|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.11.2006
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI, BOSh BUXGALTERLARI, BOShQARUV AʼZOLARI HAMDA KREDIT UYuShMALARI IJRO ORGANLARI RAHBARLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLARNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 27-iyunda 1455-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1641-son 14.11.2006-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasiga asosan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1 “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (2005-yil 10-mart, roʻyxat raqami 1455-son) oʻzgartirishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan oʻn kun oʻtgandan soʻng, kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-may,
11/13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar
1. Nizomning 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas, deb topilgan nomzodlar ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan lavozimlarga tayinlanishi uchun kamida olti oy muddat oʻtgandan soʻng, qayta tavsiya etilishi mumkin.”
2. Nizomning 1-ilovasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxatida 9-xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Nizomning 2-ilovasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxatida 8-xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 185-modda)