“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoniga muvofiq, shuningdek respublika bojxona organlari tomonidan bojxona ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ular zimmasiga yuklangan vazifalarning tezkorlik bilan va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-oktabrdagi 291-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 43-44-son, 467-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, Davlat bojxona qo‘mitasini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzishda Davlat bojxona qo‘mitasini joriy ta’minlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun budjetdan ajratiladigan zarur mablag‘larni har yili nazarda tutsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tugatilgan bojxona Bosh boshqarmasi boshliqlar tarkibining mansabdor shaxslarida ular ega bo‘lishgan maxsus va shaxsiy unvonlar saqlab qolinsin, ularning 1994-yil 18-yanvardan 1997-yil 8-iyulgacha bojxona organlarida ishlagan vaqti ichki ishlar xodimlariga tatbiqan uzoq vaqt ishlaganlik uchun ustamalar, pensiya tayinlashda xizmat stajiga qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, bojxona organlari mansabdor shaxslarining va ular oila a’zolarining pensiya ta’minoti harbiy xizmatni o‘tagan yoki ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tagan shaxslar xamda ularning oila a’zolari uchun amaldagi qonunchilik bilan belgilangan shartlarda va normalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
7. Bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy dasturlarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida Davlat soliq qo‘mitasi bojxona Bosh boshqarmasining moddiy yordam va bojxona organlarini rivojlantirish maxsus jamg‘armasi negizida moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi tuzilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan maxsus jamg‘arma bojxona yig‘imlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar tarzidagi tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2020-y., 09/20/463/1141-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasini tashkil etish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1998-2000yillarda bojxona nazoratini yanada takomillashtirish va bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Dasturini ishlab chiqsin va 1997-yil 1-dekabrgacha Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bojxona organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Republikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, shuningdek Markaziy banki so‘rovlariga ko‘ra bojxona statistikasi bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini taqdim etsin.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi yillik investitsiya dasturlarini tuzishda ularga Davlat bojxona qo‘mitasi obyektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishni kiritishni nazarda tutsinlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi shaxsiy tarkibiga va ularning oila a’zolariga tibbiy xizmat ko‘rsatishning amaldagi tartibini saqlab qolsin.
12. Bojxona organlari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning kasb saviyasini oshirish bo‘yicha ishlarni yaxshilash, shuningdek bojxona rasmiylashtirishlari bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi bojxona Bosh boshqarmasining Viloyatlararo o‘quv markazi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlarining umumiy soni doirasida shtatdagi xodimlari soni (xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) 20 nafar bo‘lgan Davlat bojxona qo‘mitasi o‘quv markaziga aylantirilsin.
Toshkent shahar hokimligi davlat bojxona qo‘mitasi o‘quv markazini joylashtirish masalasini ikki oy muddatda hal qilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati 1997-yildan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Milliy xavfsizlik xizmati Instituti bazasida bojxona organlarining tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil qilsinlar.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 4-martdagi 114-son qarorining bojxona organlari faoliyatini tashkil etishga taalluqli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qaroriga muvofiq kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi PQ-302-sonli qaroriga muvofiq kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — DBQ deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida yagona boj siyosati o‘tkazilishini, bojxona ishlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini, DBQ organlari tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
2. Davlat bojxona qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro bitimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga amal qiladi.
3. Davlat bojxona qo‘mitasining qonunchilikka muvofiq o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, mulkchilik shartlaridan qat’i nazar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ijro bajarilishi majburiydir.
DBQning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari (DBQB), ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari (IBK);
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son)
5. DBQ markaziy apparati, DBQB, IBK yuridik shaxs hisoblanadilar, bank muassasalarida hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlarga, shu jumladan valyuta schyotlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladilar.
6. Davlat bojxona qo‘mitasida belgilangan tartibda moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi.
respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan vakolatlar doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
boj ishlarini amalga oshirishda fuqarolarning, shuningdek yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi bojxona ishiga oid majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
respublikaning boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy munosabatlarini boj-tarif tartibga solish vositalarini ishlab chiqish va samarali qo‘llash;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tadigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona tekshiruvini ta’minlash;
respublikaning bojxona chegarasi orqali tovar oboroti o‘tishini jadallashtirishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlar yaratish;
kontrabandaga, bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish, respublikaning bojxona chegarasi orqali giyohvandlik moddalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog‘, valyuta boyliklari, milliy boylik hisoblangan badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, intelektual mulk obyektlari g‘ayriqonuniy olib o‘tilishining oldini olish;
bojxona statistikasi va maxsus bojxona tizimini yuritish, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatini, manfaatdor vazirliklar va idoralarni bojxona ishiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot bilan ta’minlash;
bojxona ishi sohasidagi faoliyat to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va uni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
kadrlar to‘g‘ri tanlanishi va joy-joyiga qo‘yilishini, DBQ organlari shaxsiy tarkibi xizmat tayyorgarligi va intizomi yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash;
(7-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/672/1773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona tashuvchilari faoliyati, bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do‘konlari ishi, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida va bojxona nazorati ostida qayta ishlov berilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
(7-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/672/1773-son)
bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, bojxona atrofi infrastrukturasini rivojlanishiga ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan yigirma birinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va tuzilgan xalqaro shartnomalar va bitimlar bilan belgilanadigan boshqa vazifalar.
yagona bojxona siyosati amalga oshirilishining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmalarini ishlab chiqadi, ularning amalda qo‘llanilishini ta’minlaydi, bojxona ishi sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari tayyorlanishida qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ishlab chiqilishida qatnashish, belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida bojxona masalalari bo‘yicha xalqaro bitimlar va shartnomalar tuzadi;
respublikaning bojxona hududida davlat xavfsizligini, jamoat tartibi, inson hayoti va salomatligi himoya qilinishi, hayvonlar va o‘simliklar muhofaza qilinishi, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
belgilangan tartibda bojxona nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi va uning shakllarini takomillashtiradi;
bojxona qonunchiligiga va o‘z vakolatlari doirasida-soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
bojxona tartibga solish vositalari qo‘llanilishini ta’minlaydi, bojxona - tarif mexanizmi ham shu jumlaga kiradi, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim etish ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida belgilangan tartibda qatnashadi;
boj poshlinalari, soliqlar va boshqa to‘lovlar davlat budjetiga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlaydi;
bojxona statistikasi metodologiyasini takomillashtiradi, bojxona ishi sohasida statistika ma’lumotlari to‘planishi, ularga ishlov berilishi va tahlil qilinishini tashkil etadi, respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, tashqi savdo va to‘lov balansini mustahkamlash bo‘yicha prognoz hisob-kitoblarni amalga oshiradi va takliflarni ishlab chiqadi;
bojxona ishi sohasidagi faoliyat to‘g‘risida axborot to‘planishi va ishlab chiqilishi hamda avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishini yuritadi, shuningdek bojxona statistika ma’lumotlarini tegishli idoralar va manfaatdor organlarga taqdim etadi;
kontrabandaning, bojxona qonunchiligining, o‘z vakolatlari doirasida soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish va ularga barham berish chora-tadbirlarini mustaqil ravishda yoki huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqadi va qo‘llaydi, shuningdek xalqaro terrorizmga va O‘zbekiston aeroportlarida xalqaro fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga g‘ayriqonuniy aralashishga qarshi kurashishga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qo‘llaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona organlari vakolatiga tegishli bo‘lgan ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va qonunchilikka muvofiq bojxona qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi;
(8-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona qoidalari buzilganligi uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini belgilangan tartibda qo‘llaydi;
giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog‘ respublikaning bojxona chegarasi orqali g‘ayriqonuniy olib o‘tilishining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va qo‘llaydi;
respublikaning va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar nazorat ostida yetkazib berilishini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
(8-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
aybdorlarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalan bojxona organlari vakolatlari doirasidan tashqariga chiqqanda qonun buzilishlari faktlari bo‘yicha materiallarni tergov, sud organlari va boshqa organlarga topshiradi;
bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonuniylikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, bojxona organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan tushgan viloyatlar va e’tirozlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
bojxona organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishini ta’minlovchi ilmiy-texnik xizmatlar, laboratoriyalar, uquv markazlari, boshqa korxonalar va tashkilotlarni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/672/1773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do‘konlari, bojxona tashuvchilari, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida ishlov berish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do‘konlari, bojxona tashuvchilari faoliyatini amalga oshirish huquqiga ruxsatnoma beradi;
(8-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/672/1773-son)
xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashadi, xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborotni o‘zaro ayirboshlaydi;
bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, tashqi savdo yuklarini bojxona rasmiylashtirishi uchun punktlar tarmog‘ini va bojxona infrastrukturasining boshqa obyektlarini kengaytirish ham shu jumlaga kiradi;
DBQning moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga tushadigan mablag‘lar hisobiga respublikada bojxona ishini rivojlantirish chora-tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2002-y., 9-son, 66-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
DBQ jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan naqd pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni ushlab turadi hamda olib qo‘yadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan yigirma yettinchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
9. DBQ organlari yuklangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona organlari vakolatiga tegishli bo‘lgan ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv olib borish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
bojxona qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, bunday ishlarni ko‘rib chiqish hamda yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan bojxona qonunchiligi buzilganligi uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash, ularning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qo‘llash;
bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tovarlar va transport vositalari ko‘zdan kechirilishi (qayta ko‘zdan kechirilishi)ni hamda ularga hujjatlar taqdim etilishini talab etish; tovarlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish (qayta ko‘zdan kechirish), yetarlicha asoslar mavjud bo‘lganda esa-jismoniy shaxslarni shaxsan ko‘zdan kechirish;
bevosita bojxona huquq buzilishlari buyumlari hisoblangan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni ushlash va olib qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqarishda, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirishda, transportda tashishda (xalqaro tranzitdan tashqari) va saqlashda musodara qilish (xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan sud tartibida) to‘g‘risida qaror qabul qilish;
(9-bandning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
transport vositalarini majburan to‘xtatish, O‘zbekiston Respublikasi boj hududini bojxona organlarining ruxsatisiz tark etgan dengiz, daryo va havo kemalarini qaytarish;
plombalarni ochish, bagajniklar, yuk bo‘lmalari, transport vositalari kuzovlari, konteynyerlar va boshqa transport tarasining tamba qurilmalarini ochish;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yurdik va jismoniy shaxslarning bojxona nazoratidan o‘tishi kerak bo‘lgan tovarlari va transport vositalari turgan hududiga va binolariga tusiqsiz kirish, shuningdek nazorat qilish bojxona organlariga yuklangan faoliyatni amalga oshirish;
tovarlar va boshqa buyumlar probalari va namunalarini olib qo‘yish ularni tadqiq (ekspertiza) qilish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlaridan, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslardan (mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar) bojxona ishi (nazorati)ni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, materiallar va hujjatlarni so‘rash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob-kitob schyotlaridan bojxona to‘lovlari so‘zsiz tartibda o‘tkazilishi to‘g‘risida, bojxona to‘lovlari budjetdan xo‘jalik yurituvchi subyektlar schyotiga qaytarilishi to‘g‘risida banklarga va boshqa moliya-kredit muassasalariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
(9-bandning o‘n beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘rsatib o‘tilgan topshiriq kechiktirilgan yoki bajarilmagan har bir kun uchun o‘tkazilishi yoki qaytarilishi kerak bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasidan banklardan yoki boshqa moliya-kredit muassasalaridan, shuningdek xo‘jalik subyektlaridan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorida bojxona to‘lovlari to‘lash muddati kechiktirib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan tartibda 0,5 foiz miqdorida penya undirish;
(9-bandining o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bojxona yig‘imlari stavkalarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona va erkin omborlarni, bojsiz savdo do‘konlarini ochish, bojxona tashuvchilari sifatidagi faoliyatni amalga oshirish huquqiga ruxsatnomalar berish;
(9-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/672/1773-son)
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida belgilangan sabablari ko‘rsatilgan taqdimnoma kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vakolatlari doirasida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ushbu tovarlarga taalluqli hujjatlarni tekshirish.
(9-bandning yigirma birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
10. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tabel o‘qotor qurolini va yakka tartibda himoyalanish vositalarini olib yurish, saqlash, qo‘llash va foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat bojxona qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi.
Rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
111. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi kuyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar talablarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
bojxona organlariga yuksak kasb ko‘nikmasi va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan har tomonlama kamol topgan va vatanparvar yoshlarni jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish;
xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonuniylik buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish;
xizmatni fidokorona o‘tayotgan kadrlarni har tomonlama rag‘batlantirish, xizmat intizomini, qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy hamda boshqa turdagi javobgarlikka tortish;
bojxona xizmati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholi, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari bilan bevosita, maqsadli muloqot o‘rnatish, shuningdek, fuqarolarni shaxsan qabul qilish.
112. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari quyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
bojxona ishini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, bojxona haqidagi qonunlarni va huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirish, bojxona sohasida huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita aloqasiz muloqot qilish shakllarini joriy etish;
xavf-xatarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga nisbatan munosabatda bo‘lishning soddalashtirilgan bojxona tartibotlarini qo‘llash tartibini joriy etish, va ularning samarali ishlashi;
bojxona nazoratining zamonaviy shakllari, usullari va texnik vositalarini joriy etish hisobiga tovarlarning noqonuniy importini, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini aniqlash;
113. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari kuyidagilar uchun shaxsan javob beradilar:
tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish, eksport-import shartnomalari ijrosini tahlil qilish, tovarlar eksporti prognozlarini bajarish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta haqidagi qonunlarga rioya qilish;
bojxona statistikasini shakllantirish va uning ishonchliligi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdosini hamda mamlakatning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish haqida tahliliy materiallar tayyorlash;
statistika ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish, tashqi savdo sohasida huquqbuzarliklar belgilarini aniqlash;
tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi bo‘yicha tovarlar tasnifi to‘g‘riligini baholashni nazarda tutuvchi bojxona postlari faoliyati ustidan amaliy nazorat qilish tizimini ishlab chiqish, ularning bojxona qiymatini aniqlash, bojxona to‘lovlarini hisoblash va undirish, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan masalalarda metodologik yordam berish;
kontrabandaga va bojxona haqidagi qonunlar buzilishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi, tovarlarni noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash va tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligining amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;
xorijiy mamlakatlar bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, bojxona ishi sohasidagi ilg‘or tajribani tizimli o‘rganish va joriy etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini puxta, har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqish, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
bojxona organlarining bino va inshootlarini joriy va mukammal ta’mirlash, xodimlarni kompyuter va texnika, aloqa va bojxona nazorati vositalari bilan ta’minlash, yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
(111 — 113-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat bojxona qo‘mitasida Rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatining respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni davom ettirish va belgilangan vakolatlar doirasida respublikaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, respublikaning bojxona siyosati amalga oshirilishini takomillashtirish, bojxona qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishni kuchaytirish, bojxona ishini amalga oshirishda fuqarolarning, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarni tayyorlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Davlat bojxona qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Davlat bojxona qo‘mitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga Davlat bojxona qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Davlat bojxona qo‘mitasi qarorlari va Raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
13. Bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish, ularning ilmiy, ijtimoiy va moddiy-texnikaviy rivojlanishi, kadrlar bilan ta’minlash masalalarini, boshqaruv qarorlari va tavsiyalari kelishilgan holda ishlab chiqilishini kompleks hal etish uchun DBQda kengashlar va komissiyalar tashkil etiladi, ular to‘g‘risidagi nizom DBQ Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan o‘ziga yuklangan vazifalarning bajarilishi va u o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
zarurat bo‘lganda davlat bojxona xizmati organlari tuzilmasiga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son)
bojxona organlarining kontrabanda, bojxona qonunchiligini buzish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha surishtiruv olib boruvchi, bojxona qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlarni olib boruvchi va ularni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslari ro‘yxatini aniqlaydi;
DBQ mansabdor shaxslari, ishchi va xizmatchilarini rag‘batlantirish va jazolash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar, yo‘riqnomalar va normativ hujjatlar chiqaradi, shu jumladan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar yo‘riqnomalar va normativ hujjatlar chiqaradi, ularning bajarilishini tekshirishini tashkil etadi;
bojxona organlarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini va bojxona ishiga ko‘maklashgan fuqarolarni mukofotlarga va O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish, ko‘krak nishonlari, faxriy yorliqlar va rag‘batlantirishning boshqa turlari bilan mukofotlash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
15. Mansabdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar Davlat bojxona qo‘mitasining kadrlarini tashkil etadi.
16. Mansabdor shaxslarga bojxona organlarida shtatdagi lavozimni egallab turgan yoki bojxona organlarida boshliqlar tarkibi maxsus unvonlari berilgan kadrlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular tomonidan egallab turilgan lavozimlarga va xizmat muddatlariga muvofiq quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
kichik tarkib: bojxona xizmati kichik serjanti, bojxona xizmati serjanti, bojxona xizmati katta serjanti;
o‘rta boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati leytenanti, bojxona xizmati katta leytenanti, bojxona xizmati kapitani;
katta boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati mayori, bojxona xizmati podpolkovnigi, bojxona xizmati polkovnigi;
yuqori boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati general-mayori, bojxona xizmati general-leytenanti, bojxona xizmati general-polkovnigi.
Maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining maxsus unvonlarda xizmat muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
19. Bojxona organlarining maxsus unvonlari, bojxona xizmati polkovnigi ham shu jumlaga kiradi, DBQ Raisi tomonidan beriladi, bojxona xizmati general-mayoridan bojxona xizmati general-polkavnigigacha boshliqlar tarkibi maxsus unvonlari DBQ Raisi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
20. Bojxona organlari mansabdor shaxslariga shaxsiy tartib raqamlari beriladi va xizmat guvohnomalari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan namunadagi jetonlar beriladi.
21. Bojxona organlari boshliqlar tarkibi lavozimiga tayinlangan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan belgilangan tartibda chiqadilar va davlat bojxona qo‘mitasida maxsus hisobga turadilar.
22. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari budjet mablag‘lari va qonunchilikda belgilangan boshqa manbalar hisobiga majburiy shaxsiy sug‘urta qilinishi kerak.
23. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan barcha huquq va imtiyozlar, shu jumladan mansab okladlari, maxsus unvonlar va muddatli xizmati uchun ustamalar, boshqa to‘lovlar va ijtimoiy himoyaning o‘zga shartlari, shaxsiy va mulkiy huquqlarni qo‘riqlash tatbiq etiladi.
24. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari belgilangan normalarga muvofiq formali kiyim bilan tekin ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Bojxona organlari mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish va ularga tanbehlar berish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organlari intizomiy ustaviga muvofiq belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tegishli vazirliklar va idoralarning roziligi bo‘yicha davlat bojxona qo‘mitasining qarorlari bilan Qurolli Kuchlarga, Davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlari va organlariga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, ichki qo‘shinlarga, shuningdek ichki ishlar organlariga o‘tkazilishi va ular shaxsiy tartibda haqiqiy harbiy xizmatga yoki xizmatni bundan keyin davom ettirishga yuborishlari munosabati bilan qayta o‘tkazilishi mumkin.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Prokuratura organlari tergovchilarini tergov va surishtirish bilan bog‘liq bojxona organlariga ishga o‘tkazishda ham ana shunday tartib qo‘llanilishi mumkin.
27. Bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan noto‘g‘ri undirib olingan boj to‘lovlari qaytarilishi yoki bo‘lajak to‘lovlar hisobiga o‘tkazilishi kerak, bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquqqa xilof harakatlari bilan yetkazilgan zarar esa ichki ishlar organlari xodimlari uchun qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda undirilishi kerak.
28. DBQ ishchi va xizmatchilari mehnat sharoitlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunlari bilan tartibga solinadi.