12109 — “Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14501 — “Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14505 — “Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan to‘langan qarzdorlik summasi, shuningdek kreditlarning boshqa mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki 12199 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i orqali hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12109 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar hisoblangan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12101 — “Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12105 — “Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, boshqa banklarga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan, qayta tasniflangan va/yoki 12199 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i orqali hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar hisoblangan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12300 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12301 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga va uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12305 Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan muddatida qaytarilmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12301 — “Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12309 — “Hukumatga berilgan qisqa muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar”, 14701 — “Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14705 — “Hukumatga berilgan uzoq muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i hisobidan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarz summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisobi har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12309 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12301 — “Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12305 — “Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar” (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12400 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12401 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha budjet tashkilotlariga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12405 Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: budjet tashkilotlariga berilgan muddatida qaytarilmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12409 — “Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14801 — “Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14809 — “Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, budjet tashkilotlariga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 — “Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i hisobidan hamda qarzdorlar
tomonidan to‘langan qarz summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisobi har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12409 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12405 — “Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan budjet tashkilotlariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12500 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12501 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12502 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12503 Jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga plastik kartochakalar orqali berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya) larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12504 Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan qisqa muddatli ipoteka kreditlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan ipoteka kreditlari (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12505 Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12502 — “Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12504 — “Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan qisqa muddatli ipoteka kreditlari”, 12509 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14901 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14902 — “Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14903 — “Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan uzoq muddatli ipoteka kreditlari”, 14905 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12599 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12509 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12502 — “Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12504 — “Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy xarid qilish uchun berilgan qisqa muddatli ipoteka kreditlari” va 12505 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash 12599 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12521 — Jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 12521-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
12599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12600 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12601 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga berilgan muddatida to‘lanmagan, qayta tasniflangan va 12601 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12609 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 15001 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15005 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12699 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12609 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan, qayta tasniflangan va 12601 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12605 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12621 — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 12621-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
12699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12700 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12701 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraq ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga kredit (maqomi bo‘yicha kreditlar bo‘lgan, overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12704 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat korxona, tashkilot va muassasalariga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12705 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12704 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12709 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 15101 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15104 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15105 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan muddatida to‘lanmagan barcha kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12709 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, maqomi bo‘yicha kreditlar deb ataladigan overdraft va boshqa operatsiyalar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12704 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12705 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va davlat korxona, tashkilot, muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan, overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12800 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
12801 Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Jismoniy shaxslarga berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12802 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12803 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit berilgan sanadan boshlab 1 yilgacha muddatga tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan kreditlarning hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12805 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan, muddatida so‘ndirilmagan qisqa va uzoq muddatli kreditlarning hisobi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan, qayta tasniflangan va mazkur hisobvaraqqa 12801 — “Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12802 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12803 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12809 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14401 — “Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14402 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14403 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14405 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab- quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan muddatida to‘lanmagan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan so‘ndirilgan, boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar va/yoki zaxira hisobvaraqlari hisobidan 12899 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan ehtimoliy zararlarga hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12809 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: asosiy shartlari qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma va unga doir qo‘shimcha bitimga muvofiq o‘zgartirilgan, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan, qayta tasniflangan va mazkur hisobvaraqqa 12801 — “Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12802 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12803 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12805 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 12899 — “ Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan ehtimoliy zararlar zaxiralaridan hisobdan chiqarilgan qayta tasniflangan va/yoki zaxira hisobvaraqlari hisobidan so‘ndirilgan kreditlar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirilmasligi mumkin bo‘lgan, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga zaxiralarning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining oshirilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira summasining bekor qilinishi va/yoki kamayishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12900 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12901 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12904 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12905 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli (uzoq muddatli) kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12901 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12904 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12909 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 15301 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15304 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15305 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12999 — Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12909 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiyalar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12901 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12904 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12905 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12999 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12921 — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 12921-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
12999 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13000 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13001 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13005 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddatida qaytarilmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha
kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13001 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 13009 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar”, 15201 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15205 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13099 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13009 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13001 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13099 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13099 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13100 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13101 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13104 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13105 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan. mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida muddatida to‘lanmagan, qayta tasniflangan va 13101 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 13104 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 13109 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 15501 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15504 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15505 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xususiy korxonalar, shirkatlar va korporatsiyalarga berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 13199 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13109 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13101 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 13104 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 13105 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobdan 13199 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13121 — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 13121-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
13199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli, aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan moliyaviy lizing, overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13200 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13201 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13205 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13201 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 13209 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 15401 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15405 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 13299 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13209 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13201 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 13205 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13299 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13299 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13300 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
13301 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqninng ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 12 oy muddatga Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 13301-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13305 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘alla yetishtirish uchun berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan muddatida to‘lanmagan uzoq muddatli kreditlarning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 13305-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13301 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 13309 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14301 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14305 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, g‘alla va paxta mahsulotlari uchun berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 13399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” va 14399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” hisobvarag‘idan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13309 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvarakning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13301 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 13305 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 13399-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14300 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
14301 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqninng ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 14301-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14305 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqniig ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14301 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 13305 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosini yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” hisobvarag‘idan chiqarilgan hamda qarzdor tomonidan qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 14399-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14400 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
14401 Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kreditning summasi va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14402 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kreditning summasi va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14403 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kreditning summasi va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14405 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: asosiy shartlari qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma va unga doir qo‘shimcha bitimga muvofiq o‘zgartirilgan, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan uzoq muddatli kreditlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) hisobi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan, qayta tasniflangan va mazkur hisobvaraqqa 14401 — “Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14402 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14403 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 12805 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida so‘ndirilgan, qayta tasniflangan va/yoki 14499 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘idan ehtimoliy zararlar zaxirasi hisobidan hisobdan chiqarilgan kreditlar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirilmasligi mumkin bo‘lgan, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga zaxiralarning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining oshirilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira summasining bekor qilinishi va/yoki kamayishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14500 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14501 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga boshqa banklarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14505 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14501 — “Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 12105 — “Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan hamda qarzdor tomonidan qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14700 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14701 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14705 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14701 — “Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 12305 — “Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14799 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14800 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14801 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga budjet tashkilotlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14809 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14801 — “Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar, 12405 — “Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14899 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14900 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14901 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14902 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14903 Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan uzoq muddatli ipoteka kreditlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14905 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14901 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14902 — “Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan uzoq muddatli ipoteka kreditlari”, 14903 — “Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan uzoq muddatli ipoteka kreditlari” va 12505 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14999 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14913 — Jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14921 — Jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 14913, 14921-hisobvaraqlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
14999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15000 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15001 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15005 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15001 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 12605 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 15099 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15021 — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 15021-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
15099 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15100 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15101 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga davlat korxona, davlat aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15104 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat korxonalari, davlat aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15105 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15101 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15104 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 12705 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15199 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15200 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15201 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15205 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15201 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 13005 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15299 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15299 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15300 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15301 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15304 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15305 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15301 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15304 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 12905 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15400 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15401 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15405 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan o‘rta muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15401-“Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 13205-“Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15499-“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15499 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15500 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15501 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15504 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15505 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13105-“Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” va 15501-“Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15504 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15599-“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15521 — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 15521-hisobvaraqlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
15599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15600 Lizing (moliyaviy ijara)
15601 Boshqa banklarga berilgan lizing
15605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing
15607 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing
15609 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing
15611 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing
15613 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing
15615 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan berilgan lizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing bo‘yicha sof investitsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy qarz so‘ndirilganda kelib tushgan pul mablag‘lari, shuningdek 15617 — “Muddati o‘tgan lizing” va 15619 — “Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing” hisobvaraqlariga hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15617 Muddati o‘tgan lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha muddati o‘tgan qarz hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15601 — “Boshqa banklarga berilgan lizing”, 15603 — “Jismoniy shaxslarga berilgan lizing”, 15605 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing”, 15607 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing”, 15609 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing”, 15611 — “Nodavlat notijorat tashkilotlarga berilgan lizing”, 15613 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing” va 15615 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan lizing bo‘yicha asosiy qarz summasi bo‘yicha vujudga kelgan muddati o‘tgan qarz summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing oluvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan va boshqa toifaga o‘tkazilgan va/yoki 15699 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Lizing” hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15619 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing shartnomasi va unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan lizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15601 — “Boshqa banklarga berilgan lizing”, 15603 — “Jismoniy shaxslarga berilgan lizing”, 15605 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing”, 15607 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing”, 15609 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing”, 15611 — “Nodavlat notijorat tashkilotlarga berilgan lizing”, 15613 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing” va 15615 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing bo‘yicha to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan va/yoki 15699 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Lizing” hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15699 — Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15700 Sud jarayonidagi kreditlar va lizing
15701 Yuridik shaxslarga berilgan Sud jarayonidagi kreditlar
15703 Jismoniy shaxslarga Sud jarayonidagi berilgan kreditlar
15705 Sud jarayonidagi lizing
15707 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi kreditlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: sud ishi qo‘zg‘atilgan kredit va lizing (shu jumladan, overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va sud jarayonida bo‘lganligi sababli asosiy kredit va lizing hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlar va lizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirib olingan va/yoki 15799-“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sud jarayonidagi kreditlar va lizing” hisobvarag‘idagi zaxiralar hisobidan qoplangan kreditlar va lizing summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit va lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sud jarayonidagi kreditlar va lizing (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, sud jarayonidagi kredit va lizing (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflanib ko‘rib chiqilayotgan kreditlar va lizing bo‘yicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan tegishli zaxira hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘larning va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit va lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15800 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar
15801 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan qaram xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymatining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holdagi summasi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning qaram xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bilan o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning qaram xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Moliyaviy institut hisoblangan har bir qaram xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15805 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan qaram xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraq o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning qaram xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning qaram xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lmagan har bir qaram xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15809 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiya — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan, birgalikda nazorat qilinuvchi faoliyatga, birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyatlarining aktivlariga yoki xususiy kapitaliga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyaning kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut hisoblangan birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining har biri bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15813 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan, birgalikda nazorat qilinuvchi faoliyatga, birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining aktivlariga yoki xususiy kapitaliga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut hisoblanmagan birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining har biri bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15817 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan shu’ba xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiya qilingan mablag‘larning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi (investorning sof aktivlardagi ulushining haqiqiy qiymatidan oshmagan summaga) va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lgan har bir shu’ba xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15821 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan shu’ba xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiya qilingan mablag‘larning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi (investorning sof aktivlardagi ulushining haqiqiy qiymatidan oshmagan holda) va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lmagan har bir shu’ba xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15827 Tijorat banklari tomonidan strategik investorlarga korxonalarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklari tomonidan sotiladigan korxonalar, ularning ustav fondlaridagi ulushlar, avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangidan tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini salohiyatli investorlar tomonidan bir yo‘la yoki sotib olish summasining qoldig‘iga foizlar hisoblamasdan bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek sotib olish to‘lovlari to‘liq to‘langunga qadar tasarruf etish huquqisiz amalga oshirishning hisobi.
Hisobvaraqning debetida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan korxonalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilinayotgan korxonaning to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilish jarayonida turgan har bir korxona turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15899 — Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraq ta’rifi: ivestitsiya qadrsizlanishi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida yaratilgan zaxira mablag‘larining va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15900 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
15901 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan xazina veksellari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15905 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlari (uzoq muddatli) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15909 O‘zRMBining obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan O‘zRMBning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan O‘zRMBning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15911 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan yevroobligatsiyalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan, shuningdek Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalarning turlari, muddati va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15913 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan korxona (tashkilot)ning qarz qimmatli qog‘ozlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxona qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona(tashkilot)larning obligatsiyalari va boshqa qarz majburiyatlarining turlari, muddati va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15923 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining so‘ndirilguniga qadar ushlab qolish va qat’iy belgilangan daromad olish maqsadida xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati, shuningdek Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15979 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumga mos tushmaydigan, so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati bo‘yicha hamda emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15989 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (agent, maslahatchi, diler va brokerlarga to‘lanadigan mukofot va vositachilik haqi, nazorat organlari va fond birjalarining yig‘imlari hamda mablag‘ o‘tkazganlik uchun soliq va yig‘imlar va h.k.) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarining amortizatsiya qilingan summasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan va o‘tkazilgan yoki hisobdan chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15991 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi hamda qimmatli qog‘ozlar sotilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bahoda xarid qilishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15993 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan yuqori bahoda xarid qilishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mukofot amortizatsiyasi summasi hamda qimmatli qog‘ozlar sotilganda, qayta tasniflanganda va o‘tkazilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda mukofot summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraqda qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qimmatli qog‘ozlarning turi hamda emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16100 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar
16101 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bosh bank va filiallar o‘rtasida yoki bir bank filiallari o‘rtasida bo‘ladigan naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22202-“Bosh ofis/filiallarga beriladigan mablag‘lar — Naqd pullar” o‘zaro mos hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filiallarga naqd pul uchun berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek Bosh bankda yopiladigan barcha o‘tkazmalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16102 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bosh bank va filiallar o‘rtasida yoki bir bank filiallari o‘rtasida bo‘ladigan naqdsiz pul bilan bog‘liq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22203-“Bosh ofis/filiallarga beriladigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filiallarga berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16103 Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: banklar filiallarining filiallar va banklararo hisob-kitoblar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22204 — “Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16104 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank filiallari va ularning Bosh ofis/filiallari o‘rtasida tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar bo‘yicha operatsiyalar hamda bir bankning Bosh ofis/filialiga ko‘rsatilgan xizmatlar va berilgan tovar-moddiy qimmatliklar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22205 — “Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar” vakillik hisobvarag‘i hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiqlari teng bo‘lishi lozim. Jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida omborga topshirilgan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga belgilangan muddatlarda vakillik hisobvarag‘i orqali to‘lanadigan qarzlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16105 Chet eldagi Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallari va uning chet eldagi filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22206 — “Chet eldagi Bosh ofis/filiallarga beriladigan mablag‘lar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart. Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filiallarga berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek, Bosh bankda yopiladigan barcha o‘tkazmalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16107 Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar — Overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: 22204 — “Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” hisobvarag‘ining mavjud kredit qoldiq summasidan ortiq summaga to‘lovlar amalga oshgan holatda vujudga kelgan debet qoldig‘ining hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida 22204 — “Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” hisobvarag‘ida vujudga kelgan debet qoldig‘ining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 22204 — “Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” hisobvarag‘iga mablag‘lar kelib tushganda mavjud debet qoldig‘ining qoplanish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16109 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Float
Hisobvaraqning ta’rifi: Bankning Bosh ofisi va uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bank filiallariaro o‘tkazilgan, belgilangan muddat davomida solishtirilib tartibga solinmagan transaksiyalar hisobi olib boriladi. Hisobni bosh transaksiyani amalga oshirgan bank muassasasi yuritadi va uch kun ichida qoldiq berkitilishi lozim.
Hisobvaraqning debetida belgilangan muddat davomida to‘lanmagan, qayta tasniflangan va 16101, 16102, 16103, 16104, 16105 va 16107 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tartiblashtirilgan summa hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16111 Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar plastik kartalaridan berilgan naqd pullari bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar plastik kartalaridan berilgan naqd pullari bo‘yicha boshqa bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar plastik kartalari bo‘yicha berilgan naqd pullar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan qoplangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16113 Bosh ofis/filialdan plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan qoplangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16300 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16301 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblab yozilgan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblab yozilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda “16377 — Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16303 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda “16377 — Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16304 Bosh bank/filialdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda bank/har bir filial bo‘yicha olib boriladi.
16305 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar”hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16307 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar investitsiyasi bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida haqiqatda olingan yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16309 Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan chun hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar bo‘yicha hisoblangan (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisoblangan), lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16311 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16315 Sotib olingan veksellar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan veksellar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida veksellar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi va muddati bo‘yicha hamda to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16319 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan tratta majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar”hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16321 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijoz majburiyatlari yuzasidan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijoz majburiyatlari yuzasidan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16323 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16325 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan qoplanadigan, olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan qoplanadigan, hisoblangan, lekin hozircha olinmagan foizlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan operatsiyalar bo‘yicha hisoblangan foizlarning) hisobi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan qoplanadigan olishga hisoblangan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlarning summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16377 Shartnoma bo‘yicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan (aktivlar va vositachilik haqi bo‘yicha foizlarni hisobga olish uchun balansdan tashqari hisobvaraqlarda o‘tkazgunga qadar hisoblangan va muddati kechiktirilgan) foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv va qarzdor bo‘yicha shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16397 Mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16400 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar
16401 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali olinmagan ko‘rsatilgan xizmat va vositachilik haqlari summalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan ko‘rsatilgan xizmat va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan ko‘rsatilgan xizmat va vositachilik haqlarining qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xizmat haqi va vositachilik turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16405 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan jarima va penyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan, lekin hali olinmagan jarima va penyalar summalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan jarima va penyalar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan jarima va penyalar qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16409 Operatsion ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan daromad Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan daromad hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan daromad summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida olishi lozim bo‘lgan to‘lovlar va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16413 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali olinmagan boshqa foizsiz daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan boshqa foizsiz daromadlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy xizmat haqi va vositachilik turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlarning undirib olinmasligi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxiraning baholash summasi va/yoki uning o‘sish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aktivlarning turi bo‘yicha tashkil etilgan zaxiralar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16500 Asosiy vositalar
16501 Yer
Hisobvaraqning ta’rifi: foydalanish huquqi bilan sotib olingan yer qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan yerning yer kadastri ma’lumotlariga ko‘ra qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yer qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yer maydoni (uchastkasi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16505 Tugallanmagan qurilishlar
Hisobvaraqning ta’rifi: binolarni, inshootlarni qurish, jihozlarni o‘rnatish va boshqa asosiy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar bilan birga barcha xarajatlar qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish yoki qayta tiklash, qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nihoyasiga yetkazilgan qurilish yoki rekonstruksiya qiymati, shuningdek qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zarar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalar turi (obyektlari) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16509 Bankning imoratlari — Binolar va boshqa inshootlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning faoliyati va to‘liq ish yuritishi uchun zarur bo‘lgan, unga tegishli binolarning va boshqa inshootlarning (xizmat binolari, ombor, garaj, oshxona, o‘quv markazi, ijtimoiy infrastruktura obyektlari) qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qurilgan bino va boshqa inshootlarning qiymati va/yoki sotib olingan bino va boshqa inshootlarning ularni sotib olishdagi xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino(inshoot)lar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16511 Yig‘ilgan eskirish summasi — Binolar va boshqa inshootlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bino va boshqa inshootlarning yig‘ilgan eskirish va qadrsizlanish natijasidagi yig‘ilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida bino va boshqa inshootlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino (inshoot) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16515 Obyektni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan moliyaviy va uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning hamda moliyaviy va/yoki uzoq muddatli ijara bo‘yicha foydalanilayotgan ijara mulkini takomillashtirish xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijaraga olish huquqi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, ijaraga olinadigan obyektlarni rekonstruksiyalash va takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara muddati tugagach yoki ijara huquqi bekor qilingan taqdirda lizing beruvchiga qaytarilgan yoki asosiy vositalarning ijara muddati tugagandan keyin bank tomonidan sotib olingan va sotilgan va/yoki qayta tasniflangan ijaraga olingan mulkni takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16519 Yig‘ilgan eskirish summasi — Obyektni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ijaraga olingan va takomillashtirilgan obyektlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yig‘ilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan obyektlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijara muddati tugashi yoki ijara huquqining bekor qilinishi bilan lizing beruvchiga qaytarilgan yoki ijara muddati tugashi bilan bank tomonidan sotib olinganda yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16529 Transport vositalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank ishida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalari (avtomashina, yuk mashinalari va boshqa harakatlanuvchi vositalar)ning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida transport vositalarining ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasining turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16531 Yig‘ilgan eskirish summasi — Transport vositalari (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida transport vositalarining eskirish summasi, qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16535 Mebel, moslama va jihozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank faoliyati uchun sotib olingan mebellar, kompyuterlar, binolar uchun moslamalar, ofis uchun va boshqa uskunalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mebel, moslama va jihozlarni sotib olish, olib kelish, o‘rnatish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan hoddagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va uskunalarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16539 Yig‘ilgan eskirish summasi — Mebel, moslama va boshqa jihozlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida mebel, moslama va jihozlarning eskirishni baholash summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayottan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16541 To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari bo‘lmish bankomat, terminal, server va boshqa uskunalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xarid qilish, yetkazib berish va o‘rnatish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi xarid qilish qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan uskunalarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16543 Yig‘ilgan eskirish summasi — To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalarinnig yig‘ilgan eskirish summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida uskunalarning eskirshp summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan uskunalarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16549 Boshqalarga operatsion ijara bo‘yicha berilgan asosiy vositalar
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning (ko‘chmas mulkdan tashqari) qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘chmas mulkdan tashqari ijaraga berilgan asosiy vositalarning qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijara muddati tugashi va/yoki ijara shartnomasi bekor qilinishi natijasida qaytarilgan asosiy vositalarning qiymati, shuningdek ijara muddati tugagandan keyin ijarachi olgan asosiy vositalarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16551 Yig‘ilgan eskirish summasi — Boshqalarga operatsion ijara bo‘yicha berilgan asosiy vositalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning maqsadi: operatsion ijara bo‘yicha boshqalarga ijaraga berilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va ularning qadrsizlanishi natijasida yig‘ilgan zararlar summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga berilgan, ijara muddati tugashi yoki ijara huquqi bekor qilinishi natijasida qaytariladigan yoxud muddati tugashi bilan ijarachi tomonidan sotib olinadigan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirshp summasi so‘ndiriladi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16561 Ombordagi asosiy vositalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan va omborda ekspluatatsiyaga kiritilgunga qadar hamda ekspluatatsiyadan chiqarilgandan keyin saqlanadigan asosiy vositalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va omborda saqlanadigan asosiy vositalar deb aks ettiradigan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga kiritilgan yoki hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir asosiy vosita turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16563 Yig‘ilgan eskirish summasi — Ombordagi asosiy vositalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va ularning qadrsizlanishi natijasida yig‘ilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida omborda saqlanadigan asosiy vositalarning eskirish qiymati va qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zarar hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga beriladigan, sotish vayoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarishdagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasining hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ombordagi asosiy vositalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16600 Nomoddiy aktivlar
16601 Nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: dasturiy ta’minot, mualliflik huquqi va patent kabi nomoddiy aktivlarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek ekspluatatsiyaga tayyor nomoddiy aktivlarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16605 Yig‘ilgan eskirish summasi — Nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16609 O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan, o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan nomoddiy aktivlarning o‘rnatish vayoki yaratish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga berilayotgan, sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16617 Gudvill
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik subyektlarining qo‘shilishi yoki qo‘shib olinishi natijasida vujudga keluvchi gudvill hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik subyektlarining qo‘shilish yoki qo‘shib olinishi natijasida sotib olingan sof aktivlarining xarid qilish bahosini ularning haqiqiy bahosidan oshiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida gudvillning qadrsizlanishi vayoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga berilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16700 Bankning boshqa xususiy mulklari
16701 Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning garovga olingan mulkka egalik huquqini qo‘llagan holda qarzdorlar va lizing oluvchilardan undirib olingan, bank faoliyatida yoki ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida kredit va lizingning sof balans qiymatidan yoki qarzdorlar va lizing oluvchilardan undirib olingan mulkning haqiqiy qiymatidan qaysi biri kichik bo‘lsa, shu qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan, dispozitsiya qilingan va/yoki qayta tasniflangan mulklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulklarning har bir turi va undirilgan mulklar bo‘yicha xar bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16703 Kredit va lizing bo‘yicha undirilgan tugatilayotgan bankrot korxonalar mulki
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditorlik qarzdorligi tarkibida 70 va undan yuqori foiz miqdorida bank kreditlari bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan, bank tomonidan bankrotlik to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilib tugatish jarayonidagi korxonalarning sud qarori bilan bankning xususiy mulkiga o‘tkazilgan mulklarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida kredit va lizingning sof balans qiymatidan yoki qarzdor tugatilayotgan bankrot korxonaning sud qarori bilan bankning xususiy mulkiga o‘tkazilgan mulklarining haqqoniy qiymatidan qaysi biri kichik bo‘lsa, shu qiymat aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tugatilayotgan bankrot korxonaning sotilgan mulklarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tugatilayotgan bankrot korxona mulklarining har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16705 Bankning boshqa mulklari
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan, bank faoliyatida va/yoki mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa mulklari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, bank faoliyatida va/yoki mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan mulkning sof balans qiymati va haqiqiy qiymatidan, sotish xarajatlar summasidan tashqari qaysi biri past bo‘lsa, o‘sha qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan, dispozitsiya qilingan va/yoki qayta tasniflangan mulklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulklarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16707 Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan bankning boshqa mulklari
Hisobvaraqning ta’rifi: bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan bank boshqa xususiy mulkining hisobi.
Hisobvaraqning debetida 16701 — “Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk”, 16703 — “Kredit va lizing bo‘yicha undirilgan tugatilayotgan bankrot korxonalar mulki”, 16705 — “Bankning boshqa mulklari” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan mulkning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank boshqa xususiy mulkining to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir obyekt (mulk) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16709 Ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya
Hisobvaraqning ta’rifi: bank faoliyatida foydalanilmaydigan, ijara daromadlari olish va kapital o‘sishi uchun yoki har ikki maqsad uchun ham mo‘ljallangan ko‘chmas mulklari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16713 Yig‘ilgan eskirish summasi — Ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyaning (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘chmas mulkka qilingan bank investitsiyalarining eskirish summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalar bo‘yicha baholangan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan yokiva boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalarning eskirish qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ko‘chmas mulkka qilingan har bir investitsiya obyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bankning boshqa xususiy mulklari (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16800 — Muddati uzaytirilgan debitor qarzdorlik
16803 — Bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun sotilgan bankning aktivlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan bankning aktivlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida 16701 — “Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk”, 16703 — “Kredit va lizing bo‘yicha undirilgan tugatilayotgan bankrot korxonalar mulki”, 16705 — “Bankning boshqa mulklari” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan mulkning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga sotilgan bank aktivlarining to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir obyekt (mulk) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16899 — Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Muddati uzaytirilgan debitor qarzdorlik (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati uzaytirilgan bankning debitor qarzdorligi bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 16800, 16803, 16899 -hisobvaraqlar bilan to‘ldirilgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
16900 Hosilaviy instrumentlarning revalvatsiyasi natijasida o‘zlashtirilmagan foyda
16901 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Forvard shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobga olinadi. (Forvard bitimi — bu kelishuv bo‘yicha kelajaqda aniq sanada moliyaviy instrumentni qat’iy belgilangan kurs bo‘yicha sotish va sotib olish shartnomasidir).
Hisobvaraqning debetida forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida forvard bitimlari bo‘yicha so‘ndirilgan (to‘langan) va/yoki mazkur pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunga qadar ushbu bitimlar bo‘yicha hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir forvard bitimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16905 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Opsionlar
Hisobvaraqning ta’rifi: opsionlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobga olinadi. (Opsion — moliyaviy instrumentning ma’lum summasini shartnomaviy davr ichida qat’iy belgilangan kurs bo‘yicha sotish va sotib olish huquqini beradigan shartnomadir).
Hisobvaraqning debetida opsionlar bo‘yicha olingan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsion so‘ndirilganda va/yoki opsionlar bo‘yicha mazkur pozitsiya ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16909 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Fyucherslar
Hisobvaraqning ta’rifi: fyuchers shartnomalari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobi olib boriladi. (Fyuchers — bu moliyaviy instrumentni kelajakda yetkazib berish sharti bilan sotish yoki sotib olish bo‘yicha standartlashtirilgan shartnomadir).
Hisobvaraqning debetida fyuchers shartnomalari bo‘yicha o‘zlashtarilmagan foyda aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida shartnomalar so‘ndirilganda va/yoki fyuchers shartnomalari bo‘yicha mazkur pozitsiya ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqqlarda olib boriladi.
16913 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Svoplar
Hisobvaraqning ta’rifi: svoplar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobi olib boriladi. (Svop — bu shartli summalar va kelishilgan indeks qo‘llash asosida, kelajakda to‘lovlar almashish bo‘yicha kelishuvdir. Ikki namuna sifatida valyuta svopi va foizlar stavkasi bo‘yicha svoplarni keltirish mumkin).
Hisobvaraqning debetida svoplar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida svoplar so‘ndirilganda va/yoki ular bo‘yicha mazkur pozitsiya ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir svop shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17100 Valyutalar savdosi va valyuta pozitsiyalari
17101 Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bittadan ortiq valyuta kitoblarida aks ettiriladigan xorijiy valyutalar ishtiroki bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarda bankning valyuta pozitsiyasi hisobi yuritiladi. Shuningdek, ushbu hisobvaraq moliyaviy hisobotlar tuzish maqsadida xorijiy valyutada ifodalangan aktiv va majburiyatlarning milliy valyutada qayta hisoblashda kurs farqlari hisobini yuritish uchun qo‘llaniladi. Valyuta kursi farqidan foyda/zarar aks ettirilgandan so‘ng, ushbu hisobvaraq qoldig‘i jamlangan balansda nolga teng bo‘lishi lozim.
Hisobvaraqning debetida (1) xorijiy valyuta kitoblarida sotilgan xorijiy valyuta summasi, xorijiy valyutada to‘langan va hisoblangan xarajatlar hamda xorijiy valyutada sotib olingan aktivlar. (2) So‘m kitoblarida sotib olingan xorijiy valyuta, o‘z aksiyalarini xorijiy valyutada sotishdan tushumlar va xorijiy valyutada olingan yoki hisoblangan daromadlar, shuningdek xorijiy valyutadagi aktiv va majburiyatlarni qayta hisoblashdan keyingi ijobiy natija (foyda)ning so‘mdagi ekvivalenti aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida (1) xorijiy valyuta kitoblarida sotib olingan xorijiy valyuta summasi, o‘z aksiyalarini xorijiy valyutada sotishdan tushumlar va xorijiy valyutada olingan va hisoblangan daromadlar summasi aks ettiriladi. (2) So‘m kitoblarida sotilgan xorijiy valyuta summasi, xorijiy valyutada to‘langan va hisoblangan xarajatlar hamda xorijiy valyutada sotib olingan aktivlar, shuningdek xorijiy valyutadagi aktiv va majburiyatlarni qayta hisoblashdan keyingi salbiy natija (zarar)ning so‘mdagi ekvivalenti aks ettiriladi.
Tahliliy hisob valyuta turlari bo‘yicha alohitsa shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
17300 Tranzit hisobvaraqlari
17301 Tranzit hisobvarag‘i
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraq bo‘yicha summalar, operatsiya amalga oshirilayotrgan hisobvaraqning vakillik hisobvaraq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrespondensiyasi taqiqlangan hollarda o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning debetida o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘tkazilgan summalarning to‘lanishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
17305 Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: biror-bir sabablarga (rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganda, mijozga bu bankda boshqa xizmat ko‘rsatilmaganda, qo‘shimcha nazorat talab qiladigan operatsiyalar va shu kabi boshqa hollarda) ko‘ra belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan mablag‘lar transaksiyasi hisobga olinadi. Aniqlanish jarayonida hisobvaraqdagi mablag‘lar maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi yoki mablag‘ oluvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan o‘rnatilgan muddat davomidagina qoldirilishi mumkin.
Hisobvaraqning debetida mablag‘lar kelib tushgan vaqtda belgilangan maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi mumkin bo‘lmagan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida belgilangan maqsadi bo‘yicha hisoblangan yoki oluvchiga qaytarib yuborilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
17400 Mijozlarning plastik kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
17401 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlaridan olingan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17403 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan boshqa plastik kartalar yoki omonatlar hisobvaraqlariga hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvarag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan aholining plastik kartalari yoki omonatlari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan aholining plastik kartalari yoki omonatlari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17405 Kommunal to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalardan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvarag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: kommunal to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalar hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida kommunal to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalar hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartalar hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17407 Pullik xizmatlar bo‘yicha plastik kartalardan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: pullik xizmatlar (kommunal to‘lovlardan tashqari) bo‘yicha plastik kartalar hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida pullik xizmatlar (kommunal to‘lovlardan tashqari) bo‘yicha plastik kartalar hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartalar hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17409 Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalardan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvarag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalardan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalardan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartalar hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17500 Hukumat hisobvaraqlari
17509 Hukumat subsidiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: narxni bir me’yorda ushlab turish uchun hukumat tomonidan Respublika budjeti hisobidan berilgan subsidiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida narxlardagi salbiy farq (tushumlarga nisbatan xarajatlarning oshib ketishi) summalari, hamda Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 23410-“Hukumat subsidiyalari fondi” hisobvarag‘i qoldiqlari doirasida belgilangan qo‘shimcha va dotatsiya to‘lovlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qonunchilikka muvofiq narxlardagi farqlar va dotatsiya xarajatlarini qoplash uchun respublika budjetidan berilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mahsulotlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17515 Respublika budjeti — Maxsus xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobidan maxsus xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘lar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobidan 23416 — “Maxsus maqsadlar fondi” hisobvarag‘idagi mablag‘lar qoldig‘i doirasida maxsus xarajatlar uchun ajratilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobidan maxsus xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘larning o‘rnini to‘ldirish uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Respublika budjeti hisobidan maxsus maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilgan har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19900 Boshqa aktivlar
19901 Mayda xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibda mayda xarajatlar uchun beriladigan hisobdorlik summalari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mayda xarajatlar uchun hisobdorlik sifatida berilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilmagan mablag‘larning qaytarilishi, shuningdek hisobdorlikdagi summalarning qoplanishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisobdor shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19903 Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi hisobga olinadi. Kun oxirida ushbu hisobvaraqda qoldiq bo‘lmasligi kerak.
Hisobvaraqning debetida qayta hisoblanguncha mijozlarning hisobvaraqlariga yoki 29804 — “Boshqa banklar mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘iga oldindan kirim qilinadigan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning qayta hisoblashdan keyin aniqlangan ortiqcha mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta hisoblashdan keyin kassaga qabul qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek qayta hisoblash vaqtida aniqlangan o‘z mijozlarining hiobvaraqlaridan yoki 29804 — “Boshqa banklar mijozlarining pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kamomad summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
19905 Qaytarilgan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan yaroqsiz (buzilgan) deb topilgan va aniqlanish jarayonidagi inkasso qilingan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan yaroqsiz deb hisoblangan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida aniqlik kiritilgandan keyingi cheklar va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob cheklar va to‘lov hujjatlari bo‘iicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19907 Xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan (1 yildan oshmagan) xarajatlar (pochta, telegraf, telefon aloqasi, ABM (HAM), suv, elektr toki, gaz, ta’mirlash va boshqalar uchun avans) to‘lovlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xizmatlar haqiqatda bajarilganda summalar to‘lanadi va hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19908 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun avanslar, ortiqcha hisoblangan ish haqi yoki mukofot (badal) tariqasida to‘langan mablag‘, shuningdek javobgar shaxs tomonidan yetkazilgan zarar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bank xodimlariga hisoblangan va to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan va to‘langan summalarni qoplash aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank xodimi uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19909 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun
Hisobvaraqning ta’rifi: moddiy-tovar qimmatliklar (bu qoidaga muvofiq asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar uchun va boshqa moddiy-tovar qimmatliklar uchun avans to‘lovlaridir) uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida moddiy-tovar qimmatliklar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moddiy-tovar qimmatliklar omborga kirim qilinganda summalar to‘lanadi yoki hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma va/yoki har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim 19909-hisobvaraq beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
19910 Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ plastik kartalardan hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qonun hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali korporativ plastik kartalardan 29810 — “Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ plastik kartalar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari” hisobvarag‘iga avans sifatida o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qonun hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun korporativ plastik kartalardan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mas’ul xodimlar orqali korporativ plastik kartalardan bankning xarajatlariga kiritilgan joriy to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bankning har bir mas’ul xodimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19911 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir debitor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19919 Pochta va hujjat markalari
Hisobvaraqning ta’rifi: pochta va hujjat markalari (alohida va muhr ko‘rinishida) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan markalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilgan markalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob markalarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19921 Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan va omborda saqlanayotgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shuningdek, boshqa qimmatliklar, shu jumladan bankning bino va boshqa asosiy vositalarini ta’mirlash uchun mo‘ljallangan materiallar hisobi olib boriladi.
Hisobraqamning debetida sotib olingan va omborga kirim qilingan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar hamda boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobraqamning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki foydalanishga berilgan kam
baholi va tez eskiruvchi predmetlar va boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar, shuningdek, boshqa qimmatliklarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
19925 Oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning kelgusi davr foydasi hisobiga oldindan to‘langan (1 yildan ortiq bo‘lmagan) xarajatlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning kelgusi davr foydasi hisobiga oldindan to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqnnng kreditida qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha davrning joriy xarajatlariga o‘tkazilgan, xarajatlarning amalda qoplangan summasi, shuningdek hisoblangan amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xarajatlar turi va har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19929 Boshqa muddati uzaytirilgan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: joriy davrda oldindan to‘langan, lekin kelgusi (1 yildan ortiq) davr xarajatlari hisoblanadigan va qabul qilinadigan xarajatlar hisobga olinadi. Bunga ijara bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, nashrlarga obuna to‘lovlari hamda mulk sug‘urtasi to‘lovlari va h.k. kiradi.
Hisobvaraqning debetida bankning oldindan to‘langan kelgusi davr xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldindan to‘langan mablag‘larning xarajatlar hisobvaraqlariga debetlash orqali amortizatsiya qilingan qismining summasi, shuningdek ularning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xarajatlar turi va har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19931 Muddati uzaytirilgan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi budjetiga va budjetdan tashqari fondlariga oddindan bo‘nak tariqasida to‘langan soliqlar, yig‘imlar, ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda muddati uzaytirilgan soliq talablarining ham hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan soliq talablari bu — joriy davrning soliqqa tortiladigan daromadi(foydasi)ga kiritilib, vaqtinchalik farqlar mavjud bo‘lgani sababli kelgusi davrda qoplanadigan, lekin kelgusi davr soliqqa tortiladigan daromad(foyda)ni aniqlashda Chetirib tashlanadigan daromad(foyda) solig‘idir. Bu — buxgalteriya balansidagi foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning debetida oldindan to‘langan soliqlar va soliq talablari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xarajatlarning mos hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yig‘im, ajratmalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqqlarda olib boriladi.
19933 Muddati uzaytirilgan soliqlar bo‘yicha baholangan zaxira (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati uzaytirilgan soliq talablaridan olinadigan nafni to‘la o‘zlashtirish uchun mavjud soliqqa tortiladigan foyda yetarli bo‘lmagan hollarda, muddati kechiktirilgan soliq talablarini tiklash maqsadida qayta ko‘rib chiqish natijasida yaratiladigan zaxira hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida yaratilgan zaxira vayoki zaxiraning ko‘paygan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan zaxira vayoki zaxiraning kamaygan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yig‘im, ajratmalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19934 Pul o‘tkazmalari bo‘yicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro pul o‘tkazmalarining shartlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga amalga oshirilgan to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarga berilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida amalga oshirilgan o‘tkazmalar bo‘yicha qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pul o‘tkazmalarining turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19935 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning hisobdor kassirlariga berilgan naqd pullarni qayta sanashda aniqlangan kamomadlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida kamomadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kamomadlarning kelib chiqish sabablari o‘rganilgandan keyin qoplangan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19939 Olinadigan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilgan xususiy kapitali yoki kreditlar bo‘yicha hisob-kitoblarda sotib olingan aksiyalari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olinadigan hisoblangan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan olingan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob emitentlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19941 Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi mablag‘lari hisobidan yoki boshqa aktivlar bilan qoplangan tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklarning mablag‘lari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19945 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan, tugatilgan bank yoki tugatilayotgan banklardagi undirilmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19949 Muzlatilgan aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarda bo‘lgan, lekin ba’zi huquqiy va siyosiy sabablarga ko‘ra foydalanishga qisman yoki umuman ruxsat bo‘lmagan bank aktivlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarda bo‘lgan, lekin ba’zi huquqiy va siyosiy sabablarga ko‘ra foydalanishga qisman yoki umuman ruxsat bo‘lmagan bank aktivlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankka qaytarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir harakatsiz aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19983 “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi hisob-kitoblar uchun bank mablag‘lari hisobini yuritish.
Hisobvaraqning debetida “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi xizmatlar yetkazib beruvchilarga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi, shuningdek bankning daromadlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi belgilangan tartibda yetkazib beruvchilar xizmatlari uchun kelib tushgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kassir-operator bo‘yicha har bir boshqa bank va har bir tashqi operator, shuningdek har bir xizmatlar yetkazib beruvchilarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19995 Sud jarayonidagi boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sud jarayonidagi aktivlari hisobi olib boriladi (bankning javobgar shaxsi tomonidan yetkazilgan moddiy zararlar, mijozlarning hisobvaraqlaridan noqonuniy berilgan pul mablag‘lari natijasidagi overdraftlar va boshqalar).
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni sababli qayta tasniflangan va tegishli asosiy hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki zararlarni qoplash zaxirasi hisobiga 19999 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa aktivlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19997 Boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan tasnifga mos tushmaydigan aktivlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aktivlar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan, sotilgan yoki dispozitsiya qilingan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aktivlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa aktivlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: alohida “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i ko‘zda tutilmagan aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20000 MAJBURIYATLAR
20200 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
20202 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining Bosh ofisida ochiladigan va hukumat (Moliya vazirligi)ning joriy maqsadlarda foydalaniladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumatning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumatning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20203 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobidan tashkil etilgan budjet tashkilotlarining joriy maqsadlarda foydalanadigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobidan tashkil etilgan budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobidan tashkil etilgan budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20204 Mahalliy budjet karamog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining joriy maqsadlarda foydalaniladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20205 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: konsolidatsiyalashgan davlat budjetiga kiritiladigan va ma’lum maqsadlar uchun hukumatning qarori farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ko‘zda tutilgan xarajatlar nizomi bo‘yicha hisobdan chiqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jamg‘arma bo‘yicha, har bir jamg‘arma ichida esa har bir faoliyat turi bo‘yicha alohida olib boriladi.
20206 Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20207 Respublika yo‘l jamg‘armasining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: konsolidatsiyalashgan davlat budjetiga kiritiladigan va ma’lum maqsadlar uchun hukumatning qarori yoki farmoyishi asosida tashkil etilgan Respublika yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jamg‘armaning Nizomda nazarda tutilgan, kelib tushadigan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi HKKMdagi Respublika yo‘l jamg‘armasining maxsus 21508 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy institutlarning talab qilib olinguncha depozitlari” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
20208 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlarining joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20210 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining joriy maqsadlar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20212 Nodavlat notijorat tashkilotlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: nodavlat notijorat tashkilotlarining joriy maqsadlar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20214 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20216 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombard va lizing kompaniyalarining joriy maqsadlar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20218 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarining joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20294 — Norezident — yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: norezident — yuridik shaxslarning joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida norezident — yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida norezident — yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 20294-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
20296 Boshqa mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflariga mos tushmaydigan mijozlarning, shu jumladan elchixona va vakolatxonalarning joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushbu mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ushbu mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20400 Jamg‘arma depozitlar
20402 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat (Moliya vazirligi)ning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumatning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumatning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20403 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan budjetdan tashqari mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20404 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy budjet (tuman/shahar, viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hisobidagi budjet tashkilotlarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining jamg‘arma depozitlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining jamg‘arma hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20405 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan tashqari jamg‘armalarning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jamg‘arma bo‘yicha, har bir jamg‘armaning ichida esa maqsadi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20406 Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20408 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20410 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20412 Nodavlat notijorat tashkilotlarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: nodavlat notijorat tashkilotlarning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida nodavlat notijorat tashkilotlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida nodavlat notijorat tashkilotlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20414 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20416 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombard va lizing kompaniyalarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20418 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20496 Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan mijozlarning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa mijozlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa mijozlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20600 Muddatli depozitlar
20602 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat(Moliya vazirligi)ning qat’iy kelishilgan muddatga foizlar hisoblanishi sharti bilan qo‘yilgan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumatning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumatning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20603 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanishi sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20604 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy budjet (tuman/shahar, viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hisobidagi budjet tashkilotlarining qat’iy kelishilgan muddatga foizlar hisoblanishi sharti bilan qo‘yilgan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan tashqari jamg‘armalarning qat’iy kelishilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida budjetdan tashqari jamg‘armalarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fond bo‘yicha, har bir fond tarkibida esa muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20606 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanishi sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning muddatli depozit hisobvaraqaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20608 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari va to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli, aksiyadorlik jamiyatlarining qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanishi bilan shakllangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli depozit hisobvaraqaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20610 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat aksiyadorlik jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalarining qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat korxona, tashkilot va muassasalarining muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida davlat korxona, tashkilot va muassasalarining muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsni hisobvaraqlarda olib boriladi.
20612 Nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: nodavlat notijorat tashkilotlarining qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20614 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20616 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombard va lizing kompaniyalarining qat’iy o‘rnatilgan muddatta foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaligining qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20696 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan mijozlarning qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa mijozlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa mijozlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20800 O‘zRMBiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
20802 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zRMBning tijorat banklarida ochilgan vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMB vakillik hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida O‘zRMB vakillik hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
20806 O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: ilgari mavjud bo‘lgan debet saldodan to‘lovni amalga oshirishdagi summaning oshib ketishi natijasida aktiv 10301 — “O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvarag‘ida paydo bo‘lgan kredit qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida 10301 — “O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvaraqda paydo bo‘lgan kredit qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 10301 — “O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda kredit qoldiqni qoplash summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
20896 O‘zRMBning to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: MBning tijorat banklardagi depozitlari hisobga olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida depozit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qaytarilgan depozit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21000 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
21002 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro
Hisobvaraqning ta’rifi: banklarning ushbu tijorat bankda ochgan vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida banklarning vakillik hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida banklarning vakillik hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir vakil-bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21006 Bankning boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: ilgari mavjud bo‘lgan debet saldodan to‘lovni amalga oshirishdagi summaning oshib ketishi natijasida aktiv 10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvarag‘ida paydo bo‘lgan kredit qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida 10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvaraqda paydo bo‘lgan kredit qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 10501 — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda kredit qoldiqni qoplash summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir korrespondent-bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21008 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat bankining aylanma kassasidan boshqa banklarga yuboriladigan naqd pullar uchun kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tijorat bankining aylanma kassasidan boshqa banklarga yuboriladigan naqd pullar uchun kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklardan bank filiallariga naqd pullar kelib tushganligi haqida yakuniy tasdiqnoma olingandan keyin 10109 — “Yo‘ldagi pullar” hisobvarag‘iga yopiladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21010 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning ushbu bankdagi depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarning depozitlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar depozitlarining qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21012 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari bo‘yicha boshqa banklar tomonidan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan boshqa banklar tomonidan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga qoplab berilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21014 Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning plastik kartalaridan boshqa banklar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning plastik kartalaridan boshqa banklar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lash summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga qoplab berilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21200 Boshqaruv (menejer) cheklari
21202 Boshqaruv (menejer) cheklari
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bankda depozit hisobvaraqqa ega bo‘lmagan to‘lovchilarga o‘z majburiyatlari bo‘yicha bank tomonidan berilgan cheklarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida berilgan chek summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida chekning qoplanish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi va chek turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21400 Bankning to‘lanmagan akseptlari
21402 To‘lanmagan akseptlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xaridorlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksellar/trattalarning summasi hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq 11701 — “Mijozlarning akseptlari bo‘yicha majburiyatlari — Mahalliy” hisobvarag‘iga kontrhisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklida berilgan veksellar/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida to‘langan veksellar/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21406 To‘lanmagan akseptlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro savdo operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksellar/trattalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq 11705 — “Mijozlarning akseptlari bo‘yicha majburiyatlari — Xorijiy” hisobvarag‘iga kontrhisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklida berilgan veksellar/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida to‘langan veksellar/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellar/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21600 To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21602 O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha O‘zRMBdan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21604 Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatga Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan olingan kreditlarning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 21604-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshpab 1 yil muddatgacha budjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21606 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha boshqa banklardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21610 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi hukumatidan, uning vakolatli yoki ijroiya organlaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21612 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21613 Davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zR MBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zRMBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21614 Yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zR MBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21624 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21696 Boshqa kreditorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22000 Olingan uzoq muddatli kreditlar
22002 Markaziy bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga MBdan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22004 Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan olingan kreditlarning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 22004-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22005 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga budjetdan tashqari fondlardan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22006 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga boshqa banklardan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22010 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga O‘zbekiston Respublikasi hukumatidan, uning vakolatli va ijroiya organlaridan olingan kredit (mohiyagi bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22012 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zR MBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22013 Davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy xarid qilish uchun berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zRMBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22014 Yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yoqilg‘i xom ashyosini import qilish uchun berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22024 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22096 Boshqa kreditorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yuqorida ko‘rsatilgan ta’riflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar
22102 Boshqa banklar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
22104 Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
Yuqoridagi hisobvaraqlar o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lgani uchun ularning ta’rifi umumlashtirilgan holda berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha majburiyatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizingga berilgan mulkning haqiqiy qiymati bilan minimal lizing to‘lovlarining qaysi birining qiymati kichik bo‘lsa, o‘sha summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha majburiyatlarning kamaygan summasi hisobi yuritiladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22200 Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar
22202 Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Bosh bank bilan uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bank filiallari o‘rtasidagi naqd pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq 16101 — “Bosh ofis/filialdan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar” hisobvaraq uchun o‘zaro bog‘liq hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoddiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filiallar oldidagi qarzlarning qaytarilishi, shuningdek mablag‘larning noto‘g‘ri o‘tkazilishi natijasida qaytarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22203 Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Bosh bank bilan uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bank filiallari o‘rtasidagi naqdsiz mablag‘lar asosidagi operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq 16102 — “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar” hisobvaraq uchun o‘zaro bog‘liq hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filiallardan kelib tushgan moliyaviy yordam summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22204 Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank filialining filiallar va banklararo hisob-kitoblar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank filiali bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22205 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis hamda filial va/yoki bir bankning filiallari o‘rtasida tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16104 — “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar” o‘zaro hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiqlari teng bo‘lishi lozim. Jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida ko‘rsatilgan xizmatlar va omborga qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarga belgilangan muddatlarda to‘lanadigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
22206 Chet eldagi Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bankning Bosh ofisi bilan uning chet eldagi filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16105 — “Chet eldagi Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Mazkur hisobvaraqlarning aylanma va qoddiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filiallar oldidagi qarzlarning qaytarilishi, shuningdek mablag‘larning noto‘g‘ri o‘tkazilishi natijasida qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22208 Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar — Overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: 16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘ining mavjud debet qoldiq summasidan ortiq summaga to‘lovlar amalga oshgan holatda vujudga kelgan kredit qoldig‘ining hisobi yuritiladi. Mazkur hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lshpi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoddiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida 16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘ida vujudga kelgan kredit qoldig‘ining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘iga mablag‘lar kelib tushganda mavjud kredit qoldig‘ining qoplanish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22210 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Float
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan muddat davomida taqqoslanmagan Bosh bank bilan uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bankning filiallari o‘rtasidagi transaksiyalar hisobi olib boriladi. Hisobni bosh transaksiyani boshlovchi bank yuritadi. Yil oxirida ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq qolmasligi lozim.
Hisobvaraqning kreditida o‘rnatilgan muddat davomida hisoblab o‘tkazilmagan, shuningdek qayta tasniflangan va 22202, 22204, 22205, 22206, 22208 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tartibga solingan summa hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22212 Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank/bank filialining jismoniy shaxslar plastik kartalari bo‘yicha bosh ofis/filial tomonidan berilgan naqd pullar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank/bank filialining jismoniy shaxslar plastik kartalari bo‘yicha bosh bank/filial tomonidan berilgan naqd pullar bo‘yicha o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank/bank filialining jismoniy shaxslar plastik kartalari bo‘yicha bosh bank/filial tomonidan berilgan naqd pullar bo‘yicha qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22214 Bosh ofis/filiallarga plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank/bank filialining plastik kartalari bo‘yicha bosh bank/filial tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank/bank filialining plastik kartalari bo‘yicha bosh bank/filial tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank/bank filialining plastik kartalari bo‘yicha bosh bank/filial tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22300 REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22302 REPO bitimlari bo‘yicha O‘zRMBga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22304 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22306 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22308 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22310 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22312 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22314 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22316 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22396 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa kreditorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismi bo‘iicha sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek kelishuvyushg ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotish narxi bilan kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish o‘rtasidagi farqning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qaytadan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmaganda, bank portfelidan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir REPO kelishuvi bo‘yicha, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarning turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22400 To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22402 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22403 Jamg‘arma depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jamg‘arma depozit majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22405 Muddatli depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: muddatli depozit majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22406 O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zRMB hisobvaraqlari (Vostro vakillik hisobvarag‘iga, depozit va boshqa hisobvaraqlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan) bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
22407 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Boshqa banklarning hisobvaraqlari (Vostro — vakillik hisobvarag‘iga, depozit va boshqa hisobvaraqlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan) bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22408 To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar — Lizing (moliyaviy ijara)
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar”hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22409 Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlarning hisobi olib boriladi (vakillik hisobvaraqlari — Vostro, depozit hisobvaraqlari va boshqalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan).
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foizlar va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22410 Olingan kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning kredit majburiyatlari (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir qarz beruvchi bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22412 Boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22414 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar, shuningdek sotish qiymatiga kiritilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek “22476 — Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22476 Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: shartnoma bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan, lekin muddatida to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida shartnoma bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan, lekin muddatida to‘lanmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob shartnoma bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan, lekin muddatida to‘lanmagan foizlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22500 Hisoblangan soliqlar
22502 Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: joriy davrda hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan daromad (foyda) soliqlari (daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va qonunchilikka muvofiq ravishda boshqa shu kabi soliqlar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan joriy daromad (foyda) soliqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan daromad (foyda) soliqlari summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan daromad (foyda) soliqlari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22504 Hisoblangan boshqa soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan soliq (daromad (foyda) solig‘idan tashqari)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan soliqlarning hisobdan chiqarilgan summasi, shuningdek qaytarilgan noto‘g‘ri hisoblangan summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22506 To‘lash uchun ushlab qolingan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq bankning xodimlaridan ushlab qolgan va budjet daromadiga o‘tkaziladigan soliqlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushlab qolinadigan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetga o‘tkazilgan soliqlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir soliq turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22508 Muddati uzaytirilgan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati uzaytirilgan daromad soliqlar hisobga olinadi. Muddati uzaytirilgan daromad solig‘i bu, joriy davr soliqqa tortiladigan daromad(foyda)dan chegirib tashlanadigan, lekin kelgusi davrning soliqqa tortiladigan daromadi(foydasi)ga kiritiladigan vaqtinchalik farqlarni qo‘shgan holda kelgusi davrda to‘lanadigan daromad(foyda) solig‘idir. Bu buxgalteriya foydasi bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan muddati uzaytirilgan daromad soliqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida muddati uzaytirilgan daromad soliqlarining kamaygan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22510 Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq yagona ijtimoiy to‘lovga o‘tkaziladigan bank tomonidan ushlab qolingan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yagona ijtimoiy to‘lovga o‘tkaziladigan bank tomonidan ushlab qolingan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yagona ijtimoiy to‘lovga o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob to‘lovlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22512 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta budjetiga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa jamg‘armalarga o‘tkaziladigan bank tomonidan ushlab qolingan mablag‘lar hisobi.
Hisobvaraqning kreditida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va boshqa jamg‘armalarga o‘tkaziladigan bank tomonidan ushlab qolingan mablag‘lar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va boshqa jamg‘armalarga o‘tkazilgan mablag‘lar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jamg‘arma va to‘lov turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22600 Mijozlarning boshqa depozitlari
22602 Mijozlarning akkreditivlari bo‘yicha depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xaridorlarning topshirig‘iga ko‘ra tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar qilish uchun ochilgan qoplangan akkreditivlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ochilgan (kelgan) akkreditivlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv hisobidan to‘langan summalar, shuningdek foydalanmaganligi natijasida qaytarilgan, kamaytirilgan yoki bekor qilingan akreditiv summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22604 Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamg‘arma — Maqsadli
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovlar uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha tasdiqlangan tartib bo‘yicha taqsimlanadigan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, tasdiqlangan tartib bo‘yicha taqsimlanadigan maqsadli mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan tartib bo‘yicha maqsadli mablag‘larning hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22606 Mijozlarning import bilan bog‘liq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkkreditivlar bo‘yicha depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: pul to‘lovchilarning topshirig‘i bo‘yicha tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar qilish uchun va import bilan bog‘liq tasdiqlangan veksellar va/yoki trast hujjatlari bilan ochilgan akkreditivlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ochilgan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv hisobidan to‘langan summalar, shuningdek foydalanmaganligi natijasida qaytarilgan, kamaytiridgan yoki bekor qilingan akkreditiv summalari hisobdan chiqarilada.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22608 Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: brokerlik, anderrayting operatsiyalari bo‘yicha mijozlar va uchinchi shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, shunigdek emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha mijozlarning mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida shartnoma bo‘yicha bank tomonidan uchinchi shaxslardan qimmatli qog‘ozlar sotib olish, kelgusida vositachilik mukofotlari to‘lash uchun mijozlardan kelib tushadigan, shuningdek shartnoma asosida qimmatli qog‘ozlar sotuvidan kelib tushadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi. Bundan tashqari emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish uchun emitentlardan kelib tushuvchi mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida shartnoma asosida mijozlar uchun qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga o‘tkazilgan, bajarilmagan shartnoma bo‘yicha mijozlarga qaytarilgan, bajarilgan shartnoma bo‘yicha vositachilik mukofoti sifatida mijozlardan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirishda egalariga o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22610 “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan to‘lanadigan pensiya va nafaqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ijtimoiy ta’minot organlarining pensiya va nafaqalarni “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan to‘lash uchun belgilangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqniig debetida pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalariga chek bo‘yicha naqd pul ko‘rinishida berilgan mablag‘lar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob “O‘zbekiston pochtasi” OAJning har bir tarkibiy bo‘linmasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22612 “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari va davriy nashrlarga obuna
Hisobvaraqning ta’rifi: “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari va davriy nashrlarga obuna hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘tkazma operatsiyalar va davriy nashrlarga obuna bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalariga kelib tushgan naqd pul va naqd pulsiz mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsad bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar, shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalariga madad puli sifatida berilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiya turi va “O‘zbekiston pochtasi” OAJning har bir tarkibiy bo‘linmasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22613 Valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning zaxiralangan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning so‘mdagi zaxiralangan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida konvertatsiya uchun zaxiralangan, shuningdek, ilgari mazkur hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan va belgilangan muddatda maqsadi bo‘yicha konvertatsiya qilinmay qolgan so‘mdagi mablag‘larning kelib tushgan summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida Valyuta birjasi hisobvarag‘iga konvertatsiya uchun yo‘naltirilgan, shuningdek, maqsadi bo‘yicha foydalanilmay qolgan so‘mdagi mablag‘larning belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22614 Mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning valyuta bozorida sotib olingan va belgilangan tartibga muvofiq tashqi savdo va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida konvertatsiya qilingan mablag‘larning, shuningdek ilgari mazkur hisobvaraqdan hisyubdan chiqarilgan va belgilangan muddatda maqsadi bo‘yicha foydalanilmay qolgan mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida konvertatsiya qilingan mablag‘larning, shuningdek birja valyuta bozorida qayta sotishga mo‘ljallangan foydalanilmay qolgan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22616 Jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridagi masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lari.
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank hisobvaqlaridagi masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga kelib tushayotgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridan chiqarilgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jismoniy shaxs bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda olib boriladi.
22617 Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: pensionerlarning plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlar belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi va uning bo‘linmalari reyestrlari asosida ochiladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartochkaga kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida plastik kartochkadan hisobdan chiqarilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir pensioner bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22618 Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartochkaga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida plastik kartochkadan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22619 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo‘jalik va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xom ashyo va tovar (ish, xizmatlar) sotib olish, shuningdek, o‘z joriy faoliyati bilan bog‘liq soliqlarni va boshqa xarajatlarini to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan plastik kartochkalari bo‘yicha hisob-kitoblari uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartochkaga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida plastik kartochkadan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22620 Korporativ plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartochkaga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida plastik kartochkadan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22622 Yuridik shaxslar o‘z vakolatxonalari va filiallari ta’minoti uchun ajratgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslar tomonidan vakolatxona va filiallari ta’minoti hamda joriy xarajatlarini (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) qoplash uchun ajratilgan mablag‘larning hisobi yuritiladi. Filiallar faqat yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘i bo‘yicha qarzdorligi (2-sonli kartoteka) bo‘lmagan holda o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Hisobvaraqning kreditida yuqori tashkilotning hisobvaraqlaridan kelib tushgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
(III-bo‘lim 22622-hisobvarag‘ining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida vakolatxonalar va filiallar tomonidan joriy xarajatlarni (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlarni to‘lash uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22624 Ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotadigan yuridik shaxslarning maqsadli mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning “Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risida”gi Vaqtinchalik nizom (ro‘yxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul)ga muvofiq, ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotishdan kelib tushgan maqsadli mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida tovar (mahsulot)larning sotishdan kelib tushgan naqd pul tushumining, shuningdek, plastik kartochkalar vositasidag‘i to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz va tovar(mahsulot)larning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22626 Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: korxona va tashkilotlarning qonunchilikda belgilangan tartibda jamg‘ariladigan va taqsimlanadigan maqsadli mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida korxova va tashkilotlarning maqsadli hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona va tashkilotlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22628 Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arma pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq fuqarorlarning shaxsiy jamg‘arma pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida fuqarolarning majburiy va ixtiyoriy jamg‘arma pensiya badallari, shaxsiy jamg‘arma hisobvaraqlaridagi qoldiq mablag‘larga har yilning oxirida Xalq bankining marjasi ayirib tashlangan holda hisoblangan foiz daromadlari, shuningdek qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda shaxsiy pensiya hisobvaraqlaridan to‘langan mablag‘larning summasi va/yoki noto‘g‘ri kirim qilingan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi
22630 Mahalliy budjetdan moliyalashtirilayotgan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalar mablag‘lari.
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjetdan moliyalashtirilayotgan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalar mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjetlardan nafaqalarni to‘lash uchun kelib tushgan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 29848 balans hisobvarag‘iga belgilangan tartibda o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijtimoiy nafaqalarning turlari bo‘yicha har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi
22632 Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘lar.
Hisobvaraqning ta’rifi: Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun naqd pul bilan beriladigan mablag‘larning hisobi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lov turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
22634 Tabiiy gaz uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq.
Hisobvaraqning ta’rifi: iste’molchilardan tabiiy gaz uchun kelib tushgan va qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida iste’molchilardan tabiiy gaz uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir viloyat va tuman bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22636 Elektr energiyasi uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq.
Hisobvaraqning ta’rifi: iste’molchilardan elektr energiyasi uchun kelib tushgan va qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida iste’molchilardan elektr energiyasi uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda elektr energiyasi uchun o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir viloyat, tuman va shahar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22638 Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq
Hisobvaraqning ta’rifi: suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun iste’molchilardan kelib tushgan mablag‘lar hisobi.
Hisobvaraqning kreditida suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun iste’molchilardan kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir viloyat, tuman va shahar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22696 Mijozlarning boshqa depozitlari bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan operatsiyalari uchun belgilangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozning depozit majburiyatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar hamda foydalanmaganligi natijasida mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga qaytarilishi, mablag‘larning kamaytirilishi yoki bekor qilingan shartnoma mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir depozit majburiyati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22800 Hosilaviy instrumentlarning revalvatsiyasi natijasida amalga oshmagan zararlar va boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
22802 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Forvard shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir forvard bitimlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22806 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Opsionlar
Hisobvaraqning ta’rifi: opsionlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsionlar bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida opsionlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22810 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Fyucherslar
Hisobvaraqning ta’rifi: fyuchers shartnomalari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida fyuchers shartnomalari bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida fyuchers bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers bitimlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22811 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Svoplar
Hisobvaraqning ta’rifi: svoplar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida svoplar bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida svoplar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion bitimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22812 Kelgusi davr foizli daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, foizlar/diskontlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan foizlar/diskontlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan foizlar /diskontlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22896 Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan, ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, oldindan undirib olingan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan oldindan undirilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan daromadlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23100 Mijozlarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvarag‘lari
23102 Yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvarag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuridik shaxslarning asosiy hisobvaraqlari va filiallarning hisobvaraqlaridan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yuridik shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23104 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning asosiy hisobvaraqlaridan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yakka tartibdagi tadbirkor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23106 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z xodimlarining plastik kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlari yoki filiallarning hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23108 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha budjet tashkilotlari xodimlarining plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda budjet tashkilotlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning muassasalari va tashkilotlari xodimlarining plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga budjet tashkilotlarining 20203, 20204, 20205, 21506, 21508, 23400 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob budjet tashkilotlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23110 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
(III-bo‘lim 23110-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning plastik kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
(III-bo‘lim 23110-hisobvarag‘ining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga yuqorida ko‘rsatilgan budjet tashkilotlarining 20203, 20204, 20205, 21506, 21508, 23400 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yuqorida ko‘rsatilgan budjet tashkilotlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23112 Ishlamaydigan pensionerlarning pensiyalari bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiyalar bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan hamda ishlamaydigan pensionerlarning plastik kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiya fondi (ijtimoiy ta’minot) tegishli bo‘limining hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23114 Ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish joyiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan hamda jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar hamda davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiya fondi (ijtimoiy ta’minot) tegishli bo‘limining hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23116 Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: topshirilgan naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun topshirilgan naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23118 Plastik kartalar va omonatlar hisobvaraqlaridan jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun ularning omonatlari va plastik kartalaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun ularning omonatlari va plastik kartalaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23120 Jismoniy shaxslarning plastik kartalariga naqd pulsiz o‘tkazilishi lozim bo‘lgan boshqa mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan yuqorida ko‘rsatilgan to‘lovlardan tashqari jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari va filiallarning hisobvaraqlaridan, 23400 davlat budjetining hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23122 Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan naqd pullar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 yoki 22617 balans hisobvarag‘iga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir konversion operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha olib boriladi.
23200 Kliring transaksiyalari
23202 Kliring transaksiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: Hukumat va uning mahalliy organlari qarorlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar yoki tijorat banklari kreditlari yoxud faktoring operatsiyalari hisobiga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan o‘zaro hisoblashishlarning maqsadli sxemalari orqali qisqartirish bilan bog‘liq operatsiyalarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar yoki tijorat banklari kreditlari yoxud faktoring operatsiyalari hisobiga maqsadli sxemalari orqali kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli sxemalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki Markaziy bankning ko‘rsatmasi bo‘yicha ushbu hisob-kitobda foydalanilmagan mablag‘lar qismining tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23204 Bir martalik o‘zaro hisob-kitoblar uchun budjet mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjet muassasalari, korxona va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro bir martalik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan va Moliya vazirligi Fondidan ajratilgan maqsadli mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Davlat budjetidan va Moliya vazirligi Fondidan ajratilgan mablag‘lar hamda o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilardan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilarning 23204-hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki o‘zaro hisob-kitobda fondalanilmagan mablag‘lar qismini Moliya vazirligi Fondi tomonidan ajratilgan hisobvaraqqa qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23206 Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ayrim sabablarga (rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganda mijozga bu bankda boshqa xizmat ko‘rsatilmaganda, qo‘shimcha nazorat talab qiladigan operatsiyalar va shu kabi boshqa hollarda) ko‘ra mablag‘lar belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazishi mumkin bo‘lmagan transaksiyalar hisobga olinadi. Aniqlanish jarayonidagi hisobvaraqda mablag‘lar maqsadi bo‘yicha o‘tkazilishi yoki to‘lovchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan o‘rnatilgan muddat davomidagina qoldirilishi mumkin.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan vaqtida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘lmagan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilgan yoki to‘lovchiga qaytarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23208 Moliya vazirligi huzuridagi Fondlar bilan bo‘ladigan kliring transaksiyalari
(III-bo‘lim 23208-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat buyurtmalari hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiya qilinishidan ichki iste’molchilarga va eksport uchun “O‘zpaxtaeksport” AJga kelib tushgun mablag‘larning hisobi.
23210 Moliya vazirligi huzuridagi Fondlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lar
(III-bo‘lim 23210-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat buyurtmasi hisobiga kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bo‘nak to‘lovlari va yakuniy hisob-kitoblar (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, o‘rnatilgan tartibda xarajatlarga o‘rnatilgan normativlar asosida boshqa tovar-moddiy qimmatlikla va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar)ni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Fondlardan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
(III-bo‘lim 23210-hisobvarag‘ining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan avans to‘lovlarining summasi, shuningdek yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mahsulotlar turi (paxta xom ashyosi, g‘alla va guruch-sholi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23212 Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligidan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan mablag‘ oluvchilarning to‘lovlari uchun naqd pulda berilgan mablag‘larning va/yoki foydalanilmagan mablag‘larning Moliya vazirligi G‘aznachiligi hisobvarag‘iga qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23214 G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun G‘aznachilikning hududiy bo‘linmasidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun G‘aznachilikning hududiy bo‘linmasidan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan mablag‘ oluvchilarning to‘lovlari uchui naqd pulda berilgan mablag‘larning va/yoki foydalanilmagan mablag‘larning G‘aznachilikning hududiy bo‘linmasi hisobvarag‘iga qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23216 Moliya vazirligi huzuridagi Fond mablag‘lari
(III-bo‘lim 23216-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning ta’rifi: Fondning qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlash va sotib olingan qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni moliyalashtirish va sotish uchun hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23218 Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan ajratilgan maqsadli mablag‘lar
(III-bo‘lim 23218-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan “O‘zagroservis” AJ korxonalari bilan hisob-kitob qilish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalariga kelib tushgan mablag‘larning hisobi.
(III-bo‘lim 23218-hisobvarag‘ining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan kelib tushgan mablag‘larning summalari aks ettiriladi.
(III-bo‘lim 23218-hisobvarag‘ining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23220 Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan olingan maqsadli mablag‘lar
(III-bo‘lim 23220-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat buyurtmasi hisobiga kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bo‘nak to‘lovlari va yakuniy hisob-kitoblar (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, o‘rnatilgan tartibda xarajatlarga o‘rnatilgan normativlar asosida boshqa tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar)ni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
(III-bo‘lim 23220-hisobvarag‘ining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan avans to‘lovlarining summasi, shuningdek yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mahsulotlar turi (paxta xom ashyosi, g‘alla va guruch-sholi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23222 Moliya vazirligi huzuridagi Fondning maqsadli mablag‘lari
(III-bo‘lim 23222-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalari bilan hisob-kitob qilish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalariga kelib tushgan mablag‘larning hisobi.
(III-bo‘lim 23222-hisobvarag‘ining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23224 Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro bir martalik hisob-kitoblar uchun budjet mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro bir martalik hisib-kitoblarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan maqsadli mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hamda o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilardan kelib tushuvchi mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilar hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki Moliya vazirligining ko‘rsatmasi bo‘yicha mos hisobvaraqqa yopiladigan o‘zaro hisob-kitobning foydalanilmagan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha unikal kod(xos raqam)larini ko‘rsatgan holda alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Izoh: Boshqa hisobvaraqlarning 23224-hisobvaraq bilan korrespondensiyalanishi qat’iyan man qilinadi.
23226 Respublika budjetining eksportchi-korxonalar bilan bo‘ladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjetidan eksport qilingan tovarlarning tannarxi bilan ularning markazlashtirilmagan eksport bo‘yicha sotilgan narxi o‘rtasidagi farqni qoplash bo‘yicha maqsadli moliyalashtirish qatnashchilariga ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maqsadli moliyalashtirish qatnashchilariga kelib tushgan budjet mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli moliyalashtirish ishtirokchilarining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar, shuningdek hisobvaraq bo‘yicha qoldiqning Moliya Vazirligining mos hisobvarag‘iga yopilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23228 Respublika budjetining pudratchi tashkilotlar bilan bo‘ladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zuyjoyjamg‘armabank filiallari bilan tuzilgan shartnomaga asosan uy-joy binolarini qurayotgan pudratchi tashkilotlarining qo‘shilgan qiymat soliq(QQS)lari bo‘yicha yuzaga kelgan salbiy farqni qoplash uchun qilingan xarajatlarga doir maqsadli to‘lovlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida QQS bo‘yicha pudratchi tashkilotlarga budjetdan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida soliqlar turi bo‘yicha budjetga bo‘lgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pudratchi tashkilotlar va budjet muassasalari bo‘yicha daromadning shartli raqamini ko‘rsatgan holda alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23400 Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari
23402 Respublika budjetining mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti daromadlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjetining daromadiga kelib tushadigan mablag‘lar hamda mahalliy budjetlarga noto‘g‘ri o‘tkazilgan tushumlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan mablag‘lar, mablag‘larning qoldiqlarini Respublika budjetining daromadiga o‘tkazish aks ettiriladi, shuningdek Respublika budjetining daromadiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘lar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Respublika budjetining daromadlari moddasi bo‘yicha bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
23403 Bojxona to‘lovlari bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bojxona to‘lovlari bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bojxona xizmatlari uchun Respublika budjeti daromadiga kelib tushadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjetining asosiy daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
23404 Respublika qaramog‘idagi budjet muassasalarining mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti tarkibiga kiradigan muassasa va tashkilotlarni ta’minlash uchun Respublika budjetidan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjetidan olingan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi (tashkiloti) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23405 Nobudjet tashkilotlar va korxonalar uchun respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha respublika budjetidan nobudjet tashkilotlar va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida respublika budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23406 Hukumat kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat kreditlari bo‘yicha olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumat kreditlari bo‘yicha olingan foizli daromadlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha hisobdan chiqarilgan summalar hamda noto‘g‘ri olinganligi sababli qaytarilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23407 Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yagona soliq to‘lovi bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yagona soliq to‘lovi uchun Respublika budjeti daromadiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjetining asosiy daromadlar hisobvarag‘iga va tegishli budjetdan tashqari jamg‘armalarga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
23409 Yer va yagona yer soliqlari bo‘yicha respublika budjetining daromadlari
Hisobvaraqning maqsadi: yuridik shaxs bo‘lgan va yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan yer va yagona yer soliqlari bo‘yicha respublika budjetining daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yer va yagona yer soliqlari uchun respublika budjeti daromadiga kelib tushadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida respublika budjetining asosiy daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
23410 Hukumat subsidiyalari fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat qarori bo‘yicha respublika budjetidan qishloq xo‘jaligini, yengil sanoatni va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini dotatsiya bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida narxlarni barqarorlashtirish uchun kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mahsulot turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23411 Davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalarni to‘lash bo‘yicha mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalarni to‘lashdan davlat budjeti hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha to‘langan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ajratmalarning miqdorlariga muvofiq davlat budjeti hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘tkazilgan, davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha to‘langan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23416 Maxsus maqsadlar fondn
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat tomonidan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan maxsus maqsadlar fondi mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maxsus maqsadlar fondiga mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha maxsus maqsadlar uchun mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsad bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23422 Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish
Hisobvaraqning ta’rifi: kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan olingan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun restublika budjetidan kelib tushadigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida kapital qo‘ymalarni moliyalashtirishga qilingan sarf-xarajatlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir moliyalashtirish obyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23424 Kapital qo‘yilmalarni mahalliy budjetlardan moliyalashtirish
Hisobvaraqning ta’rifi: kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlardan olingan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlardan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishga qilingan sarf-xarajatlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir moliyalashtirish obyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23426 Mahalliy budjet mablag‘lari — Tuman/shahar
Hisobvaraqning ta’rifi: tuman/shahar budjetlarining daromadlari hamda davlat budjeti qaromog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek tuman/shahar budjetlariga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23427 Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning tuman/shahar budjetidan ajratilgan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha tuman/shahar budjetidan nobudjet tashkilotlar va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tuman/shahar budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23430 Mahalliy budjet mablag‘lari — Viloyat
Hisobvaraqning ta’rifi: viloyat budjetining daromadlari, shuningdek davlat budjeti qaramog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek viloyat budjetiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23431 Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning viloyat budjetidan ajratilgan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha viloyat budjetidan nobudjet tashkilotlar va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida viloyat budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23432 Mahalliy budjet mablag‘lari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Hisobvaraqning ta’rifi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining daromadlari, hamda davlat budjeti qaromog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23433 Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan ajratilgan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan nobudjet tashkilotlar va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Qoraqalpog‘iston Rsspublikasi budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23442 — O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan ajratilgan avans mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan qurilish tashkilotlari (bosh pudratchi va subpudratchi) va ularga mol yetkazib beruvchilarga ajratilgan avans mablag‘larning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘lim 23442-hisobvaraq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
23500 Mijozlarning plastik kartalaridan kelib tushgan tushum
23502 Infokioskalar orqali plastik kartalardan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlarida belgilangan to‘lovlar bo‘yicha infokioskalar orqali plastik kartalardan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun infokioskalar orqali plastik kartalardan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan, infokioskalar orqali kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir infokioska bo‘yicha ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23504 Plastik kartalardan berilgan naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pullar, aholining plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida aholining plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi, jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan naqd pullar berish uchun lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pullar, aholining plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23506 Kommunal to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: kommunal to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalardan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun plastik kartalardan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23508 Pulli xizmatlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: pulli xizmatlar (kommunal to‘lovlardan tashqari) bo‘yicha plastik kartalardan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun plastik kartalardan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23510 Savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: plastik kartalardan foydalangan holda kelib tushgan savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun plastik kartalardan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir savdo tashkiloti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23514 Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: plastik kartalardan foydalangan holda boshqa to‘lovlar (olingan kreditlar va ularning foizlarini to‘lash, homiylik, soliqlar va majburiy to‘lovlar, yordam ko‘rsatish va boshqalar) bo‘yicha oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun plastik kartalardan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23516 Xorijiy valyuta sotib olish uchun jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy valyuta sotib olish uchun plastik kartalardan foydalangan holda kelib tushgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyuta sotib olish uchun plastik kartalardan foydalangan holda kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank hisob raqamiga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir konversion operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23600 Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
23602 Chiqarilgan obligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23604 Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlarni ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob jamg‘arma sertifikatlarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23606 Chiqarilgan depozit sertifikatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan depozit sertifikatlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan depozit sertifikatlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan depozit sertifikatlarning ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob depozit sertifikatlarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23608 Chiqarilgan veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan veksellar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan veksellarni ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob veksellarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23610 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigay bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni ularni so‘ndirishda yokn to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23696 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bilan sotilgan narxi o‘rtasidagi ijobiy farq — mukofot (agar, mavjud bo‘lsa, sotilgan vaqtida olingan foizlar summasidan tashqari) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning ularni nominal qiymatidan yuqori bahoda sotgandagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qimmatli qog‘ozlarini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi mukofot summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23698 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bilan sotilgan narxi o‘rtasidagi salbiy farq-diskont (agar, mavjud bo‘lsa, sotilgan vaqtida olingan foizlar summasidan tashqari) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bahoda sotilgandagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatli qog‘ozlarini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olishgandagi diskont hamda diskont amortizatsiyasi summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23700 — Subordinar qarz
23702 — Subordinar qarz
Hisobvaraqning ta’rifi: subordinar qarz hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida subordinar qarz qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida subordinar qarz hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob subordinar qarzning muddati va turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23796 — Subordinar qarz bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (ijobiy farq) summalari (mukofot) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (ijobiy farq) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning subordinar qarzini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi mukofot summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob subordinar qarzning muddati va turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23798 — Subordinar qarz bo‘yicha diskont (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (salbiy farq) diskont summalari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (salbiy farq) diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning subordinar qarzini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi diskont summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob subordinar qarzning muddati va turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 23700, 23702, 23796, 23798-hisobvaraqlar bilan to‘ldirilgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
29800 Boshqa majburiyatlar
29801 Mijozlar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank hisobvarag‘i ochilmagan holda mijozlarning bir martalik operatsiyalari (garovga olingan mol-mulkini sotishdan kelib tushgan, yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarninng ustav fondini shakllantirish bo‘yicha badallar va hokazo) bo‘yicha turli to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz va operatsiya turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29802 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar (elektr, suv, gaz va boshqalar) uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29803 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Xodimlar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: ish haqi, pensiya, aliment, bolalar yordam puli, moddiy yordam, band qilingan ish haqi, boshqa mukofotlar yoki badallar berish uchun hisoblangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hisoblar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29804 Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, inkassatsiya xizmati orqali keltirilgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarining summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” hisobvarag‘idan qayta hisoblanguncha oldindan o‘tkazilgan, boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning qayta hisoblangandan keyin aniqlangan ortiqcha summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan o‘tkazilgan, boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan keyin qayta hisoblash natijasida aniqlangan kamomadlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob boshqa bank mijozlarining har biri bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29805 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Ijara to‘lovi (operatsion ijara)
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan majburiyat hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan (xarajat) summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan summaning to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijara beruvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29806 To‘lash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin to‘lanmagan boshqa foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida so‘ndirilgan vayoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlarning qaytarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir foizsiz xarajatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29808 Litsenziya badallari bo‘yicha hisoblangan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin to‘lanmagan litsenziya badallarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan litsenziya badallari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan vayoki noto‘g‘ri hisoblangan litsenziya badallari bo‘yicha qaytarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir litsenziya badallari turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29810 Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ plastik kartalar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qonun hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali korporativ plastik kartalardan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qonun hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali 19910 — “Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ plastik kartalardan hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari” hisobvarag‘idan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mas’ul xodimlar tomonidan korporativ plastik kartalardan foydalangan holda bankning qonun hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bankning har bir mas’ul xodimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29814 Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim bo‘lgan terminallar orqali tushgan tushumlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, plastik kartochkalardan to‘langan, terminallar orqali tushgan tushumlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, plastik kartochkalardan to‘langan, terminallar orqali kelib tushgan tushumlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida terminallar orqali tushgan tushumlarning mijozlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29816 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning hisobdor kassirlaridagi naqd pullarni qayta sanashda aniqlangan ortiqcha naqd pullarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ortiqcha naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ortiqcha naqd pullar paydo bo‘lishining haqiqiy sabablari aniqlangandan keyin hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29822 To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan e’lon qilingan, lekin hali to‘lanmagan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning krediti to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan to‘langan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aksiyalarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29824 Naqd pul mablag‘lari bo‘yicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning qabul qilingan naqd pul mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga bir martalik maqsadli to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maqsadli to‘lovlarni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘tkazilgan maqsadli to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob o‘tkazmalarning maqsadlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29826 Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash — Xususiy kapitalni investitsiya qilish
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiya qilingan korxonalarning aksiyalariga obuna badallarini to‘lanmagan qismi hisobga olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida obuna badallarining to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna badallarining to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob investitsiya qilingan korxonalar bo‘yicha, shuningdek aksiyalar turi va tipi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29830 Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash bo‘yicha depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aksiyadorlarning bank ustav kapitalini oshirish maqsadida aksiyalarga obuna mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank aksiyadorlarining yangi chiqarilgan aksiyalarga obuna bo‘lish mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlarga aksiyalar sertifikatini berishdagi summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29834 Jismoniy shaxslarning pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha o‘tkazish uchun jismoniy shaxslardan qabul qilingan va to‘lash uchun kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha jo‘natilgan/to‘langan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pul o‘tkazmalari va operatsiyalarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29840 Moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 10 yil davomida talab qilib olinmagan depozitlar va kreditlarning ular bo‘yicha hisoblangan foizlarini ham hisobga olgan holda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida talab qilib olinmagan depozitlar va kreditlarning ular bo‘yicha hisoblangan foizlarini ham hisobga olgan holdagi summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet daromadiga o‘tkazilgan yoki o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq boshqalarga to‘langan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29842 Harakatsiz depozit majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning qonunchilikda o‘rnatilgan muddat davomida harakatda bo‘lmagan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlari, shuningdek o‘rnatilgan muddatda talab qilinmagan boshqa hisobvaraqlarning qoldiqlari (cheklar, veksellar va boshqalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning “harakatsiz depozitlar” turkumiga o‘tkazilgan mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlarga to‘langan, boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yoki qayta tasniflangan va 29840-“Moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar” hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29844 Boshqa banklarning mijozlari bilan naqd pulli hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda mijozlar bilan naqd hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o‘z kassasiga ega bo‘lmagan boshqa banklar tomonidan Markaziy bankning ruxsati bilan o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan, shuningdek qaytarilgan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29846 Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning qonunchilikda o‘rnatilgan muddat davomida talab qilib olinmagan kreditlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mnjozlar tomonidan talab qilib olinmagan kreditlarning, ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni ham hisobga olgan holdagi summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 29840-“Moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar” hisobvaraqqa o‘tkazilgan va/yoki mijozlar tomonidan talab qilib olingan kreditlarning, ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni ham hisobga olgan holdagi summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29848 Ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari bo‘yicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar.
Hisobvaraqning ta’rifi: DT “Xalq banki” filiallari tomonidan jismoniy shaxslarga nafaqalar (bola 2 yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa, voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga har oylik moddiy yordam) to‘lanishining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida 22630 balans hisobvarag‘idan kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli berilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29849 Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘larning hisobi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun boshqa banklardan kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lov turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
29883 “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi xizmatlar yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan mablag‘lar hisobini yuritish.
Hisobvaraqning kreditida “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi bank majburiyatlari bo‘yicha qabul qilingan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi bank majburiyatlari bo‘yicha xizmatlar yetkazib beruvchilarga o‘tkazilgan mablag‘lar hamda boshqa banklarga va tashqi operatorlarga o‘tkazilgan daromadlarning qismi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kassir-operator bo‘yicha har bir boshqa bank va har bir tashqi operator, shuningdek har bir xizmatlar yetkazib beruvchilarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29896 Boshqa majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mablag‘larni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiyalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30000 XUSUSIY KAPITAL
30300 Ustav kapitali
30303 Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Imtiyozli (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ustav kapitalining imtiyozli aksiyalariga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (aksiyador bank uchun), shuningdek ustav kapitalining to‘lanmagan ulushi (aksiyador bo‘lmagan bank uchun) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida aksiyalarga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismining/ustav kapitali ulushining olinishi lozim bo‘lgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksiyalarga obuna mablag‘ining qolgan qismining/ustav kapitali ulushining olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30306 uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Oddiy (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ustav kapitalining oddiy aksiyalariga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (aksiyador bank uchun), shuningdek ustav kapitalining to‘lanmagan ulushi (aksiyador bo‘lmagan bank uchun) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida aksiyalarga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismining/ustav kapitali ulushining olinishi lozim bo‘lgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksiyalarga obuna mablag‘ining qolgan qismining/ustav kapitali ulushining olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30309 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: obuna uchun qisman to‘langan, yoki, agar to‘liq to‘langan bo‘lsa, hali tegishli sertifikat berilmagan imtiyozli aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin hali to‘liq to‘lanmagan ustav kapitali ulushi(noaksiyador bank uchun)ning summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida obuna bo‘lgan aksiyalarning qisman yoki to‘liq to‘langan, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin ustav kapitali ulushining to‘liq to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna bo‘lgan aksiyalarning to‘liq to‘langan va tegishli sertifikatlar berilgan, shuningdek ro‘yxatga olingan va to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30312 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: obuna uchun qisman to‘langan, yoki, agar to‘liq to‘langan bo‘lsa, hali tegishli sertifikat berilmagan oddiy aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin hali to‘liq to‘lanmagan ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida obuna bo‘lgan aksiyalarning qisman yoki to‘liq to‘langan, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin ustav kapitali ulushining to‘liq to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna bo‘lgan aksiyalarning to‘liq to‘langan va tegishli sertifikatlar berilgan, shuningdek ro‘yxatga olingan va to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30315 Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘liq to‘langan, tegishli sertifikatlar berilgan imtiyozli aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning nominal qiymati, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning to‘liq to‘langan summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan imtiyozli aksiyalarning, shuningdek to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30318 Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘liq to‘langan, tegishli sertifikatlar berilgan oddiy aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning nominal qiymati, shuningdek ro‘ixatdan o‘tkazilgan yoki ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning to‘liq to‘langan summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan oddiy aksiyalarning nominal qiymati, shuningdek to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayshp summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30321 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtayozli (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida o‘z aksiyadorlaridan sotib olgan imtiyozli aksiyalari (aksiyadorlik bank uchun), shuningdek qayta sotib olingan ustav kapitalining ulushi (noaksiyadorlik bank uchun) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan bankning imtiyozli aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qayta sotgan yoki bekor qilingan imtiyozli aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
30324 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida o‘z aksiyadorlaridan sotib olgan oddiy aksiyalari (aksiyador bank uchun), shuningdsk qayta sotib olingan ustav kapitalining ulushi (noaksiyadorlik bank uchun) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan bankning oddiy aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qayta sotgan yoki bekor qilingan oddiy aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
30600 Qo‘shilgan kapital
30603 Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: birlamchi joylashtirishda aksiyalarning nominal qiymatidan oshadigan narx bo‘yicha imtiyozli xususiy aksiyalar realizatsiyasidan olingan emissiya daromadining hisobi, shuningdek bankning imtiyozli xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda aksiyalarning realizatsiya qiymati bilan ular nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq, bankning imtiyozli xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank ustav kapitalini oshirishga va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi, shuningdek imtiyozli xususiy aksiyalarni sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi (ko‘rsatilgan hisobvaraqning kredit qoldig‘i chegarasida) o‘rtasidagi salbiy farq aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir emissiya bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30606 Qo‘shilgan kapital — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: birlamchi joylashtirishda aksiyalarning nominal qiymatidan oshuvchi narx bo‘yicha oddiy xususiy aksiyalar realizatsiyasidan olingan emissiya daromadining hisobi, shuningdek bankning oddiy xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda aksiyalarning realizatsiya qiymati bilan ular nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq, bankning oddiy xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank ustav kapitalini oshirishga va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi, shuningdek oddiy xususiy aksiyalarni sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi (ko‘rsatilgan hisobvaraqning kredit qoldig‘i chegarasida) o‘rtasidagi salbiy farq aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir emissiya bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30900 Zaxira kapitali
30903 Umumiy zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibga muvofiq umumiy maqsadlar uchun bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida umumiy zaxira fondiga o‘tkazilgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida umumiy zaxira fondidan ma’lum maqsadlar uchun hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsad uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi.
30904 Kichik biznes korxonalarini imtiyozli kreditlash zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning taqsimlanmagan foydasidan kichik korxonalarni kreditlashga ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida imtiyozli kreditlash zaxira fondiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida imtiyozli kreditlash zaxira fondidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
30905 Tekinga olingan mulklar
Hisobvaraqning ta’rifi: aksiyadorlardan bank mulkiga tekinga olingan mulklar qiymati olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksiyadorlardan tekinga olingan mulklar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘rnatilgan tartibga muvofiq taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
30906 Devalvatsiya uchun zaxira
Hisobvaraqning ta’rifi: sezilarli darajada milliy valyutaning qadrsizlanishida (devalvatsiya) bankning o‘z majburiyatlarini qoplash uchun taqsimlanmagan foyda hisobidan ajratilgan mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida taqsimlanmagan foyda hisobidan o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira fondidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
30907 Sotish uchun mavjud qimmatli qog‘ozlarning haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyaning haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda yoki zararlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalarning haqiqiy qiymatini o‘sgan summasi, shuningdek ular hisobdan chiqarilganda, qayta tasniflanganda va/yoki qadrsizlanganda ushbu hisobvaraqning debetida oldin aks ettirilgan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyalarning haqiqiy qiymatini kamaygan summasi, shuningdek ular hisobdan chiqarilganda, qayta tasniflanganda va/yoki qadrsizlanganda ushbu hisobvaraqning kreditida oldin aks ettirilgan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30908 Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi
Hisobvaraqning maqsadi: bankning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bozor qiymatining sezilarli o‘sishi natijasida boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qiymatining oshgan miqdori hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari qiymatining balans qiymatiga nisbatan oshgan miqdori aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida baholanayotgan asosiy vosita va nomoddiy aktiv sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda, ular qiymatining oshgan miqdori, shuningdek bankning asosiy vositasi va nomoddiy aktivi qiymatining balans qiymatiga nisbatan pasayib ketishi va o‘rnatilgan tartibga muvofiq, taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir baholangan asosiy vosita va nomoddiy aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30909 Pul oqimlarini xedjirlash natijasida hosil bo‘lgan foyda yoki zarar
Hisobvaraqning ta’rifi: pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar (masalan: qat’iy majburiyatlarni xedjirlaydigan xorijiy valyutadagi so‘ndirilmagan kontraktlar)ni qayta baholash natijasida vujudga keladigan foyda yoki zararlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xedjirlash samara beradigan darajagacha pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning krediti bo‘yicha, qat’iy majburiyat yoki rejalashtirilgan operatsiya aktiv yoki majburiyat sifatida aks ettiriladigan holatlarda (ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bundan mustasno) oldingi debet qoldig‘i ham hisobdan chiqariladi.
Hisobvaraqning debetida xedjirlash samara beradigan darajagacha pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zarar summasi aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning debeti bo‘yicha, qat’iy majburiyat yoki rejalashtirilgan operatsiya aktiv yoki majburiyat sifatida aks ettiriladigan holatlarda (ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bundan mustasno) oldingi kredit qoldig‘i ham hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kontrakt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30910 Respublika korxonalariga berilgan investitsion kreditlardan olingan foyda hisobidan xususiy kapitalni oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: respublika korxonalariga 3 yildan ortiq muddatga berilgan investitsiya kreditlaridan olingan, banklarni daromad solig‘idan ozod qilinishi munosabati bilan bankning xususiy kapitalini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning xususiy kapitalini oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondiga mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning xususiy kapitalini oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondidan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
30911 Standart aktivlar bo‘yicha zaxira
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibga binoan bankning sof foydasidan standart aktivlar bo‘yicha zaxiraga ajratilgan mablag‘larning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida sof foydadan zaxiraga mablag‘larning tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida muayyan maqsadlar uchun zaxiradan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
31200 Taqsimlanmagan foyda
31203 Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning o‘tgan moliyaviy faoliyati davomida olgan taqsimlanmagan foydasi(zarari)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida 31206-hisobvaraqdan o‘tkazilgan bankning sof foydasi hamda zaxira kapital hisobvaraqlaridan taqsimlanmagan foydaga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraq debetida har xil fondlar uchun ajratmalar va e’lon qilingan dividendlarning, 31206-hisobvaraqdan o‘tkazilgan zararlar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
31206 Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: hisobot yilida bank moliyaviy faoliyatining natijalarida olingan sof foyda(zarar)larning summasi hamda ushbu davr davomida e’lon qilingan dividendlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobot yilida bank tomonidan olingan foyda, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda” (aktiv-passiv) hisobvarag‘iga o‘tkazilgan zararlar summasi hamda noto‘g‘ri e’lon qilingan dividendlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobot yilida bank tomonidan ko‘rilgan zararlar, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foydalar summasi, e’lon qilingan dividendlar, shuningdek zaxira kapitali hisobvarag‘iga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob sof foyda va dividendlar hisobi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
40000 DAROMADLAR
40200 O‘zRMBdagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
40201 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMBning — Vostro vakillik hisobvarag‘idagi overdraft uchun olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarilishi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40205 O‘zRMBdagi depozitlar bo‘yicha foizli daromaddar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMBga qo‘yilgan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40400 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
40401 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40405 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarning — Vostro vakillik hisobvarag‘idagi overdraft uchun olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40409 Boshqa banklardagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topipgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40600 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
40601 Davlat xazina veksellari bo‘yicha foizli daromadlar
40605 Davlat obligatsiyalari bo‘yncha foizli daromadlar
40609 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40613 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40617 Yevroobligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40694 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari (davlatning xazina veksellari (davlatning qisqa muddatli majburiyatlari), davlatning obligatsiyalari, O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va xorijiy emitentlarning qarz qimmatli qog‘ozlarini qo‘shgan holda boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar) bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan foizlar summasi, shuningdek, oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarning diskonti bo‘yicha amortizatsiya qilingan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar va mukofotning amortizatsiya qilingan summasi aks ettiriladi.
40700 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40701 Davlat xazina veksellari bo‘yicha foizli daromadlar
40705 Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foizli daromadlar
40709 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40713 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40717 Yevroobligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40794 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar (Davlat xazina veksellari (davlatning kisqa muddatli obligatsiyalari), davlatning obligatsiyalari, O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari)ga qilingan investitsiya bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiya bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar, mukofotning amortizatsiya qilingan va xarid qilish xarajatlari summasi aks ettiriladi.
40800 Sotib olingan veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
40801 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar bo‘yicha foizli daromadlar — Hujjatsiz
40805 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar bo‘yicha foizli daromadlar — Hujjatli
40809 Sotib olingan mahalliy veksellar bo‘yicha foizli daromadlar — Hujjatsiz
40813 Sotib olingan mahalliy veksellar bo‘yicha foizli daromadlar — Hujjatli
40817 Sotib olingan muddati o‘tgan veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
40821 Sotib olingan sud jarayonidagi veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflari umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sotib olingan veksellar (eksport bilan bog‘liq hujjatsiz va hujjatli veksellar, mahalliy veksellar, muddati o‘tgan va sud jarayonidagi veksellar) bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotib olingan veksellar bo‘yicha ishlab topilgan daromad, diskontning amortizatsiya summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar va mukofotning amortizatsiya qilingan summasi aks ettiriladi.
41000 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan foizlar
41001 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Import bilan bog‘liq veksellar
41005 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar
41009 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar
41013 Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar bo‘yicha foizli daromadlar
41017 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar bo‘yicha foizli daromadlar
41021 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar bo‘yicha foizli daromaddar
41025 Sud jarayonidagi mahalliy veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning veksel va akseptlar (eksport bilan bog‘liq bo‘lgan veksellar, trast hujjatlari bilan kafolatlangan veksellar, muddati o‘tgan va sud jarayonidagi veksellar) asosida mijozlar majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalar asosidagi mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
41200 Bankning to‘lanmagan akseptlari yuzasidan mijozlar majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar
41201 Mijozlarning akseptlar yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Mahalliy
41205 Mijozlarning akseptlar yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Xorijiy
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning to‘lanmagan (mahalliy va xorijiy) akseptlar asosida mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning to‘lanmagan akseptlari asosida mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha ishlab topilgan foizlar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
41400 O‘zRMBGA berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41401 O‘zRMBga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41600 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41601 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41605 Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41609 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromaddar
41800 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41801 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41805 Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41809 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41900 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41901 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41905 Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41909 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan daromad hisobvaraqlari xususiyatlari bo‘yicha bir xil, shuning uchun ularning tarifi umumlashtirilgan holda keltiriladi.
Hisobvaraqning ta’rifi: budjet tashkilotlariga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning qaytarilgan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
42000 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42001 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42005 Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromaddar
42009 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42101 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42109 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42200 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42201 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42205 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42209 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42300 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42301 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromaddar
42305 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42309 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42400 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42401 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42405 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42409 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42500 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42501 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42505 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42509 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42600 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42601 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42605 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42609 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43100 Respublika korxonalariga berilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43101 Respublika korxonalariga berilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43105 Respublika korxonalariga berilgan muddati o‘tgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43109 Respublika korxonalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: respublika korxonalariga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiya kreditlari bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning qaytarilgan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
43600 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43601 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43605 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan daromad hisobvaraqlari xususiyatlari bo‘yicha bir xil, shuning uchun ularning tarifi umumlashtirilgan holda keltiriladi.
Hisobvaraqning ta’rifi: budjet tashkilotlariga berilgan muddatli va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning qaytarilgan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
43700 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43701 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43705 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43900 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43901 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43905 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44000 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44001 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44005 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44101 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromaddar
44105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromaddar
44200 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44201 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44205 Hukumatta berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44300 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44301 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44305 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromaddar
44400 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44401 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44405 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44500 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44501 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44505 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44600 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44601 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44605 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44700 Sud jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44701 Sud jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga va boshqa banklarga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar hamda sud jarayonidagi kreditlar bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44800 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44801 Davlat xazina veksellariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44805 Davlat obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44809 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44813 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44817 Yevroobligatsiyalarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44894 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqnnng ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar (davlat xazina veksellari, davlat obligatsiyalari, O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar)ga qilingan investitsiyalar bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyapar bo‘yicha ishlab topilgan foizlar va diskontning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar, mukofotning amortizatsiya qilingan va xarid qilish xarajatlari summasi aks ettiriladi.
44900 Boshqa foizli daromadlar
44901 Boshqa foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan tasnif hisobvaraqlariga mos tushmaydigan mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqvishg debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44903 Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan marja
Hisobvaraqning ta’rifi: jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan olingan va miqdori qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan marja hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan daromad (marja) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan daromadning qaytarilgan summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
44905 Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilgan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan daromad summasi aks ettiriladi.
45000 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan repo bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45001 O‘zRMBdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45003 Boshqa banklardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45005 Hukumatdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45007 Jismoniy shaxslardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45009 Yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45011 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45013 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45015 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45094 Boshqa qarzdorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlariga bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan daromad summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan daromadning qaytarilish summasi, REPO kelishuvining ikkinchi qismi bajarilmasligi natijasida hisobdan chiqarilgan daromad summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
45100 Foizli daromadlar — lizing (moliyaviy ijara)
45101 Boshqa banklarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45107 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45109 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45111 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45113 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45115 Bank bo‘lmagan moliyaviy institutlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45117 Muddati o‘tgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45119 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45121 Sud jarayonidagi lizing bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga va boshqa banklarga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan hamda sud jarayonidagi lizinglar bo‘yicha bankning ishlab topilgan foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45200 Foizsiz daromadlar
45201 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — O‘zRMB
Hisobvaraqnnng ta’rifi: O‘zRMBning hisobvaraqlarini yuritish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat uchun bankning ishlab topilgan daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBga ko‘rsatilgan xizmat uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqiing debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45205 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Boshqa banklar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatgani uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyavvy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45209 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlar
Hisobvaraqning tarifi: bankning qimmatli qog‘ozlar bilan inveyetitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatli qog‘ozlar bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
45213 Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari bo‘yicha daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda ko‘rsatgan vositachilik (vositachilik haqi, brokerlik mukofotlash va boshqalar) xizmatlaridan olingan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan bo‘ladigan operatsiyalari bo‘yicha ishlab topilgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45217 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan sotib olingan debitorlik qarzini qoplashda ishlab topilgan daromad summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45221 Bankning trast operatsiyalari bo‘yicha daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning trast operatsiyalpari bo‘yicha daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning trast operatsiyalaridan ishlab topilgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45225 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Akkreditivlar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: akseptlar berish va akkreditivlar ochish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida akseptlar berish va akkreditivlar ochish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45229 Overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga overdraft berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45233 Kreditlar bo‘yicha vositachilik daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiyalar)ni rasmiylashtirganligi, ularni taqdim etganligi va u bo‘yicha xizmat ko‘rsatganligi uchun vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida kreditlarni berganligi, rasmiylashtirganligi va xizmat ko‘rsatganligi uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45237 Kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: potensial qarzdorlarga zaxiralangan kredit liniyasi uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida amalda berilmaslik ehtimoli mumkin bo‘lgan kreditlarga doir kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarda ishlab topilgan daromad summasi hamda kredit berilmagan bo‘lsa ham muddati o‘tgan kredit majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45241 Menejment xizmati bo‘yicha daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlarga bergan ma’lumotlar va maslahatlar xizmatidan olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida menejment bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45245 Sindikat kreditlarda qatnashganlik uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bosh anderrayting (kafolatchi) hisoblanmaydigan, sindikat kreditlarda qatnashganidan daromadlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sindikat kreditlarda qatnashganligi natijasida ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45249 To‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy to‘lovlar (mahalliy trattalar, cheklar va boshqalar)ni amalga oshirishda mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan bankning olgan vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida mahalliy to‘lovlar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45253 To‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar -Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy to‘lovlar (xalqaro pul o‘tkazmalari, xorijiy trattalar, yul cheklari va boshqalar)ni amalga oshirishda mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan bankning vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida xorijiy to‘lovlar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45257 Mijozlarning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarnin inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan bank daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45261 Kafolatlar va kafilliklar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning o‘z mijozlariga berilgan kafolatlari va kafilliklari bo‘yicha daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida berilgan kafolatlar va kafilliklar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45294 Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan xizmat va vositachiliklardan daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan xizmat va vositachiliklardan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45400 Xorijiy valyutalardagi foyda
45401 “Spot” bitimi bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda
45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: Spot/Forvard/Opsion/Fyuchers/Svop bitimlari bo‘yicha hamda hisoblangan marjadan bank foydalari hisobi olib boriladi. Foyda o‘rnatilgan muddatda balans hisobotini tuzish sanasiga hisobvaraqlar qoldig‘ini qayta baholagandan keyin aniqlanadi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyutalarda tuzilgan bitimlardan ishlab topilgan va ochiq valyuta pozitsiyalarini revalvatsiya qilish natijasida vujudga kelgan foydalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45600 Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda
45605 Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalaridan foyda
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalaridan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalari bo‘yicha foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan foydaning hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan foydaning kamaygan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foyda summasi aks ettiriladi.
45609 Savdoga mo‘ljallangan mavjud qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda
45611 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda (savdoga mo‘ljallangan mavjud qimmatli qog‘ozlardan tashqari)
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘sgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida kredit bo‘yicha noto‘g‘ri aks ettirilgan summalarning hisobdan chiqarilishi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foyda summasi aks ettiriladi.
45700 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, Birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar
45701 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Moliyaviy institutlar
45705 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Boshqalar
45709 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan olingan foyda — Moliyaviy institutlar
45713 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investnsiyadan olingan foyda — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatining foydasida bank ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining o‘sishidan vujudga kelgan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatining foydasida bank ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining o‘sishidan vujudga kelgan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan foydalarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45717 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar — Moliyaviy institutlar
45721 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtarib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan dividendlar va investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan dividendlar va investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan dividendlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45800 Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
Ushbu hisobvaraqlar savdoga mo‘ljallangan va so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar uchun qo‘llaniladi.
45803 Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya — qilishdan olingan foyda
45805 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning savdoga mo‘ljallangan va so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromad va foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45809 Investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha olingan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha hisoblangan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan hisoblangan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan dividendlar qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45900 Boshqa foizsiz daromadlar
45901 Bank asosiy vositalarining ijarasi bo‘yicha daromadlar
45905 Bankning ko‘chmas mulkka qilingan investitsmyalari bo‘yicha daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalar obyektini ijaraga berishdan va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyadan daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalar obyektini ijaraga berishdan va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyadan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan yoki hisoblangan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45909 Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda
45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45921 Hisobdan chiqarilgan mablag‘larniig qaytarilishi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlarining va tashkil etilgan zaxiralarining qaytarilish summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlari bo‘yicha kelib tushgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45994 Boshqa foizsiz daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlariga mos tushmaydigan foizsiz daromadlari (jarima, penya va boshqalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, ishlab topilgan foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
50000 XARAJATLAR
50100 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
50101 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50103 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50104 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50105 Budjetdan tashqari fondlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50106 Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50107 Respublika yo‘l jamg‘armasining talab qilib olinguncha saqlanadngan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50108 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50110 Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridagi pul mablag‘lari bo‘yicha foizli xarajatlar
50111 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50114 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50116 Nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlarn bo‘yicha foizli xarajatlar
50121 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadngan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50126 Boshqa mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50600 Jamg‘arma depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
50601 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50603 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50604 Mahalliy budjet qaramog‘idaga budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50606 Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50607 Respublika yo‘l jamg‘armasining jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50608 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50611 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50614 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50616 Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50621 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50626 Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51100 Muddatli depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
51101 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51103 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51104 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51105 Budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51106 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51107 Respublika yo‘l jamg‘armasining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51108 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shprkatlari va jamiyatlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51111 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51114 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51116 Nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51121 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51126 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijoz oldidagi o‘z (talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘arma, muddatli) depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek bankning depozit majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206-“Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
51600 O‘zRMBning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51601 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar — Vostro
51606 O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar — Nostro, overdraft
51611 O‘zRMBning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zRMBning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar, shuningdek O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro, overdraft hisobvaraqda vujudga kelgan overdraft bilan bog‘liq bo‘lgan foizli xarajatlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206-“Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52101 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar — Vostro
52106 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar — Nostro, overdraft
52111 Boshqa banklarning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning ushbu bankda ochgan hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar, shuningdek bankning boshqa bankdagi vakillik hisobvarag‘ida vujudga keladigan overdraft — Nostro, overdraft bilan bog‘liq bo‘lgan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206-“Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv) hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
52600 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52601 To‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar — Mahalliy
52606 To‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar — Xorijiy
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘iicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning topshirig‘i bo‘yicha yoki bank tomonidan bajarilgan to‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
53100 To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53101 O‘zRMBdan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53106 Boshqa banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53111 Hukumatdan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53125 Budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53195 Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54100 To‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54106 Boshqa banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54111 Hukumatdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54115 Investitsion kreditlar uchun olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar
54125 Budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54195 Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54101 O‘zRMBdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlardan yoki boshqa banklardan olingan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha bankning foizli xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54198 Boshqa banklardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
54199 Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing jadvali bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
54200 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54202 Chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, diskont amortizatsiyasi summalari, shuningdek bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida obligatsiyalar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan foizlar summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summasi hisobdan chiqariladi.
54204 Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54206 Chiqarilgan depozit sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma va depozit sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54208 Chiqarilgan veksellar bo‘yicha foizli xarajatlar
54210 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan veksellar va boshqa qimmatli kog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar, diskont amortizatsiyasi summalari, shuningdek bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida obligatsiyalar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan foizlar summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summasi hisobdan chiqariladi.
54222 — Subordinar qarz bo‘yicha foizli xarajatlar
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 5422-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
54300 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli xarajatlar
54302 REPO bitimlari bo‘yicha O‘zR Markaziy bankiga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54304 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54306 REPO bitimlari bo‘yncha hukumatga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54308 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54310 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54312 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54314 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54316 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54395 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa kreditorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qilingan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan xarajatning qaytarilish summasi, shuningdek soliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
54900 Boshqa foizli xarajatlar
54902 Boshqa foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54904 Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan summa aks ettiriladi.
55100 Foizsiz xarajatlar
55102 O‘zRMBga to‘lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zRMB tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida O‘zRMB ko‘rsatgan xizmatlari uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55106 Boshqa banklarga to‘lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55110 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirayotgan operatsiyalarda (qimmatli qog‘ozlarni sotishda vositachilik, brokerlik mukofotlari va b.q.) vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55114 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning oldi-sotdi hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirayotgan operatsiyalarda (qimmatbaho metallarni sotishda vositachilik, brokerlik mukofotlari va h.k.) vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55122 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Sotib olingan veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning veksellar bilan amalga oshiradigan operatsiyalarda (qimmatli qog‘ozlarni sotishda vositachilik, brokerllk mukofotlari va b.q.) vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilshp summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55126 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Akkreditivlar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv ochish va akseptlar berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditivlar va akseptlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55130 Overdraft bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar tomonidan taqdim etilgan overdraft bilan bog‘liq xizmatlar uchun qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida overdraft bo‘yicha xizmatlar uchun bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55134 Kreditlar bo‘yicha vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka taqdim etilgan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan moliyaviy lizing va boshqa operatsiyalar) uchun rasmiylashtirish va ko‘rsatilgan xizmatlarini hisobga olgan holda bankning vositachilik xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha bank tomonidan qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55138 Kredit majburiyatlari bo‘yicha xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarda kredit liniyalarini zaxiralagani uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning boshqa banklarda kredit liniyalarini zaxiralagani uchun to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkazishdagi summa aks ettiriladi.
55142 Menejment bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning olingan ma’lumotlar, maslahatlar va boshqaruv xizmatlari uchun, shu bilan birgalikda BDMAB so‘rovlari bo‘yicha qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida menejment bo‘yicha bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55146 Sindikat kreditlarda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sindikat kreditlarda bosh anderrayter (garantom) hisoblanmagan holda qatnashishi bilan bog‘liq xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning sindikat kreditlarda qatnashishi natijasida qilingan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55150 Vositachilik xarajatlari — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bank tashabbusi bilan mahalliy to‘lovlarni amalga oshirishda boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan vositachilik xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankniig mahalliy to‘lovlarni amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55154 Vositachilik xarajatlari — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bank tashabbusi bilan xorijiy to‘lovlarni amalga oshirishda boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan vositachilik xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning xorijiy to‘lovlarni amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55158 Inkasso operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilgan xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning inkasso operatsiyalari bo‘yicha qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55162 Kafolat va kafillik operatsiyalari bo‘yicha va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning taqdim etilgan kafolat va kafilliklari uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning kafolat va kafillik operatsiyalarini amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55195 Boshqa vositachilik va xizmat xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan xizmatlar va vositachilik xarajatlarining hisobi olib boriladi (inkassatsiya, ABM elektron pochtasi xizmatlari va b.)
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55300 Xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55302 “Spot” bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55306 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyata bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Spot/Forvard/Opsion/Fyuchers bitimlari bo‘yicha ko‘rilgan zararlarining hisobi olib boriladi. Zararlar o‘rnatilgan muddatda balans hisobotini tuzish sanasiga hisobvaraqlar qoldig‘ini qayta baholagandan keyin aniqlanadi.
Hisobvaraqning debetida xorijiy valyutada tuzilgan bitimlar natijasida ko‘rilgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijobiy qayta baholash natijasida zararlarning kamayish summasi, noto‘g‘ri hisoblangan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55600 Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
55606 Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan zararlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55610 Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar
55614 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar (savdoga mo‘ljallangan qimmatli kog‘ozlardan tashqari)
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining kamayish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan zararlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55700 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, qo‘shma korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan ko‘rilgan zararlar
55702 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyaviy institutlar
55706 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Boshqalar
55710 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyavny institutlar
55714 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdsk xo‘jalik jamiyatlarining zararlardagi ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining kamayishidan vujudga keladigan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatlari va qo‘shma korxonalarning zararlardagi ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining kamayishidan vujudga keladigan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirgan zararlarni hisobdan chiqarish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan zarar summasi aks ettiriladi.
55718 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyaviy institutlar
55722 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan vujudga keladigan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan vujudga keladigan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55800 Investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar
55804 Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55806 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning savdoga mo‘ljallangan hamda so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarning sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning investitsiya bo‘yicha ko‘rilgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55900 Boshqa foizsiz xarajatlar
55902 Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55906 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib bqilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rgan zararlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55995 Boshqa foizsiz xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan amalga oshirilgan foizsiz xarajatlar hisobi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqda o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56100 Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar
56102 Ish haqi
Hisobvaraqning ta’rifi: xizmatchilarning mehnat ish xaqi (mehnat shartnomasi va fuqaro-huquqiy xarakterdagi shartnomalar bo‘yicha bajarilgan), ish vaqtidan tashqari qilinadigan ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ishlar, mukofot to‘lovlari (oylik ish, bajarilgan maxsus ishlar uchun natijalar bo‘yicha va boshqalar uchun), ko‘p yillik ish staji va bank nizomi va qonunchilikka muvofiq bankning boshqa to‘lovlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ish haqiga qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56106 Bank xizmatchilari uchun imtiyozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning xizmatchilari uchun berilgan imtiyozlarga qilgan xarajatlari, yani mukofot to‘lovlari, (yil yakuni bo‘yicha mukofotlar, ko‘p yillik xizmati uchun, ish staji uchun qo‘shimcha haq, bayram va yubiley sanalariga beriladigan mukofotlar va boshqalar), bank xodimlarnning o‘qishlari uchun to‘lovlar, shuningdek ularning stipendiyalari, xodimlarga beriladigan qimmatli sovg‘alar qiymati hamda bank nizomi va qonunchilikka muvofiq ravishda jismoniy shaxslardan undirib olingan to‘lov hisobiga bank tomonidan to‘lanadigan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xizmatchilarga imtiyozlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56108 Asosiy rahbar xodimlarga mukofotlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilik va bank manfaatlariga muvofiq asosiy rahbar xodimlar (bank Kengashi va Boshqaruvi a’zolari va boshqaruv qarori qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshqa shaxslar)ga to‘lanadigan mukofot bilan bog‘liq (qoplash xarakteriga ega bo‘lgan boshqa turdagi) xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy rahbar xodimlarga to‘lanadigan mukofot bilan bog‘liq hisoblangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56110 Tibbiy, stomatologik xizmatlar uchun va shifoxonada davolash xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlariga ambulatoriya yoki statsionar meditsina va stomatologiya xizmati ko‘rsatish uchun qilgan xarajatlari hamda ular va ularning bolalari uchun sog‘lomlashtirish lagerlariga, sanitar-kurort muassasalariga va boppqalarga o‘rnatilgan tartibda to‘liq yoki qisman to‘lanadigan yo‘llanmalar qiymatining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida meditsina, stomatologik xizmatlari ko‘rsatish va shifoxonada davolash xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56114 Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq nodavlat pensiya fondlariga to‘lanadigan ixtiyoriy badallari, bankning ish haqi fondi (FOT)dan budjetdan tashqari Pensiya fondi ajratmalari, yagona ijtimoiy to‘lovlar uchun bank xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy sug‘urta uchun o‘tkazilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri yoki ortiqcha to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56118 Ijtimoiy himoya
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qonunchilikda ko‘rsatilgan hollarda meqnat shartnomasini muddatidan oldin tugatish vaqtida beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqa (posobiya) to‘lovlari va kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek qonunchilikka va bank nizomiga muvofiq ravishdagi nafaqa (bolalarga qonunchiliqda o‘rnatilgan balog‘at yoshiga yetgunicha beriladigan va boshqa) to‘lovlari, moddiy yordam pullari va boshqa to‘lovlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy himoya uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56122 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalarga badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta budjetiga va boshqa jamg‘armalarga bank ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bank xodimlarining sog‘liqni va boshqa ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash bo‘yicha badallari hisobi.
Hisobvaraqning debetida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va boshqa jamg‘armalarga amalga oshirilgan ajratmalar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilgan summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan summa aks ettiriladi.
56195 Bank xizmatchilari uchun qilingan boshqa xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqoridagi ta’riflangan hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, xizmatchilarga to‘lanadigan (to‘garaklardagi, klublardagi mashg‘ulotlarga, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishga, qonunchilikda o‘rnatilgan me’yordan ortiqcha to‘langan safar va vakolatli xarajatlar summasi va boshqalar) to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan, amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56200 Ijara va ta’minot
56202 Ijara to‘lovi
56206 Suv
56210 Elektr energiyasi va isitish
56214 Ta’mirlash va ta’minots
56218 Qo‘riqlash xizmati
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning ijaraga olingan obyektlarga, shartnoma asosida ishlaydigan bank xodimlari hisoblanmaydigan xodimlardan tashkil topgan qo‘riqchilarga, shuningdek qo‘riqlash signalizatsiyasiga, remontga va bank binosini, mebellarni, transport va boshqa jihozlarni saqlashga, bankning suv, elektr, isitish tarmog‘i va boshqa kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijara va ta’minot uchun hisoblangan va to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56300 Xizmat safari va transport xarajatlari
56302 Xizmat safari xarajatlari
56306 Yashash xarajatlar
56310 Fraxt xarajatlar
56314 Yoqilg‘i
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlarning xizmat safari bilan bog‘liq (transport (xizmat safari xarajatlari), mehmonxona xizmati (yashash uchun boshqa xizmatlar) qiymati va limit doirasidagi kunlik xarajatlar; fraxt (bank ofislari o‘rtasida jihozlar va boshqa mulklarni ko‘chirish) xarajatlari, xususiy va ijaraga olingan harakat vositalari uchun foydalaniladigan yoqilgi xarajatlari, shuningdek o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda xizmat safari uchun foydalaniladigan bank xodimlarining shaxsiy avtomobillari uchun xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xizmat safari va transport uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56400 Ma’muriy xarajatlar
56402 Reklama va e’lon xarajatlari
56406 Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari
56410 Pochta, telefon, faks
56414 Hujjat markalari uchun xarajatlar
56418 Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar bo‘yicha xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning gazeta, radio, televideniye va boshqa axborot vositalari orqali beradigan reklama va e’lonlariga, blankalarga, devonxona va ofis qurollariga, pochta va hujjat markalariga, telefon va faks, ma’lumotlarni uzatish uchun boshqa aloqa kanallari (Reuters, SWIFT, Internet, teleks va boshqalar)dan foydalanish xarajatlari, shuningdek davriy nashrlarga, shu bilan birga elektron bildirgichi (“PRAVO” tizimi va boshqalar)ga qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ma’muriy xarajatlarga to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56500 Reprezentatsiya va xayriya
56502 Reprezentatsiya va ko‘ngil ochuvchi tadbirlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning to‘g‘ridan to‘g‘ri mavqeyi (prestiji) va biznesining rivojlanishiga imkon beradigan reprezentatsiya va ko‘ngil ochar tadbirlarga qilgan, shuningdek taqdimot tadbirlari xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida reprezentatsiya, ko‘ngilochar va taqdimot tadbirlari uchun qilingan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri qilingan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56506 A’zolik badallari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning a’zolik badallarni to‘lash uchun qilgan xarajatlarini, agar bank klublar, assotsiatsiya, ijtimoiy va boshqa tashkilotlarning a’zolari bo‘lib hisoblansa, hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida a’zolik badallari uchun to‘langan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56510 Xayr-ehson va xayriya
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning xayr-ehson qilgan xarajatlari va xayriya jamg‘armalari hamda boshqa notijorat foyda keltirmaydigan tashkilotlarga omonat qo‘yilgan omonatlari, shuningdek tabiiy ofatdan ko‘rilgan talofotlarga qilingan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xayr-ehson va xayriya uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56602 Eskirish — Bank binosi, inshoatlar va boshqa imoratlar
56606 Eskirish — Investitsiya qilingan ko‘chmas mulkning eskirish summasi
56610 Eskirish — Transport vositalari
56614 Eskirish — Mebel va jihozlar
56616 Eskirish — To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
56618 Eskirish — Nomoddiy aktivlar
56622 Eskirish — Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar
56626 Eskirish — Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
56630 Eskirish — Ombordagi asosiy vositalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalar uchun hisoblanadigan eskirish xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan eskirish summasining qaytarilishi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56700 Sug‘urta, soliq va boshqa xarajatlar
56702 Yuridik va auditorlik xizmati to‘lovlari
56706 Konsalting xizmati uchun to‘lovlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning shartnoma asosida yuristlar va boshqa firmalar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik, auditorlik va maslahatchilik xizmatlari uchun to‘lov xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik va maslahatchilik xizmatlar uchun qilgan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdsk moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56710 Sug‘urta
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning o‘z mulkini sug‘urta qilishga, yong‘indan sug‘urta qilishga va o‘z faoliyati bilan bog‘liq boshqa sug‘urta turlariga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sug‘urta uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56714 Soliqlar (foyda solig‘idan tashqari) va litsenziyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning soliqlar hamda mulk solig‘i, Pensiya va Respublika yo‘l fondiga ajratmalar kabi majburiy to‘lovlar va boshqa soliqlarga (foyda solig‘idan tashqari) xarajatlari, shuningdek bankning lizenziya olish bo‘yicha xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan soliqlar va litsenziyalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan summa aks ettiriladi.
56718 Jarima va penyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning amaldagi qonunchilikka va qoidalarga asosan o‘ziga solingan penya va jarimalar uchun qilgan xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan jarima va penyalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan jarima va penyalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56722 Sud jarayoni/aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlari, shuningdek bankning xususiylikni o‘z nomiga o‘zlashtirshp bo‘yicha xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni, shuningdek aktivlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqda o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56795 Boshqa operatsion xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56800 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56802 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Kreditlar
56803 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Investitsion kreditlar
56804 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa banklardan olinadigan hisobvaraqlar
56806 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar
56808 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
56810 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar
56814 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
56818 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotib olingan veksellar
56822 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar
56824 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — REPO bitimlari
56826 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
56828 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar
56830 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Asosiy vositalar
56832 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Nomoddiy aktivlar
56834 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Bankning boshqa xususiy mulklari
56838 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Lizing (moliyaviy ijara)
56840 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar
56842 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sud jarayonidagi kredit va lizing
56895 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa aktivlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning aktivlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56900 Foyda solig‘ini baholash
56902 Foyda solig‘ini baholash
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan foydaga hisoblangan soliqlar (foyda solig‘i, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga solingan soliq va shu kabi boshqa soliqlar) bo‘yicha bank xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida foyda solig‘i bo‘yicha hisoblangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarning qaytarilish summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan summa aks ettiriladi.
90000 KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR
90100 To‘lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
90141 Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlariga muvofiq bank kassirlari tomonidan mijozlarning arizalari asosida ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning hisobi olib boriladi. Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar va tangalar nominal bo‘yicha, boshqa boyliklar esa “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90143 Ekspertizaga qabul qilingai yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning hisobi olib boriladi. Ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar va tangalar nominal bo‘yicha, boshqa boyliklar esa “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalari tomonidan ekspertizaga qabul qilingan, ekspertizaga qabul qilish tasdiqlanganidan so‘ng hisobdan chiqarilgan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90145 To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar
Hisobvaraqiing ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlariga muvofiq bank kassirlari tomonidan to‘lovga yaroqsiz deb topilgan banknot va tangalarning hisobi olib boriladi. To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvarakning debetida bank kassirlari tomonidan to‘lovga yaroqsiz deb topilgan banknot va tangalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga jo‘natilgan to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90147 Yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar
Hisobvaraqning tarifi: Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natilgan, yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natilgan, yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarga asosan to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90300 Hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar
90303 Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egalariga sotish) uchun olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining blankalari hisobi hamda emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘langan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobi olib boriladi. Tarqatish (sotish) uchun olingan qimmatli qog‘ozlar blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli qog‘ozlar blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96305 — “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek emitentlar topshirig‘i bo‘yicha to‘langan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan, shuningdek hisobdorlik tarzda berilgan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan yoki to‘langan qmmatli qog‘ozlarning emitentlarga berib yuborilgan blankalarning summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90305 O‘zRMBning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egalariga sotish) uchun olingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarining blankalari hisobi hamda emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘langan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobi olib boriladi. Tarqatish (sotish) uchun olingan qimmatli qog‘ozlar blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli qog‘ozlar blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96307 — “O‘zRMBining qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek emitentlar topshirig‘i bo‘yicha to‘langan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarining blankalari qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan, shuningdek hisobdorlik asosida berilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan yoki to‘langan qimmatli qog‘ozlarning emitentlarga berib yuborilgan blankalari summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90317 Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egasiga sotish) uchun olingan nodavlat tashkilotlarining qimmatli qog‘ozlari (shu bilan birgalikda lotereya biletlari) blankalarining, shuningdek emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘langan va yo‘q qilishga tegishli bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan nodavlat tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari blankalarining hisobi olib boriladi. Sotish uchun olingan qimmatli qog‘ozlarning blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli qog‘ozlar blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96315 — “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek emitentlar topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘lab berilgan nodavlat tashkilotlarining qimmatli qog‘ozlarining blankalari qiymatlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan, shuningdek hisobdorlik tarzda berilgan nodavlat tashkilotlarining boshqa qimmatli qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan yoki to‘lab berilgan qimmatli qog‘ozlarning emitentlarga berib yuborilgan blankalarining summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90327 Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning muomalaga chiqarilguncha saqlanayotgan, shuningdek qoplash (to‘lash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlarining hisobi yuritiladi. Bundan tashqari ushbu hiobvaraqda foydalanish uchun yaroqsiz holda bo‘lgan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan xususiy qimmatli qog‘ozlar blankalari hisobi olib boriladi. Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari, shuningdek qoplash (to‘lash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlari blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bosmaxonadan yoki bosh ofisdan olingan, yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar blankalari qiymati, shuningdek qoplash (to‘lash) uchun yoki muomaladan chiqarish uchun bank tomonidan qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan), shuningdek hisobdorlik tarzda berilgan qimmatli qog‘ozlar blankalarining qiymati aks ettiriladi Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan qimmatli qog‘ozlarning blankalari summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90329 Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning muomalaga chiqarilguncha saqlanayotgan, shuningdek qoplash(to‘lash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan xususiy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarini hisobi yuritiladi. Bankning qoplash(to‘lash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan xususiy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bankning muomalaga chiqarilguncha saqlanayotgan, chiqarilgan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari qiymati, shuningdek qoplash(to‘lash) yoki muomaladan chiqarish uchun bank tomonidan qayta sotib olingan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning sotilgan (tarqatilgan) hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq qoplangan(to‘langan) yoki muomaladan chiqarilgan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahosiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90337 Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qoplash (to‘lash) muddati kelguncha yana qayta sotish maqsadida bank tomonidan sotib olingan xususiy qimmatli qog‘ozlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qayta sotib olingan o‘z qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan qayta sotilgan o‘z qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90400 Bankning plastik kartalari, terminallari, bankomatlari va infokioskalari
90402 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 — “Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslar plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan jismoniy shaxslar plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90404 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 — “Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslar korporativ plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan yuridik shaxslar korporativ plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90406 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 — “Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar korporativ plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan yakka tartibdagi tadbirkorlar korporativ plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90410 Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 — “Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokioskalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan terminallarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan terminallarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90412 Bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 — “Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokioskalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan bankomatlarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90414 Bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 — “Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokioskalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan infokioskalarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90900 Savdoga oid moliyalashlar
90908 To‘lovchi tomonidan banklarda ochilgan qoplangan akkreditiv
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovchining shaxsiy mablag‘laridan yoki unga berilgan kredit hisobidan mahsulot yetkazib beruvchining banki tasarrufiga mablag‘larni bank-emitentning majburiyatlari butun amal qilish muddati davomida o‘tkazib beradigan qoplangan akkreditivlarning bank-emitentdagi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96308 — “Qoplangan akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek to‘liq foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90909 Taqdim etuvchiga trattalarni to‘lagan holdaga import bilan bog‘liq to‘lanmagan akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: importchi topshirig‘i asosida chet eldan tovarlar va xizmatlarning importi bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun xorijiy benefitsiar(eksportyor)lar foydasiga ochilgan trattalarga qarshi taqdim etuvchiga qo‘yilgan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida ochilgan akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida importchi banki tomonidan akseptlangan taqdim etuvchiga qo‘yilgan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90916 Muddatli trattalarga qarshi qo‘yilgan import bilan bog‘liq to‘lanmagan akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mahsulot yetkazib beruvchining moliyaviy kreditlashi asosida ochilgan yoki muddatli trattalarga qarshi qo‘yilgan import bilan bog‘liq akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida importchi banki tomonidan akseptlangan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90923 Muddati uzaytirilgan akkreditivlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: tovarlar yoki xizmatlarning importi bo‘yicha hisob-kitoblarning ma’lum vaqt oralig‘ida qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan holda ochilgan xorijiy akkreditivlarning hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan xorijiy akkreditivlar odatda bir yildan ortiq muddatga ochilishi mumkin. Ushbu kredit turi yirik summalarda beriladi va ma’lum muddatlar davomida qismlarga bo‘lingan holda to‘lanib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida importyor banki tomonidan akseptlangan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90930 Muddati uzaytirilgan akkreditivlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog‘liq hisob-kitoblarni ma’lum vaqt oralig‘ida qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan holda ochilgan akkreditivlarning hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan mahalliy akkreditivlar odatda bir yildan ortiq muddatga ochilishi mumkin. Ushbu kredit turi yirik summalarda beriladi va ma’lum muddatlar davomida qismlarga bo‘lingan holda to‘lanib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lovchi bank tomonidan akseptlangan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90937 Revolver akkreditivlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: revolver akkreditivlarning hisobi olib boriladi. (Revolver akkreditiv — emitent-bank tomonidan akkreditivni foydalangandan keyin boshlang‘ich summasigacha qayta tiklash majburiyati) Tartibga muvofiq revolver akkreditivlar bir yilga va bir yildan yuqori bo‘lgan muddatga ochiladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi hamda qayta tiklangan akkreditivning foydalangan qismining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90944 Zaxira akkreditivlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy benefitsiarlar foydasiga ochilgan, tovarlarning harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan, akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Akkreditiv (tadbirkorlik) operatsiyalarning bajarilishi uchun kafolat sifatida ochiladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90951 Zaxira akkreditivlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy benefitsiarlar foydasiga ochilgan, tovarlarning harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Akkreditiv (tadbirkorlik) operatsiyalarning bajarilishi uchun kafolat sifatida ochiladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90955 Tasdiqlangan import bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: importyorning banki tomonidan mahsulot yetkazib beruvchi foydasiga ochilgan va emitent-bankning iltimosiga binoan importyor banki tomonidan tasdiqlangan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Bu bilan tasdiqlovchi bank ushbu akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘ziga oladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90958 Tasdiqlangan eksport bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy vakil-banklardan kelib tushuvchi va eksportchi-bank tomonidan tasdiqlanuvchi, xorijiy importchilar tomonidan mahalliy ekportchilar foydasiga ochilgan akkreditivlar hisobi olib boriladi. Akkreditiv importchining xorijiy banki tomonidan ochiladi va mahalliy ekportchi eksportchi-bankdan o‘z tovarlarini jo‘natishdan oldin akkreditivni tasdiqlab berishni so‘raydi. Ekportchi-bank akkreditivni tasdiqlashi bilan ushbu akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha muddati tugagandan keyin qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90960 Xabar qilingan import bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bankning bir vakil-banki tomonidan boshqa vakil-bankka ochilgan akkreditivi hisobi olib boriladi. Bunda ushbu bank bu akkreditivning bajarilishi bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90961 Xabar qilingan eksiort bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: importchining banki tomonidan eksportchining foydasiga ochilgan va eksportchining bankiga ochilganligi to‘g‘risida xabar qilingan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Akkreditivlarning hisobi eksportchining bankida olib boriladi. Bunda eksportchining banki bu akkreditivning bajarilishi bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90962 To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi (Kartoteka №1). Ushbu hisobvaraq uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida to‘lov muddatini va/yoki to‘lovchining akseptlashini (roziligini) kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lov muddati kelgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90963 Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovchilarning hisobvaraqlarida mablag‘larning yo‘qligi yoki yetarli emasligi sababli, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa (hisobvaraq arestga olinganda, hisobvaraq blokirovka qilinganda va boshqa) hollardagi muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi (Kartoteka №2). Ushbu hisobvaraq uchun 96321 — “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq yoki qisman-qisman qilib to‘langan hujjatlarning summasi, shuningdek akseptlashni rad qilganligi natijasida qaytarilgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90965 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: inkassoga qabul qilingan mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning, shuningdek boshqa hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraqda to‘lov hujjatlari to‘lovlar muddati kelgunga qadar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96323 — “Inkassoga qabul qilingan mahalliy (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning, shuningdek inkassoga qabul qilingan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq yoki qisman-qisman qilib to‘langan hujjatlarning summasi hamda akseptdan rad qilish natijasida qaytarilgan yoki 90963 — “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan hujjatlarning summalari aks ettiriladi. Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga qabul qilingan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90966 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96321 — “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘liq qoplangan sotib olingan debitorlik qarzlar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90969 Barter shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank mijozlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan kontragentlari bilan o‘zaro tovar yetkazib berishlik asosida tuzgan barter shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96317 — “Barter shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq dir.
Hisobvaraqning debetida barter shartnomasining umumiy summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qilingan tovar va amalga oshirilgan majburiy sotish qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir barter shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90971 Eksport shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlari bilan tuzilgan eksport shartnomalari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96318 — “Eksport shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida eksport shartnomasining umumiy summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushbu shartnoma bo‘yicha korxonaning hisobvarag‘iga haqiqatda kelib tushgan tushumlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir eksport shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90972 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy vakillar (korrespondentlar)dan inkassoga qabul qilingan veksel, tratta yoki cheklarning, shuningdek boshqa hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraqda to‘lov hujjatlari to‘lovlar muddati kelgunga qadar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96323 — “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida inkassoga qabul qilingan mahalliy veksellar, trattalar, cheklar, hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akseptlangan, to‘langan hujjatlarning, shuningdek to‘lov to‘g‘risida rad javobi kelgan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga qabul qilingan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90979 Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlardan inkassoga qabul qilingan va to‘lovini yoki akseptini olish uchun jo‘natilgan mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning, shuningdek boshqa to‘lov hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96330 — “Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan to‘langan va/yoki akseptlangan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqarda olib boriladi.
90986 Inkassoga jo‘natilgan veksellar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat krediti hisobiga to‘lovni olish uchun chet elga jo‘natilgan inkasso operatsiyalari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlardan bank tomonidan qabul qilingan tovar hujjatlari va trattalari, shuningdek akseptlangan trattalarning; tijorat krediti hisobiga to‘lov uchun chet elga jo‘natilgan va to‘lovi akkreditivlar bilan ta’minlanuvchi trattalar va veksellardan tashqari xorijiy banklarda joylashgan akseptlangan trattalar hamda veksellarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96330 — “Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida chet elga inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning va akseptlangan trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan hujjatlarning va/yoki xorijiy banklar tomonidan akseptlangan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xorijiy vakil (korrespondent)-bank, mijoz va inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib borilada.
90993 Kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraqda mijozlar foydasiga bank tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan kafolat va kafilliklarning, shuningdek bank tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan (avalirovannix bankom) veksellarining nominal qiymati hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96337 — “Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kafolatlarning summasi, shuningdek bank tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilgan, shuningdek foydalanilmagan va o‘rnatilgan tartibda muddati o‘tishi bilan yo‘q qilingan kafolatlarning summasi, shuningdek bank tomonidan kafillik berilgan boshqa emitentlarni qoplangan veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kafolat bo‘yicha, shuningdek avallashtirilgan veksellarning turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91500 Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
91501 Berilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati o‘tgan va o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq balansdan hisobdan chiqarilgan, berilgan muddatli va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar, shuningdek “foiz o‘stirmaslik” maqomiga o‘tkazilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblanadigan foizlar hisobi olib boriladi. Shu bilan birgalikda ushbu hisobvaraqda muddati o‘tgan hamda sud jarayonidagi kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96335 — “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida kreditlar va lizinglar bo‘yicha muddati o‘tgan va/yoki hisoblangan foizlarning summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91503 Berilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha muddati uzaytirilgan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Hukumatning qaroriga muvofiq ravishda muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96335 — “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki hisobdan chiqarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91505 Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa aktivlar va vositachiliklar bo‘yicha hisobdan chiqarilgan foizlar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96335 — “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida boshqa aktivlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan muddati o‘tgan va/yoki hisoblangan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa aktivlar bo‘yicha to‘langan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91800 Bankning kredit va lizing majburiyati
91809 Bankning kredit va lizing berish majburiyati
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlarga yoki boshqa banklarga kredit vayoki lizing berish majburiyatlari hisobi olib boriladi. Bankning mijozlarga va boshqa banklarga kredit vayoki lizing berish majburiyatlari ushbu hisobvaraqda ushbu majburiyatlarning bajarilishigacha yoki bekor qilinishigacha hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96351 — “Bankning kredit berish majburiyati bo‘yicha kontro‘isobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bankning kredit va lizing berish bo‘yicha berilgan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit vayoki lizing berish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarining summasi, shuningdek qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91816 Bankning kredit va lizing olish majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlardan yoki boshqa banklardan kredit vayoki lizing olish majburiyatlarining hisobi yuritiladi. Bankning kredit vayoki lizing olish majburiyatlari ushbu hisobvaraqda ushbu majburiyatlarning bajarilishigacha yoki bekor qilinishigacha hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96358 — “Bankning kredit olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida kredit vayoki lizing olish bo‘yicha bergan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit olish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91900 Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari
91901 Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdorlarning bank tomonidan berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha muddatli majburiyatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96345 — “Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘la qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi majburiyat to‘la bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91905 Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdorlarning bank tomonidan berilgan uzoq muddatli kreditlar vayoki lizinglar bo‘yicha muddatli majburiyatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96349 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi majburiyat to‘la bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91907 Qarzdorlarning Hukumatdan olingan uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdorlarning bank tomonidan berilgan Hukumatning uzoq muddatli kreditlar vayoki lizinglar bo‘yicha muddatli majburiyatlari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96349 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar vayoki lizinglar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi majburiyat to‘la bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92700 Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha transaksiyalar
92701 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni (fyuchers — bu, kelajakda yetkazib beriladigan moliyaviy instrumentni sotish yoki sotib olish bo‘yicha standart shartnomadir) sotish bo‘yicha fyuchers bitimi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96361 — “Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan fyuchers shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida fyuchers shartnomalari bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92705 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni (fyuchers — bu, kelajakda yetkazib beriladigan moliyaviy instrumentni sotish yoki sotib olish bo‘yicha standart shartnomadir) sotib olish bo‘yicha fyuchers bitimi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96363 — “Fyuchers bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan fyuchers shartnomalarinnig summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida fyuchers shartnomalari bo‘yicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92709 Forvard bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: kelishilgan kurs bo‘yicha moliyaviy instrumentni sotish, kelgusida kelishilgan sanada to‘lovlar va yetkazib berilishi amalga oshiriladigan forvard shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96365 — “Forvard bitimi bo‘iicha sotish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan forvard shartnomalarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida forvard shartnomasi bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir forvard shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92716 Forvard bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: kelishilgan kurs bo‘yicha moliyaviy instrumentni sotib olish, kelgusida kelishilgan sanada to‘lovlar va yetkazib berilishi amalga oshiriladigan forvard shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96367 — “Forvard bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha forvard shartnomasining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida forvard shartnomasi bo‘yicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir forvard shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92724 Opsion bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotish bo‘yicha opsion (opsion — bu, shartnoma davri ichida moliyaviy instrumentning ma’lum qismini aniq belgilangan kursda sotish yoki sotib olish huquqini beruvchi shartnomadir) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96369 — “Opsion shartnomasi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan opsion shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsion shartnomalari bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92728 Opsion bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha opsion (opsion — bu, shartnoma davri ichida moliyaviy instrumentning ma’lum qismini aniq belgilangan kursda sotish yoki sotib olish hukuqini beruvchi shartnomadir) shartnomalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96370 — “Opsion shartnomasi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan opsion shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsion shartnomalari bo‘yicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92732 Svop shartlarida sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotish bo‘yicha svop (svop — bu, shartli summada va kelishilgan indeksni qo‘llash asosida kelajakda to‘lovlarni almashtirish bo‘yicha kelishuvdir. Ikki namuna sifatida valyuta svopi va foizlar stavkasi bo‘yicha svop xizmat qiladi) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96371 — “Svop shartlari bilan sotish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan svop shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida svop shartnomalari bo‘yicha moliyaviy instrumentning sotilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir svop shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqarda olib boriladi.
92736 Svop shartlarida sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha svop (Svop — bu, shartli summada va kelishilgan indeksni qo‘llash asosida kelajakda to‘lovlarni almashtirish bo‘yicha kelishuvdir. Ikki namuna sifatida valyuta svopi va foizlar stavkasi bo‘yicha svop xizmat qiladi) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96373 — “Svop shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan svop shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida svop shartnomalari bo‘yicha moliyaviy instrumentning sotib olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir svop shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92800 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muddatli bitimlar
92802 Qimmatli qog‘ozlarnn sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotib olinishi lozim bo‘lgan, shuningdek bank bilan kontragent o‘rtasida qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha qayta sotib olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96374 — “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotib olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek bank tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha qayta sotib olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelushuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob shartnoma va qimmatli qog‘ozlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92806 Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan yetkazib berilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning, shuningdek bank bilan kontragent o‘rtasida qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96376 — “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotuvga qo‘yilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek qimmatli kog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi qo‘shma bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob shartnoma va qimmatli qog‘ozlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqarda ollb boriladi.
93600 Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar
93609 Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar
Hisobvaraqning ta’rifi: saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlarning hisobi olib boriladi. Saqlanishga qabul qilingan qimmatliklar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 — “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida shartli ravishda saqlanishga qabul qilingan qimmatbaho buyumlar va boshqa hujjatlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida egalariga qaytarilgan yoki o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda ushbu hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan qimmatbaho buyumlar va boshqa hujjatlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho buyumlar va hujjatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
93616 Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: saqlash uchun topshiriq, vositachilik yoki saqlash shartnomalariga asosan olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 — “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida saqlashga qabul qilingan, shuningdek topshiriq va vositachilik shartnomalariga asosan sotish uchun olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida topshiriq yoki vositachilik shartnomalari bo‘yicha sotilgan obligatsiyalarning va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining, sotilmagan va mijozlarga qaytarilgan, shuningdek saqlanish hisobidan chiqarilgan davlatning qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
93623 Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalarning topshiriq, vositachilik yoki saqlash shartnomalariga asosan olingan qimmatli qog‘ozlarining, shuningdek saqlanayotgan tijorat hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 — “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida saqlash uchun qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar va tijorat hujjatlarining nominal qiymati, shuningdek topshiriq yoki vositachilik shartnomalariga asosan sotish uchun olingan xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida topshiriq yoki vositachilik shartnomalari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlarning, sotilmagan va mijozlarga qaytarilgan, shuningdek saqlanish hisobidan chiqarilgan xususiy korxonalarning qimmatli kog‘ozlarining va tijorat hujjatlarining nominat qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94500 Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar
94501 Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan kreditlar vayoki lizinglar ta’minoti sifatida qabul qilingan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Qimmatli qog‘ozlar qabul qilingan ta’minot summasida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar vayoki lizinglarning ta’minoti sifatida olingan qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar qaytarilmaganda foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar vayoki lizinglar qaytarilgandan keyin va kredit vayoki lizinglar shartnomalari yopilgandan keyin mijozlarga qaytarilgan qimmatli qog‘ozlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94502 Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar vayoki lizinglarga va berilgan boshqa kreditlarga garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning hisobn olib boriladi. Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar hisobvaraqqa garov bo‘yicha shartnoma tuzilgan vaqtdagi baholangan qiymati bo‘yicha kirim qilinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida garov ta’minoti sifatida qabul qilingan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning qiymati aks etiriladi.
Hisobvaraqning kreditida garovga qabul qilingan foydalanilgan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning summasi yoki kreditlar vayoki lizinglar va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar qoplangandan (to‘langandan) keyin qaytariladigan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit vayoki lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqutarda olib boriladi.
94503 Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan kreditlar vayoki lizinglarning ta’minoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning, shuningdek sug‘urta polislarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar vayoki lizinglarning ta’minoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar vayoki lizinglar qaytarilmaganda foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar qaytarilgandan keyin va kredit shartnomalari yopilgandan keyin kafolatlar va kafilliklarning muddati o‘tishi bilan o‘rnatilgan tartibda foydalanilmagan va bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94504 Olingan kreditlar va lizinglar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan kreditlar vayoki lizinglar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlarning hasobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida olingan kreditlar vayoki lizinglar ta’minoti sifatida qarzdor-bank tomonidan berilgan qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit qaytarilmaganda kreditor tomonidan foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar vayoki lizinglar qaytarilgandan keyin va kredit vayoki lizinglar shartnomalari yopilgandan keyin qarzdor-bankka qaytarilgan qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
95400 Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
95409 Qarzdorga bildirilgan da’volar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: garovga olingan mol-mulkning qarzdorlarga/debitorlarga berilgan kreditning to‘lanmagan summasi bilan solishtirilgandagi kam chiqqan qiymati natijasida qarzdorlarga/debitorlarga bildirilgan da’volar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida garovga olingan mol-mulkning berilgan kreditning to‘lanmagan summasi bilan solishtirilgandagi kam chiqqan qiymati natijasida qarzdorlarga/debitorlarga bildirilgan da’volar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit qarzlari bo‘yicha qarzdorlarga/debitorlarga bildirilgan da’volar asosida undirib olingan mablag‘lar summasi yoki o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda hisobdan chiqarilgan qarzlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qarzdorlar/debitorlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
95411 Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: muddatida to‘lanmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha va sud jarayonidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96333 — “Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida muddatida to‘lanmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha, shuningdek sud jarayonidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida muddatida to‘lanmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha, shuningdek sud jarayonidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha undirib olingan foizlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar emitentlari va turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
95413 Hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizinglar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq ravishda bank balansidan hisobdan chiqarilgan kreditlar vayoki lizinglar (to‘lanmagan qismi)ning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan kredit va lizinglar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tiklangan yoki to‘langan kreditlar vayoki lizinglarning, shuningdek o‘rnatilgan muddati o‘tishi bilan bekor qilingan kreditlar vayoki lizinglarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
95497 Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqoridagi turkum hisobvaraqlar ta’rifiga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida kirim qilingan mablag‘lar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hujjatlar va boshqa qimmatbaho buyumlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
96300 Ko‘zda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari
96303 Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96305 Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96307 O‘zRMBining qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96308 Qoplangan akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96309 Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96311 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96313 Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokioskalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96314 Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96315 Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96316 Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96317 Barter shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96318 Eksport shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96319 To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96321 Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96323 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96330 Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96331 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96333 Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i
96335 Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i
96337 Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96345 Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i
96349 Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i
96351 Bankning kredit va lizing berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96358 Bankning kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96361 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
96363 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96365 Forvard bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
96367 Forvard bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96369 Opsion bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
96370 Opsion bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96371 Svop shartlari bilan sotish kontr-hisobvarag‘i
96373 Svop shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96374 Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i
96376 Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i
96379 Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96381 Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96397 Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 31-dekabrdagi 28/9-son (ro‘yxat raqami 773-18, 2005-yil 14-yanvar), 2005-yil 25-iyundagi 14/4-son (ro‘yxat raqami 773-19, 2005-yil 20-iyul),2005-yil 20-avgustdagi 18/7-son (ro‘yxat raqami 773-20, 2005-yil 17-sentabr),2006-yil 11-martdagi 7/6-son (ro‘yxat raqami 773-21, 2006-yil17-mart), 2006-yil 15-iyundagi 13/7-son (ro‘yxat raqami 773-22, 2006-yil 24-iyul), 2007-yil 9-martdagi 8/4-son (ro‘yxat raqami 773-23, 2007-yil 31-mart), 2007-yil 30-iyundagi 18/4-son (ro‘yxat raqami 773-24, 2007-yil 28-iyul), 2008-yil 1-martdagi 6/3-son (ro‘yxat raqami 773-25, 2008-yil 18-mart), 2008-yil 13-dekabrdagi 28/3-son (ro‘yxat raqami 773-26, 2009-yil 19-yanvar), 2009-yil 16-maydagi 15/1-son (ro‘yxat raqami 773-27, 2009-yil 11-iyun), 2010-yil 10-apreldagi 14/1-son (ro‘yxat raqami 773-28, 2010-yil 17-may), 2010-yil 11-dekabrdagi 40/5-son (ro‘yxat raqami 773-29, 2011-yil 17-yanvar), 2013-yil 24-yanvardagi 2/3-son (ro‘yxat raqami 773-30, 2013-yil 25-yanvar), 2013-yil 27-iyuldagi 14/10-son (ro‘yxat raqami 773-31, 2013-yil 21-avgust), 2017-yil 18-martdagi 6/4-son (ro‘yxat raqami 773-32, 2017-yil 4-aprel), 2017-yil 5-iyundagi 11/1-son (ro‘yxat raqami 773-33, 2017-yil 14-iyun), 2017-yil 12-avgustdagi 19/3-son (ro‘yxat raqami 773-34, 2017-yil 25-avgust), 2017-yil 7-oktabrdagi 27/7-son (ro‘yxat raqami 773-35, 2017-yil 15-noyabr), 2017-yil 25-noyabrdagi 32/7-son (ro‘yxat raqami 773-36, 2017-yil 27-dekabr) bilan ro‘yxatga olingan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)