O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MARKAZIY BANKI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNI AMALGA KIRITISH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holga keltirish yuzasidan Oliy Majlisga takliflar kiritsin;
Hukumatning qarorlarini mazkur Qonunga muvofiq holga keltirsin.
3. Markaziy bank o‘zining normativ hujjatlarini, shuningdek tijorat banklarining ustavlari “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq qayta ko‘rib chiqishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 6-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bankining Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil № 7 280-modda) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 28-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil № 2 112-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-dekabr,
155-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 248-modda)