Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
AYRIM TURDAGI TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR UChUN QAT’IY BELGILANGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1218-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ–244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 31-yanvardagi 24, 2003-19-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2003-yil 16-fevral, ro‘yxat raqami 1218 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 4-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 6-son, 79-modda; 2005-yil, 5-6-son, 50-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
24-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-6-son
Moliya vazirligi va
Davlat soliq qo‘mitasining
24, 2006-6-son qaroriga
ILOVA
Ayrim turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 3-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ayrim turlardagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im (yuridik shaxslar uchun);”.
2. 8-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. 10-bandning oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“S — qat’iy belgilangan soliqning stavkasi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 91-modda)