Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIGINING MUNITSIPAL MULK OBYEKTLARINI SOTISH TOʻGʻRISIDA” 2002-YIL 9-AVGUSTDAGI 287-SON QARORIGA QISMAN OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 199-sonli “Toshkent shahar hokimiyati munitsipal mulk obyektlaridan samarali foydalanishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kitob savdosining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Vazirlar Mahkamasining “Respublikada kitob savdosi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-avgustdagi 279-son qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kitob doʻkonlari ijara huquqida egallab turgan binolarni Toshkent shahar hokimligining sotiladigan munitsipal mulk obyektlari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlarini sotish toʻgʻrisida” 2002-yil 9-avgustdagi 287-son qarorida:
1-ilovaning 3-bandi va yakuniy satri ushbu qarorga 1-ilovaga* muvofiq tahrirda bayon qilinsin;
*ilova rus tilidagi matda berilgan
2-ilovada:
100, 268, 518, 568, 752, 769, 808 va 929-pozitsiyalar chiqarib tashlansin, ushbu qarorga 2-ilovaga* muvofiq obyektlar bilan toʻldirilsin.
*ilova rus tilidagi matda berilgan
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 7-noyabr,
382-son