Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018 27.03.1998 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ORGANLARINING INTIZOMIY USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga muvofiq hamda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni yaxshilash va bojxona organlari xodimlarining intizomini mustahkamlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qoʻyilgan vazifalarni toʻliq va ogʻishmay bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining Intizomiy ustavi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining Intizomiy ustavi talablariga rioya etilishini nazorat qilish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 27-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135-son

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-martdagi 135-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intizomiy ustavi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining intizomi ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, mazkur Ustavda belgilangan normalarga rioya qilishdan, shuningdek qasamyodni, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyruqlarini bajarishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlaridagi intizom har bir mansabdor shaxsning yuksak ongliligiga, qatʼiy eʼtiqodiga va oʻz xizmat burchini chuqur tushunishiga hamda topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarligiga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Intizomiy ustav bojxona organlarining barcha mansabdor shaxslariga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bojxona organlaridagi intizom har bir mansabdor shaxsga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, respublika Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga soʻzsiz rioya qilish, qasamyod, ustavlar talablariga va boshliqlarning buyruqlarini aniq bajarish, qonuniylikka qatʼiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini, iqtisodiy xavfsizligini himoya qilish, shuningdek qonun tomonidan muhofaza qilinadigan huquq va manfaatlarni himoya qilish boʻyicha xizmatni fidokorona oʻtash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat bilan bogʻliq barcha ogʻirliklar va yetishmovchiliklarga qatʼiyat bilan bardosh berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat, xizmat va tijorat sirini qattiq saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga ishonib topshirilgan tabel qurol-yarogʻ, mol-mulk va texnikani ehtiyot qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sofdil va haqiqatgoʻy boʻlish, oʻz malakasini doimiy ravishda takomillashtirib borish, ish madaniyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intizomni mustahkamlashda va ustav tartibini taʼminlashda boshliqlarga koʻmaklashish, boshliqlarni, xizmat va unvon boʻyicha kattalarni hurmat qilish, odobli boʻlish harbiy salom berish va belgilangan shakldagi kiyim-bosh kiyish qoidalariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatdan tashqari vaqtlarda oʻzini munosib tutish va izzatini saqlash, jamoat tartibiga va umuminsoniy axloq normalariga rioya qilishda namuna koʻrsatish, boshqalarni huquq-tartibotni buzishdan toʻxtatish, jamiyat va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini fidokorona himoya qilish majburiyatini yuklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bojxona organlaridagi qatʼiy intizomga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari shaxsiy tarkibini vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-ruhiy va ishchanlik fazilatlari, insonparvarlik va xizmat burchini bajarishga ongli munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash, qasamyodga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav tartibini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylikka soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshliqlarning oʻzlariga boʻysunuvchilarga nisbatan kundalik talabchanligi, ular toʻgʻrisida doimiy ravishda gʻamxoʻrlik qilishi, ularning shaxsiy qadr-qimmatini hurmat qilishi, ishontirish va majbur qilish chora-tadbirlarini mohirlik bilan qoʻshib olib borish va toʻgʻri qoʻllash orqali erishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Boshliq oʻziga boʻysunuvchilar oʻrtasida intizomning ahvoli uchun javob beradi. U Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, respublika Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga, qasamyod va mazkur Ustav talablariga, axloq normalariga rioya qilishda ularga doimiy ravishda namuna boʻlishi, boʻysunuvchilarda xizmat burchini, shaʼn va qadr-qimmatni anglashni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, tashabbusni, xizmatda tirishqoqlik va oʻzini koʻrsatishni ragʻbatlantirishi hamda dangasa va ishyoqmaslarni qattiq jazolashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliqlarning asosiy eʼtibori boʻysunuvchilarning individual sifatlarini oʻrganishga, ular oʻrtasidagi Ustavga oid oʻzaro munosabatlarni qoʻllab-quvvatlashga, jamoani jipslashtirishga, boʻysunuvchilarning qilmishlari sabablarini oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olishga, intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik munosabatini yaratishga qaratilishi kerak. Bunda u jamoaning taʼsir kuchidan har tomonlama foydalanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Boʻysunuvchi tomonidan intizom buzilgan taqdirda boshliq bunday harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida ogohlantirishi, sodir etilgan qilmishning ogʻirligiga va aybdorlik darajasiga koʻra esa aybdorni intizomiy jazoga tortishga yoki xodimning qilmishi toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqish uchun or-nomus oʻrtoqlik sudiga berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlarining intizomiy jazoga tortilgan xodimlari, basharti ularning harakatlarida huquqni buzish tarkibiga kiruvchi belgilar mavjud boʻlsa, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortishdan ozod qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ragʻbatlantirishni va intizomiy jazoni faqat toʻgʻridan toʻgʻri boshliqlargina qoʻllashlari mumkin, mazkur Ustavning 25-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlari mansabdor shaxslari xizmat boʻyicha boʻysunadigan boshliqlar toʻgʻridan toʻgʻri boshliqlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻysunuvchiga eng yaqin toʻgʻridan toʻgʻri boshliq bevosita boshliq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bojxona organlarining xizmat boʻyicha bir-biriga boʻysunmaydigan mansabdor shaxslari katta yoki kichik mansabdor shaxslar boʻlishi mumkin. Katta boshliqlik maxsus unvonlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bojxona organlarining bir-biriga boʻysunmaydigan mansabdor shaxslari tomonidan xizmat birgalikda amalga oshirilgan taqdirda, ularning xizmat boʻyicha oʻzaro munosabatlari boshliq tomonidan belgilab qoʻyilmaganda ulardan lavozim boʻyicha yuqori turadigani, lavozimlari teng boʻlganda esa — yuqori unvonlisi boshliq hisoblanadi va egallab turgan lavozimi boʻyicha oʻziga berilgan intizomiy hokimiyatdan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Lavozim vaqtinchalik bajarib turilgan taqdirda, bu haqda buyruqda eʼlon qilinganda boshliq intizomiy hokimiyatdan vaqtinchalik bajarayotgan lavozimi boʻyicha foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Boshliqning buyrugʻi soʻzsiz, aniq va muddatida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari uchrashganida (yonidan oʻtib ketishayotganda) bir-birlari bilan, shuningdek Qurolli Kuchlarning, MXX, IIV, Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining harbiy xizmatchilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining safda yurish ustavida belgilangan qoidaga qatʼiy amal qilgan holda salomlashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. BOJXONA ORGANLARINING MANSABDOR ShAXSLARIGA NISBATAN QOʻLLANADIGAN RAGʻBATLANTIRIShLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirishlar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tashakkur bildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qimmatbaho sovgʻa yoki pul bilan mukofotlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Faxriy yorliq bilan mukofotlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) navbatdagi unvonni muddatidan oldin berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir pogʻona yuqori unvon berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari nomi ragʻbatlantirish tartibida Hurmat taxtasiga, Davlat bojxona qoʻmitasining Solnoma kitobiga yozib qoʻyilishi, shuningdek bojxona organlarining koʻkrak nishoni bilan mukofotlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari alohida xizmatlari uchun Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ragʻbatlantirish tadbirlari sifatida ushbu Ustav 14-bandining “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan ilgari berilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ham qoʻllanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat bojxona qoʻmitasi oʻquv yurtlarida, ushbu Ustavning 12-bandida nazarda tutilgan ragʻbatlantirishlardan tashqari, oʻqish kursini aʼlo baholar bilan tugallashgan kursantlar va tinglovchilar nomini Hurmat taxtasiga yozib qoʻyish tarzidagi ragʻbatlantirishlar qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. BOJXONA ORGANLARI MANSABDOR ShAXSLARIGA QOʻLLANADIGAN INTIZOMIY JAZOLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bojxona organlarining kichik boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga quyidagi jazolar qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanbeh;

b) hayfsan;

v) qattiq hayfsan;

g) bojxona organlaridan boʻshatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat bojxona qoʻmitasi oʻquv yurtlarida mazkur ustavning 14-bandida sanab oʻtilgan jazolardan tashqari bir oy muddatgacha oʻquv yurtidan tashqariga chiqishdan mahrum etish va xizmat boʻyicha navbatdan tashqari naryadga tayinlash sifatida jazolar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻrta va katta boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga quyidagi jazolar qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanbeh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hayfsan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qattiq hayfsan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xizmatga toʻliq munosib emasligi toʻgʻrisida ogohlantirish;

d) lavozimni pasaytirish;

e) maxsus unvonni bir pogʻonaga pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) bojxona organlaridan boʻshatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga quyidagi jazolar qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanbeh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hayfsan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qattiq hayfsan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xizmatga toʻliq munosib emasligi toʻgʻrisida ogohlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) lavozimni pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) bojxona organlaridan boʻshatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bojxona organlarining bojxona organlari koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan, nomi Hurmat taxtasiga va Davlat bojxona qoʻmitasining Solnoma kitobiga yozib qoʻyilgan mansabdor shaxslariga koʻkrak nishonidan mahrum qilish, Hurmat taxtasidan olib qoʻyish va Davlat bojxona qoʻmitasining Solnoma kitobidan oʻchirish kabi jazolar qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. BOShLIQLARNING RAGʻBATLANTIRISh VA INTIZOMIY JAZOLAR QOʻLLASh BOʻYIChA HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Boshliqlar tomonidan ragʻbatlantirishlar va intizomiy jazolar ularga berilgan huquqlar doirasida qoʻllaniladi. Ragʻbatlantirishlar va intizomiy jazolarni qoʻllash boʻyicha boshliqlar roʻyxati va ularning huquqlari mazkur Ustavga ilovada belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar bojxona organlari mansabdor shaxsiga mazkur boshliq fikricha, uning huquq doirasidan tashqari ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash zarurati tugʻilsa, u bu toʻgʻrida toʻgʻridan toʻgʻri katta boshligʻiga iltimosnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agar boshliq boʻysunuvchi tomonidan sodir etilgan qilmishning ogʻirligi munosabati bilan oʻziga berilgan intizomiy huquqlarini yetarli emas deb hisoblasa, u holda u toʻgʻridan toʻgʻri katta boshliq huquq bilan aybdorga jazo qoʻllash toʻgʻrisida taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻziga berilgan intizomiy huquqlarni oshirib yuborgan yoki mazkur Ustavda nazarda tutilmagan jazoni qoʻllagan boshliq buning uchun javob beradi, berilgan jazo esa bu jazoni bergan boshliq tomonidan yoki toʻgʻridan toʻgʻri katta boshliq tomonidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Katta boshliq jazoning qattiqligi sababli kichik boshliq tomonidan berilgan intizomiy jazoni bekor qilish yoki yengillashtirish huquqiga ega emas, agar jazo bergan boshliq oʻziga berilgan huquqlarni oshirib yubormasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Katta boshliq kichik boshliq tomonidan berilgan intizomiy jazo yengilligi sababli sodir etilgan qilmishning ogʻirligiga toʻgʻri kelmaydi deb hisoblasa, uni bekor qilishi va qattiqroq jazo berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Lavozimni pasaytirish yoki bojxona organlaridan boʻshatish sifatidagi intizomiy jazo mansabga tayinlash huquqi, berilgan boshliqlar tomonidan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. ALOHIDA HOLLARDA INTIZOMIY JAZOLAR BERISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bojxona organlari mansabdor shaxsi tomonidan temir yoʻl, havo, suv yoki boshqa aloqa yoʻllarida ketayotganda, shuningdek taʼtilda, xizmat safarida yoki davolanishda boʻlgan paytida intizom buzilgan taqdirda, intizom buzilganligi haqida xabardor boʻlgan mahalliy bojxona organi boshligʻi intizom buzilishini toʻxtatish choralarini koʻradi va bu haqda intizomni buzgan shaxsining xizmat joyiga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlarining mansabdor shaxsi xizmat joyiga qaytib kelgandan soʻng intizomni buzganligi haqida oʻzining bevosita boshligʻiga axborot berishga majburdir. Axborot bermagan shaxs intizomiy tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. RAGʻBATLANTIRIShLAR, INTIZOMIY JAZOLARNI QOʻLLASh VA INTIZOMIY JAZOLARNI IJRO ETISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ragʻbatlantirishlar buyruqlar bilan eʼlon qilinadi. Tashakkur bildirish va ogʻzaki tanbeh ham buyruqda, ham ogʻzaki eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ragʻbatlantirishlar toʻgʻrisida bojxona organlarining mansabdor shaxsiga shaxsan, saf oldida yoki yigʻilishda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir marta oʻrnak koʻrsatganlik uchun bojxona organlari mansabdor shaxsiga faqat bitta ragʻbatlantirish eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ragʻbatlantirish turini aniqlashda mansabdor shaxsning xizmatlari xususiyati yoki koʻrsatgan oʻrnagi, shuningdek uning xizmatga munosabati eʼtiborga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlarining intizomiy jazosi boʻlgan mansabdor shaxslariga ragʻbatlantirish, odatda, ilgari qoʻllanilgan jazoni olib tashlash sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Intizomiy jazo sodir etilgan qilmishning ogʻirligiga va aybdorlik darajasiga muvofiq kelishi kerak. Jazo turini va chorasini belgilashda sodir etilgan qilmishning xususiyati, vaziyatlari, uning oqibatlari, aybdorning oldingi xulq-atvori, uning oʻziga yuklangan xizmat vazifalarini bajarishga munosabati eʼtiborga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aybdor bir necha marta qilmish sodir etgan yoki guruh tarkibida intizomni buzgan, qilmishni xizmat vazifalarini bajarish paytida, mast holda sodir etgan yoki qilmish oqibatida tartib jiddiy ravishda buzilgan taqdirda unga qattiqroq jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni qoʻllashdan oldin aybdordan tushuntirish xati olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni qoʻllashda boshliq oʻziga boʻysunuvchining shaxsini kamsitmasligi va qoʻpollik qilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Sodir etilgan qilmish uchun faqat bitta jazo qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizom bir necha shaxs bilan birgalikda sodir etilgan taqdirda jazo har bir aybdorga alohida qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Lavozimini yoki unvonini pasaytirish sifatidagi jazo chorasi, odatda, aybdorga ilgari qoʻllanilgan jazo choralari zarur darajada taʼsir etmagan taqdirda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mansabdor shaxslarni bojxona organlaridan boʻshatish eng soʻnggi intizomiy jazo hisoblanadi va intizomni muntazam ravishda buzganlik yoki bojxona organlarida xizmatda boʻlishga toʻgʻri kelmaydigan qilmish uchun qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Intizomiy jazo sodir etilgan qilmish haqida boshliqqa maʼlum boʻlgan kundan boshlab 10 sutka mobaynida, xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan yoki jinoiy ish qoʻzgʻatilgan taqdirda — xizmat tekshiruvi tugagan yoki jinoiy ish toʻxtatilgan kundan 10 sutkadan kechiktirmay eʼlon qilinishi kerak, aybdorning kasal boʻlgan yoki taʼtilda boʻlgan vaqti bunga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qilmish sodir etilgan kundan bir yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa intizomiy jazo qoʻllanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga xizmatni oʻtash paytida sodir etilgan qilmishlar uchun intizomiy jazo smenadan soʻng yoki ular boshqa shaxslar bilan almashtirilgandan soʻng qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Eng zarur, kechiktirib boʻlmaydigan hollarda qilmish sodir etgan bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat yuzasidan u boʻysunadigan boshliq tomonidan xizmat vazifalarini bajarishdan chetlashtirib qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mast holda boʻlgan aybdorga intizomiy jazo berish, shuningdek undan har qanday tushuntirishlar olish uning hushyor boʻlguniga qadar qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Intizomiy jazolar: tanbeh, hayfsan, navbatdan tashqari naryadga tayinlash, oʻquv yurti, boʻlinma hududidan tashqariga chiqishdan mahrum etish — ogʻzaki yoki buyruqda eʼlon qilinishi mumkin. Qolgan jazolar buyruqda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy jazo berilganligi toʻgʻrisida bojxona organlari mansabdor shaxsiga shaxsan, saf oldida yoki yigʻilishda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Intizomiy jazo darhol, ayrim hollarda — berilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay ijro etiladi. Bir oy muddat oʻtgandan soʻng jazo ijro etilmaydi, ammo hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan jazolarni ijro etmaslikda aybdor boʻlgan shaxslar intizomiy tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Shikoyat qilingan hollarda berilgan intizomiy jazoning ijro etilishi toʻxtatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Bojxona organlari xodimiga buyruq bilan berilgan intizomiy jazo, agar jazo berilgan kundan boshlab yil mobaynida u yangi intizomiy jazoga tortilmasa, olib tashlangan deb hisoblanadi. Taqdirlash tartibida jazo bir yil tugamasdan olib tashlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻzaki berilgan jazo bir oy oʻtgach olib tashlangan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Intizomiy jazoni ragʻbatlantirish tartibida muddatidan oldin olib tashlash uni bergan boshliq tomonidan, unga teng boʻlgan yoki toʻgʻridan toʻgʻri katta boshliq tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Katta boshliq tomonidan berilgan intizomiy jazoni olib tashlash uchun bevosita boshliq instansiya boʻyicha iltimosnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻzaki berilgan jazodan boshqa intizomiy jazoni olib tashlash buyruq bilan amalga oshiriladi, u haqda manfaatdor shaxsga shaxsan, saf oldida yoki yigʻilishda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Lavozimni pasaytirish sifatidagi intizomiy jazo olgan shaxsni xizmatda yuqori lavozimga koʻtarish masalasi har biri alohida holda umumiy asoslarda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Maxsus unvonni pasaytirish sifatida intizomiy jazo qoʻllangan hollarda ilgarigi unvon, agar jazolangan shaxs namunali xizmati va benuqson xulqi bilan oʻzining tuzalayotganligini koʻrsatsa, unvon pasaytirilgandan soʻng kamida bir yildan soʻng tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Barcha ragʻbatlantirishlar va intizomiy jazolar hisobga olib borilishi kerak, ogʻzaki eʼlon qilinganlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ragʻbatlantirishlar va intizomiy jazolar hisobi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. TAKLIFLAR, ARIZALAR VA ShIKOYATLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Bojxona organlarining har bir mansabdor shaxsi subordinatsiyaga rioya qilgan holda yuqori turuvchi boshliqqa, shuningdek bevosita boshliqlar tomonidan xizmat boʻyicha belgilangan huquqlarni buzganlik toʻgʻrisida unga nisbatan qilingan noqonuniy xatti-harakat yoki nohaqlik uchun tegishli davlat instansiyalariga yozma holda ariza berish yoki shikoyatnoma yozish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Arizalarda yoki shikoyatlarda bayon qilingan masalalarni hal qilish vakolatiga kirmaydigan boshliq ularni kechi bilan besh kun muddatda tegishli organ (muassasa)ga joʻnatadi, bu haqda arizachini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlarning xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilinayotgan boshliqlarning koʻrib chiqishlari uchun yuborilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Oʻziga boʻysunuvchilarga nisbatan ular tomonidan berilgan ariza yoki shikoyat uchun noqonuniy xatti-harakat qilishga yoki nohaqlikka yoʻl qoʻygan boshliq, agar uning xatti-harakati jinoiy javobgarlikka olib bormasa, intizomiy tartibda javobgarlikka tortilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Arizalar yoki shikoyatlar bir oygacha boʻlgan muddatda, qoʻshimcha oʻrganib chiqishni va tekshirishni talab qilmaydiganlari esa — asosiy masalani hal qilishi shart boʻlgan organga kelib tushgan kundan boshlab koʻpi bilan 15 kunda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalarni yoki shikoyatlarni hal etish uchun maxsus tekshirishlar, qoʻshimcha materiallar talab qilish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda arizalar yoki shikoyatlarni hal qilish muddatlari, istisno tariqasida, ariza bergan yoki shikoyat yozgan shaxsga bu haqda xabar bergan holda, koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qasddan yolgʻon ariza bergan yoki shikoyat yozgan bojxona organlarining mansabdor shaxslari belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari oʻzlarining fuqarolik huquqlari cheklangan va buzilgan, izzat-nafslari va qadr-qimmatlari kamsitilgan hollarda qonunchilik bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlarining Intizomiy ustaviga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ragʻbatlantiradigan va intizomiy jazo beradigan mansabdor shaxslar va ularning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r‎‏

Lavozimlarning nomi‎‏

‎‎Boshliqlarning huquqlari‎

ragʻbatlantirishlarni qoʻllash boʻyicha

intizomiy jazolar berish boʻyicha‎

1.‎

Bojxona posti, bojxona kompleksi boshligʻi, DBQB (MBK) hududiy organlari va DBQ markaziy apparati boʻlim boshliqlari‎ Tashakkur bildirish
‎Ular tomonidan ilgari berilgan
‎jazolarni olib tashlash‎
Ogʻzaki:
‎Tanbeh berish va hayfsan eʼlon qilish‎

2.‎

DBQB (MKB) boshliqlarining oʻrinbosarlari, DBQ markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari va oʻquv boʻlinmalari boshliqlari‎ Tashakkur bildirish
‎Ular tomonidan ilgari berilgan
intizomiy ‎jazolarni olib tashlash‎‎
Ogʻzaki:
‎Tanbeh berish, hayfsan va qattiq hayfsan eʼlon qilish‎‎

3.‎

DBQB (MKB) boshliqlari‎ Tashakkur bildirish
‎Qimmatbaho sovgʻalar yoki pul bilan mukofotlash
‎Hurmat taxtasiga qoʻyish
‎Ular tomon�dan ilgari berilgan
‎jazolarni olib tashlash‎‎
‎Tanbeh berish
‎Hayfsan eʼlon qilish‎‎
‎Qattiq hayfsan eʼlon qilish
‎Xizmatga toʻliq munosib emasligi toʻgʻrisida ogohlantirish
‎Kichik boshliqlar tarkibidagi shaxslarni bojxona organlaridan boʻshatish

4.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎ Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan ragʻbatlantirish huquqidan foydalanadi, oʻrta va katta boshliqlar tarkibiga muddatidan ilgari navbatdagi maxsus unvonlar berish, shuningdek oʻrta va katta boshliqlar tarkibidagi shaxslar maxsus unvonini bir pogʻonaga pasaytirish huquqi bundan mustasno.‎‎‎

5.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi ‎‎Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan Intizomiy ustavning toʻla hajmda ragʻbatlantirish va jazolash huquqidan foydalanadi.