Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
YuRIDIK ShAXS TAShKIL ETMAGAN HOLDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANAYOTGAN JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIDAN QATʼIY BELGILANGAN HAJMLARDA OLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1230-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 26-fevraldagi 37-, 2003-33-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarning daromadidan qatʼiy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 3-aprel, roʻyxat raqami 1230 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2004-y., 4-son, 50-modda; 31-son, 359-modda; 2005-yil, 5-6-son, 51-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
22-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-13-son
Moliya vazirligi va
Davlat soliq qoʻmitasining
22, 2006-13-son qaroriga
ILOVA
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarning daromadidan qatʼiy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning oltinchi xatboshi va 5-band chiqarib tashlansin.
2. 14-bandda:
birinchi xatboshidagi “avtotransport vositalaridan tashqari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 92-modda)