|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.07.2009
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
PAXTA TOLASINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TOVAR XOM AShYo BIRJASI ORQALI RESPUBLIKA KORXONALARIGA SOTIShDA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 15-iyunda 1583-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qoʻmitasining 2009-yil 1-maydagi 50 va 2009-19-sonli “Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi (roʻyxat raqami 1974, 24.06.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-330-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali respublika korxonalariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom* tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-may,
44-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-may,
2006-26-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 222-modda; 2006-y., 51-52-son, 521-modda)