|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
YuRIDIK ShAXSLARNING DAROMADI (FOYDASI)GA SOLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 29-aprelda 1109-6-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 14-yanvardagi 15, 2002-12-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)ga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2002-yil 13-mart, ro‘yxat raqami 1109 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 11-12, 19-son; 2003-y., 4-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 122-modda; 2005-y., 5-6-son, 45-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
23-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-5-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 153-modda)