Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2019 09.11.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 835
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yoʻriqnomasi, 09.11.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 835
Kuchga kirish sanasi
09.11.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

bojxona qoʻmitasining raisi

general-mayor U.T.KAMILOV

1999-yil 6-avgust

“TASDIQLANGAN”

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOJXONA ORGANLARI TOMONIDAN MAXSUS VOSITALARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻriqnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 9-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 835]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 26-sentabrdagi 01-02/20-57-sonli “Bojxona organlari tomonidan maxsus vositalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 835-1, 30.09.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar DBQB, “Toshkent-Aero” IBK va Oʻquv muassasalari (keyingi oʻrinlarda — DBQ, DBQB) shaxsiy tarkibi tomonidan qonun buzilishlarining oldini olish va toʻxtatish, fuqarolarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun maxsus vositalarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maxsus vositalar jumlasiga quyidagilar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Shaxsiy himoya vositalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shlemlar (poʻlatdan yasalgan harbiycha “Sfera”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bronejiletlar, oʻq oʻtkazmaydigan kurtkalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarbaga qarshi qalqonlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Faol mudofaa vositalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazli toʻpponcha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aerozol idishi — “Cheremuxa-10”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr shoklovchi moslama EShU;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rezina toʻqmoq (PR-73);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl kishanlari (BR, BR-S,);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazli qoʻl granatalari (“Cheremuxa-1”, “Cheremuxa-6”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz granatali patronlar (“Cheremuxa-4”, “Cheremuxa-7”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus karabin (“KS-23”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Maxsus operatsiyalarni taʼminlash vositalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransportni majburiy toʻxtatish moslamasi “Ej-M”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Avval qoʻllangan choralar orqali zarur natijaga erishilmagan holatda maxsus vositalardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona nazoratini amalga oshirayotgan bojxona organi xodimining toʻgʻridan toʻgʻri man etishiga qaramay, bojxona chegarasidan yorib oʻtish, bostirib harakatlanishni davom ettirish holatlarini toʻxtatish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga tegishli binolar, xonalar, inshootlar, maskanlar va transport vositalariga hujumni qaytarish, shuning barobarida ularni ozod qilish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari xodimlariga hujumni qaytarish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari xodimlariga qarshilik koʻrsatayotgan qonun buzuvchi shaxslarni qoʻlga olish uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maxsus vositalardan qonunga xilof foydalanilgani uchun aybdor shaxslar oʻrnatilgan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Faol mudofaa vositalarini berish va qabul qilib olish DBQ va DBQB rahbariyatining ruxsati bilan “Faol mudofaa vositalarini berish va qabul qilib olish jurnali”ga imzo qoʻyish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatilmagan maxsus vositalardan foydalanish qatʼiyan man etiladi. Yangi maxsus vositalar ishlab chiqilishi bilan ushbu roʻyxat oʻrtatilgan tartibda oʻzgartirilishi va toʻldirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MAXSUS VOSITALARNI QOʻLLASh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xizmat naryadlari va koʻchma guruhlarni maxsus vositalar bilan jihozlash uchun ruxsat quyidagilar tomonidan beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Shaxsiy himoya vositalari, rezina toʻqmoq, elektr shoklovchi moslama, qoʻl kishanlar, gazli toʻpponcha va “Cheremuxa-10” aerozol idishiga — BQB va DBQB tezkor navbatchisi va uning yordamchisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. “KS-23” maxsus karabini va “Cheremuxa-7” gaz granatali patron, “Cheremuxa-6” gazli qoʻl granatalari, “Ej-M” avtotransportni majburiy toʻxtatish moslamasiga — DBQ va DBQB rahbariyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. “Cheremuxa-1” gazli granataga va “Cheremuxa-4” gazli granataga — DBQ Raisi va DBQB boshliqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maxsus vositalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror muayyan operatsiya uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinadi. Yakka holda harakat qilayotgan bojxona xodimi bunday qarorni mustaqil qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maxsus vositaning turi, uni qoʻllash intensivligi vujudga kelgan vaziyatni, qonun buzilishning koʻrinishini va qonun buzuvchining shaxsini, shuningdek maxsus vositalarning taktik-texnikaviy xossalarini hisobga olgan holda aniqlanadi (qar. Ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Gaz granatali patronlar “Cheremuxa-7” ni otish uchun ishlatiladigan “KS-23” maxsus karabinni quyidagilar bilan kelishilgan holda qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1. Agar qonun buzuvchilar yashiringan joyda begona shaxslar, jumladan garovga olingan bandilar boʻlsa prokuratura organlari bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2. Agar qonun buzuvchilar yashiringan joyda tez alangalanadigan yoki portlovchi moddalar saqlanayotgan boʻlsa, Davlat yongʻin nazorati organlari bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Faol mudofaa vositalarini qoʻllaganda va maxsus operatsiyalarni taʼminlash chogʻida vazminlik koʻrsatish talab qilinadi. Bojxona organlari xodimlarining xatti-harakatlari bajarilayotgan vazifaga qatʼiy tarzda mos boʻlishi va fuqarolarning salomatligiga imkon qadar kam ziyon yetkazadigan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Faol mudofaa vositalarini va maxsus operatsiyalarni taʼminlash ishlari ana shu vositalar qoʻllanayotgan qarshi tarafdagi shaxslarni ochiq-oydin, shu jumladan ularning ona tilida ogohlantirilganidan keyin qoʻllanadi. Ogohlantirish baland ovozda eʼlon qilinishi mumkin, ammo masofa uzoq boʻlsa, yoki koʻp sonli kishilarga qaratilgan boʻlsa, ovozni balandlatuvchi karnaylar, nutqni uzatuvchi vositalar yordamida barcha holatlarda ham ikki martadan kam boʻlmagan miqdorda takrorlab, javob munosabatini bildirish uchun yetarli muddat bergan holda eʼlon qilinadi. Qonun buzuvchilar ochiq-oydin bostirib kirgan holatlarda bunday vositalardan ogohlantirishsiz foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagi holatlarda faol mudofaa vositalaridan foydalanish man etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balogʻatga yetmagan shaxslarga, homilador ayollarga, bolalik fuqarolarga, nogironlarga (nogironlik alomatlari yaqqol koʻrinib turgan boʻlsa), bundan ular tomonidan xodimlarning va boshqa fuqarolarning salomatligiga xavf tugʻdiradigan hujum uyushtirilgan, guruhga birlashib yoki qurollangan holda bostirib kirgan holatlar istisno etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplomatik shaxslar yoki xorijiy davlatlarning boshqa vakolatxonalari joylashgan xonalarda. Ushbu vositalardan yuqorida koʻrsatilgan shaxslarning iltimosi bilan foydalanish mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi va tez alangalanuvchi moddalarni tayyorlash va saqlash bilan bogʻliq ishlab chiqarish korxonalarida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vositalar qoʻllangan har bir holatda jabrlangan shaxslarga qisqa muddatlarda tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻzda tutilishi zarur. Faol mudofaa vositalarini qoʻllovchi bojxona organlari xodimlari birinchi tibbiy yordam koʻrsatish usullarini oʻrgangan boʻlishlari shart. Maxsus operatsiyalarni taʼminlash vositalari qoʻllangan holatlarda tibbiyot xodimlari ham jalb etilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maxsus vositalar qoʻllanganidan keyin xonalar va atrof hudud jarbrlanganlarni, oʻt chiqish ehtimoli mavjud joylarni, shikastlangan hayotiy zarur obyektlarni, shuningdek ishlamay qolgan maxsus vositalarni topish maqsadida koʻzdan kechiriladi. Zarur holatlarda gazni haydab chiqarish ishlari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Faol mudofaa hamda maxsus operatsiyalarni taʼminlash vositalarini qoʻllagan bojxona xodimlari DBQ va DBQB rahbariyatiga bildirgi orqali ushbu vositalar, qachon, qayerda, kimga qarshi va qanday sharoitlarda qoʻllanganligini koʻrsatib, natijalarni maʼlum qiladi, prokuraturaga, mahalliy organlarga axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. ShAXSIY TARKIBNI TAYYORLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maxsus vositalar tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan bojxona xodimlari tomonidan qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvdan oʻtgan bojxona xodimlarining shaxsiy ishlariga tegishli sinovlarni topshirganliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy tarkibni shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalarini qoʻllash boʻyicha oʻqitish va tayyorlash DBQ yoki DBQB oʻquv muassasalarida, oʻquv markazlarida va xizmat tayyorgarligi tizimida amalga oshiriladi. Oʻquv mashgʻuloti oʻtaganlardan sinov imtihoni qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maxsus vositalarning hisobi anjomlarning turiga va miqdoriga koʻra olib boriladi. Maxsus vositalar alohida jurnalga imzo qoʻydirish orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatsiya oʻtkazilgach, yoki navbatchilik tugaganidan keyin shaxsiy himoya maxsus vositalari bojxona xizmati organining navbatchisiga topshirilib, jurnalga tegishli belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. DBQ va DBQB rahbariyati maxsus vositalari qonuniy hamda qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda qoʻllanishini taʼminlash boʻyicha doimiy ravishda ish olib boradi, ulardan noqonuniy foydalanishga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan taʼsir choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. XAVFSIZLIK ChORALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KS-23 karabinini, signal pistoletini oʻqlashni buyruqni olgandan keyin, bevosita qoʻllashdan oldin bajarish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz-tutun buluti taʼsiri mavjud hududda oʻtkazilayotgan operatsiya ishtirokchilari tezlik bilan xavfli hududni tark etishi zarur. Gaz-tutun bulutidan zararlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish uchun nashatir spirtidan (hidlatish uchun) va ichimlik sodaning yoki borli kislotaning ikki foizli eritmasidan (koʻzlarni yuvish uchun) foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz-tutun buluti sharoitida ishlar shaxsiy himoya vositalarida bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa-1” gazli granatasidan faqat ochiq maydonlarda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa” maxsus vositalaridan foydalanganda quyidagilar qatʼiyan man etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa-1” granatalarini, “Cheremuxa-4” va “-7” granatali patronlarni qismlarga ajratish, ulardagi nosozliklarni tuzatish, sumkadan xoli (ilmogʻidan koʻtarib) olib yurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa-6” granatasini hajmi 60 m.dan kichik boʻlgan xonaga ikkilantirilgan ijroda otish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KS-23 karabinidan otish uchun 26 mm.li qogʻoz gilzaga qoʻlangan har qanday oʻq-dorilarni, signal va yorituvchi oʻq-dorilarni, shuningdek signal toʻpponchasidan otish uchun moʻljallangan “Cheremuxa-4” gaz granatalarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa-7” granatasini otish uchun KS-23 karabinidan boshqa har qanday quroldan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlar toʻplangan joyga oʻt ochish va qonun buzuvchini nishonga olib otish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlovchi muhit sharoitida elektr shok moslamasini qoʻllash, yoqilgan EShM ning elektrodlariga qoʻl tekkizish, unga qoʻllarini yaqin olib borish, EShM bolalarning qoʻliga tushib qolishiga yoʻl qoʻyish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ej-M” moslamalarini quyidagilarga nisbatan qoʻllash qatʼiyan man etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtotransport va odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy fuqarolarga tegishli va ijaraga olingan avtotransportga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mototsikllar, motokolyaskalar, motorollerlar, mopedlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
togʻ yoʻllarida va koʻrish darajasi past boʻlgan yoʻllarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl kesishgan joyda, tunnellarda, koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda, estakadalarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faol mudofaa hamda maxsus operatsiyalarni taʼminlash vositalarini odamdan 2 metrdan kam boʻlmagan masofada qoʻllash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. MAXSUS VOSITALARNI SAQLASh, AVAYLAB-ASRASh VA ULARNING HISOBINI YURITISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shaxsiy himoya vositalari bojxona organlari navbatchi qismlarining maxsus xonalarida, shkaflarda, metall qutilarda yoki javonlarda, xaltalarga solingan holda, har biri alohida yacheykada joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa” maxsus vositalari va otish uchun moʻljallangan moslamalari (gaz toʻpponchalari, signal toʻpponchalari va KS-23 karabinlari) jangovar qurol sifatida bojxona organlari qurollarini saqlash xonasida navbatchida saqlanadi. Navbatchilar “Cheremuxa” maxsus vositalarini saqlash uchun shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qism navbatchilari “Cheremuxa-10” maxsus vositalarini qabul qilib olganlarida ballonchalarning etiketkasiga siyoh bilan tartib raqamini yozib qoʻyishlari va uning ish qobiliyatini tekshirishlari shart. Tekshirish ochiq havo muhitida changlantiruvchi kallagiga qisqa muddat (1 soniyadan koʻp boʻlmagan) muddat davomida bosib turish orqali amalga oshiriladi. Changlantiruvchi kallakning teshigidan 50 sm. ga yaqin masofadan koʻrinadigan aerozol buluti chiqishi darkor. Agar bosgan vaqtda aerozol bulut otilib chiqmasa, yoki balloncha ichidagi suyuqlik tizimlanib otilib chiqsa, yoki kallakni bosish toʻxtagandan keyin ham uning teshigidan suyuqlik oqishi davom etib tursa, u ishlatish uchun yaroqsiz hisoblanadi va boshqa soz ishlaydiganiga almashtirilishi lozim. Shuningdek massasi 50 g. dan kam boʻlgan balloncha ham almashtirilishi zarur. Ularni hisobdan chiqarish va yoʻq qilish yoʻriqnomada koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. “Cheremuxa-10” maxsus vositalari hisobi ilova qilinayotgan shakldagi jurnalda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DBQB hamda DBQ moddiy-texnika taʼminoti, anjomlar, qurol-yarogʻ va transport taʼminoti omborxonalarida saqlanayotgan “Cheremuxa-10” maxsus vositalari tortib koʻrish yoʻli bilan tekshiriladi. Birinchi tortish kirim qilingan paytida, keyingi tekshiruvlar kamida har oyda bir marta oʻtkaziladi. Soz ballonchaning vazni 100 g. dan kam boʻlmasligi shart. Vazni 100 g. dan kam balloncha bir sutkadan keyin takroran tortib koʻriladi. Vazni yanada kamaygan boʻlsa, maxsus vositali bunday ballonchalar foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha ballonchalarni tekshirish viloyat boshqarmalari boshligʻi va DBQ raisi tomonidan tayinlanadigan komissiya tomonidan har oyda bir marta tortib qoʻrish orqali amalga oshiriladi. 50 g. kam vaznga ega ballonchalar oʻrnatilgan tartibda hisobdan chiqarishi va yoʻq qilinishi yoki oʻquv maqsadida foydalanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanish uchun yaroqsiz “Cheremuxa-10” maxsus vositalari dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi yoki komissiya tomonidan yoʻq qilinadi (ballonchaning ustki qismiga bolgʻa bilan urib pachoqlanadi). Pachoqlashdan oldin ballonchaning ichidagi changlantiruvchi kalakka bosish orqali chiqarib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob va hisobotdorlik tegishli xizmatlarning hisobga olish va chiqim qilish hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllanilgan “Cheremuxa-4” va “-7” gilzalarini yigʻib olib, yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransportni majburiy toʻxtatish moslamasi zavod oʻrovida quruq xonalarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. EShM elektrodlariga himoya qopqogʻini kiydirilgan holatda, quruq xonada, namlik, kislota bugʻlari, ishqorlar va boshqa tajovuzkor moddalar taʼsiri istisno etiladigan sharoitda saqlanadi. Uzoq vaqt saqlanadigan holatlarda EShM dan akkumulyatorlarni chiqarib olish tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAXSUS VOSITALARNING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAKTIK-TEXNIKAVIY XOSSALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. ShAXSIY HIMOYA VOSITALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy himoya vositalari muayyan tezkor sharoitni hamda qonun buzuvchilarning qurollanganligini hisobga olgan holda bir-biri bilan uygʻunlashgan holda qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllashga tayyorgarlik vaqtida shlemlar va qalqonlarning ustida koʻzga tashlanadigan himoya bron unsurlarining mavjudligini va butligini, yoriqlar va boshqa nosozliklarning yoʻqligini, toʻqima avra-astarlarda katta yirtiqlarning mavjud emasligini tekshirish zarur. Muvofiqlashtirish tasmalarining, tugmalar va tutqich unsurlarining sozligini va ishonchliligini tekshirib, ularning yordamida bojxona xodimining gavda oʻlchamlariga moslashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy poʻlat shlem granatalar va minalarning mayda parchalari, toʻqmoq, tosh parchalari, metall xivich zarbidan jarohatlanishdan himoya qiladi. Massasi — 1,4 kg. Himoya maydoni — 8 dm. Uzluksiz kiyib yurish muddati 8 soatgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus titan shlemi “Sfera” toʻpponcha va revolver oʻqlaridan, granata va minalarning parchalaridan, shuningdek toʻqmoq, metall xivich, toshlarning zarblaridan jarohatlanishdan asraydi. Massasi — 2,6 kg. Himoya maydoni 10 dm. Shlemni uzluksiz kiyib yurish muddati — 4 soatgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shlemni bosh oʻlchamiga moslashtirish ichki qismini (harbiy poʻlat shlem, plastmassali himoya kaskasi) muvofiqlashtirish orqali, yoki matodan ishlangan gʻilofning tasmasini (“Sfera” shlemi) qaytadan tortib qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shaxsiy himoya vositalari maxsus xaltalarga solib qoʻyiladi. Anjomning pasporti xaltaning choʻntagida saqlanadi. Foydalanib turiladigan anjomlar quruq va shamollatib turiladigan xonada saqlanishi zarur. Anjomlar saqlanadigan shkaflar isitish moslamalaridan kamida 1 m uzoqlikda joylashishi lozim. Xonada harorat 0 S dan 30o S gacha boʻlishi darkor. Xaltalarga solingan anjomlarni har qanday transport vositalarida ana shu tarnsport turida yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashish mumkin Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanilgach, albatta ularni koʻzdan kechirish va reglament ishlarini bajarish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“JZT-71m” bronejileti toʻponcha va revolver, silliq stvolli ov miltiqlari oʻqlaridan shikastlanishdan, yelka tarafdan toʻponcha va revolver oʻqlaridan mudofaa qiladi. Massasi — 10,5 kg. Himoya maydoni — 40 dm. Uzluksiz kiyib yurish muddati — 6 soatgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“JZL - 74” yengil bronejileti — sanchiluvchi-kesuvchi quroldan, toʻqmoq, tosh zarbalaridan jarohatlanishdan saqlaydi. Massasi — 3,5 kg. Himoya maydoni — 43 dm. Uzluksiz kiyib yurish muddati — 8 soatgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Miraj” turidagi oʻqdan mudofaa qiluvchi kurtka — toʻponcha va revolver, qirqma miltiqlar, silliq stvolli ov miltiqlari oʻqlaridan hamda sovuq quroldan shikastlanishdan asraydi. Qoʻllarni PM turiga mansub toʻpponcha oʻqlaridan va sovuq quroldan himoya qiladi. Massasi — 12 kg. Himoya maydoni — 60 dm. Kurtkani uzluksiz kiyib yurish — 4 soatgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vitraj” turidagi zarbaga qarshi qalqon — irgʻitib otiladigan predmetlar, kaltaklar, metall chiviqlar zarbasidan asraydi. Massasi 3,5 kg. Himoya maydoni — 60 dm. Uzluksiz kiyib yurish muddati 8 soatgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy himoya vositalarining hisobi, ularni berish va qabul qilib olinishi tegishli xizmatlar tomonidan belgilangan shakldagi hisobini yuritish va chiqim qilish hujjatlari boʻyicha yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. FAOL MUDOFAA VOSITALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“PR-73” maxsus rezina toʻqmogʻi qonun buzuvchilarning hujumini qaytarish yoki ularning itoatsizliklarini toʻxtatish uchun moʻljallangan. Massasi — 0,73 kg, uzunligi — 65 sm, diametri — 32 mm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanganda boshga va boʻyinga zarba berishdan tiyilish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“BR”, “BR-S” qoʻl kishanlari qonun buzuvchilarning jismoniy qarshiligini cheklash uchun moʻljallangan. Massasi — 0,4 kg. Qoʻllaganda kamida har ikki soatda qulflarning mahkamlik holatini tekshirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr shok moslamasi (EShM) mudofaalanish uchun moʻljallangan. EShM qoʻllash orqali hujum qiluvchiga qisqa muddatli yuqori voltli kuchlanish impulslari bilan taʼsir koʻrsatish orqali mudofaalanish samarasiga erishiladi. Impulslar ishga tushirish tugmalarini bosgandan keyin elektrodlarda hosil boʻladi. EShM avtonom manbadan quvvatlanadi. 0,5-10 soniya muddat davomida koʻrsatilgan taʼsir natijasida 1-2 soniyalik umumiy ogʻriq, mushaklarning tirishishi hissiyotlari va zoʻrayib boruvchi moʻljalni yoʻqotib qoʻyish sodir boʻladi. EShM i EShM-2 elektr shok moslamasini maqsadga muvofiq qoʻllash taʼsir koʻrsatilayotgan obyektning organizmi hamda hayotiy faoliyati uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydi. EShMning asosiy xossalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchlanish impulsining amplitudasi 60 kV gacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
impuls quvvati 0,15 Dj gacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
impulsning davomiyligi 50 mks gacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
impulslarning izchillik chastotasi — 5 — 10 Gts;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsir koʻrsatish mumkin boʻlgan maksimal masofa (kiyimni hisobga olmaganda) — 10 mm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvatlanish manbai — 7 dona D=0,55 akkumulyatorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvat manbaining kuchlanishi — 6 V dan kam va 11V dan koʻp emas,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlagan paytida isteʼmol qilinadigan tok — 500 mA dan koʻp emas,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gabarit oʻlchamlari: uzunligi — 297+3,3 mm, maksimal diametri — 40 mm, massasi — 0,5 kg.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EShM quyidagi ob-havo sharoitlarida ish qobiliyatini saqlab qoladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maksimal ish harorati 50o S,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minimal ish harorati — 20o S,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
+ 20o S harorati sharoitida namlik koʻrsatkichi 98 gacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa” maxsus vositalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa” maxsus vositalari koʻzni yoshlantiruvchi modda xloratsetofenon (XAF) ning gaz-tutunli bulutini vujudga keltiradi, va u koʻzning shilliq qavatiga hamda yuqori nafas yoʻllariga achchiq, ogʻriqli taʼsir koʻrsatadi, terining qizarishini, qichishishini va lovullashini keltirib chiqaradi. Modda taʼsir qilgan zahoti koʻzlarning achishishi, qovoqlarning yopilib qolishi va koʻzning yoshlanishi sodir boʻladi. Bulut ichida uzoq vaqt qolib ketganda qovoqlarning tortishi yopishib qolishi, koʻz ichida keskin ogʻriq va koʻzning toʻxtatib boʻlmaydigan yoshlanishi, yuqori nafas yoʻllar shilliq pardasining taʼsirlanishi, tomoqning lovullab ogʻrishi, burundan shilmshiq chiqishi va yoʻtal paydo boʻladi. Bulut ichidan chiqqandan keyin 10 daqiqadan soʻng bu taʼsir toʻxtaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoz mavsumida XAF ning taʼsir kuchi qishdagiga nisbatan oʻtkirroq boʻladi. Kuchli shamol (10 m/s dan yuqori) esganda “Cheremuxa” maxsus vositalarining taʼsiri susayadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻlda otiladigan “Cheremuxa-1” gazli granata oʻtkir konsentratsiyadagi koʻzni yoshlantiruvchi moddaning gaz-tutunli bulutini ochiq maydonda hosil qilish uchun moʻljallangan. Massasi — 200+10 g, uzunligi — 135 mm, diametri — 47 mm, gaz ajratib chiqarish muddati 40 soniya. Bulutning front boʻyicha yoyilish masofasi — 25 m. gacha, chuqurlikka — 250 m. gacha. Yongʻindan xavfli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Granatani ishga tushirish uchun qopqoqni uzib olib tashlash kerak. Qogʻoz qalpoqchani yechib oʻt oldirish oʻzagining kallagini gardish ishqalagichga surtib alangalatish lozim. Ishqalagich gardish yoʻqolgan taqdirda, gugurt qutisining ishqalagichidan foydalansa boʻladi. 10-20 soniyadan keyin XAF tutay boshlaydi. Grantani otishni yoki qoʻlda ushlab turishni shunday tarzda bajarish kerakki, bunda gaz-tutunli bulut qonun buzuvichlar tarafga harakatlanadigan boʻlsin. Arton qopqoqchalarni faqat buyruq olgandan keyin yechishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa-4” gaz granatali patron 50 m3 hajmli oʻtkir konsentratsiyali gaz-tutun bulutini hosil qilish uchun signal toʻpponchasidan otishga moʻljallangan. Kalibri — 26 mm, massasi — 49 g, maksimal uchish uzoqligi — 165 m.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamlar toʻplangan joyga oʻt ochish va qonun buzuvchini nishonga olib otish man etiladi. Yongʻindan xavfli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26 mm.li signal toʻpponchasi yordamida maydon sathiga otiladi. Qulay meteorologik sharoitlarda koʻzni yoshlantiruvchi gaz buluti front boʻyicha 8 — 10 metrga va chuqurligiga 50 metr tarqaladi. Granatani otish shartlari jadval orqali aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Otish burchagi

Grantaning uchib borish uzoqligi, m

Bulut hosil boʻla boshlaydigan payt

60

125 — 135

granataning uchib borish trayektoriyasining maksimal darajasida

45

155 — 165

trayektoriyaning pasayish qismida

30

150 — 160

granata erga tushayotganda

0

89 — 95

granata erga tushgach 2-3 soniyadan soʻng

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻlda otiladigan “Cheremuxa-6” gazli granata oʻtkir konsentratsiyadagi koʻzni yoshlantiruvchi moddaning 60 m. hajmdagi gaz-tutunli bulutini ochiq maydonda hosil qilish uchun moʻljallangan. Massasi — 70 g, uzunligi — 88 mm, diametri — 34 mm, sekinlashuv vaqti — 4 soniya, gaz ajratib chiqarish vaqti 4 — 7 soniya. Yongʻindan xavfli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Granatani ishga tushirishi uchun qalpoqchalarni burab chiqariladi va alangalantiruvchi moslama shnurining uchidan keskin tortiladi. Granatani nishonga shnurni tortgandan keyin 3 soniyadan kechiktirmay otish zarur. Bir vaqtning oʻzida ikkita granatani qoʻllash uchun ularni mufta yordamida biriktiriladi va navbati bilan ishga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa-7” gaz granatali patron xona ichiga otib, uning ichida oʻtkir konsentratsiyadagi koʻzni yoshlantiruvchi moddaning gaz-tutunli bulutini hosil qilish uchun moʻljallangan, hajmi — 30 m, kalibri — 23 mm, granata massasi — 38,5 g, gaz chiqarish vaqti 5 — 7 soniya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Granatani nishonga otish KS-23 karabini yordamida amalga oshiriladi. Granata ishga tushgach hosil boʻladigan gaz-tutunli bulut 20-30 soniya mobaynida xona ichiga tarqaladi, elvizak mavjud boʻlsa, XAF ning konsentratsiyasini pasaytiradi. XAF ning toqat yetmaydigan konsentratsiyasini taʼminlaydigan miqdori muayyan xona uchun quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K=PxV/30, bu erda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
P — xonaning maydoni, m2;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V — xonaning balandligi, m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K — granatalarning zarur miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Cheremuxa-10"”aerozol idishi koʻzni yoshlantiruvchi aerozol tarkibli modda bilan bevosita qonun buzuvchiga taʼsir koʻrsatish uchun moʻljallangan. Massasi — 100 g, qoʻllash mumkin boʻlgan harorat diapazoni minus 5o S dan +50o S gacha, faol tarkibni yetkazib berish uzoqligi — 30 dan 90 smgacha, qonun buzuvchiga taʼsir koʻrsatib turishning yoʻl qoʻyiladigan muddati 2-3 soniya. Aerozolni ochiq olov oldida changlantirish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balloncha ichiga quyilgan qorishma 0,9 metrgacha masofaga otilib chiqadi, changlantirish fronti holatida 07 metrgacha. Faol tarkibning changlanish vaqti klapanning kallagiga bosib turish vaqtiga bogʻliq. Maksimal samaraga erishish uchun 40 — 70 sm masofadan turib 2-3 soniya davomida qorishmani tartib buzarning koʻkrak qismiga sachratish zarur. Uzoqroq masofadan (80 — 100 sm) turib qoʻllanganda klapan kallagiga bosib turish muddati uzaytiriladi. Maxsus vositani shamol esayotgan yoʻnalishda, otilib chiqayotgan tizim ushbu vositani qoʻllagan xodimga zarar yetkazmaydigan tarzda qoʻllash kerak. Selsiy boʻyicha minus 5 dan plyus 50 daraja haroratgacha sharoitda 1 yil davomida soz holatda ishlashi kafolatlanadi. Qish mavsumida betoʻxtov ishlashini taʼminlash uchun vositani kiyim orasida olib yurish darkor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz toʻpponchasi — mudofaalanish va ovozli signal berish uchun moʻljallangan. U qonun buzuvchiga koʻzni yoshlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Toʻpponchadan chiqadigan gazning samaradorligi 1-2 m. masofada kuchli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz toʻpponchasi magazining hajmi 7 ta patrondan iborat. Qurolni qoʻllashdan oldin patronlar bilan oʻqlash zarur. Gaz toʻpponchasidan 1,5 m kam masofada foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz toʻpponchasidan otishni amalga oshirish uchun toʻpponchani dastagidan ushlab turib, oʻng (chap) qoʻlni old tarafga toʻliq uzatish zarur. Toʻpponchadan egik qoʻl holatida foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KS-23 maxsus karabini “Cheremuxa-7” gazli granatalarni nishonga otish uchun moʻljallangan. Nishon uzoqligi — 100 m, kalibri — 23 mm, magazin hajmi — 3 dona patron, stvoli burama yoʻlli, massasi — 4 kg. dan koʻp emas. Granataning uchib borish maksimal uzoqligi — 650 m. 150 m. masofadan turib otilganda 2 qavat deraza oynasini sindirib oʻtadi, 40-50 metrgacha masofada — 30 mm. gacha yogʻoch toʻsiqlarni, yoki 1 mm.li poʻlat tunukani yorib oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. MAXSUS OPERATSIYALARNI TAʼMINLASh VOSITALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ej-M” avtotransport vositalarini majburiy toʻxtatish moslamasi kichik va oʻrta yuk koʻtaruvchi havo bosimi yuborilgan shinali har qanday turdagi avtotransportni toʻxtatish uchun moʻljallangan. Massasi — 13 kg, uzunligi — 7 m, eni — 0,131 m.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrov konteyneri ochilganidan keyin “Ej-M” undan sugʻurib chiqariladi va yoʻl qoplamasi ustiga sanchiluvchi nayzalarini toʻxtatilayotgan avtotransport harakatlanib kelayotgan tarafga qaratib yotqiziladi.