|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.06.2013
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 22-aprelda 1122-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2465, 03.06.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-aprel
9/5-son
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha hisob-kitoblar yuritish to‘g‘risida”gi Nizom (2001-yil 19-fevral, ro‘yxat raqami 1010)” so‘zlari ““Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (2006-yil 14-fevral, ro‘yxat raqami 1545)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 41-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
respublika budjetidan moliyalashtirish jarayonida belgilangandan ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarish uchun budjet tashkilotlarining budjet hisobvaraqlariga;
yuqori moliya organlari — quyi moliya organlarining budjet hisobvaraqlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha noqonuniy olingan mablag‘lar va jarimalarni undirib olish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlariga;
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan xorijiy kreditlarni qaytarish va foizlar to‘lash bilan bog‘liq majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlar va subqarzdorlarning milliy va chet el valyutalaridagi bank hisobvaraqlariga.”.
3. 87 va 88-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 17-son, 143-modda)